Huquqiy axborot

Description
Huquqshunos Xayrullayev Ramzning
Telegram kanaliga xush kelibsiz!

Kanalimizda:
Qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar haqida
Ma'lumotlar berib boramiz!!!

Instagram.com/khayrullayev_ramz
Advertising
We recommend to visit

Eng ishonchli AKKAUNT SAVDO ??
Xalolik foydadan ustun ✅

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

✅ADMIN - @CARDINAL_AKKAUNT_ADMIN

Last updated 10 months, 4 weeks ago

Все вопросы по рекламе можно узнать в нашем телеграмм канале:
https://t.me/Russia_code_telegram_digest

🔥 Только в этом канале вы найдёте всю свежую и эксклюзивную информацию.

Ссылка для друзей: https://t.me/+WYj7gr8oQrcwZTk6

Last updated 8 months ago

Bizni kanalda pubg akkauntingizni sotishingiz yoki sotib olishingiz mumkin🤝🏻

Reklama Narxi 19,000 so'm✅

👨‍💻Reklama uchun: @Cardinal_Admin
🤝Garant uchun: @cardinal_admin
💰 UC Uchun: @cardinal_uc
☎️Tel: +998906666646

🕗Reklama oraliq vaqti 20 minut

Last updated 2 days, 2 hours ago

6 months ago

Нодавлат (хусусий) ОТМ дипломи давлат ОТМ дипломи билан тенгми?

Ўзбекистон қонунчилигида нодавлат(хусусий) таълим ташкилотларининг ҳуқуқий мақоми, ташкил этиш тартиблари белгилаб қўйилган. Улар ўз фаолиятларини лицензия асосида олиб боради.

☝️Шу боис, лицензия асосида ишлаётган нодавлат (хусусий) ОТМнинг дипломи Ўзбекистонда тан олинади ва талабаларига давлат ОТМ битирувчилари сингари наъмунадаги диплом берилади.

Нодавлат ОТМ дипломининг давлат ОТМ дипломидан фарқи йўқ! Ишга киришда ҳам бир хил юридик кучга эга.

@huquqiy_axborotlar1

6 months, 1 week ago

#yodda_tuting

Tavsifnoma va tavsiyanoma: farqi nimada?

Tavsifnoma – ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat.

Tavsiyanoma – biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lishi, biror mukofotga sazovor bo‘lishi, ko‘rik-tanlovda qatnashishi uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat.

@huquqiy_axborotlar1

6 months, 1 week ago

Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda.

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

6 months, 1 week ago

?Aeroportlarda, vokzallarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, bozorlarda va savdo majmualari hududlarida, shuningdek ularga tutash hududlarda, avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, bekatlarda, yo‘llarning qatnov qismida, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarda, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy qimmatliklar berishni faol tarzda so‘rab, TILANCHILIK bilan shug‘ullanish, —
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
?Voyaga yetmagan shaxslarni, keksa yoshdagi shaxslarni, ruhiy kasalliklari, nogironligi bo‘lgan shaxslarni va boshqa shaxslarni tilanchilik qilishga jalb etish, shuningdek shaxslarga alkogolli ichimliklarni yoxud giyohvandlik moddalari yoki psixotrop moddalar bo‘lmagan, lekin shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarni majburan iste’mol qildirgan holda ularni TILANCHILIK qilishga jalb etish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

@huquqiy_axborotlar1

6 months, 2 weeks ago

Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?

15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).

6 months, 2 weeks ago

⚡️ Rasman: Qurbon hayiti 2024-yil 16-iyun, yakshanba kuni nishonlanadi.

6 months, 2 weeks ago

Qabul ochildi!
Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

#Yaqinlaringizga ulashing
@huquqiy_axborotlar1

6 months, 3 weeks ago

Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shahvoniy shilqimlik qilish
Shahvoniy shilqimlik qilish, ya’ni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir marta qo‘pol ravishda yoki bir necha marta sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi

6 months, 3 weeks ago

Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

#yodda_tuting
@huquqiy_axborotlar1

6 months, 4 weeks ago

❗️Endilikda ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi

Bu haqdagi Prezidentning tegishli farmoni O‘zAda e’lon qilindi.

Bunga qadar ta’lim kreditini sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotganlar ham olishi mumkin edi.

Shuningdek, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).

Birinchi kurslar uchun esa bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi.

We recommend to visit

Eng ishonchli AKKAUNT SAVDO ??
Xalolik foydadan ustun ✅

‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!

✅ADMIN - @CARDINAL_AKKAUNT_ADMIN

Last updated 10 months, 4 weeks ago

Все вопросы по рекламе можно узнать в нашем телеграмм канале:
https://t.me/Russia_code_telegram_digest

🔥 Только в этом канале вы найдёте всю свежую и эксклюзивную информацию.

Ссылка для друзей: https://t.me/+WYj7gr8oQrcwZTk6

Last updated 8 months ago

Bizni kanalda pubg akkauntingizni sotishingiz yoki sotib olishingiz mumkin🤝🏻

Reklama Narxi 19,000 so'm✅

👨‍💻Reklama uchun: @Cardinal_Admin
🤝Garant uchun: @cardinal_admin
💰 UC Uchun: @cardinal_uc
☎️Tel: +998906666646

🕗Reklama oraliq vaqti 20 minut

Last updated 2 days, 2 hours ago