?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 week, 3 days ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 day, 1 hour ago
Qachonki long read postlar ko'paysa blogdan odamlar chiqib ketishni boshlaydi)
Bugun Janubiy Koreyaga kelganimga 12 kun bo'libdi. Vaqt ba'zida bu yerda juda tez o'tgandek tuyiladi, ba'zida juda sekin o'tgandek tuyiladi. O'zi men doim vaqt bilan kelisha olmay qolaman. Doimo bir birimizdan o'zib ketishga, bir birimizni aldashga harakat qilamiz. Murosa yo'q oramizda.
To'g'risi, hozir bu yerga nima yozishni aniq bilmayman. Odatda, diary bu private yuritiladigan, maxsus daftarlarga yoki faqat avtorning o'zi ko'ra oladigan note'larga yozilardi. Ammo, ayni shu yerda o'zimni komfort his qilganim uchun mana shu yozuv maydoni - blogim ko'proq ma'qul ko'rindi.
Birinchi kelgan kunim chamadonim qolib ketganini aytgandim, uni ertasiga yetkazib berishdi aeroportdagilar. Narsalarimni joylab bo'lib, ovqatlandim, keyin universitetni o'rganish uchun yo'l oldim (men turgan joydan 10 minute walk). Birinchi kundan negadir campusni o'rganish qiziqarli tuyuldi. Lekin, shundayam to'liq aylanib chiqmadim. Hatto hozir 12 kun bo'lsa ham bormagan joylarim bisyor. Faqatgina darsxonalar va o'zimizning departementimiz bilan cheklandim.
Menga ko'proq campusdagi ko'l va baland daraxtlar yoqdi. Oldiga borvolib hayol surib o'tirishlik joylar. Skamekalar son mingta. Hayron qoldirgan tarafi, axlat tashlaydigan quti kam yoki umuman yo'q bo'lsa ham yerda yotgan garbage yo'q. Public awareness juda yuqori. Universitet ichida va men yuradigan tashqaridagi ko'chalarda umuman axlat topilmaydi.
Ilk kunlarim unchalik ham ko'p ko'chaga chiqmadim. Bilardimki, o'qishlar va ishlar sentyabrdan boshlanadi va intense o'tadigan hayot tarziga sho'ng'ib ketaman. Shuning uchun xonamdan chiqmay darslar yozish va bilmagan narsalarimni o'rganish bilan mashg'ul bo'ldim dastlabki kunlarda. Bu qarorim to'g'ri ekanligini hozir tushunib yetmoqdaman.
Yangi simkarta, kredit kard, immigratsion hujjatlar, Student ID - hamma yugur-yugur qog'ozbozliklar bilan o'zimni depressiyaga tushurgim kelmadi, shuning uchun hammasini birdaniga qilib tashlayman demadim. Hozir ham to'liq emas, ammo sekin-sekin bo'lyapti. O'qishga kirish oson, ammo undan keyingi o'z yurtingizda va yangi joydagi qilinishi kerak bo'lgan qog'ozbozliklar hech qachon tugamaydi.
2-sentyabrdan darslar boshlandi. Birinchi kechikib borgan darsimdanoq, student class asosan markaziy va sharqiy osiyoliklardan iborat ekanligini angladim. Xudoga shukur, tug'ma geniy bo'lgan hindlar yoki xitoyliklar grupada yo'q. Bo'lmasa matematika va programming'dan hamma A'ni ular olib ketishardi). Ammo qozoqlar bilan musobaqa ham oson bo'lmaydi. Hozircha hammasi yaxshi. Ko'pchilik o'qishga kelganini romantizatsiya qilyapti va bu narsalar haqida o'ylamagan, hamma bir biriga kulib qaraydi).
Birinchi kunni o'zidayoq darslarimni tugatib ishga borishimga to'g'ri keldi va kechasi bilan ishda bo'ldim. Ertasiga esa uxlamay yana ikkinchi kunga darslarga bordim. Ikki kunlik to'liq darslar va tuni bilan jismoniy ish qilish orasida iste'mol qilganim bitta America coffee va bir bo'lak non edi. Lekin, hammasi yaxshi. Ko'zim yetgan edi eplay olishimga. Haftaning boshqa qismida esa, 72 soat ichida atigi 5 soat uxlagan kunim ham bo'ldi.
Bularni noliganim yoki qiynalganim uchun emas, shunchaki xotiralar uchun yozib qo'yyapman. Men sarguzashtlarga boy, natijasini taxmin qilish qiyin bo'lgan hayot yo'llarini yaxshi ko'raman. Lekin, bu yerga kelishimdan oldin meni nimalar kutishini va qanday harakat qilishim kerakligini yaxshi anglab yetganman.
Hozirgi hayot tarzimni quyidagicha tasvirlagan bo'lardim: ertaga nima bo'lishidan qat'iy nazar, yutamanmi yoki yutqazamanmi, baxtga erishamanmi yoki yo'q, men natijadan aslo hafa bo'lmayman. O'zimda bor imkoniyatlarni har birini ishlatishga harakat qilmoqdaman, minimumdan maksimum foydalanish prioritet. Isrof qilingan soniyalar mavjud emas. Bor potensialim bilan kurashyapman. Shuning uchun kelajakda nima bo'lishidan qat'iy nazar, boshim har doim baland. Qanday yashab o'tganim va nimalar qilganim oxirida oladigan natijamdan muhimroq men uchun.
Free food izlab networking eventga borgandim, keyin bu yer Yevropa yoki Amerika emasligini tushinib yetdim)
To do list’ga kunlik qiladigan ishlarimni yozib ketaman.
Bitta dars yozish deb qo’yardim, ammo ko’pincha dars yozishga erinib qolardim. 3 4 kundan beri kunlik planlarimga 3 ta video dars yozish deb ketyapman. Hech kuniga 3 ta dars yoza olmadim, ammo har kuni kamida 1, bo’lmasa 2 ta dars yozyapman. Umuman to’xtab qolganidan ko’ra ishim ozgina bo’lsayam har kuni yuryapti.
Osmonni orzu qilsang, tog’ga chiqasan degani shu bo’lsa kerak. Levsha oxirgi postida aytganidek, inson o’zini limitlarining oxirigacha push qilib ko’rmagunicha nimaga qodirligini bila olmaydi. 5 km yuguraman desangiz eplolmasligingiz mumkin, ammo 10 kmni yarmini yugurish desa, miyamiz “eplasa bo’ladi” deb javob beradi.
Do’konda bir o’zbekni ko’rib qolib juda xursand bo’b ketdim. Uyoq buyoqdan, salom alik qilib 1 minutcha ruscha gaplashib keyin yo’limizda davom etdik. Negadir keyin o’zimni biroz g’alati his qildim.
P.S. Damn, bugun mustaqil bo’lgan kunimiz edi-ya ))
Public persona bo'lish
Bloger, mashhur siyosatchi, TV yulduz, bir so'z bilan aytganda mediada ko'zga ko'ringan inson bo'lishning yomon taraflaridan biri - kuzatadigan auditoriya o'sha insonni mukammal va xatolarsiz ko'rinishda tasavvur qiladi yoki shunday bo'lishini xohlaydi. Bu global kuzatiladigan fenomenon bo'lsa-da, bizda juda aniq ravshan namoyon bo'ladi.
Hamma taniydigan bloger bo'lsangiz odamlar kiyadigan paypoqning rangi, soch turmagi yoki yurish-turishdan ham xato topib, bunday qilish kerak emas deb turadi. Ibragim mana bu yerda aytganidek, odamlar har bir gapirgan nuqta vergulizdan ma'no topishga harakat qiladi. Eng yomoni, o'sha mashhur inson bilib bilmay birorta xato qilib qo'ysa media tez orada buni tarqatadi, va odamlar yoppasiga hate qilishni boshlashadi.
Blog yozadigan inson sifatida, auditoriya oldidagi mas'uliyat va odamlarni noto'g'ri yo'lga boshlamaslik nima ekanligini yaxshi tushunaman. Ammo, bir narsani unutmaslik kerakki, hammamiz ham insonmiz. Hamma xato qiladi, hatto Messi Ronaldo ham. Keyin har bitta insonni, xatto bloger/mashhur insonlarning ham shaxsiy prinsiplari bo'ladi. Ularni xurmat qilib, chegarani saqlash kerak.
Public persona bo'lgan insonlar nimadir "noto'g'ri" ish qilib qo'ysa choyxona-yu gaplardagi hamma suhbatlar mavzusi o'sha bo'ladi. Oddiy odam xato qilsa kechiriladi, agar gunoh bo'lsa tavba qiladi. Nega publicly mashhur insonlar ham shunday bo'la olishi mumkinligi haqida o'ylamaymiz? Nega ularni hamma narsani to'g'ri qilishi kerak bo'lgan perfect misol tariqasida ko'rish kerak?
Mirshakar aka konsertida zo'r gap aytgandi "Nima, Ibn Sinoni yoshligida onasi sho'xlik qilgani uchun urmagan deb o'ylaysizmi? Jadid bobolarimiz tug'iliboq hamma narsani bilib jadid bo'lib tug'ilganmi?" Taniqli shaxs degani kamchiliklari yo'q avliyo degani emas. Buni o'z yo'lida to'g'ri qabul qilishni o'rgangan ma'qul.
Balki buning sabablaridan biri, o'sha taniqli kishilar ko'pincha o'zini va hayotini faqat yaxshi tomonlarini ko'rsatishi, va to'satdan ularning birorta xatosi sezilsa auditoriyaning o'sha inson haqida ma'lum muddat davomida yig'ilgan fikrlari keskin o'zgarishiga bog'liqdir. Lekin, baribir bu yillar davomida kuzatib keladigan sevimli blogerini prank qilib olingan videosi tarqalsa xurmatini pasaytirib, o'sha insonni odam o'rnida ko'rmay qo'yishiga sabab bo'lmasligi kerak.
Qisqasi, inson zoti borki, hamma xato qiladi. Xatto mashhur public personalar ham. Ularni har bir harakatidan ma'no izlash yoki perfect inson bo'lishini kutish shart emas. Toqat qilolmasa kuzatmaslik kerak hate toshlarini otmasdan. Ular ham o'zlari xohlagandek yashashga haqli va birinchi marta bu dunyoda yashashmoqda.
Mana shu postni eng sevimli podcasterim Lex Fridman'ning qisqa va sodda, lekin toshga o'yib yozishga arziydigan so'zlari bilan yakunlayman:
Don't idolize anyone. We are all just flawed humans.
Nega US-CAEF full-ride grantini rad etib Inhaga ketyapman?
Qisqa, lo'nda va taxmin qilsa bo'ladigan javob - Bishkek Seul bo'la olmaydi)
Endi uzun versiyadagi hikoyamni sizlarga boshidan aytib bersam. 2021-yil chet elda o'qishga qaror qilganimda o'zimga o'zim so'z bergandim - faqat va faqat 100 foiz, barcha harajatlarini qoplab beradigan grant yutsamgina o'qishga ketaman. Ota onamdan umuman pul so'ramayman.
Mana shu niyatim tufayli nufuzli xalqaro grantlar va to'liq scholarship beradigan universitetlarga harakatim boshlangan. Ochig'i, o'rtacha miqdorda resurslari bor bo'lgan talaba uchun chetga o'qishga kirish va jo'nab ketish unchalik qiyin emas, albatta baland dorlarga osilib Everestni zabt etaman demasa. Aytmoqchi bo'lganim, "surish" yagona maqsad bo'lganda buni bir necha yil oldin osongina qilsam bo'lardi.
2022-2023 yil admissions mavsumida kuchli application tayyorlay olmaganman. Nima qilishni va qanday qilishni bilardim, ammo qanday qilib perfect level'ga olib chiqishni bilmasdim. Oxirida qarasam USdan sal kam full-tuition grantlar, va Koreya, Polsha, Vengriya variantlari bor edi. Ketmoqchi bo'ldim qayerga bo'lsayam, ammo o'sha o'zimga bergan vadam esimga tushdi va gap year olsam balki avvalgidan yaxshiroq bo'larman deb o'yladim.
2023-2024 mavsum juda tez o'tib ketdi, ko'zimni ochib yumishga ulgirmadim. Bu safar faqatgina Top universitetlar va to'liq grant beradiganlariga topshirdim. Birorta safety yoki o'rtamiyona joylar yo'q edi. O'tgam yilgidan ancha kuchli va tartibli application yaratgandim, ammo hamma hammasi failure bilan tugadi. Universitetlar borasida yiqilgan bo'lsam ham, bir yillik tanaffus davomida o'zimni kashf qildim, hayotdan nima xohlashimni bilib oldim, yangi qiziqishlarimni topdim. Bu hayotimdagi eng katta yutuqlarimdan biri edi, universitetlardan ancha muhimroq.
O'zimdan hafa bo'lib, boshimni qayerga borib urishni bilmay turganimda, ketma ket USCAEF, Inha va Yonsei o'xshab qoldi. Bilasizmi, men nimani his qildim o'sha vaqt? Men vanihoyat 21-yilda o'zimga bergan vadamni bajargandim, yillar davomida orzu qilganim amalga oshgandi. O'sha hamma harajatlari qoplanadigan, full-ride grant yutgandim. Oxirgi ikki uch yilim uncertainty bilan o'tgan. Har soniyada miyadagi ichki ovoz eslatib turardi: ertaga nima bo'ladi? qayerda o'qiysan? o'xshamay qolsa nima qilasan? Kanalga bu haqida batafsil yozmagan bo'lsamda, o'smirlik yillarim shunaqa o'ylar bilan spiritually challenging o'tgan.
Barchasi ortda qolganiga shukur qilib, vanihoyat o'qishga ketishimdan juda xursand edim. Faqat tanlov qilishim kerak edi: Inhami yoki USCAEF? O'zim ikkinchisi bilan ketmoqchi bo'ldim. Umuman financial bosim bo'lmaydi 4 yil ichida (100% grant), oylik stipendiya, aviachiptalar, Amerika diplomi va nufuzli grant g'oliblari network alumnisi. Ammo, ota onam va Surayyo opam bilan bo'lgan uzoq suhbatlardan so'ng qarorimni Inhaga o'zgartirdim.
Aslida mening niyatim uydagilarga og'irlik tushirmasdan tayyor grantda o'qish edi, lekin ular meni katta shaharlarda o'qishimni, va buning uchun investitsiya kirgizishdan og'rinmasliklarini aytishdi. Surayyo opa esa, markaziy Osiyodan ko'ra Sharqiy Osiyoda diversity nima ekanligini yaxshiroq tushinishimni ta'kidladi. O'ylab qarasam, Bishkekda qirg'iz va qozoqlar bilan o'qiy olar edim xolos. Plyus, texnologiya, STEM va IT Janubiy Koreyada jadal rivojlangan.
Eng asosiy sabab esa, Inhada meni haqiqiy katta hayot va chellenjlar kutib turgani edi. Bishkekda o'qisam aytganimdek financial pressure bo'lmaydi, qiynalmasdim ham - comfort zone. Uydan uzoqroqda bo'lsa men ham ishlab, ham o'qib balansni ushlashim kerak, social life and living uchun kurashishim, umuman yangi til, jamiyat va insonlarga ko'nikishim zarur. Kuchli inson bo'lish uchun bularni boshdan kechirishim majburiy.
Ayni paytda uchib ketishimga 36 soatdan kam vaqt qolarkan, oldimda turgan hayotimning yangi fazasi oson bo'lmasligini yaxshi bilib turibman, qo'rquv bor biroz. Ammo, qiziquvchan tabiatim va sarguzashtlarga oshno qalbim u yerda nima borligini ko'rishni juda juda istaydi.
#to_her Yoz ham yoz bo'lmaydi seni sog'inganimda
Uzun post yozganimda odatda kanaldan odamlar chiqib ketishni boshlaydi ? Zamonaviy attention span o’lsin
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year ago
🔔 Reklama: @Edurekadmin
Ta'limda nima yangiliklar?
O'zbekiston ta'lim sferasidagi eng oxirgi va eng dolzarb yangiliklarini aynan shu kanaldan topasiz!
© Kanaldan to'liq yoki qisman ma'lumot olinganda manba ko'rsatilishi shart!
📩 @Edu_murojaatBot
Last updated 1 week, 3 days ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 1 day, 1 hour ago