Kavsar

Description
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

3 weeks, 1 day ago

Yaqin doʻstim va singlimni volidalarining xotiralariga bagʻishladim. Ilohim Allohim Firdavs Arshidan joy bersin….

3 weeks, 1 day ago

**Yolg‘on dunyo makoningizdan,
Adolat yo‘q zamoningizdan,
Barcha yaxshi yomoningizdan,
Hammangizdan nafratlanaman.

Xozir g‘amim yesangizlarda,
Zarra mehr bersangizlarda,
Sen nohaqsan desangizlarda,
Hammangizdan nafratlanaman.

Jondan o‘tar azobingiz ham,
Rost ko‘rsatgan sarobingiz ham,
Minnatlidir savobingiz ham,
Hammangizdan nafratlanaman.

Ikki gapli ikki so‘zlisiz,
Ko‘rolmaysiz yomon ko‘zlisiz,
Niqobdasiz soxta yuzlisiz,
Hammangizdan nafratlanaman.

Pushaymonlik kelganda gali,
Necha afsus deysizlar hali,
Yashirmayman so‘zim dangali,
Hammangizdan nafratlanaman.

Qiziqtirmas chalgan kuyingiz,
Ma'rakaa-uy qilgan to‘yingiz,,
Boshingizdan qolsin uyingiz,
Hammangizdan nafratlanaman.

Asli dunyo deyishar bir kam,
Hech bir banda bo‘lolmas bekam,
Sizlar emas Allohdir hakam,
Hammangizdan nafratlanaman.

Qalbimdagi jarohat izni,
Go‘yo ko‘rmas hudoyim bizni,
Pul, pul deysiz pul yesin sizni,
Hammangizdan nafratlanaman,

Qilmishingiz ozor berganda,
Ko‘zlarimga yoshlar terganda.
Har doimmas kezi kelganda,
Hammangizdan nafratlanaman.

O‘qiganda qizarar yuzi,
Og‘iz juftlab chiqmaydi so‘zi,
Gap egasin topadi o‘zi,
Hammangizdan nafratlanaman.

©Muallif: Komila Qiz.**

@Komila_Qiz_7848

3 weeks, 1 day ago

Ijrochiga omad

3 weeks, 5 days ago

**Yolg‘on sabab sovidi ora,
Seni qiynab endi netaman.
Taqdir emas ekan na chora,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Ortga qaytmay yuzing burolsang,
Mahzun bo‘lmay kulib yurolsang,
Agar mensiz baxtli bo‘lolsang,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Tunda sog‘inch xabar olmaydi,
Azoblarni boshga solmaydi,
Ishon xatto izim qolmaydi,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Mendan zarra ko‘ngling to‘lmasa,
Quchganingda g‘aming o‘lmasa,
Yuragingda o‘rnim bo‘lmasa,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Qara kunlar o‘tyapti tunday,
Bo‘lolmadik Layli Majnunday,
Davom etib bo‘lmaydi bunday,
Hayotingdan chiqib ketaman.

O‘zim ushlab turibman arang,
Asablar ham tortilgan tarang,
Yetar menga bitta ishorang,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Yurma degin hayolga cho‘mib,
Yig‘lamayin ko‘zim chirt yumib,
Yuragimga sevgimni ko‘mib,
Hayotingdan chiqib ketaman.

Muallif: Komila Qiz.**

@Komila_Qiz_7848

3 weeks, 6 days ago

**Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
Qarang gunohlar ko‘p xatolar bisyor.
G‘azabda jahlning otiga minib,
Yaqinlar qalbiga beramiz ozor.

Barcha g‘amimizga o‘zimiz sabab,
Biling hech o‘zganing gunohi yo‘qdir,
Bekor aytilmagan qilmish qidirmish,
So‘ngi pushaymonlar yurakka o‘qdir.

Bir ishning ohirin bilmagan holda,
Biz ahir adashdik o‘zimiz yo‘ldan,
O‘z qo‘lib o‘zgani ayblamang endi,
Ko‘ring qars ham chiqar ikkita qo‘ldan.

Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
Mushtoq yuragimni tilgan u deymiz,
Muhabbatning achchiq sinovlarida,
Menga bevafolik qilgan u deymiz.

Ko‘zgu qo‘limizda o‘zimiz oppoq,
Go‘yo farishtamiz bizlar benuqson,
Ular sababchidir azobimizga,
Odamlar hudbindir odamlar yomon.

Aniq qayerdadir xatoyimiz bor,
Unutmang berilmas bejizga jazo,
Bu qaytar dunyoda qaytadi bir kun,
Vafoga vafodir jafoga jafo.

Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
Kutmaymiz kechamiz bo‘lib sabrsiz,
Vaqtida yaqinlar qadrini bilmay,
Balki shu tufayli bo‘ldik qadrsiz.

Osamdekqaramay mehr berganga,
Kekkayib manmanlik qo‘lini tutsak,
Albatta oqibat yo‘qoladida,
E'tibor bermasdan e'tibor kutsak.

Gaplarni aytamiz qog‘ozga o‘rab,
So‘zimiz tagida bo‘lar so‘zimiz,
Turfa hil niqoblar yurar biz bilan,
Eng avval ularmas soxta o‘zimiz.

Nega o‘zimizni ayblamaymiz hech?
O‘ziga mindirgan nafs otimiz bor,
Nega o‘zlik bilan yuzlasholmaymiz?
Yoki o‘zimizdan qilamizmi or.

Vaqtingiz bo‘lganda bir o‘ylab ko‘ring,
Xisoblang ko‘ngilda kirimiz qancha,
Yashirib aytishga uyalib yurgan,
Odamlar bilmagan sirimiz qancha.

Taqdirning yozig‘i paymona to‘lib,
Dunyodan o‘tamiz yumib ko‘zimiz,
O‘zgamas qilgan u gunohimizga,
Javobin beramiz faqat o‘zimiz.

Muallif: Komila Qiz.**

@Komila_Qiz_7848

4 weeks ago

**Hayollari kimda ekan deb,
Kecha kunduz o‘ylab tolaman.
Chidolmayman ich etimni yeb,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Bu ishingiz jonimga jafo,
Yetmay qolar hattoki havo,
Meni shunday yaratgan hudo,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Birov sayoq demasin ering,
Gap so‘zlarga e'tibor bering,
Ishdan to‘g‘ri yonimga keling,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Ko‘chada ko‘p ko‘zini suzgan,
Erkaklarning hayolin buzgan,
Qancha buqa ipini uzgan,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Ko‘zdan o‘qib har bir fikrini,
Ayol bilar ayol makrini,
Toping qani so‘zim aksini,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Yo‘qolgancha huzr rohatim,
Yuqmay qolar yegan ovqatim,
Bilasiz-ku ahir odatim,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Birinchi deb ko‘ksimni kermoq,
Yarashadi gerdayib yurmoq,
Jon bermoqdir ahir er bermoq,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Imkon topgan jilovlab otin,
Xal qiladi hayot-mamotin,
Xozir trend ikkinchi xotin,
Rashk qilmasam o‘lib qolaman.

Muallif Komila Qiz.

Muallif huquqi himoyalangan.**

@Komila_Qiz_7848

3 months, 3 weeks ago

**G‘am boshinga rahnalar solib,
Yosh joningni kutadi xatar.
Bu olamda men chetda qolib,
Boshqasiga qarasang agar.

Boshinga it kunin solaman,
Azroildek bo‘lib qolaman,
Ko‘zlaringni o‘yib olaman,
Boshqasiga qarasang agar.

Ko‘rmay sira nur ziyolarni,
Baxtim deysan dard ro‘yolarni,
Tor qilaman keng dunyolarni,
Boshqasiga qarasang agar.

Yo‘q bo‘ladi sen uchun borliq,
Nafas olib olmaysan hordiq,
Qattiq bo‘lar azobing qattiq,
Boshqasiga qarasang agar.

Bo‘lib qolsam bitta o‘zim kam,
Shu hayoting bo‘lar jahannam,
Qutqarolmas oshiqlaring ham,
Boshqasiga qarasang agar.

Hazil deya kulma so‘zimga,
Ko‘rinmaydi hech zoq ko‘zimga,
Javob bermay qolmay o‘zimga,
Boshqasiga qarasang agar.

Sal shubhali nimadur bilay,
Ko‘cha kuyda yoki bir ko‘ray,
Ko‘mamanda yerga tiriklay,
Boshqasiga qarasang agar.

Muallif: Komila Qiz.
03.08.2024.**

@Komila_Qiz_7848

3 months, 3 weeks ago

**Kecha kunduz yonida bo‘lib,
Orzu ichra armonga to‘lsang.
U deb turib u deya o‘lib,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Holing so‘rab eshik qoqmasa,
Zulmatingda nurin yoqmasa,
Qiyin taqdir kulib boqmasa,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

To‘lmay sira ishqning daftari,
Tugamaydi afsus pandlari,
Bo‘lmas ekan bundan battari,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Alam hissi azob berarkan,
Ko‘zlaringa marjon terarkan,
Har nafasda o‘lging kelarkan,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Bir dardinga topilmay chora,
Qonayverar qalbdagi yara,
Boy ham bo‘lar g‘arib bechora,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Tor ko‘rinib dunyo ko‘zinga,
Qon yugurmas oppoq yuzinga,
Yoqmaysan hech o‘zing o‘zinga,
Keraginga keraksiz bo‘lsang.

Muallif: Komila Qiz.**

@Komila_Qiz_7848

4 months ago

Premyera
Ijodlariga omad tilaymiz

6 months, 2 weeks ago

Rayhona ustozimga?*?*??

Ho‘p yarashar isming o‘zinga,
Hushbo‘y hidli nozik Rayhonim.
Ketmagaysan sira yodimdan,
Seni o‘ylab o‘tar har onim.

Tinch qo‘ymaysan uyqularimda,
Ko‘zim yumsam tushimga kirib.
Ammo o‘ngda xabar olmaysan,
Qo‘ymaysan hech bir nazar qilib.

Hayolimdan ketmaydi bilsang,
Kipriklaring qaro ko‘zlaring.
Qulog‘imda shivirlab turar,
Kulib aytgan har bir so‘zlaring.

Izhor qilib tuyg‘ularimni,
Erishay ayt qanday sevginga.
Seni sevgan o‘zgalar qolib,
O‘zim ega bo‘lay mehringa.

Albat senga erishaman deb,
Ham orzu ham qilganman-ku ahd.
Bu dunyoda bilsang edi sen,
Borligingni o‘zi menga baxt.

Muhabbatim nega ko‘rmaysan,
O‘zimman-ku oshig‘ing sening.
Yuragimni chamanzor qilgan,
Bog‘imdagi Rayhonim mening.

Muallif: Komila Qiz.
13.05.2024.16:48.**

@Komila_Qiz_7848

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 4 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago