OzodaTemurova | K-Academy 🇰🇷 | 🇺🇿

Description
Murojaat: @OzodaTemurova1
Chat: https://OzodaT
Instagram: https://www.instagram.com/k_academy_korean?i

💡 K-Academy - "Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

Yo'nalishlar:
Bepul darslar
TOPIK darslari
K-Speaking club
K-Intervyu
Quiz on Korea
K-Zakovat
EPS darslari
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

6 days, 12 hours ago

Shaxsiy e'lon

Surxondan bir o'quvchim bor edi. Ismlari Sherxon Ziyoyev adashmasam. Shu xabarni ko'rib turgan bo'lsangiz @OzodaTemurova1 ga yozsangiz.

Sizga muhim xabar bor edi :)
Oldindam rahmat.

1 week, 2 days ago

#foydali

"Hamma uchun qiziq bo'lgan KIIP imtihoni haqida aytib ketmoqchi edim.

Kopchilikni xabari bo'lsa kerak kecha 2024/12/14
2024년 PBT 종합평가 (영주) bo'lib o'tdi. Imtihonda o'zim ham qatnashdim.

  1. Imtihon boshlanish vaqti 13:00 boshlanadi, lekin imtihon bo'ladigan joyga 12:30 gacha aniq kirib joyizni topib olishingiz kerak. Imtihon topshiradiganlar yillariga qarab guruhlarga bo'lib qo'yilarkan masalan (96) (98)

  2. 13:00 gacha ism familiya tekshirilib kerakli qog'ozlar to'ldiriladi va 13:00 da test tarqatiladi. Testda 1-15 gacha bo'lgan savollar o'ta oson agar TOPIK 4 yoki undan yuqori bo'lsa ko'z yumib yechish mumkin. 15 dan keyingi savollar hammasi kitobdan tushadi jami 36 ta savol ekan.

Test vaqti 13:50 gacha. 13:50da sizga boshqa qog'oz tarqatiladi. Bu 쓰기 uchun. 13:55 da yozish uchun mavzu tarqatiladi va 5 daqiqa u mavzuni tushinib olishiz uchun vaqt beriladi.

Kechagi imtihonda tushgan savollar:

  1. 한국에 처음 왔을 때 좋아했던 점이 뭡니까
  2. 한국에 처음 왔을 때 어려웠던 점이 뭡니까?
  3. 어떻게 극복 하셨습니까?
    쓰기 yozish uchun faqat 10 daqiqa vaqt beriladi 200 ta so'z yozsangiz bo'ldi.

3) Intervyu:
쓰기 tugagandan keyin hamma boshqa xonaga ko'chirilib yiliga qarab interyuga chaqiriladi eng maksimum 2 soat kutish mumkin.

Interyuga 2 kishilab kiriladi birinchi stol ustida telst bo'ladi. Shuni o'qish uchun 3 daqiqacha vaqt beradi. O'qiysiz va sizdan shu qog'ozdagi mavzu bo'yicha 2 ta savol beradi. Javobni qog'ozga qarab o'qib bersangiz bo'ladi. 3-savoli erkin savol bo'ladi. Kitobdan emas interyu oladigan ikkinchi kishi 3 ta savol beradi. Hammasi kitobdan bo'ladi. Iloji boricha gapirishga harakat qilgan yaxshi gapirganiz uchun ham ball beradi.
Hammaga omad 😁

Post facebook guruhdan olindi.
Muallif: Khojal Boykhanova

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

1 week, 3 days ago

Siz o'zbeklar judayam aqllisizlar, faqat buni o'zlaringiz bilmaysizlar..
Ilmiy rahbarim bilan bugun shu haqda gaplashdik. Professorim Koreyada men ko'rgan eng qattiqqo'l kishi bo'lsa kerak. Senga ochiq aytaman, xafa bo'lmaysan, dedi u kishi:

"Siz o'zbeklar aslida juda ham aqlli xalqsizlar. Sizlardagi salohiyat menda bo'lsa edi, deyman.
하지만 안타까운 게 뭔지 아세요?(Lekin afsuslanadigan tomoni nimaligini bilasizmi?) Sizlar bola-chaqa, pul-uy deb asl vazifalaringni unutasizlar. Agar sizlar rostakamiga o'qisalaringiz bilasizmi nima bo'lardi, Koreyadan o'zib ketgan bo'lardilaring. Men uchratgan ba'zi o'zbeklar meni ilmi bilan lol qoldirgan. O'shandan beri shunday kishilarni uchratmadim.. Chinakamiga o'qisalaring o'sha uy ham, pul ham ortig'i bilan topilardi. Lekin sizlar o'sha narsalarni ilm orqali emas, qora mehnat orqali olishga urunayotganlaring meni o'ylantiradi."

Professorga indamadim, lekin sekundlar ichida ko'z oldimda gavdalandi. TILSHUNOSLIKning bilimlarini oshxonada servis ko'rsatish yoki zavodlarda upakovka qilishga sovurayotgan talaba, tekpeda ishlab beli chiqib ketay deb azoblanayotgan BIZNES BOSHQARUVIdagi talaba, haftada bir martalik o'qishni izlab, qolgan kunlari TURIZM fakultetining darslarini "chanob" ga tikayotgan talabalar xayolimga keldi. Ular orasida men ham borman...

Bir taniqli kishi aytgan edi: "O‘zbekistonda qanchadan-qancha Ilon Masklar, Jek Malar bozorda arava tortib yuribdi." Hozir ularning ba'zilari Koreyada ishini davom ettirayapti (Bu hammaga tegishli emas, chin dildan o‘qib, yetuk mutaxasis bo‘layotganlarga havasdamiz.) Biz xatoni qilib bo‘ldik, uy-joy xashamatni mutaxasisligimiz ustiga chiqib tepkilab, qora mehnatimizni sotib moddiyatga erishdik, bilimiz evaziga olishni afzal bilmadik. Koreyaga endi kelganlar, kelmoqchi bo'lganlar, biz qilgan xatoni qilmang. Bizga ko‘o‘o‘p Valijon Turaqulovlar kerak (bu kishi ham Koreyada o‘qib ketgan, ko‘pchilik tanisa kerak.)
Professorning menga aytgan gaplari sizga ham tegishli:

ASLIDA QANCHALIK BILIMLI, SALOHIYATLI EKANLIGINGIZNI BILGANINGIZDA EDI..
QORA MEHNATNI EMAS, ILMNI TANLAGAN BO‘LAR EDINGIZ!

Post egasi: Malohat Gafforova

2 months, 3 weeks ago

Qani edi shunday qilib chet elliklar ham o'zbek tili yo Islomni va uning madaniyati va tarixi haqida o'rgansa va shu kabi testni ishlaganda javobi to'g'ri chiqsa-yu o'zidan faxr tuysa ....

2 months, 3 weeks ago
2 months, 3 weeks ago
5 months, 3 weeks ago

O'quvchimga duo !

Bu safargi duo shu Farg'onalik Koreyaga borishni juda xohlagan inson, o'zi ham koreys tilidan o'qituvchi ham o'rganishdan xech to'xtamaydigan Saidabrorxonga bo'ladi.

Ustozlarning Ustozi bo'lish nasib etsin sizga ! Butun Farg'ona ahliga manfaatli ishlari bilan bosh bo'lish nasib etsin.

Orzulariz juda katta va samimiy. Barchasini ziyoda etib ushaltirsin. Sizdek insonlar dunyoda kamyob. O'zingizdagi samimiylik va harakatingiz bilan dunyoni yoritishga hissa qo'shishdan xech to'xtamang.

Har kunlik ilmda bardavom, irodangiz kuchli, maqsadingiz Oliy, harakatingiz yutuqli bo'lsin. Amalingiz hayrli, luqmangiz halol, tilingiz va dilingiz ibodatda bo'lsin hamisha.

Qaddingiz viqorli, so'zingiz zalvorli, qadamingiz qadrli bo'lsin.

Gina-kudrat, hafagarchilik va fitnadan uzoq bo'ling. Urush, janjallar siz borgan joyga yo'lamasin.

Qo'lingizdan o'z ismingiz va xalqingiz nomini yuksaltiradigan ishlar kelsin hamisha.

Yuzingiz yorug' bo'lsin. Ota-onangizga sizdan faqat rahmatlar kelsin. Butun dunyoning faxriga aylanish nasib etsin.

Ota-onangizga rahmat Saidabrorxon !

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

5 months, 3 weeks ago

Bugun 16 kishilik N37 guruhimda daraja testi bo'lib o'tdi.

Daraja testidan maqsad:

Bizda bir qadriyat bor: "Raqamlarda o'lchanmas xech nima o'smaydi" . Demakki har bir ilm va harakat natijasi insonga bilinib turishi kerak. Shunga qarab yanada o'sishga intiladi.

- Ham guruhda odam soni ko'payib ketsa saralash orqali o'quvchilarni kamaytirish kerak. Aks holda bu ko'payib ketayotgan o'quvchilar soni ilmning sifatiga ta'sir qiladi.

Xursand qiladigan tomoni esa 11/16 o'quvchim daraja testidan o'tdi. Bu hozircha yaxshi natija.

Bizning faxrlar:

  1. Ibrohim Tuychibayev 20/20
  2. Jasurbek 20/20
  3. Hasanboy 20/20
  4. Asadbek 19/20
  5. Saidabrorxon 19/20
  6. Abbosbek 19/20
  7. Mirzo Bilolov 18/20
  8. Farangiz Toshkulova 18/20
  9. Murodjon 18/20

Keyingi safar barchasi sino'vdan o'tishiga umid qilaman !

Musulmon kishiga nusratdan boshqasi yarashmaydi.

@OzodaTemurova_KAcademy
"Ilmdan ortig'ini ulashamiz"

5 months, 3 weeks ago
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 2 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago