(S)ochil(ma)gan fikrlar...

Description
Falsafa, sanʼat, adabiyot va tuygʻuyot...
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

2 months, 4 weeks ago

Kanalim hayotga boʻlgan ishtiyoqim eng avjiga chiqqan vaqtda ochilgandi. Dastlab oʻzim uchun. Picha oʻtib yaqinlarimni taklif qildim. Oʻzimga nima yoqsa tashlardim, yozardim. Fikrlash degan narsa yoʻq edi. Baʼzan oldingi yozganlarimni oʻqigim kelib qoladi. Oʻzimdan uyalib ketaman yozganlarimni oʻqib, keyin asabim buziladi. Baribir oʻsha davrimni sogʻinaman, harna begʻuborlik, soflik degan tushunchalar bor edi, buni yozganlarimdan sezaman ogʻriq bilan. Kanalim ochilgan kundan beri kuzatadigan insonlarim bor. Yo hozir ham “hurmat qilganidan taklif qilgan-ku, chiqib ketsam oʻksimasin”, — degan andisha bilan kuzatishadi yoki nimadir kutishadi... Kanal ochgan inson borki, kanaliga kim qoʻshilib, kim chiqib ketdi tekshirib tursa kerak obunachilari soni oʻzgarishiga qarab. Ilgari menda shunday edi. Hozir baʼzan kanalim borligi ham esimdan chiqib ketadi. Kimlar borligini esa umuman bilmayman. Qaragim kelmaydi. Agar ikkilanishlar boʻlmaganda oʻchirib yuborgan boʻlardim allaqachon. Lekin eski atamasiga oid juda koʻp narsalar toʻsqinlik qiladi: eski orzular, vaʼdalar, maqsadlar, hislar, tuygʻular, xotiralar va juda koʻp “lar”lar.

Baʼzan hamma qatori ommabop fikrga moyil, uy-roʻzgʻorga aloqasi yoʻq narsalarga eʼtiborsiz, falsafa, sanʼat, adabiyot haqida umumiy tasavvurga ega, lekin zarracha qiziqishi yoʻq inson boʻlib ulgʻayganimda hozir hammasi boshqacha boʻlarmidi, deb oʻylab qolaman. Shuni aniq bilamanki, qanday yashayotganim va menga nima yetishmayotganini yaxshi anglardim: yo pul, yoki moddiy nimadir boʻlardi menga kerakli narsa.

Hozir nimalarni oʻylab, nimalarni nazarda tutayotganimni tushuntirib bera olmayman. Oʻzingizga meros qoldiraman ojizlarcha:)

Sizlarga bugun bir savol bilan murojaat qilmoqchiman: nima uchun kanalimdasiz shuncha vaqtdan beri? Undan — mendan nima kutyapsiz va nega chiqib ketmaysiz? Sizni kanalda ushlab turgan narsa nima? — faqat boricha, ichingizdagi haqiqiy javobni ayting. Qachondan boshlab kuzatayotganingiz ahamiyatsiz.

Aniqlik kiritib olishim kerak boʻlgan narsalar bor ruh bilan bogʻliq...

?@Sohibjon_Saydullayev

3 months ago

Hayot shunday — kutganlarimiz kutilgancha qolib ketib, qoʻrqqan narsalarimiz bilan tez-tez yuzlashamiz: masalan, depressiya... Oʻz-oʻzidan toʻydimni bilmay maqsadsiz ovqatlanish, 15-18 soatlab uxlash va oxirgi yechim sifatida koʻrayotgan narsani tez-tez oʻylash.

?@Sohibjon_Saydullayev

3 months, 1 week ago

Tashqi olamdan uzilsang ham mutaxassisliging bilan cheklanib qolmasdan yangi zamonaviy kasblar va tillarni oʻrgan, daromadga chiq, lekin zinhor pul ketidan quvma, aks holda, maqsadingni unutib qoʻyasan. Shunchaki tajribangni kun sayin sayqallab bor. Va shaxsiyatinga toʻgʻri kelmagan narsani oʻldirib qoʻyishsa ham qilma. Va qarabsanki, sen jamiyat uchun tayyor, puxta shakllangan xudbin boʻlib yetishding. Endi nima qilishni oʻzing bilasan. Chunki sen oltin davring bilan xayrlashish arafasidasan. Magistraturangda bakalavringchalik kayf qila olmaysan. Xotining, roʻzgʻoring boʻlish ehtimoli oshib turgan boʻladi. Shu uchun hozir qil nima qilsang. Eng muhimi iqtidoring, qiziqishingni top va shu boʻyicha ket. Ertaga oʻzing aslida kim boʻlmoqchi boʻlganing va hozir kim boʻlganingni anglaganingda bari tugagan boʻladi. Sen Charlz Striklend emassan sanʼat uchun hamma narsadan voz kechishga jurʼat topa olgan. Xullas, shu yozganlaringa amal qil, Sohibjon...

P.s: toʻrt yil ichida anglaganlarim shular boʻlibdi:)

?@Sohibjon_Saydullayev

3 months, 2 weeks ago

Menga kerak boʻlgan kitoblar "Yangi asr avlodi" ga tegishli boʻlishidan qoʻrqaman doim. Imloviy xatolari va kitob sifatsizligi yuqori boshqa nashriyotlarga qaraganda. Oʻz-oʻzidan sahifalar toʻkilib ketadi har qancha avaylashga urinmay. Lekin shunga qaramay ular kitoblarni oʻzgacha did bilan tayyorlashga harakat qilishadi. Nafislik seziladi. Koʻp ajoyib kitoblar ham aynan shu nashriyotdan chiqadi, afsuski. Va nim tabassum ham bagʻishlab qoʻyadi

3 months, 3 weeks ago

"Odamlar goʻzal soʻzini shu qadar beparvo talaffuz etadilarki, natijada bu soʻz oʻz maʼnosini yoʻqotadi-da, fikr yuritilayotgan narsa goʻzalligi va ulugʻligidan mahrum boʻladi. Bir soʻz bilan aytganda, odamlar koʻylak, it, nasihatni goʻzal, deb tasvirlashadi, haqiqiy goʻzalikka duch kelishganda, uni ifodalashga soʻz topolmay qoladilar. Ular oʻzlarining mayda va arzimas fikrlarini yasama pafosga oʻrab bera boshlaydilar, bu holat ularning taʼsirchanligini oʻtmaslashtiradi. Xuddi tovlamachi odam yasama koʻtarinkilik bilan oʻz fikrlarini yashirishga uringanday holat roʻy beradi. Samimiy hazilkash va qalbi toza Struve sanʼatni chin dildan sevar va yaxshi idrok etardi. Sanʼat uning uchun muqaddas narsa edi. Haqiqiy sanʼat asarini koʻrganda qoʻrqib titrab ketardi".

Somerset Moem
?"Oy va sariq chaqa" romanidan

?@Sohibjon_Saydullayev

4 months ago

Ayni damda koʻngilga yaqin biror badiiy asarni yutoqib, hamma narsani unutar darajada berilib oʻqishga ehtiyojim bor. Anchadan beri oʻzim xohlagandek kitob mutolaa qilmadim. Bilmadim, oxirgisi: "Abadiyat qonuni", "Martin Iden" edi, shekilli. Ular oʻqilganida kuzning kirib kelishi rejasida ham boʻlmagan boʻlsa kerak. Menga samimiy, yumorga boy va his-tuyg‘ularni ko‘pirtiradigan, toʻgʻri yoʻl koʻrsatadigan asarlar yoqadi. Shu bilan birga reallikdan uzoqlashmasa — nur ustiga nur. Hozir esa na unisi va na bunisi. Umuman, hissiy toʻyinganlik yetishmayapti. Bu borib-borib boʻshliqqa taqalishidan qoʻrqaman, juda ham qoʻrqaman... Kuz ham tez oʻtib ketyapti aksiga olib...

?@Sohibjon_Saydullayev

6 months, 3 weeks ago
Ishlardan charganimda dam olish bahonasida mutolaaga …

Ishlardan charganimda dam olish bahonasida mutolaaga qaytaman. ...Ish ko‘p, bo‘sh vaqt kam. Chigal o‘ylar, savollar barham topmasidan yana ishga chiqib ketaman. Endi jismoniy charchoqqa ruhiy charchoq ham qo‘shiladi. Kunlar shunday o‘tyapti bir-birini quvlab

?@Sohibjon_Saydullayev

7 months, 3 weeks ago

Menga Abduvali Qutbiddin bilan ko‘rishish, suhbatlashish nasib qilmagan. Shu narsa armon bo‘lib qolgan... Universitetga kelganimdagina yaqin do‘stim Dilyara tufayli u kishining ijodlari bilan yaqindan tanishganman. Bu uchun unga ko‘p bora rahmat aytaman! Lekin bir taskin bor — Abduvali Qutbiddin va Aziz Said ustoz yaqin do‘st bo‘lgan. Men esa Toshkentga borganimda kunim Aziz Said ustoz bilan o‘tadi!
Tashlamoqchi bo‘lgan she'rlarim juda ko‘p edi, shu sababdan ularni o‘zingizga tortiq qilmoqchiman. Albatta o‘qing! Bugun bir qarab chiqsam, hammasini yoddan bilar ekanman! O‘zimdan faxrlanib ketdim! Armiyaga chiqartirib olib ketgandim. O‘lik sukunatlarda o‘qiyverib yod bo‘lib ketgan ekan! Diplom ishiga familiyamni kiritishmayapti-da, bo‘lmasa Abduvali Qutbiddin ijodi bo‘yicha himoya qilardim, maza qilib yozardim, yoqlardim! Taslim bo‘lmaymiz, harakat qilamiz olishga. Iqtidorli guruhdan bo‘lmasam nima qilibdi, aqlli bola bo‘lsam bo‘ldi-da!..

?@Sohibjon_Saydullayev

7 months, 3 weeks ago
8 months, 3 weeks ago

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/said-ahmad-1920-2007/said-ahmad-ko-zlaringda-o-t-bor-edi-hikoya

Ziyouz

Said Ahmad. Ko‘zlaringda o‘t bor edi (hikoya)

Zinapoyaning boshida oq xalatli ayol ko‘rinishi bilan Mutal shoshib o‘rnidan turadi. Undan biron gap chiqmagandan keyin bo‘shashib yana joyiga o‘tiradi. U...

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 1 week ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago