Rakhmatov Dilmurod's Blog

Description
MSc in Computer Science |💡📐👨‍💻🔥🚀

Web blog: (Soon)

Me: @rakhmatov_dilmurod
Advertising
We recommend to visit

Assalomu alaykum
𝐃𝐫𝐚𝐦𝐚 𝐜𝐚𝐭𝐚𝐥𝐨𝐠 @kdorama_katalog
𝙍𝙖𝙨𝙢𝙡𝙖𝙧: @kdrama_photos
𝙊'𝙮𝙞𝙣 @oyin_uchun_uz
Reklama uchun @usmonova_zn
https://t.me/+hB7bDHkCj5w3MmY6

Last updated 8 months, 3 weeks ago

Kirstentoosweet 💋 Kirsten2sweet 🍓

Last updated 4 months, 3 weeks ago

Читаємо книжки разом, коли не впадло
Нюдси надсилати сюди @aaliskaaa

Last updated 1 month ago

1 year, 1 month ago

Go'zallik qurbonlik talab etadi, ilm esa eng buyuk go'zallik...
Xorijda yashash (yolg'izlik) va o'qish (mashaqat) esa albatta bir tekis va sodda bo'lmagan va bo'lmayapti ham. Anchadan beri hech narsa yozmadim chunki yozolmasdim ham, Vatandan uzoqlashgan sari, kun o'tgan sayin har bir insonning yoxud study abroad maqsadida kelganlarning motivatsiyasi pastga qarab tushishni boshlaydi, ammo uzoq muddatga emas chunki inson moslashuvchan mavjudot. Hamma ham moslashadi, o'rganadi, sog'inch ham, iztirob ham, yolg'izlik-u, depressiya ham vaqt o'tgan sayin insonning bir butuniga aylanadi, muhimi mana shu davrgacha yetib kelish.

Boshida hamma daho, bitta sen ahmoqdek ko'rinadi. Keyinchalik ular ham inson ekanligini aksincha uzoq yurtlardan kelgan bu talabalar ularga muzeydagi ekspanatdek ko'rinishini bilasiz. Qolganlar ham wunderkind emas, ular ham qiynalishadi, ular ham ma'ruzalarni tushunmaydi, ular ham vazifalarni ba'zan qilmaydi.

Ammo, eng muhim jihati, hammada ilm olishga, nimanidur o'rganishga, o'rgangan narsasidan esa zavqlanish tuyg'usi bor. Bu yerda nima uchun o'rganyapman, kelajakda ishlatamanmi, men dasturchi bo'lsam, falsafa, tarixni nima keragi bor deydigan odam yo'q. Hamma o'rganishda va ilm olishda. Ahmoq odam tili bilan yuradi degan rost gap, O'zbekistonda ko'pchilik tili bilan yuradi va o'qiladigan fanlarga kelganda ahmoqona savollar ko'payadi. To'g'ri tanlov bo'lmasligi mumkin lekin fandan ayb qidirish va bizga umuman kerak emas deyishdan oldin o'ylab ko'rish haqiqiy ilmli inson yoki ilmga chanqoq insonning gapi bo'lar edi.

Bu yerdagi professorlarning vazifasi talabaga, meni yo'nalishimda aytganda, kompyuterni qayerida nima joylashgani, qanday qilib yoki qanday qilib bunday qilishni, mana bu dasturni qanday o'rnatish va bu dasturlash tilini boshidan bugun o'rgatadigan odamlar emas, aksincha muhim teorema va aksiomalarni sharhlash, ta'rif berish va munozarani boshlab berishdan iborat. Qolgan mayda detallarni talaba o'rganishi shart, tushunmay qolyapsizmi professorni aybi emas siz qattiqroq o'qimagansiz. Va bu mindset hamma uchun ishlaydi, hamma professordan rozi, o'zini ayblashni oliy maqsad deb bilishadi.

O'zbekistondagi ta'lim muammosida har doim ham tizim yoki murabbiylarni ayblash tanganing bir tomoni ko'rishdek bo'lib qoldi, ayniqsa oliy ta'limda aybdorlar bir tomon emas, aksincha biz talabalar ham o'qimaganmiz va ham uqimaganmiz. Bizga oldin aytishgan mana bu videoni ko'rsang, mana bu kitobni o'qisang yaxshi tushunasan deb, lekin biz hech qachon bunday qilamganmiz. Aybdor esa har doim tayyor turardi biz uchun. Bu yerlarda o'qish uchun odamlar bizdan ancha ko'p to'lashadi, va o'qiy olmasa o'qishni chuzaveradi chunki diplom olish yoki bitirish emas, ilm olish eng buyuk maqsadlaridan.

Ilm esa haqiqatdan go'zal narsa, ayniqsa boshqa yo'nalishdagi talabalar bilan gaplashganda. Hammaning sohasi qiziq, hammada yangilik bor. Universitetlar uchta narsa uchun xizmat qiladi: Ta'lim, Izlanish va ....

Mana shu uchinchi narsani topishni kamgina auditoriyaga qoldirmoqchiman, shunchaki men uchun qiziq nima deb o'ylaysiz, uchinchi omil nima bo'lishi mumkin? (Javobni izohlarda qoldirishingiz mumkin)

Agar ushbu postni oxirgacha sabr bilan o'qib chiqsangiz, hech o'ylab ko'rganmisiz univeristetlarning asl maqsadini, nima uchun mavjudligiyu, nima uchun faoliyat olib borishi, va nima uchun davlatlar doim pul ajratishini?!

1 year, 2 months ago

Universitet faxrlanadigan asosiy yutug'i, bir paytlar bu universitetda Galileo Galilei matematika bo'yicha professorlik darajasini himoya qiladi va 18 yil ushbu shaharda ilm-fan bilan shug'ullanadi. Universitetnining mashhur bitiruvchilari Nicolaus Copernicus va Elena Cornaro Piscopia alohida tilgan olinadi. Birinchisini juda yaxshi taniysiz, ikkinchi shaxs esa dunyodagi birinchi akademik darajani olgan ayol kishi, Falsafa fanlari doktori hisoblanadi. Va ushbu daraja aynan 17-asrda Padova universitetida berilgan.

O'z vaqtida univeristetni "Libertas scholastica" ya'ni Akademik ozodlik joyi deb atashgan, sababi usha davrdagi Vatikanning bosimi ostida ilm-fan taqiqga uchraydi ammo, Italiyaning aynan mana shu universiteti cherkovga bo'ysinmasdan o'ziga Yevropaning barcha konfessiya vakillari va xalqlarini chorlaydi. Shu sabab ushbu universitet bitiruvchilari o'rta asrlarda Rossiyadan tortib Angliyagacha va Afrikadan tortib Skandinaviyaning ziyolilarini ko'pchiligini tashkil etgan.

Universitet o'zida butun ilm-fan tarixini jamlab turadi. To'g'ri, balkim hozir universitet kutubxonalari yoki ma'ruza zallari Galiley davridagidek jimjimador yoki tarixiy bo'lmasligi mumkin, lekin ma'naviy boyliklar hali ham universitet bo'ylab suzib yurganligini sezish mumkin. Masalan men o'qiydigan Matematika fakulteti Tullio Levi-Civita nomi bilan ataladi. U mashhur matematik hisoblanib aynan ushbu universitetning matematika yo'nalishini bitirgan va mutlaq differensial hisob va uni nisbiylik nazariyasiga qoʻllash boʻyicha ishi bilan mashhur boʻlgan (Enshteyn bilan to'g'ridan-to'g'ri Princeton universitetida ishlagan), ammo boshqa sohalarda ham katta hissa qoʻshgan. Uning ishi sof va amaliy matematika, samoviy mexanika, analitik mexanika va gidrodinamika bo'yicha asosiy izlanishlarni o'z ichiga olgan. Afsuski, ikkinchi jahon urushida fashistik Italiya hukumatining taqibiga tushib uy qamog'ida vafot etadi.

Umuman olganda, ilm-fan uchog'i va tarixida o'qish hamma narsadan ustunroq bo'ldi men uchun. Tanlovdan adashmadim deb o'ylayman va birinchi tanlov "teoremasi" albatta o'zini oqlaydi. Universitetni 2 yil ichida bitirishimga umid qilaman (bitirmaslikni iloji yo'q, stipendiyamni olib qo'yishlari mumkin).

Dars jarayonlari WOW va daxshat emas, odatiy dunyoning istalgan burchagidek bir xil (O'zbekiston + MDH va Afrikadan tashqari). Barchasi o'zimizga bog'liq, "o'qisang o'qi, bo'lmasa o'qima"ga hamma amal qilyapti. Darslarga borish shart emas, imtihondan o'tsa bo'ldi.

Italyanlar esa amerikaliklarga nisbatan ancha aqlli va O'zbekistonni yaxshi bilishadi ayniqsa Samarqand haqida o'zgacha ishtiyoq bilan gapirishadi. Xonadoshlarim italyan va ularning aytishi bo'yicha Samarqand haqidagi qo'shiq ularning bolalikdagi va hozirgi vaqtdagi eng sevimli qo'shig'i ekan. Va bir kun Samarqandga borishni orzu qilishar ekan.

Rimni Yevropa markazi, Samarqandni Osiyoning markazi deyishdi.

1 year, 5 months ago

Davomini yozishga ham bir yarim oydan oshipti...

AQShga sayohat ham yakunlandi va usha davrda hech narsa yozmaslikga qaror qilganim, 21 kunlik vaqtdan va momentdan enjoy qilish edi. Yozish, instagramga rasm qo'yishdan qiyinroq.

UNITED dasturi bizga hamma narsani berishga, to'liq qoniqishimizga, o'zimizni ba'zi sabablarga ko'ra noqulay his qilmasligimizga deyarli barcha sharoitlarni yaratdi. Ta'lim, tajriba, tanishuv va yangi kashfiyotlar haqida ta'riflashga so'zlar yetmaydi, shunchaki hammasi zo'r edi. Hozir dasturni maqtagim va rahmatlar aytib yozgim kelyapti lekin bu yerda na tashkilotchilar va na hukumat vakillari bor o'qiydigan. Asosiy o'quvchilarda esa "Amerika orzusi" bosimi oshib psixologik yomon ta'sir qilishidan qo'rqaman. Chunki, hamma amerikaga boruvchilarga ham, sharoitlari to'liq dastur va sayohatlar kutib turmaydi, hammasi ham shunchaki oddiy va mazza bo'lmaydi. Bizning yutug'imiz Amerikaga bepul borish bo'lsa, davomida qaytish ham yozilgan edi. Balkim, shu sababdan 21-kunlik mashg'ulotlar rejasi shu darajada band ediki, qo'shimcha shaxsiy ishlarga deyarli vaqt ham yetmadi.

Meni hayratga solgan narsalar, Amerika, jamiyat yoki yangi madaniyat emas aksincha, o'zbekistonlik 14 nafar talaba bo'ldi. Minglab nomzodlar orasidan saralangan bu talabalar haqiqatdan eng yaxshilari edi. Hammaning o'z yutug'i va o'zgacha hislatlari bor. Muhimi, biz bir oiladek, eng kuchli jamoa yarata oldik. Tashkilotchilar qanday saralagan qaysi mezon yoki talabga e'tibor bergan, buni aniqlash to'g'risi qiyin edi. Va shu narsani tushunib yetdimki, bunday dasturlar va chet universitetlari har doim ham bizning faktli yutuqlarimizga yoki sertifikatlar soniga e'tibor bermas ekan. Ba'zan muhimi shaxsiyat va bizni jamiyatdan yoki misol sifatida qolgan 2 ming nafar ariza topshiruvchilardan nimamiz bilan ajratib turishiga qarab baholanar ekan. Xulosa shuki, agar siz jamiyatdan nimadur bilan ajralib tursangiz, (fikrlar, qarashlar va shaxsiyat tomonlama bo'lishi mumkin) demak siz noyob insonsiz va UNITED sizni ham keyingi yil bag'riga chorlaydi. Lekin bu boshqachalikni boshqa ma'noda tushinib, o'zingizga katta baho berib qolganlarni mensimaslik boshlansa, unda ham muammo yo'q, tashkilotchilar buni ham tez aniqlash qobiliyatiga ega. Natija shunchaki reject. Amerikaliklarda bir gap bor "Humble bo'l". Umuman olganda, hammada o'z noyob qobiliyat va fikr bor, lekin ularning kelajagi yoki noluvchilarga yoki harakat qiluvchilarga bo'linib ketadi. Muammo, xato-kamchiliklarni hamma ko'radi va ushanda jamiyat orasida noluvchilar va aktivistlar ajralib chiqadi. Siz qaysi toifadansiz, hali ham noluvchilar qatorida va qo'lidan hech narsa kelmaydiganlardanmi yoki ichki noluvchi va vaziyatga qarab harakat qiluvchimi? Nolish va tanqidning farqi bor, shukr va tanqidning ham farqi bor. Bu dunyo harakat qilish qonuni asosida ishlaydi. Kapitalizm esa to'xtagan insonni yanchib tashlaydi va shu sababdan bugungi AQSh o'z darajasi bilan AQSh. Agar harakat qilmasang magistr diplomi bilan ham uysiz qolish mumkin. Dunyoning hech bir yerida yoki mamlakatida harakatsiz insonlarga joy yo'q.

Men o'rgangan eng katta tajriba esa, doimo harakatda bo'lish va intilish. Amerika shuni o'rgatdi, jamiyat shuni ko'rsatdi.

We recommend to visit

Assalomu alaykum
𝐃𝐫𝐚𝐦𝐚 𝐜𝐚𝐭𝐚𝐥𝐨𝐠 @kdorama_katalog
𝙍𝙖𝙨𝙢𝙡𝙖𝙧: @kdrama_photos
𝙊'𝙮𝙞𝙣 @oyin_uchun_uz
Reklama uchun @usmonova_zn
https://t.me/+hB7bDHkCj5w3MmY6

Last updated 8 months, 3 weeks ago

Kirstentoosweet 💋 Kirsten2sweet 🍓

Last updated 4 months, 3 weeks ago

Читаємо книжки разом, коли не впадло
Нюдси надсилати сюди @aaliskaaa

Last updated 1 month ago