Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 Monate, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 Monat, 1 Woche her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 5 Monate her
Sizlarga Dunayni koʻrsatmoqchiman..
Shu kunlarda Praga juda esga tushyapti, ehhh yuurganimda chex xalqi bilan yomg'ir yog'ayotgan kechada shaharni tepadan kuzatib...
SEVGI VA EGO
Millionlab insonlar sevgisiz yashashga qaror qilishadi. Zero, kimga o‘z xudbin meni (egosi) kerak bo‘lsa, sevgisiz yashash ma’qul. Chunki xudbinlik bilan sevgi birga bo‘la olmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas.
Bilim bilan ego bemalol birga bo‘la oladi, sevgi bilan xudbinlik esa — birga bo‘la olmaydi. Ular xuddi nur va zulmat kabidirlar, biri kelganda ikkinchisi ketadi.
Inson egodan voz kechgan zaxoti uni har tomonlama sevgi qurshab oladi. U hamma tomondan oqib kelaveradi.
Ehhhh studentlik davri ham tugab kettiye. Xayr 4 yillik umr. Bu davrni bir soʻz bilan aytaolmayman. Har bir bosqich oʻzgacha saboqlar davri boʻldi. Ammo 4-kursni Toshkentda oʻqimadim, faqat diplom ishi uchun boraman endi TDYU tomon. Xullas TDYU 3-yil oʻqib bitkazildi.
- Baʼzan univerimni sogʻinaman. Darsdan keyin broadwaydan ketish, yoki ramazon oyida iftor vaqti yaqin doʻstlar bilan "Nomdor"ga borish. Hammasi oʻtmishda qoldi. Kecha oʻzidan katta papkani koʻtarib chang koʻchadan maktabga ketayotgan bola bugun yuristlik bosqichda turibdi
- Qiyomat yaqin deyishsa uzoqdek tuyiladi. Hich oʻylaganmisiz?. Lekin qaran hozir nechi yoshsiz? 21, 22,25. Yogʻe kecha 1-sinfga borgandizku bugun 23 yoshmisiz? Shunchalik tezmi?
Xullas hammasi juda tez oʻtib ketib qolyapti. Buni angladizmi? Ertaga 50yoshga kirib qani goʻzalligim, yoshligim yoki kuchim deb oʻtiramiz.
Xoʻsh 4-kurslar oltin davrni qanday yakunlayapsizlar?
? Kun chiqardan kun botargacha.
- Oʻzining qobigʻini yorib chiqqan insonlarni eshitganmisiz. Bu har xil koʻrinishda namoyon boʻladi.
Kimdir chang uzoq qishloqdan uzoq Toshkentning eng nufuzli oʻqishiga kiradi. Buning uchun u uyidagi sharoitini qabul qilib, har kuni 40km lik oʻquv markaziga otayoʻli avtobusda borishi, bunday issiq havoda tiqilinch yurib olis masofaga borishi kerak.
Kimdir qiynalib shunday yoʻlni bosib oʻtgan joyga sen pinagingni buzmay erishasan. Supper kontrakt qilib 300mln toʻlab kirasan. Yana gerdayishga, oddiy qishloq bolasini past koʻrishga balo bormi. Sen biznes qilaman deb vebinarlarga, zamonaviy kasb, "soqqali kasb" deb IT oʻrganishga ketayotganingda, u preznoyga pul topolmay qurilishga ketayotgan boʻladi.
Sen esa start chizigʻiga ham yetib kelolmaganlar ustidan muvafaqqiyatli ekanliging haqida maqtanasan. Sen xoxlagan kursingga borolgan vaqting ular bu kurs uchun avval bir yil ishlashi, keyin oʻrganishi kerak. Shunday ekan ular bosib oʻtgan yoʻlda va senga tengma-teng boʻlay degan vaqtda oʻylab koʻr kim aslida kuchliroq.
Xullas oʻsha gap. Muvaffaqiyat supper subyektiv tushuncha. Hamma oʻzining hayotida muvaffaqiyatli boʻlsin. Kimningdir aytgan normlarini muvaffaqiyat sababi qilib olmasdan.
Kimdadir qizdiradigan savol bormi? Misol uchun tovuq oldin paydo boʻlganmi yoki tuxum? Javob qaysi?
?Xotiralarim turkumidan.. #1
Slovakia. Comenius university. Dekabr oyi. "International relations" darsi. Mavzu "global terrorism"
Professor Meranchuk terrorizmning keng miqyosida avj olishida islom fundamentalizmining taʼsiri haqida gapirib beryapti. Oʻshanda soʻz atom quroliga borib taqaldi hamda bu qurolning musulmonlar qoʻliga tushib qolishi dunyoni xavf ostida qoldiradi deb taʼkidlab qoldi.
- Bizga print qilib bergan terrorchi tashkilotlar roʻyxati faqat islom haqida edi.
Shunda men unga aytgandim " Yevropada ijtimoiy ongda haliyam musulmonlarni yomon koʻrishadi. Ammo professor statistikaga qarang juda koʻp terrorchilik harakatlari qilinadi va nobud boʻlayotganlar musulmonlar, ammo yana ular terrorchimi?
Miranchuk : " Ha juda koʻplab qurbonlar musulmonlar ammo terrorni amalga oshiryotganlar idealogiyasida biz boʻlmasak boshqalar ham boʻlmaydi degan nazariya bor " degandek qildi.
Baxs Isroilning " self-defense" tamoyilidan tortib Falastin yeriga ruxsat bergan usmoniylar imperiyasigacha yetib bordi. Men ham "dokansa" olib bordim. Faqatgina bitta savolda toʻxtagandi " Xitoyda demokratiya bormi? U dedi bu dedi oxiri oʻzing nima deysan degandi shu bilan baxsni toʻxtatdim.
Shu ustoz Oʻzbekistonga qaytishimdan oldin imtihon sanasini koʻchirib berib katta yordam qilgandi. Kutmagandim garchi tortishib uni prinsiplariga qarshi borsam ham. Ammo hech ham ketishni xoxlamasdim. Darslar yoqib qolgandi.
3-yil TDYUda oʻqib birorta fanni eslab qolmabman. Ammo Comeniusda koʻp darslar va oʻqituvchilar esda qoldi. Slovakia nafaqat sayohat balki cooperation va ilmiy oʻrganishlar bilan juda yodda qoldi. Ha garchi oʻqiyman deb bormagan boʻlsam ham koʻp narsa oʻrgandim.
Sabr, sabrim tugadi degan vaqtingizda boshlanadi.
Ali yoki Fotima mi?
- Instagram statuslarida koʻp koʻrib qolaman: " Men Alimni kutyapman yoki Fotimamni kutyapman" yoki shunga oʻxshash soʻzlar.
Shu joyiga bir fikr kelib qoldi. Ikki tarafda vaziyat qanday oʻzi?.
Haqiqatda Fotima onamiz fazilati shunchaki yuraklarni larzaga soladigan edi. Oʻsha Fotima onamiz oila qurayotganlari mahrga hech nima yoʻqligi uchun paygʻambarimiz Ali (r.a)dan bittagina sovutni sotib mahr berishlarini aytishadi chunki boshqa narsasi umuman yoʻq edi. Tassavur qiling, jannat xabari berilgan odam kambagʻal edilar. Endi savol mana shunday Ali hozir zamonda qabul qilishadimi? Oʻylab oʻtirmay qancha shunday Ali lar chopilib ketyapti. Fotima onamiz ovqat yoʻqligidan xushidan ketib qoladigan darajada holsiz boʻlib ham Ali(r.a)ni tashlab ketib qolmaganlar.
Yigitlardachi, bu yoqda ham vaziyat yaxshi emas. Ali(r.a) garchi boy emasdir, ammo nafs tarbiyasida butun ummatga oʻrnak boʻldilar. Shuning uchun hali beri bu daraja bizlarga nasib qilmasa kerak. Aytishadiyu, Fotima onamizdek insonlar uchrashi uchun mardlik, jasurlik, din, dunyo ilmlarini tamomila oʻrganish kerak. Faqat orzularni oʻzi kamlik qiladi.
✓Bu soʻzlar asl oʻzini tayyorlab yurganlar uchun taalluqli emas. Bu instagramda har bir reelsida rek qilayotganlar uchun. Asl xazinalar hech qachon koʻrsatilmaydi, xazinasi yoʻqlar esa oʻzlarini shu istak yoʻlida xazinabondek koʻrsatayotganlardir.
➖ Shunday ekan asli zaif boʻlgan maqsadlar ortiga diniy fon berib taʼsirli qilish shartmas haqiqatni tan olib harakatni boshlash kerakdir.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 Monate, 3 Wochen her
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 Monat, 1 Woche her
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 Jahr, 5 Monate her