Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Fikrim. uz

Description
Advertising
We recommend to visit

Официальный канал
Наши социальные сети:
📱 https://t.me/uzgidrouz
📱 instagram.com/uzgidrouz/
💻 twitter.com/uzgidrouz
📩 uzgidrouz@mail.ru
🌐 uzgidro.uz/

Last updated 1 month, 2 weeks ago

✨Kanal ochildi 11.07.2023

💠Kawaii Uz anime baza !

📊Reklama : @anime_ozbekcha_kawaii
👔Kanal asoschisi : @Fantastic_kw
👔Admin: @kha1tov_kw

💬Chat : @Kawaii_uzb

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Personal channel by Umidjan Yuldashev

- English Grammar
- General English
- Multi-level

Contact details: @HEC_Admin

Last updated 1 month ago

1 week ago

https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=caa9284fc46 Shuni ustiga bosib savolingizni batafsil yozing

1 week ago

Keling bir o‘yin o‘ynaymiz. Men anonim bot tashlayman. Siz unga sizdagi muhabbatga oid muammongizni yozasiz kamina esa qo‘ldan kelgancha javob beradi. Faqat siz to‘liq yozasiz. Bu bilan savollarga javob beruvchi olimlikni talab qilmayman. Shunchaki, o‘zimni sinab ko‘raman. Lekin faqat bir kishining savoliga javob beraman. Qachonki u savol batafsil berilgag‘ bo‘lsa. Keyin savolni va javobni kanalimga yuklayman. Savol muallifi ko‘rinmaydi. Faqat savol beruvchi yoshi, jinsini yozishi kerak.

1 week ago

Ikkita lavh bo‘ldi shu bilan.

2 weeks ago

Bu kanalimga senzurani faqat dadam qo‘yadi:)

2 weeks ago

Nimadir yoz...

Sog‘ligingni his qilayin

2 weeks ago

Fikrim. uz:
#adabiyot_psixologiyasi

Qultabiatligimiz sababi!

Milliy adabiyotimiz xalqimizning psixologik qiyofasini ochib beradi. Masalan, ertaklarimizni olaylik ulardagi g‘oyalarning tub zamirida qanday g‘oya yotadi va uning salbiy jihatlarini ko‘rib chiqaylik. Chunki, doimo ertaklarining ijobiy tomoni aytiladi. Biz boshqa rakrusdan qaraymiz!

1) asarning g‘oyasining boshida bir kichik xatolik ketadi. Bu- o‘gay onaning doim salbiy obrazda bo‘lishi. Vaholanki, dunyoda bolalarga o‘z onasidan ham mehribon o‘gay onalar bor! O‘zim guvohi bo‘lganman.

2) chol obrazi. Asrada chol qo‘rqoq, xotining so‘zidan chiqolmaydigan, hattoki(o‘z tinchini o‘ylab farzandidan) kechgan ota sifatida gavdalanadi. Bu esa o‘zbek millatiga yot mentialitet hisoblan(gan)adi!

3) asarda Zumrad doim boshqalardan gap eshitib yuruvchi, qo‘yday yuvosh, o‘z haqqini talab qilolmaydiga, nohaqlikka rozi qultabiat qiz sifatida govdalangan.

4) asarda Qimmat haqiqatdan ham tanbal qiz! Amma u o‘z fikriga, oz hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan mustaqil fikrli qiz!

5) Ona obrazi esa o‘gay ona yomon degan streotepni shakllantirishga qaratilgan, xolos!

6) asarda Zumradning kampirning uyida yashashi va u yerdan hech qanday qiyinchiliksiz katta boylikka ega bo‘lishi! Bu narsa hozir odamlarni online o‘yinlarga ishtirok etishida ko‘zga tashlanadi.

7) uyga qaytganda so‘ng, shaxsiy mulkiga boshqalarning ega chiqishi va bunga na ota, na qizning qarshilik qila olmasligi.

Xullas, sanasak ko‘p! Bu bilan ertaklarni yomonlamoqchi emasman! Shunchaki, yoshligimzda eshitgan bu ertaklarni bugunga ta'sirini aytmoqchiman.
Keyingi postda har bir bandni izohini yozamiz, inshaalloh.

#adabiyot_psixologiyasi

Davomi...

Endi esa bu salbiy jihatlarni ong ostimizga tushushini ko‘rib chiqsak!

1) yoshligidan o‘gay ona yomon degan streotepda ulg‘aygan qiz taqdir taqazosi bilan qaysidir oilaga o‘gay ona bo‘lib qolsa, ".. men ham shunday yomon bo‘lishim kerak" degan tushuncha bilan o‘gay farzandga muomala qiladi! Yoki, shu tushuncha bilan ulg‘aygan bola o‘gay ona yomon bo‘ladi degan g‘oyada yashaydi.

2) cholning o‘ta bo‘shangligi hattoki,  o‘z farzandini zulmdan qutqara olmasligi, ayol kishining chizgan chizig‘idan chiqolmasligi va ertakning oxirida zulmdan ozod bo‘lishi bugungi kunda lapashang erkaklarni shakllantiryapti!

3) Zumradning qismatida esa, o‘zligini yo‘qotgan, qultabiat zulmga chidab yashaydigan oxirida esa eri tomonidan vahshiylarcha qurbon qilinyotgan bugungi ayrim ayollarni ko‘rishimiz mumkin!

4) Qimmat obrazida esa, o‘z fikriga, hayotiy pozitsiyasiga ega qizlarning, masalan, ayol bloggerlarning qismatini ko‘ramiz!

5) o‘gay ona haqida ikkinchi fikrda aytib o‘tildi!

6) oltinchi banddagi Zumradning bir sandiq tillalarga ega bo‘lishi bugungi kunda online o‘yinlarning ko‘payishi, like yoki qapqog‘lar evaziga mashina yutib olishi,, odamlarni tez boyib ketish umidida yengil hayotni tanlashyotgani ko‘rinmoqda!

7) oxirgi band esa, bu shaxsiy mulkimizning daxlsizligidir! Hozirgi kunda qo‘limizdagi nonni birov olib qo‘ysa hech narsa qilolmaymiz! Faqat uni qarg‘ashni bilamiz!

Umumiy xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ertaklar bizning ong ostimizga tushib bugungi kunda bizni boshqaradi!  Xohlasak, xohlamasak bu fakt!

E'tibor bergan bo‘lsangiz, oxirgi 15-20 yillikning  yoshlari biroz o‘jar, qaysar va o‘z fikrni erkin ayta oladi! To‘g‘ri, oldingiga nisbatan ota-onalariga biroz betgachoparroqdir, bunga ularning ota-onalari sababchi.

Farruh O‘ktam o‘g‘li!

@qarashlarim_uz

2 months, 2 weeks ago
2 months, 2 weeks ago

Biri deydi qamashilik,
Biri deydi g‘uzorlik,
O‘quvchilar o‘rtasida
Jonim bo‘lar ozorlik.

Netay axir bir o‘zim
Sarson bo‘lib yuraman,
G‘uzorlik yo qamashilik
Barin birdek ko‘raman.

Buni faqat o‘quvchilarim tushunadi 😉

Farruh O‘ktam

@qarashlarim_uz

2 months, 2 weeks ago

"Bu oy oyligim kam chiqib qolsa-chi? " "O‘qishga kirolmay qolsam-ch?" "Ertaga nima yerkanman? " "U qizga boshqasi uylanib ketsa-chi?" "Balki, boshqa qizga uylansa-chi?" "Taksi to‘xtamasa nima qilaman?"

Bilasizmi, shunday savollar goho odamning bag‘rini ezib yuboradi. Ammo bir narsa qalbga taskin beradi: bu ham bo‘lsa, hamma narsa Allohning qadariga yozilganidir! Shu narsa qalbingga taskin beradi.

Farruh O‘ktam

@qarashlarim_uz

2 months, 3 weeks ago

#mulohaza_tabassum

Ona tilini o‘qiyotganlar yaxshi bilishadi: bizda, fe'l so‘z turkumida, ko‘makchi fe'lli so‘z qo‘shilmasi bor: bunda ikkita ish-harakat beriladi. Ammo bittasi bajariladi, ikkinchisi bajarilmaydi. Masalan: o‘qib tashladim, yozib chiqdim. Bunda o‘qiydi lekin tashlamaydi, yozadi ammo chiqmaydi.

Grammatika o‘z yo‘liga-yu, ammo hayotmiz ham shunga o‘xshab ketadi. Masalan, bir yigit qizni "tarbiya qilib olaman" deb u bilan gaplashib yuradi. Bunda ham ikkita ish harakat bor: tarbiya qilmoq va olmoq. Ammo ularning faqat yetakchi qismi bajariladi, ya'ni "tarbiya qiladi" ammo "olmaydi" 😁

Bittada tepmasa, qayta o‘qing!

Farruh O‘ktam

@qarashlarim_uz

We recommend to visit

Официальный канал
Наши социальные сети:
📱 https://t.me/uzgidrouz
📱 instagram.com/uzgidrouz/
💻 twitter.com/uzgidrouz
📩 uzgidrouz@mail.ru
🌐 uzgidro.uz/

Last updated 1 month, 2 weeks ago

✨Kanal ochildi 11.07.2023

💠Kawaii Uz anime baza !

📊Reklama : @anime_ozbekcha_kawaii
👔Kanal asoschisi : @Fantastic_kw
👔Admin: @kha1tov_kw

💬Chat : @Kawaii_uzb

Last updated 1 month, 2 weeks ago

Personal channel by Umidjan Yuldashev

- English Grammar
- General English
- Multi-level

Contact details: @HEC_Admin

Last updated 1 month ago