To'ra Sulaymon

Description
Rasmiy kanal
We recommend to visit

ارشیو جدید فیلم های bestmovienil

کانال صوتی (آرشیو سخنرانی‌ها)

🔸 علیرضا پناهیان
@Panahian_ir
🔸سایت:
Panahian.ir
🔸پیامگیر
@Panahian_admin

1 year, 8 months ago

Тўра СУЛАЙМОН

ГАПДАН ГАП

Унинг қаламкашлигидан кўра қаламқошлиги устувор.

Муаллим беозор бўлса, синфнинг бозор бўлишини томоша қил.

Уни элга шеъри танитмади. Қишлоқма-қишлоқ юриб ўзини ўзи танитди.

Саёз дарёнинг шовқини катта бўлади.

Агар гапини Магарга, Магарнинг гапини Дагарга етказиб юриб ҳам кун кўриш мумкин экан.

Кўп ёзиб, кўмилгунча, теран ёзиб тилга туш.

Қочиб ўлган – кўмгулик,
Қувиб ўлган – мангулик.

Улуғларнинг хатоси ҳам улуғ бўлади.

У шоир бўлмаса ҳам шоирлик ҳужжати бор.

Адабиётга қалами билан эмас: қадами билан кириб келганларнинг ҳалоли бўлсин.

Ишхонада эснаб ўтириб ёзилган асарнинг умри ошхонагача...

Тор тутишни билмаган тумтоқзоданинг созандаларга саркор этиб тайинланишига ажабланиш ортиқча.

Тўти олашақшаққа тақлид қилиб юраман деб, ўз юришини ҳам унутиб ҳаккалак отиб қолган экан.

Telegram  |  InstagramYoutubeFacebook

1 year, 8 months ago

Axborot 24 | To'ra Sulaymon xotirasiga ehtirom

#5dec #uzbekiston24

1 year, 8 months ago
*Biz chiqargan kitob*

Biz chiqargan kitob

TO‘RA SULAYMON
zamondoshlari xotirasida

Ushbu kitobga o‘nlab sheʼriy majmua va dostonlar, dolzarb mavzulardagi maqolalar, yuzlab dilbar qo‘shiqlar muallifi O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymonni xotirlab yozilgan yodnomalar, eʼtiroflar, tadqiqot maqolalardan tartib ­­­be­rildi.
Mazkur to‘plam sizni befarq qoldirmasligiga, sevimli shoiringizning hayot yo‘li, uning suvratu siyrati borasida yana­da boyroq tasavvurga ega bo‘lishingizga yordam berishiga ishonamiz, azizlar.

*Masʼul muharrir: Muhiddin Abdusamad,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

To‘plab nashrga tayyorlovchilar:
Ravshanbek Mahmudov,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi
Dilfuza Qarshiboyeva,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi

Nashriyot: “Adabiyot”*

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

1 year, 11 months ago
**YIGʻLAR

**YIGʻLAR

*Oʻtmishdagi yolgʻiz yigit qoʻshigʻi

Bu togʻlar qanday togʻlar,
Bagʻrida quzgʻun, zogʻlar?
Bor oʻlsa barcha yigʻlar,
Men oʻlsam kimim yigʻlar?

Ne qilay yolgʻiz boʻldi,
Mudom bir ogʻiz boʻldi,
Bemurod — beiz boʻldi,
Deya qay inim yigʻlar.

Boʻlmadi bagʻrim butun,
Kulbamdan chiqmas tutun.
Xotin ham ketar ul kun,
Bollarim yetim yigʻlar.

Tayrilib tuyogʻidan.
Kul yogʻib siyogʻidan.
Adashib chorbogʻidan
Armonli otim yigʻlar.

Bu holga hayron boʻlib,
Yurak-bagʻri qon boʻlib,
Yoqasi vayron boʻlib
Qay bir hamdamim yigʻlar?*

Toʻra Sulaymon**

https://t.me/Tora_Sulaymon

2 years, 2 months ago
2 years, 3 months ago

**ASRAGAY

(Sohibqiron bobomizning haykali poyida bitilgan bitik)

Taqa tuyoqni asragay,
Tuyoq tulporni asragay.
Tulpor Temurni asragay,
Temur Turonni asragay,
Turon Qur’onni asragay,
Qur’on imonni asragay.
Imon insonni asragay,
Inson olamni asragay.
Olamni O’zi asragay.
**

t.me/Tora_Sulaymon

Telegram

To'ra Sulaymon

Rasmiy kanal

**ASRAGAY
2 years, 3 months ago
We recommend to visit

ارشیو جدید فیلم های bestmovienil

کانال صوتی (آرشیو سخنرانی‌ها)

🔸 علیرضا پناهیان
@Panahian_ir
🔸سایت:
Panahian.ir
🔸پیامگیر
@Panahian_admin