Uktamdjanov

Description
✒️Diplomatiya. Xalqaro munosabatlar. Siyosat. Tarix. Jamiyat. Qarashlar.

Savollar va fikr-mulohazalar uchun: @Uktamjonov_97
Advertising
We recommend to visit

Бизнес блог #1
Выжимаю книги до самой сути.

? Реклама - @jaMasha

? Хотите свою книгу? Мы напишем её за вас и сделаем книгу бестселлером. Подробности в боте @Summary_library_bot

? Оставьте след в истории с помощью книги
https://expert-book.pro

Фильмы и сериалы со всей планеты. Мы знаем, что посмотреть, где посмотреть и на что сходить в кино.

Last updated 4 days, 10 hours ago

Все материалы размещены по партнёрской програме ivi.ru | All materials are posted on the partner program ivi.ru

По всем вопросам: @kuzr103
Купить рекламу: https://telega.in/c/k1noxa103
Основной канал: https://t.me/kino_hd2

Last updated 2 weeks, 3 days ago

2 weeks, 5 days ago

Qiziq bir holat. AQSHdagi prezidentlik saylovlarida deyarli barcha Gollivud vakillari Harrisni qoʻllashayotgan ekan. Trampni esa Mask misolida koʻplab texnologlar qoʻllab-quvvatlashyapti.

https://t.me/Political_Insight

2 weeks, 5 days ago
2 weeks, 6 days ago

Eron yaqin kunlarda Isroilga hujum uyushtirishi mumkin
Eron Tashqi ishlar vazirligi yakshanba kuni Isroilga javob hujumi uchun "barcha resurslar" ishga solinishini ma’lum qildi. "Isroilning har qanday tajovuzkor harakatiga bizning munosabatimiz bo‘ladi," - deya ta’kidladi TIV vakili Ismail Bagʻoiy.

Shanba kuni AQSH, Tehron Isroilga hujum qilgan taqdirda ogohlantirish chorasi sifatida Yaqin Sharqda B-52 bombardimonchi samolyotlarini joylashtirishini e’lon qilgani yangi eskalatsiyani kuchaytirmoqda. Eron, o‘z navbatida, AQShning mintaqadagi ishtirokini "barqarorlikni buzadigan" deb atadi.

Eron TIV vakili so‘nggi vaqtlarda muhokama qilinganidek, hujum qo‘shni Iroq hududidan amalga oshirilishi yoki oshirilmasligiga aniqlik kiritmadi, biroq Eronning "qasos rejasi" borligini ta’kidladi.

https://t.me/Political_Insight

3 months, 3 weeks ago

HAMASning keyingi rahbari kim boʻladi?

HAMAS guruhi Ismoil Honiyaning o‘limi ortidan yangi siyosiy rahbarni tanlash uchun keng ko‘lamli maslahatlashuv jarayonini boshlaganini bildirdi. Siyosiy byuroning yangi rahbari nomi HAMAS maslahatlashuv kengashi yig‘ilishidan so‘ng e’lon qilinishi kerak.

Voris lavozimiga potensial nomzodlar - HAMASning Gʻazodagi rahbari Yahyo Sinvar, uning oʻrinbosari Xalil al-Hayya, HAMASning xorijdagi siyosiy byurosi rahbari Xolid Mashal, Gʻarbiy Sohildagi harakat rahbari Zohir Jabborin hisoblanadi. Bundan tashqari, HAMASning sobiq rahbari Muso Abu Marzuk ham roʻyxatda bor. Mening taxminimcha, qarashlari qolganlarga nisbatan yumshoqroq boʻlgan Zohir Jabborin tayinlanadi.

Yana bir muhim jihat shuki, “arab va islom davlatlari bilan aloqalar” ham HAMASning keyingi rahbarini tanlashda muhim rol o‘ynaydi.

Biroq, xavfsizlik nuqtai nazaridan, ayniqsa Isroilning HAMAS rahbariyatining barcha aʼzolarini yoʻq qilishga agressiv yondashuvini hisobga olgan holda, guruh Siyosiy byuroning yangi rahbari nomini oshkor qilmasligi ehtimoli ham mavjud.

https://t.me/Political_Insight

3 months, 3 weeks ago

Eronda qama-qamalar boshlandi

Eron hukumati Tehronda HAMASning siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiyaning o‘ldirilishi ortidan hibsga olishlar to‘lqinini boshlab yubordi. Hozircha, bir qator yuqori martabali razvedka zobitlari, harbiy amaldorlar va Honiya zarbaga uchragan mehmonxona maʼmurlari tergovga tortilipti.

Rasmiylarni nafaqat Isroilga maʼlumotlarning sizib chiqishi, balki operatsiyani tashkil etishda faol yordam koʻrsatganlar ham jiddiy tashvishga solyapti. Eng qizigʻi, Ismoil Honiya turgan mehmonxonadan uncha uzoq boʻlmagan joyda yangi saylangan prezident Masʼud Pezeshkiyonning qarorgohi joylashgan edi. Demak, hozir ham hech kim xavfdan holi emas.

Yuqori rahbariyat, albatta, repressiv mashinani maksimal darajada ishga tushira oladi. Endi butun Eron kontrazvedkasining asosiy yutugʻi — Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining ayrim aʼzolarini (xavfsizlikka javobgar) dushman hisoblanadigan sionistlarga yordam berishga va u bilan yashirin hamkorlik qilishga majbur qiladigan asosiy muammolarni va sabablarni ochiqlash boʻladi. Biroq, bu oʻta murakkab jarayon.

https://t.me/Political_Insight

3 months, 3 weeks ago

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiya Tehronda oʻldirib ketilibdi
Honiya Tehronga yangi saylangan prezident Masʼud Pezeshkiyonning inaugruatsiya marosimida qatnashish uchun borgan edi. Bugun ertalab tongda esa u turgan rezidensiyaga hujum uyushtirilgan va buning oqibatida Honiya va uning qoʻriqchisi oʻldirib ketilgan. Buni Isroilning oʻzi sodir etganmi yoki Eron ichkarisidan kimdir qilganmi hozircha nomaʼlum.

Anchadan beri shaxsan menda Eron razvedkasi boʻsh degan xulosalar bor edi. Chunki, bundan avval bir qancha fizik olimlari, yuqori darajadagi qoʻmondonlari, xususan Qosim Sulaymoniyga suiqasd uyushtirilib, oʻldirilgan edi. Bundan xulosa shuki, Eronning ichida, ayniqsa maxsus xizmatlarida sotqinlar bor. Sababi, Honiya va shu kabi statusdagi insonlarning oldiga oddiy odamlar yaqinlashmaydi va ular maxsus xizmatlarning qoʻriqlovida yuradi, shuningdek, grafiklaridan ham maxsus xizmatlar doimo xabardor boʻladi.

Qatar, Turkiya va Rossiyada bemalol yurgan Honiyaning joniga aynan ittifoqchi boʻlgan Eronda qasd qilinishi koʻp savollarni tugʻdiradi.

https://t.me/Political_Insight

3 months, 3 weeks ago

Donbass sekin asta toʻliq Rossiya nazoratiga oʻtyapti. Kecha ruslar tomonidan 3 ta qishloq egallab olindi. Shu sababdan ham hozir ruslarning faollashgani bois Kiyevda muzokaralar boʻyicha qadamlar jiddiylashib qoldi. Sababi yordam koʻlami qisqarib borayapti. Buni Prezident Zelenskiy va Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning bayonotlaridan bilib olsa boʻladi. Ayni damda Ukraina juda qiyin ahvolga tushib qoldi. Agar Tramp saylovlarda yutsa, Amerikadan yordam butkul toʻxtashi ham mumkin. Donor boʻlib, Germaniya, Polsha va Boltiqboʻyi davlatlari qoladi xolos, lekin yordam miqdori AQSh berganchalik katta boʻlmaydi.

Ukraina masalasida AQSh va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida taranglik yuzaga kelishi aniq boʻlib boryapti. Toʻgʻri, Baydenning ketishiga hali 5 oy bor, yaʼni shu vaqt ichida ular oʻrtasida Ukrainaga yordam berish nuqtai nazaridan konsessus boʻladi va qandaydir ish qilib qolish mumkin. Lekin Tramp yutsa, Ukraina boʻyicha kelishmovchiliklar boʻladi. Isroilni AQSh tomonidan qoʻllash intensiv davom etayotganligi va etishi sababli Ukraina deyarli unutiladi.

https://t.me/Political_Insight

3 months, 4 weeks ago

Olimpiada oʻyinlari tarixi

Yunon afsonalariga koʻra bir vaqtlar, qadim zamonlarda, Olimp togʻida muqaddas joy boʻlgan boʻlib, u yerda yunon ilohlari oʻyinlar va musobaqalar oʻtkazish uchun yigʻilishgan. Ushbu oʻyinlar keyinchalik Olimpiya oʻyinlari sifatida taniladi va qadimgi dunyoning turli burchaklaridan ishtirokchilarni jalb qila boshlaydi.

Musobaqalar har toʻrt yilda boʻlib, u Olimpiya ilohlari shohi Zevs "xudosiga" bagʻishlandi. Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish har bir sportchi uchun katta sharaf bo‘ladi va g‘oliblarga tinchlik va g‘alaba ramzi bo‘lgan zaytun barglaridan gulchambarlar taqiladi.

Olimpiya o‘yinlarida sportchilar yugurish, sakrash, kurash, disk va nayza uloqtirish kabi turli yo‘nalishlarda bellashardilar. Ushbu voqealarni tomosha qilish va oʻz jamoalarini qoʻllab-quvvatlash uchun butun dunyodan mehmonlar kelishardi.

Olimpiada oʻyinlari milodiy 4-asrda, Rim imperatori Feodosiy I tomonidan taqiqlangunga qadar asrlar davomida oʻtkazib kelindi. Chunki bu paytga kelib, yagona Rim imperiyasida xristianlik din sifatida tan olinadi va xristian imperator uni shirkiy amal deb hisoblaydi. Shundan soʻng, Olimpiya oʻyinlari anʼanasi faqatgina 1896-yilda Afinada birinchi zamonaviy Olimpiya turniri oʻtkazilgandan soʻng qayta tiklandi.

https://t.me/Political_Insight

3 months, 4 weeks ago

Oʻzbekiston hisobida Olimpiadadagi birinchi medal va u oltin. Dzyudo boʻyicha Diyora Keldiyorova Parij Olimpiadasida chempion boʻlib, Oʻzbekistonga birinchi medalni keltirdi. Respect!

Gʻalabalar bardavom boʻlsin!

6 months, 1 week ago

??Eronda marhum prezident, Ibrohim Raisi vafoti munosabati bilan besh kunlik motam eʼlon qilindi. Bu haqda oliy rahnamo Ali Xomanaiy ma’lum qildi.

Eron prezidenti va vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgan boshqa shaxslarni dafn qilish marosimi 21-may kuni Tabriz shahrida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Pokistonda davlat bayrogʻi tushirilgan holda motam kuni oʻtkazilishi va Livanda 3 kunlik moʻtam eʼlon qilingan.

https://t.me/Political_Insight

We recommend to visit

Бизнес блог #1
Выжимаю книги до самой сути.

? Реклама - @jaMasha

? Хотите свою книгу? Мы напишем её за вас и сделаем книгу бестселлером. Подробности в боте @Summary_library_bot

? Оставьте след в истории с помощью книги
https://expert-book.pro

Фильмы и сериалы со всей планеты. Мы знаем, что посмотреть, где посмотреть и на что сходить в кино.

Last updated 4 days, 10 hours ago

Все материалы размещены по партнёрской програме ivi.ru | All materials are posted on the partner program ivi.ru

По всем вопросам: @kuzr103
Купить рекламу: https://telega.in/c/k1noxa103
Основной канал: https://t.me/kino_hd2

Last updated 2 weeks, 3 days ago