Unlock a World of Free Content: Books, Music, Videos & More Await!

Rakhmatov Dilmurod's Blog

Description
MSc in Computer Science |๐Ÿ’ก๐Ÿ“๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป๐Ÿ”ฅ๐Ÿš€

Web blog: (Soon)

Me: @rakhmatov_dilmurod
Advertising
We recommend to visit

๐ŸคฃDaily Funny Videos๐Ÿคฃ

Best Funny Videos Which You Can't Find Anywhere On Internet ๐Ÿ›œ

โšœ๏ธ500k+โšœ๏ธ :- @Paid_Promotion02

๐Ÿ’ฐBuy Ads:- https://telega.io/c/+hKR3ptkKBec1MTFl



โ™ก ใ…ค ย ย  โใ…คย ย  ย  โŽ™ใ…คย ย ย ย ย โŒฒ
หกแถฆแตแต‰ย  แถœแต’แตแตแต‰โฟแต—ย ย  หขแตƒแต›แต‰ย ย ย ย  หขสฐแตƒสณแต‰

Last updated 1ย month, 1ย week ago

๐€๐ฌ๐ฌ๐š๐ฅ๐จ๐ฆ๐ฎ ๐š๐ฅ๐š๐ฒ๐ค๐ฎ๐ฆ๐Ÿช

๐ƒ๐ซ๐š๐ฆ๐š ๐œ๐š๐ญ๐š๐ฅ๐จ๐ ย @kdorama_katalog
๐„๐๐ข๐ญ ๐ฏ๐ข๐๐ž๐จ @uzkdrama_videos
๐‘๐ž๐ค @Niso_me
Rasmlar @kdrama_photos
๐™‰๐™–๐™ฉ๐™ž๐™Ÿ๐™–ย  @result_kdrama
๐™„๐™ฃ๐™จ๐™ฉ๐™–๐™œ๐™ง๐™–๐™ข https://instagram.com/uzbek_kdrama?igshid=OGQ

Last updated 1ย month ago

. ูŽ<3ูฐ ูŽู: #๐™ฌ๐™๐™ค๐™š๐™ซ๐™š๐™ง ๐™ž๐™จ ๐™–๐™—๐™จ๐™š๐™ฃ๐™ฉ ๐™ž๐™ฃ๐™ฉ๐™š๐™ฃ๐™ฉ๐™ž๐™ค๐™ฃ๐™–๐™ก๐™ก๐™ฎ, ๐™ž๐™ฉ ๐™ž๐™จ #๐™ค๐™—๐™ก๐™ž๐™œ๐™–๐™ฉ๐™ค๐™ง๐™ฎ ๐™ฉ๐™ค ๐™›๐™ค๐™ง๐™œ๐™š๐™ฉ ๐™๐™ž๐™ข. :ูŽู

#"๐™›๐™ค๐™ง.- ูŽ๐— ููŽ๐™š: @d91is

Last updated 2ย months ago

4ย months, 2ย weeks ago
**Data Science va Sun'iy Intellekt** yo'nalishida โ€ฆ

Data Science va Sun'iy Intellekt yo'nalishida Workshop.

Dilmurod Rakhmatov - Mohirdev Data Science va Sun'iy Intellekt yo'nalishida taxsil oluvchi talabamiz bilan tashkillashtirilayotgan Masterclass'imizni e'lon qilishdan xursandmiz.

Mavzu - Artificial intelligence in Space ๐Ÿš€

Rakhmatov Dilmurod

MSc. in Computer Science, University of Padua, Visual Intelligence and Machine Perception (VIMP) Research Group, Department of Mathematics "Tullio Levi-Civita"

๐Ÿ“Online:
https://us04web.zoom.us/j/78951665684?pwd=AuY9VbxfThXegBJXu2rTWvGtTX4keg.1

๐Ÿ“ฉ 23 Dekabr, 20.00

5ย months, 1ย week ago
**O'zbekistonda o'qish albatta yaxshi ammo ilm-fan โ€ฆ

**O'zbekistonda o'qish albatta yaxshi ammo ilm-fan olamiga sayohat qilish va ushbu jamiyatning bir qismiga aylanish uchun xorijda o'qish ham muhim. Sizning rejangiz ham shundaymi?!

Ushbu yo'lda savol va muammolar bo'lsa, biz sizga bepul mentorlik kursini taklif qilamiz:**Ushbu loyiha orqali chet el universitetlari haqida ma'lumot va tavsiyalar olish, qabul jarayonlariga bepul koโ€˜mak va hujjatlarni xalqaro standartlar asosida tayyorlashga yordam olish imkoniyatlariga ega bo'lasiz

Kimlar uchunโžก๏ธ Bakalavr va magistr bosqichini Yevropa va Shimoliy Amerikada o'qishni istagan
โžก๏ธ Yuqori ingliz tili ko'nikmasiga (B2 / B2+) ega
โžก๏ธ Aniq maqsadga ega va ilm-fanga kuchli qiziqishi mavjud bo'lgan
โžก๏ธ Va dasturning boshqa talablariga javob beruvchi insonlar

Kurs strukturasi
โžก๏ธ Haftalik jonli onlayn seminar va o'quv mashg'ulotlariโžก๏ธ Individual konsultatsiyalar (ovozli yoki video qo'ng'iroq asosida)
โžก๏ธ Hujjatlarni bepul tekshirtirish
โžก๏ธ Kelgusida viza jarayonlari uchun qo'shimcha maslahatlar olish

Diqqat! Biz universitetlarga topshirib berish va boshqa ishlar bilan shug'ullanmaymiz.

Mentor haqida ma'lumot๐ŸŽ“ Raxmatov Dilmurod โ€” Padua universiteti magistri (2023-2025), ERASMUS MUNDUS dasturi g'olibi (2023), Stipendium Hungaricum (2023), Polsha hukumati va Ruminiya hukumati stipendiyasi (2023) dasturlari g'olibi, UNITED (2023, AQSh) almashinuv dasturi g'olibi va ishtirokchisi va boshqa ko'plab yutuqlar sohibi

Kurs oโ€˜tkazilish muddati:Dars mashgโ€˜ulotlari va seminarlar: 1.12.2023 โ€“ 30.12.2023
Hujjatlarni tekshirish va onlayn konsultatsiya: 25.12.2023 โ€“ 30.09.2024โžก๏ธ Kurs narxi โ€” BEPULโžก๏ธ Darslar 2-dekabrdan boshlanadi

Murojaat uchunโžก๏ธ @Abdumajidova_Zarnigor

5ย months, 1ย week ago
Rakhmatov Dilmurod's Blog
5ย months, 1ย week ago
Italiyadagi "night owl" insonlar hozir qadimgi โ€ฆ

Italiyadagi "night owl" insonlar hozir qadimgi Liviano kutubxonasida boshini og'ritish bilan band. taxminan 19 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan odamlar kompyuterda vazifalar bajarish bilan yoki kattaroqlari va professorlar asosan falsafa, siyosat, tarix kitoblari bilan lotin tili lug'atini o'qib o'tirishipti. Nima uchun Lotin lug'ati chunki asl italyancha, Italiyaning har bir yeridagi odamlar uchun umumiy emas va ilmiy nashrlar ko'proq rasmiy italyancha va lotin tiliga asoslangan holda yoziladi, bugungi kunda so'zlashuv uchun janub va shimoldagi italyancha bir-biridan tubdan farq qilishi mumkin. Yangi Italiya tarixi alohida va keyingi (soon) postlarda.

Men esa Pnevmoniya kasalligini aniqlashda sun'iy intellekt (aniqrog'i Deep Learning va Neyro tarmoqlar) dan foydalangan holda tashxis qo'ya oluvchi dasturni run qilishini kutmoqdaman. Bitta run qilish uzog'i 20 minut olishini inobatga olgan holda, vaqtimni shu yerda o'tkazmoqdaman.

Chunki tez orada yaxshi odamlar bilan yaxshi loyihani boshlash arafasidamiz... va bu ushbu blogga ham ta'sir qiladi.

5ย months, 1ย week ago
Bu javob internetda ham yo'q (+ โ€ฆ

Bu javob internetda ham yo'q (+ ChatGPT da ham). Men ham bu uchta narsani osmondan olmagan edim, universitetda juda bir yaxshi professor o'z ma'ruzasida mana shu savolni va javobni munozaraga tashlagan edi. Javob "Progress" edi va ushbu javobni topgan inson aynan nomma-nom "Taraqqiyot" deb tarjima qilib topdilar. Kim o'rgatgan bo'lsa ham yoki tafakkur qilib topgan bo'lsangiz ham shunchaki qoyil qoldim. Nima uchun taraqqiyot ekanligini menimcha tushuntirish shart emas, yuqoridagi kuzatuvchim (faxrlanaman shunday insonlar borligidan arzimagan blogimda) aniq va tiniq, qisqa va lo'nda isbotlab berdilar.

Qolgan javoblar ham, ertaga yozilish ehtimoli bor bo'lgan javoblar ham to'g'ri chunki bu munozarali mavzu va hamma o'z javobini himoya qilib bera oladi lekin, "Taraqqiyot" javobini ko'pchilik qo'llab-quvvatlaydi. O'zbekistonda hozir deyarli yarim tun va ko'pchilik "night owl" odam bo'lib qolgan, "early bird" lar xafa bo'lishmasin, biz shunaqa kechasi izg'ib yuradiganlar toifasidanmiz. Odamlar uxlayapti ertaga javobini yozaman degandim, afsus ertangiga qolmadi.

5ย months, 1ย week ago

Go'zallik qurbonlik talab etadi, ilm esa eng buyuk go'zallik...
Xorijda yashash (yolg'izlik) va o'qish (mashaqat) esa albatta bir tekis va sodda bo'lmagan va bo'lmayapti ham. Anchadan beri hech narsa yozmadim chunki yozolmasdim ham, Vatandan uzoqlashgan sari, kun o'tgan sayin har bir insonning yoxud study abroad maqsadida kelganlarning motivatsiyasi pastga qarab tushishni boshlaydi, ammo uzoq muddatga emas chunki inson moslashuvchan mavjudot. Hamma ham moslashadi, o'rganadi, sog'inch ham, iztirob ham, yolg'izlik-u, depressiya ham vaqt o'tgan sayin insonning bir butuniga aylanadi, muhimi mana shu davrgacha yetib kelish.

Boshida hamma daho, bitta sen ahmoqdek ko'rinadi. Keyinchalik ular ham inson ekanligini aksincha uzoq yurtlardan kelgan bu talabalar ularga muzeydagi ekspanatdek ko'rinishini bilasiz. Qolganlar ham wunderkind emas, ular ham qiynalishadi, ular ham ma'ruzalarni tushunmaydi, ular ham vazifalarni ba'zan qilmaydi.

Ammo, eng muhim jihati, hammada ilm olishga, nimanidur o'rganishga, o'rgangan narsasidan esa zavqlanish tuyg'usi bor. Bu yerda nima uchun o'rganyapman, kelajakda ishlatamanmi, men dasturchi bo'lsam, falsafa, tarixni nima keragi bor deydigan odam yo'q. Hamma o'rganishda va ilm olishda. Ahmoq odam tili bilan yuradi degan rost gap, O'zbekistonda ko'pchilik tili bilan yuradi va o'qiladigan fanlarga kelganda ahmoqona savollar ko'payadi. To'g'ri tanlov bo'lmasligi mumkin lekin fandan ayb qidirish va bizga umuman kerak emas deyishdan oldin o'ylab ko'rish haqiqiy ilmli inson yoki ilmga chanqoq insonning gapi bo'lar edi.

Bu yerdagi professorlarning vazifasi talabaga, meni yo'nalishimda aytganda, kompyuterni qayerida nima joylashgani, qanday qilib yoki qanday qilib bunday qilishni, mana bu dasturni qanday o'rnatish va bu dasturlash tilini boshidan bugun o'rgatadigan odamlar emas, aksincha muhim teorema va aksiomalarni sharhlash, ta'rif berish va munozarani boshlab berishdan iborat. Qolgan mayda detallarni talaba o'rganishi shart, tushunmay qolyapsizmi professorni aybi emas siz qattiqroq o'qimagansiz. Va bu mindset hamma uchun ishlaydi, hamma professordan rozi, o'zini ayblashni oliy maqsad deb bilishadi.

O'zbekistondagi ta'lim muammosida har doim ham tizim yoki murabbiylarni ayblash tanganing bir tomoni ko'rishdek bo'lib qoldi, ayniqsa oliy ta'limda aybdorlar bir tomon emas, aksincha biz talabalar ham o'qimaganmiz va ham uqimaganmiz. Bizga oldin aytishgan mana bu videoni ko'rsang, mana bu kitobni o'qisang yaxshi tushunasan deb, lekin biz hech qachon bunday qilamganmiz. Aybdor esa har doim tayyor turardi biz uchun. Bu yerlarda o'qish uchun odamlar bizdan ancha ko'p to'lashadi, va o'qiy olmasa o'qishni chuzaveradi chunki diplom olish yoki bitirish emas, ilm olish eng buyuk maqsadlaridan.

Ilm esa haqiqatdan go'zal narsa, ayniqsa boshqa yo'nalishdagi talabalar bilan gaplashganda. Hammaning sohasi qiziq, hammada yangilik bor. Universitetlar uchta narsa uchun xizmat qiladi: Ta'lim, Izlanish va ....

Mana shu uchinchi narsani topishni kamgina auditoriyaga qoldirmoqchiman, shunchaki men uchun qiziq nima deb o'ylaysiz, uchinchi omil nima bo'lishi mumkin? (Javobni izohlarda qoldirishingiz mumkin)

Agar ushbu postni oxirgacha sabr bilan o'qib chiqsangiz, hech o'ylab ko'rganmisiz univeristetlarning asl maqsadini, nima uchun mavjudligiyu, nima uchun faoliyat olib borishi, va nima uchun davlatlar doim pul ajratishini?!

7ย months ago

Universitet faxrlanadigan asosiy yutug'i, bir paytlar bu universitetda Galileo Galilei matematika bo'yicha professorlik darajasini himoya qiladi va 18 yil ushbu shaharda ilm-fan bilan shug'ullanadi. Universitetnining mashhur bitiruvchilari Nicolaus Copernicus va Elena Cornaro Piscopia alohida tilgan olinadi. Birinchisini juda yaxshi taniysiz, ikkinchi shaxs esa dunyodagi birinchi akademik darajani olgan ayol kishi, Falsafa fanlari doktori hisoblanadi. Va ushbu daraja aynan 17-asrda Padova universitetida berilgan.

O'z vaqtida univeristetni "Libertas scholastica" ya'ni Akademik ozodlik joyi deb atashgan, sababi usha davrdagi Vatikanning bosimi ostida ilm-fan taqiqga uchraydi ammo, Italiyaning aynan mana shu universiteti cherkovga bo'ysinmasdan o'ziga Yevropaning barcha konfessiya vakillari va xalqlarini chorlaydi. Shu sabab ushbu universitet bitiruvchilari o'rta asrlarda Rossiyadan tortib Angliyagacha va Afrikadan tortib Skandinaviyaning ziyolilarini ko'pchiligini tashkil etgan.

Universitet o'zida butun ilm-fan tarixini jamlab turadi. To'g'ri, balkim hozir universitet kutubxonalari yoki ma'ruza zallari Galiley davridagidek jimjimador yoki tarixiy bo'lmasligi mumkin, lekin ma'naviy boyliklar hali ham universitet bo'ylab suzib yurganligini sezish mumkin. Masalan men o'qiydigan Matematika fakulteti Tullio Levi-Civita nomi bilan ataladi. U mashhur matematik hisoblanib aynan ushbu universitetning matematika yo'nalishini bitirgan va mutlaq differensial hisob va uni nisbiylik nazariyasiga qoสปllash boสปyicha ishi bilan mashhur boสปlgan (Enshteyn bilan to'g'ridan-to'g'ri Princeton universitetida ishlagan), ammo boshqa sohalarda ham katta hissa qoสปshgan. Uning ishi sof va amaliy matematika, samoviy mexanika, analitik mexanika va gidrodinamika bo'yicha asosiy izlanishlarni o'z ichiga olgan. Afsuski, ikkinchi jahon urushida fashistik Italiya hukumatining taqibiga tushib uy qamog'ida vafot etadi.

Umuman olganda, ilm-fan uchog'i va tarixida o'qish hamma narsadan ustunroq bo'ldi men uchun. Tanlovdan adashmadim deb o'ylayman va birinchi tanlov "teoremasi" albatta o'zini oqlaydi. Universitetni 2 yil ichida bitirishimga umid qilaman (bitirmaslikni iloji yo'q, stipendiyamni olib qo'yishlari mumkin).

Dars jarayonlari WOW va daxshat emas, odatiy dunyoning istalgan burchagidek bir xil (O'zbekiston + MDH va Afrikadan tashqari). Barchasi o'zimizga bog'liq, "o'qisang o'qi, bo'lmasa o'qima"ga hamma amal qilyapti. Darslarga borish shart emas, imtihondan o'tsa bo'ldi.

Italyanlar esa amerikaliklarga nisbatan ancha aqlli va O'zbekistonni yaxshi bilishadi ayniqsa Samarqand haqida o'zgacha ishtiyoq bilan gapirishadi. Xonadoshlarim italyan va ularning aytishi bo'yicha Samarqand haqidagi qo'shiq ularning bolalikdagi va hozirgi vaqtdagi eng sevimli qo'shig'i ekan. Va bir kun Samarqandga borishni orzu qilishar ekan.

Rimni Yevropa markazi, Samarqandni Osiyoning markazi deyishdi.

10ย months ago

Davomini yozishga ham bir yarim oydan oshipti...

AQShga sayohat ham yakunlandi va usha davrda hech narsa yozmaslikga qaror qilganim, 21 kunlik vaqtdan va momentdan enjoy qilish edi. Yozish, instagramga rasm qo'yishdan qiyinroq.

UNITED dasturi bizga hamma narsani berishga, to'liq qoniqishimizga, o'zimizni ba'zi sabablarga ko'ra noqulay his qilmasligimizga deyarli barcha sharoitlarni yaratdi. Ta'lim, tajriba, tanishuv va yangi kashfiyotlar haqida ta'riflashga so'zlar yetmaydi, shunchaki hammasi zo'r edi. Hozir dasturni maqtagim va rahmatlar aytib yozgim kelyapti lekin bu yerda na tashkilotchilar va na hukumat vakillari bor o'qiydigan. Asosiy o'quvchilarda esa "Amerika orzusi" bosimi oshib psixologik yomon ta'sir qilishidan qo'rqaman. Chunki, hamma amerikaga boruvchilarga ham, sharoitlari to'liq dastur va sayohatlar kutib turmaydi, hammasi ham shunchaki oddiy va mazza bo'lmaydi. Bizning yutug'imiz Amerikaga bepul borish bo'lsa, davomida qaytish ham yozilgan edi. Balkim, shu sababdan 21-kunlik mashg'ulotlar rejasi shu darajada band ediki, qo'shimcha shaxsiy ishlarga deyarli vaqt ham yetmadi.

Meni hayratga solgan narsalar, Amerika, jamiyat yoki yangi madaniyat emas aksincha, o'zbekistonlik 14 nafar talaba bo'ldi. Minglab nomzodlar orasidan saralangan bu talabalar haqiqatdan eng yaxshilari edi. Hammaning o'z yutug'i va o'zgacha hislatlari bor. Muhimi, biz bir oiladek, eng kuchli jamoa yarata oldik. Tashkilotchilar qanday saralagan qaysi mezon yoki talabga e'tibor bergan, buni aniqlash to'g'risi qiyin edi. Va shu narsani tushunib yetdimki, bunday dasturlar va chet universitetlari har doim ham bizning faktli yutuqlarimizga yoki sertifikatlar soniga e'tibor bermas ekan. Ba'zan muhimi shaxsiyat va bizni jamiyatdan yoki misol sifatida qolgan 2 ming nafar ariza topshiruvchilardan nimamiz bilan ajratib turishiga qarab baholanar ekan. Xulosa shuki, agar siz jamiyatdan nimadur bilan ajralib tursangiz, (fikrlar, qarashlar va shaxsiyat tomonlama bo'lishi mumkin) demak siz noyob insonsiz va UNITED sizni ham keyingi yil bag'riga chorlaydi. Lekin bu boshqachalikni boshqa ma'noda tushinib, o'zingizga katta baho berib qolganlarni mensimaslik boshlansa, unda ham muammo yo'q, tashkilotchilar buni ham tez aniqlash qobiliyatiga ega. Natija shunchaki reject. Amerikaliklarda bir gap bor "Humble bo'l". Umuman olganda, hammada o'z noyob qobiliyat va fikr bor, lekin ularning kelajagi yoki noluvchilarga yoki harakat qiluvchilarga bo'linib ketadi. Muammo, xato-kamchiliklarni hamma ko'radi va ushanda jamiyat orasida noluvchilar va aktivistlar ajralib chiqadi. Siz qaysi toifadansiz, hali ham noluvchilar qatorida va qo'lidan hech narsa kelmaydiganlardanmi yoki ichki noluvchi va vaziyatga qarab harakat qiluvchimi? Nolish va tanqidning farqi bor, shukr va tanqidning ham farqi bor. Bu dunyo harakat qilish qonuni asosida ishlaydi. Kapitalizm esa to'xtagan insonni yanchib tashlaydi va shu sababdan bugungi AQSh o'z darajasi bilan AQSh. Agar harakat qilmasang magistr diplomi bilan ham uysiz qolish mumkin. Dunyoning hech bir yerida yoki mamlakatida harakatsiz insonlarga joy yo'q.

Men o'rgangan eng katta tajriba esa, doimo harakatda bo'lish va intilish. Amerika shuni o'rgatdi, jamiyat shuni ko'rsatdi.

11ย months, 3ย weeks ago
We did it!

We did it!

Nihoyat, vizani ham oldik, endi 14-iyundan 6-iyulga qadar Amerika Respublikasi, Indiana viloyatida ko'rishganda ko'rishguncha. Dastur haqida va qanday hujjatlar qilganim haqida yuqorida yozganman va ushbu dasturga qabul boshlanganda hamma-hammani taklif qilib, chorlagan edim. Hattoki urinib ham ko'rmagan bo'lsangiz shunchaki imkoniyatni boy beribsiz. Haqiqiy yutqazgan inson, mag'lub bo'lgan emas, harakat ham qilib ko'rmagan inson.

Qiziq, hech qachon Amerikani orzu qilmaysan, hech qachon American Student Lifega havas qilmaysan lekin senga to'liq moliyalashtirilgan holda sayohat va o'qish taklifini berishadi.

Xullas, davomi bor...

We recommend to visit

๐ŸคฃDaily Funny Videos๐Ÿคฃ

Best Funny Videos Which You Can't Find Anywhere On Internet ๐Ÿ›œ

โšœ๏ธ500k+โšœ๏ธ :- @Paid_Promotion02

๐Ÿ’ฐBuy Ads:- https://telega.io/c/+hKR3ptkKBec1MTFl



โ™ก ใ…ค ย ย  โใ…คย ย  ย  โŽ™ใ…คย ย ย ย ย โŒฒ
หกแถฆแตแต‰ย  แถœแต’แตแตแต‰โฟแต—ย ย  หขแตƒแต›แต‰ย ย ย ย  หขสฐแตƒสณแต‰

Last updated 1ย month, 1ย week ago

๐€๐ฌ๐ฌ๐š๐ฅ๐จ๐ฆ๐ฎ ๐š๐ฅ๐š๐ฒ๐ค๐ฎ๐ฆ๐Ÿช

๐ƒ๐ซ๐š๐ฆ๐š ๐œ๐š๐ญ๐š๐ฅ๐จ๐ ย @kdorama_katalog
๐„๐๐ข๐ญ ๐ฏ๐ข๐๐ž๐จ @uzkdrama_videos
๐‘๐ž๐ค @Niso_me
Rasmlar @kdrama_photos
๐™‰๐™–๐™ฉ๐™ž๐™Ÿ๐™–ย  @result_kdrama
๐™„๐™ฃ๐™จ๐™ฉ๐™–๐™œ๐™ง๐™–๐™ข https://instagram.com/uzbek_kdrama?igshid=OGQ

Last updated 1ย month ago

. ูŽ<3ูฐ ูŽู: #๐™ฌ๐™๐™ค๐™š๐™ซ๐™š๐™ง ๐™ž๐™จ ๐™–๐™—๐™จ๐™š๐™ฃ๐™ฉ ๐™ž๐™ฃ๐™ฉ๐™š๐™ฃ๐™ฉ๐™ž๐™ค๐™ฃ๐™–๐™ก๐™ก๐™ฎ, ๐™ž๐™ฉ ๐™ž๐™จ #๐™ค๐™—๐™ก๐™ž๐™œ๐™–๐™ฉ๐™ค๐™ง๐™ฎ ๐™ฉ๐™ค ๐™›๐™ค๐™ง๐™œ๐™š๐™ฉ ๐™๐™ž๐™ข. :ูŽู

#"๐™›๐™ค๐™ง.- ูŽ๐— ููŽ๐™š: @d91is

Last updated 2ย months ago