BBA | Buxoro

Description
Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limi.

Telefon:

+998956006001
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

1 month ago

2024-yil 5-sentabr kuni nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkaziladi? 2024-yil 5-sentabr kuni kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 13 ta hududida tashkil etiladi.

*? Test sinovi o‘tkaziladigan joylar:* https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-08-31-2

❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

1 month ago
BBA | Buxoro
1 month ago
BBA | Buxoro
1 month, 1 week ago

Bugun (2024-yil 24-avgust kuni) 19:00 dan 22:00 ga qadar Bilimni baholash agentligining uzbmb.uz, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlarida profilaktika ishlari olib boriladi.

Shu sababli bugun soat 19:00 dan 22:00 ga qadar uzbmb.uz, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlarida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 month, 2 weeks ago

#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning ikkinchi kuni yakunlandi? 2024-yil 22-avgustdan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

??‍? Bugun(23-avgust) 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 118 nafari (24,5 %) jarayonda ishtirok etdi, 482 nafari esa ishtirok etmadi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 month, 2 weeks ago

#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi? Bugun (22-avgust)dan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

??‍? Bugun 600 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 154 nafari (25,7 %) jarayonda ishtirok etdi, 446 nafari esa ishtirok etmadi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 month, 3 weeks ago

#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Professional ta'lim muassasalariga tanlov boshlanadi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.

❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

? Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

⭐️ Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi!

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 month, 3 weeks ago

#Qabul2024 #Apellatsiya
Apellatsiya arizalarini qabul qilish bo‘yicha Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz saytida (shaxsiy kabineti orqali) onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) berishlari mumkin.

? Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

? Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

? Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

? Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yil 22-avgustdan boshlanadi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 month, 3 weeks ago

⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi#Qabul2024 #Natija

* 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari* e’lon qilindi.

? Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ **SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

1 month, 3 weeks ago

#tanlov2024 #Abituriyent2024
⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

*❗️*Bugun oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashning so‘nggi kuni

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar bugun 10-avgust soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.

⚡️Belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini tanlash va ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoniyati berilmaydi.

❇️ Hurmatli abituriyentlar! Sizdan bugun soat 23:59 ga qadar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashingizni so‘raymiz!
*✔️ *Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago