Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Ruvayha

Description
Advertising
We recommend to visit

https://www.facebook.com/tsukimi22/

🏪 Хоразмдаги енг СИФАТЛИ иш бериш каналига ҳуш келибсиз.

👨‍💻Еълон бериш: @Ish_Admin_AS

📞 Админ билан алока:
+998(91)916-55-66

💰Еълон нархлари:
https://t.me/rekuz_info/19

📥 Barcha ish kanallarimiz:
https://t.me/Kanalrekuz/6

Last updated 5 days, 15 hours ago

kwedufiles.com/6

Last updated 1 month, 1 week ago

2 months, 2 weeks ago

BASSEYN ZARARLARINI KAMAYTIRISH

Basseynlardagi mikroblarni o‘ldirish, suvni sterillash uchun xlordan foydalaniladi(nafaqat basseyn balki ichimlik suvlari uchun ham).
Xlor zararli ekanligi tasdiqlangan bo‘lsa ham, boshqa alternativlarga ko‘ra arzon bo‘lgani uchun ham afsuski xlor keng kamrovli foydalaniladi.
Xlor terimiz orqali osonlik bilan emiladi, yutilsa oshqozondagi foydali bakteriyalar uchun xavfli.
Xlor ta’siri ostida uzoq qolish bir qancha kasalliklarga olib kelish bilan birga, ayniqsa ko‘payish organlariga jiddiy ta’sir o‘tqizadi.

Xlor zararlarini qanday kamaytirishi mumkin?
-Iloji boricha dengiz(tabiiy suv havzalari)da cho‘milish kerak.
-Basseyn xlor bilan emas balki boshqa usullarda dezenfeksiya qilinganini tanlash kerak(M-n; maxsus tuz, ozon, xlor dioksit vb)
-Xlor miqdori doimiy nazorat qilinib turadigan basseyn tanlang, xlor miqdori bilan tanishib chiqing.
-Basseynga tushishdan avval dush qabul qilib oling.
-Krem, atir, makyaj vhkzlarni tozalab keyin tushing, sababi xlor bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin.
-Iloji boricha uzun kiyimlar kiyib cho‘miling va cho‘milishdan avval kiyimingiz bilan birga dush qabul qiling. Xo‘l tana, soch, kiyim quruqqa qaraganda kamroq xlor shimib oladi o‘ziga.
-Basseynga tushishdan avval C vitamini qabul qiling. C vitamini xlorni bog‘lab, zararlarini kamaytiradi.
-Albatta maxsus suzish ko‘zoynagidan foydalaning. Xlor zarariga eng ochiq organ bu ko‘zlardir.
-Suzishdan avval maxsus himoyalovchi losyonlardan foydalaning. Iloji bo‘lsa losyon c vitaminli bo‘lsin yoki losyonga c vitamini aralashtiring.
-Cho‘milish kiyimiga vitamin c eritilgan suvdan sepib chiqing.
-Basseynda max 30 daqiqa cho‘milishga harakat qiling.
-Basseyndan chiqqandan keyin, zudlik bilan suzish kiyimini yechib, dush oling.
-C vitaminli vanna qabul qiling. (Vanna suvida C vitamini eritib yoting.)
-Mutlaqo ko‘p-ko‘p suyuqlik qabul qiling.
-Lugol yodning xlor zararlariga qarshi himoyalash xususiyati mavjud. Ta’tillarda ertalab och qoringa bir-ikki tomchi(undan ko‘p emas) 2%li lugol yodni bir stakan suvga aralashtirib ichishni odat qiling.
(Bolalarga bir yoki yarim tomchi yetarli. Yarim tomchi uchun; bir tomchini bir stakan suvga aralashtirib ikkiga bo‘ling. Ustiga yana suv quying, yarim tomchili suv tayyor.)

Suzish sporti bilan shug‘ullanadiganlar uchun yuqoridagi tavsiyalar kamlik qiladi. Ularga doktor nazorati bilan birga maxsus himoyalovchi muolaja qilish kerak.

Basseyndagi xlor zararidan ko‘prog‘i, xlorli tozalash vositalarida mavjud. Shu sabab ulardan uzoqroq turish kerak! Ayniqsa oshxonada ishlatmaslik shart! Xlor qoldiqlari idishlardan osonlik bilan ketmaydi.
O‘zingiz va farzandlaringiz sog‘lig‘i va kelajagi uchun xlordan boshqa va zararsiz tozalik vositalaridan foydalanishga harakat qiling!

Shifo bo‘lsin!
#RuvayhaTib

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

2 months, 3 weeks ago

HOMILADORLIKDA EMIZISH(Tadqiqot natijalari)

Eronda o‘tqizilgan tadqiqotda homiladorlik paytida emizgan 80ta ayol va emizmaydigan 240ta ayollar kuzatilibdi.
Ikkala guruhdagi homiladorlik muammolari; enfeksiya, yuqori qon bosimi va qon ketishi borasida biror farq aniqlanmagan. Xatto emizgan onalar vaqtli emas, xuddi emizgan homiladorlar kabi o‘z vaqtida farzandlarini dunyoga keltirishibdi.

Tadqiqotchilarning xulosasi:”Ushbu tadqiqot normal homiladorlikda emizish salbiy homiladorlik va homilada sog‘liq xavfining ortishi bilan bog'liq emasligini tasdiqlaydi. Homiladorlik davrida emizishni davom ettirish - onalar uchun shaxsiy qaror.”

Yaponiyada o'tkazilgan yana bir tadqiqot emizish davriga to‘g‘i kelgan 110 ta homiladorlik bilan birga, to‘g‘ri kelmaydigan 774 ta homiladorlikni kuzatildi. Ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, homiladorlik paytida emizikli ayollarda 7,3% va emizmaydiganlarning 8,4% da homila tushib qolishi sodir bo‘ldi, bu sezilarli farq emas.
Chop etilgan xulosa: “Agar ona homilador bo‘lsa ham, emizish tabiiy ravishda tugaguncha davom etishi kerak."
“Homiladorlik davrida emizish tashvishi yengib o‘tish kerak bo‘lgan muammodir. Tushunmovchilik va noto‘g‘ri qarashlar natijasida son-sanoqsiz chaqaloqlar ona sutidan mahrum bo‘lmoqda.”

Iroqda homiladorlik paytida emizgan 215 homilador ayol va bir yil davomida emizmagan 288 homilador ayol ustida amaliy tadqiqot o‘tkazildi. Erta tug'ilish va past tug'ilish vazni ikki guruhda statistik jihatdan farq qilmadi. Kutilmaganda, emizish guruhida bola tushib qolish darajasi sezilarli darajada past bo‘ldi.

Ularning xulosasi:
"Emizish bola tushib qolishi yoki erta tug‘ilish xavfini oshirmaydi va tug‘ilish vazniga ta'sir qilmaydi."

Turkiyada o'tkazilgan eng so‘nggi tadqiqot:
Homilador bo‘lganida emizikli bo‘lgan 165 ayoldan 45 tasi emizishni davom ettirgan, 120 tasi esa emizmagan. Emizgan guruhdagi homilador ayollar kamroq vaznga ega bo'lganligi va butun homiladorlik davrida gemoglobin darajasining pasayishi qayd etilgan. Shu bilan birga, giperemezis gravidarum, xavf ostida bo‘lgan homiladorlik, preeklampsi, erta to‘lg‘oq va erta tug‘ilish, tug‘ilish vazni yoki Apgar skori bo‘yicha sezilarli statistik farqlar yo‘q edi.

Ularning xulosasi: “Homiladorlik paytida emizish zararli emas. Sog‘liq mutaxassislari emizish homiladorlikka tog‘ri kelib qolganda, sutdan ajratishni tavsiya qilmasliklari kerak. Ona, bola va homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi ehtimoliga qarshi, onani diqqat bilan kuzatib borish kerak. Nojo‘ya ta'sirlar kuzatilsa, zarur ehtiyot choralarini ko‘rish kerak.”

Italian Society of Perinatal Medicine va The Task Force on breastfeeding Minstry of Helath Italy tomonidan, "Homiladorlik va Emizishning Tibbiy Muvofiqligini Aniqlash" uchun batafsil tibbiy tadqiqotlarni ko‘rib chiqish o‘tkazildi. 2014-yilda chop etilgan ushbu hisobot hozirgi kunga qadar ushbu mavzu bo‘yicha tibbiy tadqiqotlarning eng toliq ma'lumotlar yeg‘indisi hisoblanadi.

Xulosa qismida shu jumla mavjud: “E'tirof etish kerakki, homiladorlik davrida emizishning ona, embrion, homila va emizikli chaqaloq salomatligiga mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari dalillarga asoslanmagan.”#RuvayhaTib
#RuvayhaTarjima

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

2 months, 4 weeks ago

Ruvayha kanali uchun chegirmalarVaziradan masaj uchun - 10% chegirma

@fermented_uz dan barcha mahsulotlar uchun- 10% chegirma

Osteopat Gulnora Abdukarimovadan konsultatsiya uchun - 50% chegirma

@croissantbydeco dan barcha mahsulotlar uchun -5% chegirma

Ro‘yxat davomiy va uzun bo‘lishi duosi ila ^_^Niyat qildim bu borada eng ishonchli expertlardan biri bo‘lishga,
Allohumma Amin..
#RuvayhaTavsiyahttps://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJkhttps://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

3 months, 3 weeks ago

Og‘riq qoldiradigan aralashma

Bir choy qoshiq zarchavaga, bir choy qoshiq toza asal aralashtirib yeysiz, orqasidan bir stakan suv. Og‘riq qolmasa yarim soatdan keyin yana takrorlang. Bosh og‘rig‘i, migren og‘riqlari, qon bosimi og‘rig‘i, vujud og‘rig‘i uchun ayni muddao.

Zarchavada antienflamatuar, antioksidan kurkumin moddasi bor. Eng kerakli ziravorlardan bittasi zarchava. Xolestrinni mo‘tadillashtiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi, saratonga qarshi va boshqa bir talay foydasi bor. Deyarli hamma ovqatga solish kerak. Ayniqsa bolalar ratsionida bo‘lishi kerak bo‘lgan ziravor

#RuvayhaTib

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

3 months, 3 weeks ago

Homiladorlikdagi ko‘ngil aynishiga boshqacha qarash

Garvard va Kaliforniya Universitetini tamomlagan Margie Profet homiladorlikdagi ko‘ngil aynishining foydalari(vb)haqida kitob yozadi.
U oldinga surgan fikrlarga ko‘ra, homiladorlikning ilk oylaridagi ko‘ngil aynishlar homilani eng himoyasiz va eng rivojlanayotgan paytida tashqi zararlar(toksinlar)dan asrash uchun badanning eng kerakli mexanizmi.

“Sababi, homila uchun ilk oylarda kaloriya(ozuqa) unchalik kerak emas.
Tasavvur qiling 3-oyning oxirida atigi 45-50 gram bo‘ladi. Hali organlari rivojlanib bo‘lmagani uchun o‘zini tashqi toksinlardan himoyalay olmaydi.
Bu muddat esa, maksimum himoyalanishi kerak bo‘lgan muddat. Chunki, homilaning eng muhim organlari bu oraliqda rivojlanadi.
Homila, rivojlanish muddatini tugatib, kattayish muddatiga o‘tganda esa, o‘zini biroz bo‘lsa ham himoya qilishni boshlaydi.
Shu sababli, keyingi oylarda ko‘ngil aynishi, hidlarga bo‘lgan ta’sirchanlik kamayib boradi..”
deydi Margie Profet

“Hozirgi sanoatlashuv va tabiiylikdan uzoqlashish natijasida, onaning vujudi bu muddatda vitamin/mineralsiz qolib qiynaladi. Shu sabab homilador bo‘lishdan avval, vujudni vitamin/minerallarga to‘ldirib borish kerak..” Margie Profet

U o‘z aregumentlarini turli tadqiqot natijalari bilan isbotlaydi:

Masalan, taxir ta’mli yoki karam oilasiga mansub sabzavotlar bilan ozuqalangan hayvonlarning bolachalari har xil defekt bilan tug‘ilganligi.
Yana, homiladorlikning ilk oylarida ko‘ngil aynishi kuzatilmagan yoki oz kuzatilganlarda, homila tushib qolishi ko‘ngli ayniydiganlardan uch martta ko‘proq kuzatilishi bularga misol bo‘la oladi..

Yana, ko‘ngil aynishini sun’iy to‘xtatishga harakat qilish bir talay salbiy natijalarga olib kelishi mumkinligini aytib, bunga Thalomide fojeasini misol qilib keltiradi.

Homiladorlikdagi ko‘ngil aynishi, biron kasallik sababidan emasligiga ham diqqat qilish kerakligini alohida ta’kidlaydi albatta ^_^

Batafsil ma’lumot uchun Muallifning “Pregnancy Sickness Using Your Body's Natural Defenses To Protect Your Baby to be” kitobiga murojaat qilishingiz mumkin.

#RuvayhaTib

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

4 months ago

Mikroflora va ilk uch yil
Farzandingizning ilk 3 yili judayam muhim.
Bu uch yilda butun hayoti davomida foydalanadigan oshqozon/ichak mikroflorasining poydevorlari va u mikroflora, hamda umumiy ozuqalanishi tarafidan tashkil qilingan ichak devorlari vujudga keladi.
Ilk uch yilchalik hech qachon mikroflora bu qadar tez rivojlanmaydi va vujudga bu darajada ta’sir ko‘rsatmaydi.
Bu uch yildagi oziqlanishi, keyinchalik otoimmun kasalligi bo‘lish, bo‘lmasligini, o‘rtacha kilosini, saraton bilan kasallanishi mumkin yoki mumkinmasligini katta ehtimol bilan belgilab beradi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ilk uch yilda antibiyotikdan foydalangan bolalarda crohn kasalligi kabi yallig‘langan ichak kasalliklari bilan kasallanish havfi 3 barobar ko‘proq.

Aytaylik, u yoki bu shaklda antibiyotikdan foydalanildi. Unda nima qilish kerak?
Qancha tez ichak devorlarini mustahkamlasak shuncha yaxshi.

Buni qanday amalga oshiramiz?
Sog‘liqli ovqatlanish orqali. Tez-tez qo‘zi ilik suyakli sho‘rva ichirish va funktsiyonal yog‘lar iste’molini ko‘paytirish orqali.
Masalan, kakos yog‘i, ghee yog‘i vb kabi.
Kakos yog‘i, ichak devorlarini ta’mirlab, mikroflorani mustahkamlaydi.

Antibiyotikdan keyin, mikroflorani jonlantirish uchun to‘g‘ri probiyotik jamlanmalaridan ham foydalanish zarur. Buning uchun bir yoshgacha qo‘shimcha probiyotiklardan, bir yoshdan keyin esa, sekin-sekin ratsionga fermentlangan mahsulotlar (tuzlamalar, sirka vb) qo‘shib borish kerak. Ona suti bu orada judayam muhim!

Albatta probiyotik(foydali bakteriya)lar ichaklarga joylashib, yashab qolishi uchun ularni parvarishlab, “boqish” kerak.
Foydali bakteriyalarning eng sevimli ozuqasi bu sabzavotlar. Xossatan qishki sabzavotlar.
Ularni ko‘p-ko‘p va tez-tez iste’mol qilib turish kerak.
Bu borada to‘g‘ri prebiyotik qo‘shimchalardan ham foydalanish mumkin.

Sog‘liqli ovqatlantirishga harakat qiladigan ota-onalarning eng ko‘p eshitadigan gapi: “qachongacha asray olasan? Katta bo‘lsa baribir zararli narsa yeyishni boshlaydi vhkz” kabi tushkunlikka tushiradigan jumlalar.
Lekin(!), maza-ta’m retseptorlarimiz qanday shakllanishi ham ilk yillardagi (ona qornidan boshlab) ozuqalarimizga bog‘liq.

Agar biz sog‘liqli ovqatlanib, sog‘liqli mikroflora va kuchli, foydali bakteriyalarga ega bo‘lar ekanmiz. Organizmimiz ham, o‘zimizga kerakli bo‘lgan, sog‘liqli maza/ta’mlarni talab qiladi.
Chunki, “talab qilayotgan”lar organizmimizdagi bakteriyalar(patogenlar) bo‘ladi asosan. Qaysi taraf kuchli bo‘lsa, o‘sha tarafning ozuqasini talab qilamiz.
Masalan, kandida kuchayib ketgan bo‘lsa, shirin va unli mahsulotlarni talab qiladi organizm.
Agar foydali bakteriyalar kuchli bo‘ladigan bo‘lsa, sabzavotlar, foydali oqsillarni vhkz kabi ^_^
#RuvayhaTib

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

4 months, 3 weeks ago
**BOLANING RUHIY VA JISMONIY SALOMATLIGI**

BOLANING RUHIY VA JISMONIY SALOMATLIGI

Kurs mavzulari:
-Bola ruhiyatining ahamiyati
-Ruhiy salomatlikning badanga ta’siri
-Imunitet tizimi qanday shakllanadi
-Imunitet tizimi qanday ishlaydi?
-Atrof muhitning salomatlikka ta’siri
-Kasallik paytlari nimalar qilsa bo‘ladi?
-Sog‘lom bo‘lish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak
-Vaksinalar ta’siri va tarkibi
-Vaksinasi bor kasalliklarni uy sharoitida qanday davolash mumkin?
-Chilla davrida chaqaloq parvarishi
-Bonus mavzular

Ilova: Professional speakerlardan muhim mavzular

Hamma savollaringizga javob bo‘ladi bu kurs demayman, balki bu kursdan chiqqanda, bolangiz va o‘zingizning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ini muhofaza qilish uchun qo‘lingizda bir qancha “harita” bo‘ladi deb ayta olaman.
Kundalik hayotda murojaat qilishingiz mumkin bo‘lgan ma’lumotlar ombori(справочник)ga ega bo‘lasiz.

Kurs tartibi:
-4 Hafta davom etadi
-Haftada ikki kun dars
-Hafta oxirida hafta
mavzulari bo‘yicha savol-javob
-Kurs tugagandan keyin, ma’lumotlar sizda 5 oy qoladi.

Kurs boshlang‘ich muddati:
15-yanvar

Kurs narxi: 840 ming
Kurs boshlangunicha bo‘lib to‘lash imkoni mavjud.

Murojaat: @ruvayha_manager

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

4 months, 4 weeks ago

Sog‘lom Ayol Sog‘lom Tug‘ruq (SAST)
Kursiga qo‘shilishni istaganlar diqqatiga!Kursda bu hafta oxirgi mavzular o‘tiladi va bu hafta oxirgi savol-javob ruknimiz bo‘lib o‘tadi.

Lekin, mavzular ko‘pligi bois savol berish imkoniyatini yana bir haftaga uzaytirishga qaror qildim.
Ya’ni #SAST chilar bilan yana ikki hafta birgamiz ^_^

Shu fursatdan foydalanib, kursga qatnashishni judayam xohlovchilarni olishni o‘ylab qoldim.
Chunki, yana qachon qilaman o‘zim ham bilmayman.

Kursni yozib olinganini sotuvga chiqargan taqdirimda ham, savol berish imkoni bo‘lmaydi.
Shu sabab ikki haftada mavzularni o‘zlashtirib olaman, savol-javobga ulguraman deydiganlar uchun, ya’ni rostan ham ehtiyoji borlar uchun qabulni ochmoqchiman.

Qabul muddati 1 hafta.
Dushanbagacha qo‘shilib olsangiz bo‘ladi.
Narxi: 750 ming
Murojaat: @ruvayha_manager

https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk
https://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

4 months, 4 weeks ago

Vaksina va Autizm

Italyada Antonella Bocca ismli ayol, farzandining qizamiq vaksinasidan keyin, autizm bo‘lib qolganini aytib, sudga murojaat qiladi.
Sud ishni ko‘rib chiqib, ayolni haqli deb topadi va unga Sog‘liq vazirligi tomonidan 140 ming € kompensatsiya to‘lashga hukm qiladi.
Yana hukumat ham 800 ming € jazoga tortilishi mumkin.

2001-yil Amerikada nevrolor doktor Jon Poling “farzandim vaksinadan keyin autizm bo‘lib qoldi” deb sudga beradi va yutib chiqadi. Hukumat unga ham katta miqdorda kompensatsiya to‘ladi.

Dunyodan shunday xabarlar..Ilova: Deodarantlardagi aluminyum “zararli, rak keltirib chiqaradi” degan sabab bilan deodarantlardan olib tashlanishni boshladi.

Teri orqali keladigan aluminyum uchun aytildi shu gap.
Lekin, to‘g‘ridan to‘g‘ri qonga aralashadigan, miya baryeridan o‘tib, miyaga joylashadigan aluminyum haqida esa, “minchagina aluminyum hech narsa qilmaydi. Undan ko‘proq aluminyumni yeb/ichganlarimiz orqali olamiz. Zararli deyuvchilar, vahima qiluvchilar-komplo teoriyasi vhkz” deb aytayotganlar talaygina.
Ha, maylida..#RuvayhaTibhttps://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJkhttps://t.me/+8zxzV8SqSCRhMWJk

We recommend to visit

https://www.facebook.com/tsukimi22/

🏪 Хоразмдаги енг СИФАТЛИ иш бериш каналига ҳуш келибсиз.

👨‍💻Еълон бериш: @Ish_Admin_AS

📞 Админ билан алока:
+998(91)916-55-66

💰Еълон нархлари:
https://t.me/rekuz_info/19

📥 Barcha ish kanallarimiz:
https://t.me/Kanalrekuz/6

Last updated 5 days, 15 hours ago

kwedufiles.com/6

Last updated 1 month, 1 week ago