Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her
AQSh hokimiyatiga kelgan "techbro"lar, shu jumladan Mask ham, kripto va AI bo'yicha administratsiya rahbari Sacks ham odamlarni qandaydir darajada savodsiz deb o'ylashadi yoki o'zlarini ahmoqlikka solishadi.
Saksga ko'ra (va umuman hozirda davlat xarajatlarini taftish qilayotgan DOGE tashkilotiga ko'ra) AQSh davlat xarajatlari nimaga ketayotganini hech kim bilmaydi va davlat qarzi qayerga ketayotganini so'rashga hech kimning haqqi yo'q. Lekin, gap shundaki, AQShda xarajatlar, davlat qarzi haqida ma'lumotlar anchadan beri shaffof ravishda chop etilib keladi va aynan nimaga pul ketayotganini istalgan odam tekshira oladi.
Aslida, hozir hokimiyatni mana shu techbrolar yurityapti. Ular shunchaki davlat xarajati yoki qarzi kabi tushunchalarni ikki yil oldin o'zlari uchun kashf qilingani bu haqida ulardan oldin hech kim o'ylamagan va bilmagan degani emas.
Donald Tramp Napoleonning imperatorlik harakatlari va to'ntarishlaridan iqtibos keltirib: "mening harakatlarim mamlakatni himoya qilsa ular noqonuniy emas deb" yozibdi. Diktatorlik va imperatorlik ambitsiyalariga ishora qilib.
Bu juda bezovta qiluvchi sentiment va istaklar.
Kripto yana qanday harakatlar uchun foydali vosita?
Startap qiyofasiga kirib firibgarlik va g'ayrioddiy sxemalar orqali odamlardan pul o'g'irlash uchun, deydi kecha Bloomberg, Birlashgan Arab Amirliklaridagi vaziyatni yoritib.
El Salvador ham, AQSh ham mayli ... Rossiyaniki ham bitkoynchimi endi?
Podkast - bu yangi media.
Bu postda Jo Rogan fenomeni; Donald Tramp va bro-madaniyat; va saylovdan navbatdagi xulosa va fikrlarim bilan Substackdagi postimda bo'lishdim:
Кечаги подкастдан
«Инсон умри — ҳақиқатдан ҳам бебаҳо неъмат ва қадр. Иқтисодчилар инсон умрига қиймат қўйиши ҳам эриш эшитилиши табиий. Лекин бу воқеликдан келиб чиқилган нарса. Нима учун иқтисодчилар инсон умрига пул, доллар қийматини қўйишган, деган савол бўлса, бу нарса бошқа чуқур муаммоларни ҳал қилиш учун ишлаб чиқилган ҳисоблар саналади».
«Масалан, қандайдир табиий офат бўлди. Ўша табиий офат оқибатида ҳалок бўлганларга давлат қанча компенсация тўлаши керак? Ёки уруш натижасида ҳалок бўлганларга давлат қанча компенсация бериши керак деган савол мавжуд. Ёки қандайдир теракт қурбонларига давлат қанча компенсация бериши керак? Ёки қандайдир техноген авария оқибатида ўлган одамлар учун қанча компенсация тўланиши керак? Шу нарсаларда инсон умри бебаҳо деган фалсафа билан келсак, давлат бўладими, хусусий идора бўладими, масъулларнинг жавоби „ҳеч қандай компенсация бериш керак эмас, чунки умр бебаҳо-ку“, деган нотўғри ғоя ёки нотўғри хулосага олиб келиши мумкин».
Батафсил: https://www.gazeta.uz/uz/2024/11/28/vsl/
Видео: https://youtu.be/nW-bmzTD944
Populizm va dezinformatsiya zamoni. Fakt emas vayb muhimroq bo'lgan zamon.
Bular avval ham bo'lgan, ya'ni qo'rquvni uyg'otadigan noto'g'ri ma'lumotlar eng kuchli vositalardan biri bo'lib, asrlar davomida targ'ibotda qo'llanilgan. Lekin, hozir faktlar emas balki inson his-tuyg'usini o'ynatib, tez ishontira oladigan yolg'on ma'lumot tarqatish g'oyasi endi yangi texnologiyalar, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, sun'iy intellekt, internet va bularning barchasi bilan kuchaymoqda. Xarajat nuqtai nazardan ham osonlashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yolg'on tarqatish xarajatini deyarli nolga yoki nolga juda yaqinlashtirdi. AI esa endi dezinformatsiya yaratishni deyarli bepul qilyapti. Shu ikkala faktor bu muammoni tezlashtiryapti. Esingizda bo'lsa, yozda mana buni ulashgan edim. Ijtimoiy tarmoq, AI va qasddan manipulyatsiya qilish kesishgan misol.
Noto'g'ri ma'lumotlarning kuchi uning faktual mazmunida emas, balki u keltirib chiqaradigan hissiy munosabatdadir. G'azab yoki adolatsizlik tuyg'usini uyg'otadigan kontent, haqiqatdan qat'iy nazar, tez tarqalib, insonlarning tushunchalariga, qarashlariga va harakatlariga ta'sir etishi mumkin.
Inson his-tuyg'ularini ma'lum manfaatlar uchun o'ynatib, insonlarning ma'lumotlar maydonini yolg'on va feyk bilan to'ldirib, algoritmlar bilan aynan kerakli bo'lgan ma'lumotlarga yo'naltirishning real ta'sirlari ko'z oldimizda. Saylovlarda g'olib bo'linyapti [1,2,3]; ba'zi mamlakatlar aholisi orasida nafrat, ayniqsa immigrantlarga qaratilgan nafrat kuchaymoqda.
Misol uchun, AQShda ko'p odamlar jinoyat darajasi hozir har doimgidan yuqoriroq, inflyatsiya darajasi juda baland, iqtisodiyot va bozor eng pastki darajada, va janubiy chegarani noqonuniy kesib o'tish har doimgidan balandroq deb o'ylashadi. Ularning hech biri to'g'ri emas - aksinchasi to'g'ri. Ammo bu noto'g'ri fikrlar saylovda qanday ovoz berishga ta'sir qiladi.
Savdo naqadar global ekanligi va tariflarning ta’siriga bir misol.
AQShda supermarketdan (Costco) keshyu yong’oqlarini sotib olaman. Qadoqlash belgisiga yaxshi ahamiyat bermagan ekanman. Ma’lum bo‘lishicha, dunyodagi keshyu savdosining 50 foizi mana shu Costcoga to’g’ri kelarkan. Ammo eng muhim tomoni shundaki, ushbu savdo tarmog‘i keshyu yong‘oqlarini dunyoning turli mamlakatlaridagi fermerlardan sotib olar ekan. Qadoqdagi mamlakatlar ro‘yxatiga bir nazar soling. Bir kichik tovarni rastaga qo’yish uchun u qancha mamlakatlarni kezib o’tadi. Savdo bu global fenomen.
Endi, tariflar oshsa, Vyetnam, Gana, Indoneziya fermerlaridan AQShga keladigan keshyu narxi oshadi. Narxni albatta, iste’molchi to’laydi.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 Monat, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 Monate, 2 Wochen her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 7 Monate her