Ruvayha

Description
Asosiy kanal faqat honimlar uchun!

https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

Ayol kishi ekanligi noma’lum profillar @ruvayha_manager ga yozib, ayol kish
We recommend to visit

https://www.facebook.com/tsukimi22/

? Хоразмдаги енг КАТТА ва СИФАТЛИ иш бериш каналига ҳуш келибсиз.

?‍?Еълон бериш: @Ish_Admin_AS

? Админ билан алока:
+998(91)916-55-66

? Barcha ish kanallarimiz:
https://t.me/Kanalrekuz/6

Last updated 2 months ago

kwedufiles.com/6

Last updated 4 weeks ago

1 month, 2 weeks ago

BIZ MEXANIK MAVJUDOTLAR EMASMIZ..
#RuvayhaTarjima

*“Duch kelgan qo‘shimchalar va mahsulotlarni qabul qilish va nimadir ish berishiga umid qilish o‘rniga tanangizda nima sodir bo‘layotganini bilishni xohlamaysizmi?
Salomatlik individualdir. Tekshiruvlarsiz duch kelgan “sxema”dan boshlamaslik kerak. Har bir insonning biokimyosi o‘ziga xosdir. Umumiy yechimlar ko‘pincha xato qilishga olib boradi.

Masalan: Ham yallig‘lanish(infeksiya)i, ham hashimotosi bor bemorning yuqori dozada va nazoratsiz Curcumin qabul qilishi.
Qalqonsimon bez buzuqligi bor bemorning o‘zidan o‘zi, nazoratsiz ashwagandha qabul qilishi.
Past qon bosimi moyilligi bor bemorning nazoratsiz, yuqori dozada CoQ10 qabul qilishi.
Depressiyani boshidan o‘tqizgan bemorning nazoratsiz, yuqori dozada melatonin qabul qilishi.
Hipotiroidizm va Hashimotosi bor bemorning yuqori dozada ALA qabul qilishi.
Kuchli, davomiy sport bilan shug‘ullanuvchi shaxsning yuqori dozada antioksidant qo‘shimchalar qabul qilishi.
SIBO(СИБР)si bor bemorning nazoratsiz bir shaklda probiyotik qabul qilishi.
Lupus yoki romotroid artridi bor bemorning yuqori dozada kollagen qabul qilishi.
Jigar funksiyalarida buziqlik mavjud bo‘lgan bemorning yuqori miqdorda zarchava qabul qilishi.
Aknega moyil shaxsning yuqori dozada B12 qabul qilishi.
APOE4 gen mutatsiyasi bor shaxsning yuqori miqdorda kakos yog‘i iste’mol qilishi.
Kandidasi bor bemorning ko‘p miqdorda kombucha ichishi.
Gistamin sezgirligi bor shaxsning tez-tez epsom tuzli vanna qabul qilishi.

Standart yechimlar, standart shaxslar uchun.
Ammo, lekin, biroq hech birimiz standart emasmiz!..”
F.GökaslanShu sabab jiddiy kasalliklarda uzoq vaqtdan beri davom etayotgan muammolarda yaxshi mutaxassisga murojaat qilish, batafsil anamnez bilan o‘ziga xos sxema olish va muolaja yo‘lida yaxshi mutaxassis bilan yurish shart.
Ayollar uchun asosiy kanal linki:*https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

2 months ago

Sog‘liq

Sizlarga tavsiya, sog‘lig‘inglarga jiddiy e’tiborli bo‘linglar.
Katta mablag‘lar kerak emas buning uchun siz tasavvur qilganday.
Tartib va intizom kerak!

Masalan;
Harakatlanish/sport/yurish-tekin!
Uyquni tartiblash - tekin!
Stress boshqaruvi - tekin!
Shakar, unli va attam-chattam mahsulotlardan uzoq turish - tekin!
Yetarli miqdorda suv ichish - tekin!
Nafas mashqlari - tekin!
Mavsumiy meva sabzavotlarni tanavvul qilish - arzon!
Terlash/sauna - tekin/arzon!
Bir oyda bir martta hijoma olish - yetarli!

Ayollar uchun asosiy kanal linki:https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

3 months, 2 weeks ago

Biz mexanik mavjudotlar emasmiz..
#RuvayhaTarjima

“Gormonlar bilan bog‘liq muammoga duch kelganimizda, biz birinchi navbatda "(tabiiy)mahsulot" dan foydalanamiz. Bugungi tabiiy tibbiyot/nutri dunyosida biz shu tarzda dasturlashtirilganmiz, shunday emasmi?
Ayniqsa, mis, xrom, inositol... Hammaning og‘zida.
Bizning sevimli "najotkorlarimiz". Biroq, bu yerda xavfli noto‘g‘ri tushuncha mavjud, chunki ularni bu tarzda qo‘llash orqali biz gormonlarning o‘zgarishiga olib kelgan haqiqiy muammoni, ya'ni ildiz muammolarni "hal qilmaslik" ni davom ettiramiz.
Biroq, gormonal muvozanatsizlikning haqiqiy "ildiz" sababini bartaraf etishni boshlaganimizda, gormonal tizim o‘zini tuzatishni boshlaydi.

Gormonal tizim ko‘pincha tananing boshqa joylaridagi muammo yoki muammolar to‘plami tufayli moslashish reaktsiyasini ishlab chiqadi va shu sababli o‘z muvozanatini o‘zgartiradi.
Shunday qilib, sizning gormonlaringiz "muammo" emas, balki muammo qayerda ekanligini ko'rsatadigan kompasdir. Asosiy maqsad bu kompas ko‘rsatgan asosiy sababni topish bo‘lishi kerak.

Misol uchun, sizda hipotiroidizm borligi sababli faqat qalqonsimon bez gormonidan foydalanish, faqat yuqori prolaktin uchun uni kamaytiradigan farmakologik vositaga murojaat qilish, insulin qarshiligi tufayli xrom va mis qo‘shimchalarini olish, PCOS uchun inositoldan foydalanish yoki past libido uchun testosteron qo‘shimchalarini qabul qilish.

Biz bu yerda to‘xtab, o‘ylashimiz kerak: haqiqiy shifo shunday bo‘ladimi?
Bu usullar bilan biz faqat simptomlarni bostirishimiz mumkin, Shifo davomiy va aniq bo‘lishi uchun biz avval "nima uchun?" deb so‘rashimiz kerak. “Nega men bu nuqtaga keldim? Qaysi tizimlar bir-biri bilan birgalikda bu muammoni yaratdi? Mening tanamga nima kerak? Buning sababi nima?”
Bizning gormonlarimiz bizga xabarlar beradi va biz ularni o‘chirish o‘rniga tinglashimiz kerak.

Qachon tanangizni "tuzatish kerak bo'lgan mashina" emas, balki "bir butun" sifatida ko'rishni boshlaganingizda, ana o‘shanda haqiqiy tuzalish/shifo boshlanadi.”
Dr.F.Gökaslan

Har doim takrorlaydigan va takrorlashdan charchamaydigan jumlam: “Biz mexanik mavjudotlar emasmiz, biz jonli va bir-biridan farqli mavjudotlarmiz. Har birimizga xos yondashuv shart!
“Bu muammoyimga nima ichay?” deb so‘ramang. O‘zingizdan “nima sabab bo‘ldi?” deb so‘rang.”

Shifo bo‘lsin!

Ayollar uchun asosiy kanal linki:https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

3 months, 4 weeks ago

Tabiy Tibbiyot
#RuvayhaTarjima

“Nafaqadagi doktor sifatida sizga rostini aytsam, agar siz jiddiy baxtsiz hodisaga duch kelmasangiz, keksalikka qadar yaxshi yashashingiz uchun eng yaxshi imkoniyatingiz shifokorlar va kasalxonalarga murojaat qilmaslikdir.
Agar naturopat doktoringiz bo‘lmasa, bu bilan birga to‘g‘ri ovqatlanish, o‘simliklar bilan davolanish va boshqa tabiiy tibbiyot vositalarini o‘rganishingiz muhimligini ayta olaman.
Deyarli barcha dorilar toksik hisoblanadi. Ular kasallikni davolash emas, semptomlar(kasallik belgilarini) yo‘qotish uchun ishlab chiqarilgan”
DR. ALLAN GREENBERG MD/2002

Nechchi yil avval malakali shifokor qarang qanday tavsiya bergan ekan.
Shu sabab hammani hijomani o‘rganish kerak, nafaqat kerak balki har bir ayol oilasi uchun bilishi shart.
Qilish uchun bo‘lmasa ham, hech bo‘lmasa to‘g‘ri usulda hijoma qildirish uchun.
Chunki hijoma deyarli hammaga to‘g‘ri keladigan eng oson va shifoli detoks usuli, kasalliklardan himoyalanish yo‘lidir.

Ayollar uchun asosiy kanal linki:https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

4 months ago

OTIT- O‘rta Quloq Yallig‘lanishi
CDC(Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi) bergan ma’lumotlarga ko‘ra Otit(quloq yallig‘lanishi) hodisalarida berilgan antibiyotiklarni 80%i keraksiz.

Otit- odatda antibiotiksiz tuzaladigan, viral(вирусный) kasallikdir.
Keraksiz antibiyotik ishlatish, ichaklarga va imunitetga zarar berishi bilan birga, kasallikni surunkali xolatga olib kelishi mumkin.
Shu sabab antibiyotik qabul qilish qaroriga xuddi, amaliyot qaroridek jiddiy yondashish kerak.

Nimalar qilsa bo‘ladi?
Quloq og‘riganda to‘g‘ridan to‘g‘ri suyuqlik tomizib bo‘lmaydi.
Har qanday suyuqlikni paxtaga tomizib, u paxta quloqqa tampon qilib qo‘yiladi.

Paxtaga zaytunyog‘i va 1-2 tomchi lavanda yog‘i tomizib, quloqqa tampon shaklida qo‘ying.
Zaytunyog‘i va lavanda yog‘i aralashmasidan quloq orqasiga(xossatan chiqib turgan suyakka) masaj qilib suring.
Usha suyakka sarimsoqpiyozni parraklab qo‘ysangiz ham bo‘ladi. Faqat ko‘p turmasin, terini kuydirishi mumkin.
Diqqat! Mahsulotlar tabiiy toza bo‘lishi shart!
Yog‘lardan ilk marotaba foydalanayotgan bo‘lsangiz bilakni ich qismiga surib, allergiya berish-bermasligini tekshiring.
Agar quloq oqishni boshlagan bo‘lsa, demak tuzalishni boshlayapti, hech nima tomizmaslik kerak.
Imunitetga yordam berish va og‘riq qoldiruvchi usullardan foydalanish kerak faqat.

Agar oqmayotgan enfeksiya bo‘lsa;
-Piyozni suvini og‘riyotgan quloqqa tomizing yoki
-Bir tomchi lugolga besh tomchi suv aralashtirib shu aralashmani tomizing yoki
-Kumush suvi tomizing yoki
-Qist yog‘i tomizing
Yoki tomizmasdan tampon shaklida foydalaning.
(Tomizishlar faqatgina doktor tomchili dori yozganda alternativ o‘laroq. Bo‘masa faqat tampon shaklida foydalaning)

Piyozni qalin parrak qilib to‘g‘rang va tovada isitib oling. Istilgan piyozni doka orasiga olib, og‘riyotgan quloq ustiga tuting og‘riqni qolishiga yordam beradi.

Bu bilan birga tut choy ichishlik va imuniteni ko‘taruvchi sarimsoqli aralashma yeyishlik foydali.Shifo bo‘lsin
#RuvayhaTib

Ayollar uchun asosiy kanal linki:https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

4 months ago

Harakat va Sog‘liq

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, haftada 150 daqiqalik jismoniy harakat PCOS tashxisli ayollarning 50%ida tartibsiz hayz davri va ovulatsiya muammolarini tuzatishga yordam berdi.
Ha, birgina jismoniy harakat!

Shu bilan birga jismoniy harakat, oddiy kunlik yurish, insulin va kortizol muammolari uchun ham shifodir.
Bir maromda yurish, sokinlashtirish xususiyatiga ega.
Uyquni maromga solishga, stress garmonlari va insulinni tartibga solishga yordam beradi.

Shunday ekan, hayotingizni tartibga solish va jismoniy harakat-sog‘liqli hayot uchun ilk qadamingiz bo‘lsin!

Shifo bo‘lsin!#RuvayhaTib Ayollar uchun asosiy kanal linki:https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

4 months ago

Hijoma va “Chertma” Hijoma Farqi
Ko‘pchiligingiz “chertma hijoma” haqida hech bo‘lmasa eshitgansiz.

U aslida nima?
Asl nomi “Fasd”dir, fasd qiluvchi “Fassad” deb nomlanadi.
Lotincha nomi: “phlebotomia”. “Phleb” - qon tomiri, “tomia”- kesish degani.

Hijomadan farqi nima?
Hijomada teri ustida minimal kesiklar orqali kapillyar tomirlardan olinadi qon.
Fasd usulida esa, arteriya va vena tomirlarni kesish, teshish orqali qon olinadi.
“Til osti hijomasi”, “varikoz hijomasi” va “chertma hijoma” ham aslida FASD usulidir.
Hijoma bilan aloqasi yo‘q, alohida ilm, alohida tibbiy yo‘nalishdir.

Zahroviy o‘z asarlarida FASD uchun 32ta tomirni belgilab berganlar.
Ibn Sino esa, FASD uchun yozgan alohida risolalarida 43 ta tomirni belgilab bergan ekanlar.

Ya’ni FASD usuli hijomadan ko‘ra murakkabroq va havfliroq hisoblanadi.
Fassad berilgan barcha tomirlarni bilishi, qaysi kasallikka qaysi tomirdan qon olish bilan birga, qancha vaqt, qancha miqdor qon olishni. Bu bilan birga anatomiya, fiziologiyani ham yaxshi bilishi lozim.

Zero, tomir bilan ishlaydi. Noto‘g‘ri qilingan muolajada, qon to‘xtamay qolishi, tomir kesilishi xatto, tomir ichidagi tromblar yorilishiga olib kelishi mumkin.

#RuvayhaHijoma

Ayollar uchun asosiy kanal linki:https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

4 months, 1 week ago

Qo‘rquv va Ilm

Bolalar kasalliklar va patogenlar bilan qarshilashidan qo‘rqamiz.
Ularni himoya qilishga harakat qilamiz.

Chunki kasalliklar xossatan immun tizimimiz haqida ilmga ega emasmiz. Chunki inson bilmagan narsasidan ko‘proq qo‘rqadi.
Shu bilan birga immun tizimimiz kuchli bo‘lishini xohlaymiz.
Lekin kasalliklar bilan tanishmay ular bilan kurashmay turib immun tizimimiz kuchli bo‘la olmaydi.
Hech ham ringga chiqmagan sportchini tasavvur qiling.
Professional sportchi bo‘lish uchun bir talay ringga chiqadi, g‘olib bo‘ladi, mag‘lublikdan o‘rganadi.

Vujud ham xuddi shunday bola 10-12 yoshgacha kasalliklar bilan tanishib, ularga qarshi immunitet xosil qiladi.
Shu sabab 10-12 yoshgacha bolani angina va adenoidlarini olishga shoshmaslikni tavsiya qilishadi pereventiv doktorlar.

Bizning vazifamiz kasalliklardan himoyalanish, kasallikdan qochish emas, vujudni mustahkamlash bo‘lishi kerak.
Bu nima bilan bo‘ladi? Albatta ilm bilan!

Vujudni mustahkamlash uchun ongli/ilmli ravishda nimalar qilish mumkin:
-To‘g‘ri va sog‘liqli taomlanish
-Gigenik uyqu
-Minimum sun’iy nurlar/ekran
-Minimum toksinlar
-Tez-tez yengil detoks
-To‘g‘ri tanlangan qo‘shimchalar
va immun sistemasi va kasalliklar ishlash tizimi borasida ilmg ega bo‘lish.

Ilm bo‘lsa bu jarayon hotirjamlik bilan yuritilib maksimum foyda bilan chiqiladi.

Ayollar uchun asosiy kanal linki:https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

5 months ago

Ayol va Stress

Biz stress bo‘lganimizda vujudimiz uchta reaksiyadan birini ko‘rsatadi:
“Qotip qol”, “Qoch” yoki “Kurash”

Vujudimiz stres garmonlarini ishlab chiqaradi va bizni hayotda saqlab qolishga harakat qiladi.
Butun kuchini eng muhim bo‘lgan hayotiy organlarni ishlashga qaratadi.
Bu hayotimizni saqlab qolish uchun juda muhim.

Lekin bu holat davomiy davom etsa surunkali stress natijasida surunkali kasalliklar, muammolarga duch kelamiz.

Bular nimalar?
Oshqozon hazm sistemasidagi muammolar (chunki hayotingiz xavf ostida bo‘lsa ovqat hazm qilishni keragi yo‘q siz uchun), tug‘ruq va homilador bo‘lishdagi muammolar (hayoti xavf ostidagi inson qanday qilib farzandli bo‘ladi).
Bu ro‘yxatni uzundan uzun davom ettirish mumkin.

Hozirgi davrning eng katta muammosi ham shu-surunkali stress!

Eng qiziq tadqiqotlardan biri shuki, agar ayol kishini yonida kimdir bo‘lsa ayol yuqorida aytib o‘tilgan uchta reaksiyani hech birini ko‘rsatmas ekan.
Stres garmonlari ham erkaklarniki kabi tezda yuqorilab ketmas ekan.
Agar yonida kimdir bo‘lsa(!). Bu bor bo‘lish faqatgina jismoniy emas, asosiysi ruhan bor bo‘lish.

Shu sabab ayollar suhbat qilishni, dugona orttirishni, dardlashishni erkaklarga nisbatan ko‘proq xohlashadi.
Biz ayollarni kuchi erkaklardan farqli o‘laroq-birgalikda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashda.

Va yana biz muammolarimizni, bizni qiynayotgan masalalarni maslahat olish uchun emas, ko‘pincha shunchaki stressimiz bilan bo‘lishish, yengillash uchun aytamiz.

Kimdir sizga muammolari, yoki xavotir va qo‘rquvlari haqida gapirsa darrov maslahat berishga tushib ketmang.
Shunchaki eshiting, tushunishga harakat qiling va haqqiga duo qiling.

Agar maslahat berish ehtiyoji his qiladigan bo‘lsangiz, avval so‘rang bunga ehtiyoji bormi? Yoki bu muammo bilan nima qilmoqchi?
Ko‘p holatlarda ayollar nima qilishni bilishadi. Maslahatdan ko‘ra ko‘proq kimdir ularni eshitishiga, tushunishiga ehtiyojlari bor.

Suhbat asnosida “Nima maslahat berasan?” ,“Nima qilsam bo‘larkin?” kabi savollar bersagina maslahat bering.
Bunda ham maslahat berishdan avval: “Seningcha nima qila olasan? Qilmoqchi bo‘lgan narsangda nima yordam beradi?” kabi savollar bilan imkoniyatlarini o‘zi ko‘ra olishiga, ichki motivatsiya topishiga yordam berish, tayyor maslahat va quruq motivatsiyadan aaancha muhimroq.

Shifo bo‘lsin!

Ayollar uchun asosiy kanal linki:https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

7 months ago

Oshqozon ichak sog‘lig‘ining ahamiyati

Immunitetimiz uchun eng muhim organlar bu ichaklarimizdir.
Chunki mineral/vitaminlar ham aynan ichaklar orqali vujudimizga so‘riladi.
Nafaqat immunitetimiz uchun balki ruhiyatimiz uchun ham ichak sog‘lig‘imiz muhim. Ichaklar sog‘lig‘i uchun esa eng muhim omil - to‘g‘ri ovqatlanish - sog‘lom ratsion!

Hattoki nima yeb ichishga qaror qabul qilish ham ichaklardagi mikrofloraga bog‘liq.
Masalan ko‘p shakarli mahsulotlar iste’mol qilish istagi vujudda kandida yoki boshqa yomon bakteriya ko‘payganidan.

Ichaklarimizdagi bakteriyalarning o‘z ozuqalari mavjud. Yashab qolish uchun hamma o‘z ozuqasini talab qiladi.
Masalan foydali bakteriyalardan bifidolar tolacha, sabzavotlar bilan ozuqlanadi. Bacteroideteslar esa yog‘larni yaxshi ko‘radi.
Shunday ekan nima yeb nima yemaslik juda muhim.

Bola katta qilayotganda sog‘liqli ovqatlantirishga harakat qilayotgan paytingiz “Hozir sen majburlaganing uchun yeyapti, katta bo‘lsa berkitib bo‘lsa ham yeydi. Qachongacha saqlay olasan?” kabi jumlalarni eshitmaslik, ahamiyat bermaslik kerak.
Chunki biz ichaklarni qanday “boqsak” shunday shakllanadi.
Bolaning hayoti davomidagi immuniteti uchun esa ilk 3 yildagi ichak sog‘lig‘i judayam muhim!

Asosiy kanal linkihttps://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0

We recommend to visit

https://www.facebook.com/tsukimi22/

? Хоразмдаги енг КАТТА ва СИФАТЛИ иш бериш каналига ҳуш келибсиз.

?‍?Еълон бериш: @Ish_Admin_AS

? Админ билан алока:
+998(91)916-55-66

? Barcha ish kanallarimiz:
https://t.me/Kanalrekuz/6

Last updated 2 months ago

kwedufiles.com/6

Last updated 4 weeks ago