Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Mahorat akademiyasi

Description
@mahorat_akademiyasi
Advertising
We recommend to visit

https://www.facebook.com/tsukimi22/

🏪 Хоразмдаги енг СИФАТЛИ иш бериш каналига ҳуш келибсиз.

👨‍💻Еълон бериш: @Ish_Admin_AS

📞 Админ билан алока:
+998(91)916-55-66

💰Еълон нархлари:
https://t.me/rekuz_info/19

📥 Barcha ish kanallarimiz:
https://t.me/Kanalrekuz/6

Last updated 5 days, 15 hours ago

kwedufiles.com/6

Last updated 1 month, 1 week ago

2 months, 1 week ago
***⚡️***Assalomu alaykum, Ustozlar!

⚡️Assalomu alaykum, Ustozlar!
🟪Samarqand viloyati pedagogika markazi innovatsion loyihaga asoslangan kursning
🟪2-davriyligi tashkil etilayotganini e'lon qiladi.
🟪 "MUAMMOGA ASOSLANGAN O‘QITISH"
🟪KURS o'quvlari 2024-yil, 9-mart kuni boshlanadi. Kurs boshlang'ich ta'lim va barcha fan yo'nalishlari uchun mo'ljallangan. ✍️Kurs davomida ishtirokchilar:
♦️muammoga asoslangan  o'qitish
♦️eng zamonaviy metodika va treninglar
♦️xorijiy ilg'or tajribalar
♦️darslarni rejalashtirish
♦️o'qituvchi uchun eng muhim masalalar
bo'yicha yangiliklar olishadi.
🟪Kurs darslari 1 oyda 2 marta (2 haftada 1 marta) 4 oy davom etadi.
Eng asosiysi kursimiz mutlaqo bepul!
🟪 Kursni tugatgan tinglovchilarga sertifikatlar beriladi.
🟪 Kursga qatnashishni istaganlar, batafsil ma'lumot uchun quyidagi ssilka orqali kursning telegram guruhiga qo‘shilishlari lozim: 👉 https://t.me/muammolitalim

3 months, 3 weeks ago

https://youtu.be/d9jLKJSbago

YouTube

Глаголы движения

Глаголы движения – это глаголы, обозначающие движение, перемещение в пространстве и имеющие двоякие формы несовершенного вида. К ним относятся: бежать — бегать, везти — возить, вести — водить, гнать — гонять, ехать — ездить, идти — ходить, катить — катать…

3 months, 3 weeks ago
[#Tabriknoma](?q=%23Tabriknoma)

#Tabriknoma

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, qadrli Vatanimiz himoyachilari!

Muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq boʻlib, xizmat burchini yerda ham, koʻkda ham sharaf bilan ado etayotgan bahodir va dovyurak harbiylarimiz sizlarni, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14-yanvar - Vatan himioyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Har doim bilaklaringizdan kuch-quvvat arimasin, yuragingiz esa Vatan ishqida yonib yuraversin, ko‘zlaringiz esa doim taqdirning ajoyib tuhfasidan porlayversin.
Barchangizning oilangizga tinchlik va xotirjamlik mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-u saodat, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman! Sizlarning Vatan, oila oldidagi sharafli xizmatingizda yangi yutuq va zafarlar yor bo‘lsin.

Hurmat va ehtirom ila,
A'lamjon IBRAGIMOV,
Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi direktori.

3 months, 4 weeks ago
["PASPORT" METODI](https://youtu.be/k5Bu1-USo4A) ***✍️*****Metod o'zi nima?** “Metod” …

"PASPORT" METODI ✍️Metod o'zi nima? “Metod” yunoncha so‘z bo‘lib, “usul, yo‘l-yo‘riq” degan ma’nolarni anglatadi (uslub emas). Pedagogik adabiyotlarda
“Metod — ta’lim jarayonida taqdim etilayotgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, o‘zlashtirish, o‘rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo‘l-yo‘riqlar, usullar majmuyi”, deb ta’riflanadi.

👇👇👇 Dars o'tish jarayonida va aynan qaysi qismida qo'llanilishi mumkin bo'lgan vaziyatlar haqida esa Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim metodikalari kafedrasining mahoratli o'qituvchisi Rabbonayeva Dildora bilan o'rganing.

🔊BATAFSIL QUYIDAGI VIDEODAN BILIB OLING.
👇👇👇👇👇

VIDEONI KO'RISH UCHUN BU YERNI BOSING!!!
▶️ https://youtu.be/JUmgelMNQF8

✍️👨‍💼💪BIZ BILAN BILIMDA, KASBDA VA RUHIYATDA YUKSAKLIKKA ERISHASIZ!

📍Telegram|📷Instagram |🔵Facebook|🎬Youtube|🌐Rasmiy sayt

4 months ago
[XONA DEVORI UCHUN DEKORATIV BEZAK YASASH](https://youtu.be/1BpTVwZ0VUY)

XONA DEVORI UCHUN DEKORATIV BEZAK YASASH
🙇‍♀️Dekor (lotincha: decor — odob, moslik) — anʼanaviy maʼnoda dekor deganda meʼmoriy inshootning tashqi dizayni, uning interyeri, shuningdek, uy-roʻzgʻor buyumlari, dekorativ va amaliy sanʼatni tashkil etuvchi elementlar toʻplami tushuniladi.

👍Dekor tasviriy, haykaltaroshlik, meʼmoriy, turli xil materiallar va texnikada boʻlishi mumkin.

📣Xona devori uchun dekorativ bezak yasashni esa mahoratli o'qituvchi Suvanova Kamoladan quyidagi video orqali bilib olishingiz mumkin.

🎬VIDEONI KO'RISH UCHUN BU YERNI BOSING!!!🧑‍💻👮‍♂️✌️BIZ BILAN BILIMDA, KASBDA VA RUHIYATDA YUKSAKLIKKA ERISHASIZ!

📍Telegram|📷Instagram |🔵Facebook|🎬Youtube|🌐Rasmiy sayt

4 months ago
**ONLINE VEBINAR**

ONLINE VEBINAR
Assalomu alaykum hurmatli tadqiqotchilar, o'qituvchi-murabbiylar va barcha qiziquvchilar!
Yangi yilning ilk kunlarida Sizlarni

*"Nega aynan muammoga asoslangan o‘qitish?"
mavzusida bo'lib o'tadigan onlayn-vebinarga taklif etamiz!

Ushbu mavzuda o'zingizni qiziqtirgan savollarga Pedagogika fanlari doktori, PBL tadqiqotchisi *Ibragimov A’lamjon Amrilloyevichdan bevosita javob olishni istaysizmi?

📌 Unda Sizni quyidagi ZOOM manzilida 2024-yil, 9-yanvar kuni, soat 15:00 da kutamiz!

📍 Vebinar manzili: https://us06web.zoom.us/j/93040823612?pwd=c2JNSy9XcW1VVTV1MkJSU0Y3TGU4QT09

📝Rasmiy telegram sahifamizga aʼzo bo'lishni unutmang!

4 months, 1 week ago

#Sarhisob_2023

🏢Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazining 2023-yil yakunlariga bag'ishlangan yillik S A R H I S O B I

🎤Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi axborot xizmati.Samarqand viloyati PYMO'MM ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt

4 months, 2 weeks ago

#Yangi_loyiha
#Yangicha_yondashuv

📣DIQQAT E'LON!
Hurmatli ustozlar!

🏢Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Samarqand viloyat Kengashi tomonidan ta'lim tizimi vakillari bilan o'tkazilgan yig'ilishda shahar va tumanlardagi umumta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirish belgilandi.
Samarqand viloyati Pedagogika markazi tomonidan o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini oshirish, ularning kasbiy muammolari, bo‘shliqlari va kamchiliklarini bartaraf etish, oʻquvchilar bilan samarali ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yangicha yondashuv “Onlayn mahorat darslari” loyihasi yoʻlga qoʻyildi.
📚Onlayn mahorat darslari hafta mobaynida har kuni soat 15.00 da ZOOM platformasi orqali muntazam o'tkazib boriladi.

"Online mahorat darslari" jadvali bu yerda

Ushbu havola orqali seminarda ishtirok etishingiz mumkin.👉https://us06web.zoom.us/j/93040823612?pwd=c2JNSy9XcW1VVTV1MkJSU0Y3TGU4QT09
👇Telegram|Facebook|Youtube|Rasmiy sayt

5 months ago
[#tabriknoma](?q=%23tabriknoma)

#tabriknoma

#Tabriknoma
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN AZIZ VATANDOSHLAR!

Hurmatli va aziz ustozlar!

Sizlarni "8-dekabr-O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi" shodiyonasi bilan chin dildan qutlayman.
Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak, arziydi.
Bosh Qomusimiz-farovonligimiz va baxtimiz kafolatidir.
Sizlarni, butun xalqimizni Konstitutsiyamizning qutlug‘ bayrami bilan samimiy muborakbod etaman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

A‘lamjon IBRAGIMOV,
Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi direktori.

5 months, 4 weeks ago

#tavsiya

📌 FAOLIYATINGIZDA YUQORI MARRALARGA ERISHMOQCHIMISIZ?
📌 ILM-FAN YANGILIKLARI, ZAMONAVIY QARASHLAR, QIZIQARLI BOSHQOTIRMALAR, ILMIY-METODIK KO'MAK SIZ UCHUN MUHIMMI?
Unda ushbu kanal aynan SIZ uchun, o'z sohasida eng yuqori natijalarga erishishni maqsad qilganlar uchun! *🔰 Biz bilan birga bo'ling! Bizni kuzatib boring!*

Ushbu kanalda SIZ:

ilmiy tadqiqot natijalari; milliy pedagogik meros;
zarur metodik tavsiyalar;
o‘qitishning zamonaviy metodlari;
zamonaviy pedagogik yondashuvlar;
pedagogik atamalar izohi va tadqiqotchi-olimlarning mualliflik taʼriflari bilan tanishib borasiz!

P. S. Tanlov oʻz qoʻlingizda! Biz esa shunchaki "asalarilarga" gulzor manzilini koʻrsatdik xolos.

👉 @AI_pedagogikasi
Rasmiy sahifalarimiz:Telegram | Instagram

[​](https://telegra.ph/file/e8468871eb60e86abb373.jpg)[#tavsiya](?q=%23tavsiya)
We recommend to visit

https://www.facebook.com/tsukimi22/

🏪 Хоразмдаги енг СИФАТЛИ иш бериш каналига ҳуш келибсиз.

👨‍💻Еълон бериш: @Ish_Admin_AS

📞 Админ билан алока:
+998(91)916-55-66

💰Еълон нархлари:
https://t.me/rekuz_info/19

📥 Barcha ish kanallarimiz:
https://t.me/Kanalrekuz/6

Last updated 5 days, 15 hours ago

kwedufiles.com/6

Last updated 1 month, 1 week ago