Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Ob havo deganda hayolingizga nima keladi, ma'lumki Atmosferadagi biz seza oladigon, troposferada biz o‘lchay oladigon qabilidagi ilmiy jumlalar darrov uyg‘onmasa kerak.. Shaxsan meni ongimga ilk keladigon fikr bu "Quyosh tarovati".. Sizda qanday so‘z yoki so‘z birikmasi paydo bo‘ladi, menga qoldiring!!
Inson muvaffaqiyatlariga, qay borada bo'lishidan qatiy nazar, katta qarshiliklardan biri bu ORZULAR DUNYOSIda yashashidir, aslida inson MAQSADLAR OLAMIDA yashashi kerak deb xisoblayman.. Bu bilan orzu qilish noto'g'ri demoqchi emasman, aksincha orzu qilishning o'zi yoki unga berilib ketish xato demoqchiman. Inson o'z orzularini real hayotga ko'chirishni istasa uni maqsadga aylantirishi shart ya'ni bu ishni amalga oshirishga, uning ro'yobiga qasd qilishi, axd qilishi shart.. Qimmat mashina minishni orzu qilgan shaxs va o'sha mashinani minishni maqsad qilgan shaxsni sifatlari, harakatlari o'zaro tubdan farq qiladi..
P.S. Shuning uchun maqsadlaringiz buyuk bo'lsinki, armonlarga joy qolmasin..**
***Inson hayolida biror vaziyatga nisbatan doimo 4 xil fikr va xissiyotdan biri uyg'onadi:
Bular har xil foizlarda har bir inson harakter chizgisiga qarab ifodalanadi, aynan shu to'rtinchi ko'rsatkichni ko'payishi bu insonni ruhiy ko'makka muxtojligini ifodalaydi.. Ruhiy ko'mak esa kitoblardan olinsa maqsadga muvofiqdir..***
Bugun bir ahamiyatli hodisaga guvox boʻldim.. Bir masjidni uni yaqinida joylashgan oʻquv maskanidagi ustozlar oʻz tashabbuslari bilan, savob umidida toʻliq barcha joyini tozalashga qaror qilishibdi va buni amalga oshirayotganlarini oʻz koʻzlarim bilan koʻrdim!! Ularning barcha ezgu niyatlari roʻyobiga tilakdoshman!! Shu ustozlar taʼlim beradigon yoshlarning ham qalbi mehr - muhabbatga toʻla boʻlishiga shubxam yoʻq!!@ixtiyorbaxtiyorovich
10.10.1960
***Dadam hayot boʻlganida bugun 64 yoshni qarshilagan boʻlar edi.. Vafotiga 5 yil boʻlayabdi.. Koʻp gap yozgim keladiku, ammo yoza olmayman, erinchoqlikdanmi yoki ohirigacha yetkiza olmasligimdanmi yoki mukammal qilib yoza olmasligimni bilganim uchunmi, bilmadim..
Umuman dadam haqida
nimadir aytay desam, juda oddiy.. Dadam shunchaki yaxshi inson edi, jamiyat kishisi, oila markazi, kasbini fidoyisi, boʻsh vaqtini umuman havoga ketkizmaydigon, har kuni eng kamida 50 bet kitob oʻqiydigon, zamonaviy texnologiyalar asosida dasturlashtirilgan shaxmatni har kuni yengadigon, futbolga oʻzidan koʻp qiziqadigon, shogirdlari uchun bir ohanrabo misol, halollik tarafdori, har borada namuna sifatida gavdalanadigon shaxs boʻlgan..
Xullas gapirsam gap juda koʻp, aytmoq istaganim dadamning janozasi kuni kimdir menga "Ana endi katta boʻlding" deb aytgan edi.. U gap mazmunini 1 haftadan keyin anglay boshladim.. Katta boʻlish degani
bir tomonlama bu - vaziyatlarda ajdodlaringning tajribalari va oʻz fikrlaringni qorishtirish va maʼsuliyat har qachon senda qolishi ekan.. Men yaxshi, oqil katta boʻla oldimmi bilmayman, ammo dadam darhaqiqat dono yuksak shaxs boʻlgan ekan (buni hozir koʻproq his etaman).. Kim bu postni oʻqiyotgan boʻlsa dadamni xotirasi, qabrdagi hotirjamligi va Qiyomatda omonligi uchun duo qilishini iltimos qilib qolardim..
Tilagim: yaqinlarimiz bizni erta tark etishmasin va biz ularga munosib avlod boʻlishni uddalay olaylik!!***
***DADAJON!! (Dadajonimning o'chmas xotirasi uchun..)
So'zlariz yetishmas hozir qalbimga
Yer tortish kuchidan ustun kelguvchi,
Musaffo osmonning otib bag'riga
Qulayotgan paytim pardek tutguvchi.
Ko'zlariz yetishmas dunyoim uchun
Jiddiylik, tajriba, aql aks etgan,
Moviy ummon misol bilimlar bugun
Boshqa maskanlarga yo'rg'alab ketgan.
Fikrlar yetishmas munozarada
Ko'rsatgan har qachon eng aniq yo'lni,
Isbotsiz, ma'nosiz har bir jabxada
Ongim eslatadi sahro kabirni.
Ruhshunos yetishmas asablar tarang
Hotirjamlik uchun berguvchi asos,
Tanqidlar, ziddiyat, hatto qalb garang
Go'yo o'z o'zidan olmoqchi qasos.
Bashoratchi qani kelajak mavhum
Har jabha ko'rguvchi to'g'ri yakunni,
Endi chalkash yo'llar, yuraklar mahzun
Noaniqlik ezar ojiz umrni.
Qalbingiz yetishmas tuyg'ular so'qir
Olijanob hislar etguvchi tuhfa,
Endi ko'ngil og'rir, tunlari o'qchir
Bezaklarsiz qolgan go'yo dil sahna.
O'zingiz yetishmas uyim to'riga
Uyga qaytganimda xursand kutguvchi,
Endi cho'g' ham sig'mas qalbim qo'riga
Qahraton qishda ham gulxan yoqquvchi.
Duoingiz yo'qdir ishlar boshida
Har dam qiynalganda bo'lguvchi najot,
Go'yo qo'l-oyog'im yo'q vujudimda
Bag'rim yonayotir sog'inchdan hayhot.
Qayerdan so'rayman sizni, dadajon
Aytolmagan gapim keladi aytgim.
Siz axir edingiz menga jonajon,
Sizning yoningizga keladi ketgim!!
Ko'zimda yosh bilan sizni izlayman,
Qaniydi bir bora ismim aytsangiz.
Endi men soyaman, go'yo yo'qdayman,
Qaniydi tushimga har kun kirsangiz.
Har kun og'irlashar sizsizlik yuki,
Yuragim go'yoki cheksiz vayrona.
Eshitgim keladi so'kishingizni,
Afsusu a'lamlar menga parvona.
Yig'lagim keladi yig'lash mumkinmas,
Ojiz ko'rmasligi kerak inson bor.
Hech kimsa hech qachon sizdek bo'lolmas,
Qaltiroq vujudim kundan kun abgor.
Sovuq tanangizni quchgan kunimda,
Muzlab bitgan edi jismim, vujudim.
O'sha qahratonli sovuq tunimda,
Poyoniga yetgan bahorim, yozim.
She'r yozmoq istasam qog'ozlar yonar,
Qaltiraydi qo'lim, yoshlanar ko'zim.
O'zligim o'zimdan har kuni tonar,
Endi qatiyatsiz chiqmoqda so'zim.
Yarasam qaniydi o'sha bir kunga,
Arzisam qaniydi mehnatlar uchun.
Endi suyanaman endi men kimga,
Qadamdan qoldimu yo'l hali uzun.
Dada demoqlikni istayman dildan,
Qaniydi bir bora bersangiz ovoz.
Endi irodamni topaman kimdan,
Endi kim uchun men bo'lay poyondoz.
Tugamaydi osmon, koinot cheksiz,
Anduhlar shashqator, azoblar bisyor.
Bir zarra kabiman dadajon sizsiz,
Sog'indi juda ham sizni Ixtiyor!!***
Meni Odamning farzandi sifatida yaratib, Muhammad Mustafo S.A.V ga ummat etib, musulmon oilada, turkiy shajaraning, oʻzbek millatida, shu goʻzal vatanda, mansub ziyoli oilamda, sogʻlom holatimda tugʻiltirgan va hozirgacha yuragimga zarba kuchi, oʻpkamga havo, miyamga ong neʼmatlarini cheksiz berayotgan Ollohimga beadad shukurlar boʻlsin!! Qancha duo qilsam, qancha shukur aytsam oz.. Umrim poyonigacha ezguliklar ila meni boyitishini soʻrayman, oxirim chiroyli boʻlishini tilayman!!
***Insonlar uchun neʼmatlarning neʼmat ekanligini anglay olish qobilyati ham Olloh tomonidan berilgan buyuk neʼmatdir, zero, salomatlik neʼmatini qadriga yetmasdan bajaradigon hatti - harakatlarimiz buning yaqqol isbotidir.. Bizni millatda shundaymi yoki barcha elat uchun bu tegishlimi bilmadimku, ammo biz eng oliy baxt boʻlgan sogʻligimiz qadriga yetmaydigon darajada uquvsizmiz.. Nafsimizga boʻysunamizmi yoki shu darajada oʻzimizga befarqmizmi bilmadimku, ammo bilib turib olovga ketayotgandekmiz.. Isbot deysizmi!? Marhamat: Qandli diabeti bor odam nega shirinlik isteʼmol qiladi!? Qon bosimi ortib turadigon odam nima uchun uni oshiradigon narsalar isteʼmolidan oʻzini tiymaydi!? Nimaga yurak kasalligiga chalingan insonga chekma, spirtli ichimlik ichma desangiz yoqmaysiz!?
P.S. Neʼmatlarni qadriga yeta olish ham neʼmat!!***
***Inson oʻz hayollariga asirdir, chunki uning tezligi har doim odam tezligidan baland, hayollar ila inson oʻz orzulariga va balki armonlariga yeta oladi.. Hayol qilish, hayollarga berilish zaiflik beʼlgisi emas, zaiflik bu narsani oshirib yuborishda.. Mening hozirgi nuqtai nazarim boʻyicha inson ezgu hayollarini haqiqatga aylantirishga urinishi yaʼnikim yashab turgan soniyasida oldinga qadam tashlashi shart, zero keyinga surilgan har bir harakat hayolni armonlar sari yaqinlashtiradi.. Hayollar juda foydali, u bilan inson oʻz qirralarini kashf etadi, oʻzi uchun nimadir topadi, oʻziga boqish imkoni tugʻiladi.. Har bir shaxs oʻz hayollaridan ham nimadir hayoti uchun mazmun bagʻishlaydigon tuygʻumi, rejami, gʻoyami topishga urinishi maqsadga muvofiqdir..
P.S. Hayollarim sen tomon..***
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago