Унча-Мунча - Кун ботгунча...
Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT
Реклама бўйича:
@newline24
.
Last updated 1 month, 1 week ago
Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!
Admin: @omadli_adminjon
Reklama: https://t.me/rek_info/1338
Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?
"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?
Last updated 1 year, 1 month ago
?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга ва амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)
Reklama! @RekIama_beriish
Last updated 2 months ago
Biz kutgan barmoqdan kelmadi tarsak,
Biz kutmagan oyoq tepki yo'lladi.
Na oyoq, na qo'lga chalmadik qarsak,
Faqat ishonchimiz butkul quladi...
Taqdirning hazili bunchalar og'ir,
Haqiqat misoli kemirar jonni.
Goh zahar ichirar, gohida chog'ir,
...xullas, yemiradi har bir insonni...
Kulimsirashimga ishonmang zinhor,
Kulgu-da, quvonchni qaytarmas aslo.
Kulib ham indamay tashlab ketar bor,
Allohdan keldikmi, kutadir Alloh!
Mohir Bek
*Ko'pchilik so'radi: "She'rlaring qaltis,
Boshingga biror ish tushdimi yoki?"
Men dedim - hammasi yaxshi, shubhasiz,
Siz so'rab tursangiz holimni toki.
Do'stlarim so'radi: " Ne bo'ldi senga?
Avval hech bu ko'yda ko'rinmas eding..."
Men dedim - yaxshiman, xavotir nega?
Hammasi joyida, siqilmang, dedim.
Jigarim qo'ng'iroq qildi bir mahal,
"Ko'zingni ko'rayin, qarog'im", dedi.
"Bilaman, sendagi hamma ishlar hal,
Lek, mening uyilgan qabog'im", dedi.
Yugurdim oyoqni qo'limga olib,
Borsamki, ko'rsamki, hammasi durust.
Do'stidan gap ochdi o'zini olib,
Dedi: "...bir do'stimning ishi sag'al sust..."
Men dedim - O'ziga qaytsin butunlay,
Dunyoning dardiga egmasin bo'yin...
U dedi: "So'zingga, o'zim o'rgilay,
O'zingning amaling shunchalar qiyin?.."
...tushundim, ha, o'sha - aytgan do'sti - men,
Shunchaki o'zini do'st deb atadi.
Alqissa, so'rashni bilsang hatto sen,
Eng uzoq do'sting ham dardin aytadi!
Shundan so'ng menga ham dunyo bo'ldi keng...
Mohir Bek
Biz kutgan barmoqdan kelmadi tarsak,
Biz kutmagan oyoq tepki yo'lladi.
Na oyoq, na qo'lga chalmadik qarsak,
Faqat ishonchimiz butkul quladi...
Mohir Bek
"Toshkent haqiqati" gazetasining 2024-yil 9-noyabr kungi soni 3-sahifasida "Bemor ham, beor ham - o'zimiz" nomli maqolam chop etilibdi, sizlarga ham ilinay dedim.
Tog‘ bo‘ldi ko‘ksimda armonim,
Yoshimdan yuz chandon ziyoda.
Ming bitta alamim bor manim,
Meni tushunari yo‘q dunyoda.
Va shuncha do‘stlarim bor manim,
Sanasam sochimdan ziyoda.
Izma iz qo‘llarni tutsak gar
Yetamiz Ka'baga piyoda.
Bekingan ko‘z yoshim bor manim,
Ko‘rsatmay kelaman birovga.
Telbaga yo‘ymangiz do‘stlarim,
Devona bo‘lsam gar bir rovga.
G‘amlardan qochmoqni istayman,
O‘xshatib o‘zimni Majnunga.
Bearmon yurgandek bo‘lish-chun
O‘xshayman hayotdan mamnunga!
Mohir Bek
Tumanimiz gazetasi (sobiq Paxtakor ovozi) "Navqiron Narpay"da "Viqoringga ko‘z tegmasin, navqironim" nomli maqolam chop etilibdi, sizlarga ham ilinay dedim.
She'rlaring ham o‘zingday injiq,
Gaplaring ham sochingday chalkash.
Faqat hissing didingday inji,
Faqat ko‘nglim seni sevib g‘ash.
O‘zga sayyoraliklar kabi
Tushunarsiz so‘zlar aytasan.
Tushunmaysan insonning gapin,
Tushunmaysan -- yana aytaman.
Mohir Bek
O‘zgasiga ko‘nglim yo‘q endi...
Meni unday pulim yo‘q edi
Meni uzun qo‘lim yo‘q edi
Sen gullarni sevar ekansan,
Sendan o‘zga gulim yo‘q edi.
Senga balki ma'quldir davlat,
Balki ma'qul baqvat sersavlat.
Balki toshkentlik bir valommat...
... Narpaydan yot yo‘lim yo‘q edi.
Seni menga bitmabdi robbim,
Baxtli bo‘lsang bo‘ldi, oftobim.
Eh janonim... eh yoshlik chog‘im...
O‘zgasiga ko‘nglim yo‘q endi...
Mohir Bek
Унча-Мунча - Кун ботгунча...
Видеоларни жўнатиш ва бошқа мавзулар бўйича:
@UM24BOT
Реклама бўйича:
@newline24
.
Last updated 1 month, 1 week ago
Ва ниҳоят ўша машхур МАНОЛИ СЎЗЛАР Расмий саҳифасидасиз!
Admin: @omadli_adminjon
Reklama: https://t.me/rek_info/1338
Сиз тўғри манзилдасиз бизни танлаб адашмадингиз ?
"Каналга қўшилиш" тугмасини устига босинг ?
Last updated 1 year, 1 month ago
?Расулуллоҳ ﷺ дедилар:
«Албатта, Аллоҳ суратларингизга ва молу дунёларингизга қарамайди. Лекин қалбларингизга ва амалларингизга қарайди»
✍(Имом Муслим ривояти)
Reklama! @RekIama_beriish
Last updated 2 months ago