"HUDUDGAZ JIZZAX" gaz ta‘minoti filiali

Description
"HUDUDGAZ JIZZAX" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!

Биз билан мулоқот қилиш:
@hududgazjizzax_bot
We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 5 months ago

3 weeks, 6 days ago

Qashqadaryo va Fargʻona viloyatida suyultirilgan gaz taʼminotidagi noqonuniy “bunker”lar faoliyatiga chek qoʻyildi

Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlash boʻyicha tadbirlar davom ettirilmoqda. Mazkur yoʻnalishda nafaqat isteʼmolchilar ishtirokidagi qonunbuzarliklar, balki tizim xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan qingʻirliklar ham fosh etilmoqda.

“Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti komlayens nazorat tuzilmalari ishtirokida Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida suyultirilgan gaz taʼminotidagi qonunbuzilish holatini aniqlash boʻyicha nazorat tadbiri oʻtkazildi.

“Koʻkdalatumangaz” GTB chilangar taʼminotchisi I. N. va haydovchi B. X. tumanning “Chorvador” MFY hududidagi isteʼmolchilarga tarqatilishi koʻzda tutilgan 110 dona maishiy gaz ballonlarni belgilangan tartibda tarqatmasdan, mazkur mahallada yashovchi B. A. xonadoniga 34 dona gaz ballonini tushirayotgani aniqlangan. Shuningdek, ushbu xonadonda 8 dona boʻsh gaz ballonlari borligi maʼlum boʻlgan.

Shunga oʻxshash holat Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida ham kuzatildi. Qoʻqon shahar Bodomzor koʻchasida istiqomat qiluvchi S. U. xonadonida maishiy gaz ballonlari qoidalarga zid ravishda saqlanayotgan “bunker” aniqlangan. Xonadon koʻzdan kechirilganda suyultirilgan gaz bilan toʻldirilgan 35 dona va boʻsh holdagi 48 dona maishiy gaz ballonlari borligi maʼlum boʻldi.

Mazkur ikki holat davomida 1380 kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilinishining oldi olindi.

Holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar FVB va huquq-tartibot organlariga taqdim etildi.
Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=12886
?Facebook | ?*Telegram *|▶️* YouTube *| ?*Instagram *| ?**** hududgaz.uz

3 weeks, 6 days ago

Samarqand viloyatida qariyb 1,33 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan gaz taʼminotidagi noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tezkor nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

“Hududgaz Samarqand” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Toyloqtumangaz” GTB, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Oʻzenergoinspeksiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida oʻtkazilgan reyd jarayonida Samarqand viloyati Toyloq tumani “Qoʻrgʻoncha” MFYda joylashgan “S. Sh.” oilaviy korxonasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, korxona (novvoyxona) egalari yashirin yoʻl bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgan. Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob kitob qilindi va yetkazilgan zarar 1,329 milliard soʻm miqdorida hisoblandi.

Barcha daliliy ashyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirildi.
Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=12883
?Facebook | ?*Telegram *|▶️* YouTube *| ?*Instagram *| ?**** hududgaz.uz

1 month ago

Maxsus reportaj

Jizzaxda yangi yil shukuhi kezmoqda. Iste’molchilar uchun bayram kunlari qulayliklar ham yaratilganligi Jizzax telekanalining “Maxsus reportaj” koʻrsatuvi orqali “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali boʻlim boshligʻi Muzaffar Salimov bu haqda fikrlarini oʻrtoqlashib, iste’molchilarni xushyorlikka chaqirdi.

“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

1 month ago
"HUDUDGAZ JIZZAX" gaz ta‘minoti filiali
1 month ago

Hurmatli yurtdoshlar!

“Hududgaztaʼminot” AJ jamoasi sizlarni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin yurakdan muborakbod etadi.

Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxtu saodat tilaymiz. Yangi yil muborak boʻlsin!

*?Facebook *| *?Telegram *|▶️* YouTube *| ?*Instagram *| ?**** hududgaz.uz

1 month ago

#Hududgaz_Jizzax
#E’tirof

Yangi yil munosabati bilan yakuniga yetayotgan yil sarhisobi qilinar ekan, oʻz kasbining fidoiylari, sohada tashabbuskor va fidokor boʻlganlar ishi yuzaga chiqadi. Ularning mehnati munosib e’tirof etiladi. “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti tizimida ham ana shunday faol ishchi-xodimlar bisyor. Filial direktori B. Obruyev va Boshlangʻich kasaba uyushmasi tomonidan tashabbuskor va faol xodimlarga faxriy yorliq va bayram sovgʻalari ulashildi. Kelgusi yilda faoliyatiga ulkan zafarlar tilandi.

“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

1 month ago

Hududgaz_Jizzax
#AGTKSH
#AYOQSH

“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali xodimlari tomonidan gaz toʻldirish shaxobchalarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan filial tasarrufidagi “G‘allaorol” gaz to‘ldirish shaxobchasida hamkor tashkilotlar FVB va SSB xodimlari ishtirokida oʻquv mashg‘uloti o‘tkazildi. Oʻtkazilgan amaliy mashg‘ulotda tadbir qatnashchilari tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Qatnashchilarga kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz va noxush hodisalar bo‘yicha tegishli tushunchalar berildi.

“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

1 month ago

“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Mazkur murojaat “Do‘stliktumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. “Manas” MFY o‘ramidagi iste’molchilarga suyultirilgan gaz ballonlari mahalliy hokimlik tomonidan tasdiqlangan reja-grafik bo‘yicha yetkazib berilmoqda. Gaz ballonlar belgilangan og‘irlikdagi (20 kg) yoqilg‘i bilan to‘ldirilgan. Avtomashinalar nazorat tarozisi bilan ta’minlangan bo‘lib, har bir iste’molchi gaz ballonni tarozidan o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega. Ta’minot uchun to‘lovlar to‘liq onlayn tizimga o‘tkazilgan va ID-kartalar orqali qabul qilinadi.
“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali

1 month, 1 week ago

Mahalla gazchisining bir kuni

Xonadonlarga “zangori yoqilgʻi”ni yetkazish uchun gazchilar kechayu-kunduz mehnat qiladilar. Ayrim vaqtlarda hatto oila aʼzolariga vaqt ajratish ham mushkul boʻlib qoladi. Chunki bu kasb katta masʼuliyat va doimiy hushyorlikni talab qiladi.

“Xalqimiz xonadoniga iliqlik ulashish va ularning xavfsizligi uchun doim xizmatdamiz”.

?Facebook | ?*Telegram *|▶️* YouTube *| ?*Instagram *| ?**** hududgaz.uz

We recommend to visit

?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!

✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼

©️SENATOR PUBGM

Last updated 1 year, 2 months ago

Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @yyuzbot

Reklama bo‘yicha: @zorzorads

Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH

Last updated 1 month, 3 weeks ago

SENATOR RASMIY KANALI.✅??

- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm

? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket

Last updated 1 year, 5 months ago