?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
🇺🇿Ishga: KOICA O'zbekiston vakolatxonasining qabulxonasiga
KOICA tashkilotining O'zbekiston vakolatxonasiga qabulxonasida ishlaydigan kotib(a) kerak.
Hujjat topshirish muddati:
23-Fevralgacha
Oylik: 600$ (Tajribaga qarab suhbatdan keyin yana kelishiladi)
Talablar:
1) Yuqori sinf, litsey, kollej diplomi (kamida)
2) Koreys tili (yoki Ingliz)ni va O'zbek, Rus tillarini yaxshi bilish (Nomzodlar muloqot qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak)
3) Kamida bir yillik ofis administratsiyasi, kotibiyat ishlari bo'yicha tajriba
4) Microsoft Office va boshqa programalarni yaxshi ishlatish
Asosiy ish:
- Vakolatxonaga keladigan mexmonlar, qo'ng'iroqlar va emailga javob berish
- Hujjatlar bilan ishlash va administrativ ishlar
Intervyuga chaqirish sanasi: keyin e'lon qilinadi.
Ish joyi: Toshkent Taras Shevchenko ko'chasi 21A (Orientir Mass media markazi)
Ish vaqti: Haftasiga 5 kun, soat 09:00 dan 18:00 gacha.
Rezyumeni Ingliz yoki Koreys tilida [email protected] ga yuborishingiz mumkin!
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: + 998 (71) 252-35-61
To'liq ma'lumot quyidagi faylda(Ingliz tilida) bor. Manba KOICA O'zbekiston vakolatxonasi telegram kanali.
P.s. KOICA Koreya elchixonasi qoshidagi davlat tashkiloti hisoblanadi. Koreya davlat tashkilotida ish tajribasini olmoqchi bo'lganlar uchun yaxshi imkoniyat!
#ish #koica #kotib
🇺🇿GKS uchun kerak bo'lmagan hujjat(lar)
Bu qanday hujjat deysizmi?
1 - Ota-ona nikohdan o'tganligi haqida hujjat.
Bilasizlar GKS grantida
- Applicant's/Parent(s)' Proof of Citizenship and family relationship document
degan hujjat bor. Bu yerda ham GKS ga hujjat topshirgan nomzod, ham nomzodning ota-onasining fuqoroligini (ya'ni Koreys emas chet ellik ekanini) tasdiqlash hujjat va oilaviy bog'liqlik hujjati so'ralgan.
Shu hujjatni o'qib, ko'pchilik GKS ga hujjat topshiradigan nomzodning ota-onasi nikohdan o'tganligi haqida hujjat ham kerak degan fikr keladi.
BU HUJJAT KERAK EMAS. Yana bir bor aytaman ota-onani nikohdan o'tganligi haqida hujjat kerak emas.
Yuqorida GKS uchun talab qilingan hujjat bu nomzodning tug'ilganlik haqida guvohnomasi, pasport nusxasi va ota-onaning pasport nusxasidir.
Chunki hujjatda fuqorolikni tasdiqlovchi hujjat va qondoshlik rishtasi bog'langan hujjat so'ralgan.
1) Pasport nusxasi bu fuqorolikni tasdiqlovchi hujjatdir.
2) Tug'ilganlik haqida guvohnoma esa bu GKS ga hujjat topshiruvchi nomzod va uning ota-onasi o'rtasidagi bog'liqlikni isbotlovchi hujjatdir.
Nikohdan o'tganlik haqida hujjatni bunga aloqasi yo'q!
Keyin yana GKS granti uchub Tug'ilganlik haqida guvohnomani apostil qildirish shart! Agar bu hujjat Ingliz tilida bo'lmasa notariusdan Ingliz tiliga tarjima qildirib, tasdiqlatish kerak!
Va so'z oxirida aytamanki
2) Mahalladan "spravka" degan hujjat GKS uchun umuman kerak emas!
Keyin hozir bunday hujjatni berish ham to'xtatilgan!
GKS grantiga hujjat qilayotganda qo'llanman(guideline) ni yaaaaxshilab o'qib chiqing!
GKS ga hujjat tayyorlashda yordam beraman deb, bilib-bilmay noto'g'ri ma'lumotlar berib qo'yayotgan mentorlar haqida ko'p eshityapman. Shuni oldini olish uchun bu post yozildi!
P.s. Iltimos bilib-bilmay bunaqa ma'lumotlar tarqatmanglar. Men yana bu haqida alohida tushuntirib charchab ketyapman😅**
??Ishga: Melatone Koreya sifat nazorati bo'limi
Koreyaning Melatone kompaniyasi sifat nazorati bo'limiga chet elliklarni ishga oladi.
Talablar:
1) Koreya universitetida 4 yillik bakalavr yoki bundan yuqori daraja diplom sohibi
2) 2025-yil fevral oyida bakalavrni tamomlovchi
3) Koreys tilini yaxshi biluvchi (Biznes yuritish darajasi)
4) Viza olishda muammosi yo'q va chet el safariga bora oluvchi
5) Elektronika, Ximiya yoki mashinasozlik yo'nalishi talabasi
6) Uzoq muddat ishlash niyati bor chet ellik
Ish haqida ma'lumot havolasi:
http://melatone.co.kr/bbs/board.php?bo_table=board1&wr_id=18
Ishga topshirish muddati: Loyiq nomzod chiqqunicha
Bu ishga qiziqqanlar o'z rezyumelarini [email protected] emailiga yuborishlari mumkin.
Ish haqida:
Dushanbadan Jumagacha soat 08:00 dan 17:00 gacha ish.
3 oylik malaka oshirishdan so'ng baholash natijasiga qarab doimiy ishga o'tish mumkin.
P.s. Ish qidirayotganlar uchun yana bir imkoniyat. Faqat soha chegaralangan ekan:)
??Favqulotda holat bekor qilindi
Koreyada favqulotda holat e'lon qilinganidan 6 soat o'tib bekor qilindi.
Parlament spikeri boshchiligida "Favqulotda holatni bekor qilish" qonuni qabul qilindi. 190 senator yoqlab bergan bu qonun orqasidan Prezident favqulotda holatni bekor qildi.
Rasm manbasi: jtbc youtube kanali
P.s. Endi Prezidentni bu ishi orqasidan hukumatda katta o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Eng qizig'i endi boshlanadi shekilli. Mayli hammamiz tinch bo'laylik!
@allimtv
????TOPIK javobini tekshirish (TOPIK 96, PBT)Bugun 11:00 da 96-TOPIK PBT imtixoni javobini tekshirish boshlanadi.
Javobni tekshirish uchhun
https://www.topik.go.kr/TWMYPG/TWMYPG0060-001.do - shu havolaga kirishingiz kerak.
Yuqooridagi saytga kirib, javobni tekshirish(비회원 시험정보 -> 성적확인) degan joyni bosasiz.
Bu yerda siz
1) TOPIK raqami - 회차선택(96-imtixon),
2) Tug'ilgan yil, oy, kuningizni - 생년월일
3) Imtixonga registratsiya raqamingizni - 수험번호 ya'ni rasmli blankada yozilgan 12 ta sonli raqamni kiritishingiz kerak.
Bularni kiritgandan so'ng qidirish(검색)ni bossangiz bo'ldi.
P.s. Soat 11:00 da TOPIK javobini ko'raman deb ovora bo'lmang. Sayt qotib, buralib qolgan bo'ladi. Tinchgina soat 1 yoki 2 lardan keyin kirsela bemalol javoblarni tekshirasila. Tekin maslahat?**#topik #koreya #javob
*??*??Koreyaga magistratura va Phdga grant**Chet elliklar Koreyashunoslik akademiyasida bepul o’qishlari mumkin. Academy of Korean studies (AKS) akademiyasi 2025-yil Bahorgi semester uchun ro'yxatdan o'tish talablarini e’lon qildi.
Bu akademiyaning yaxshi tomoni:
1) Chet elliklar uchun o’qish bepul
2) Shu bilan birga oyiga 800 000 won (650$) stipendiya va boshqa stipendiyalarni ham olishlari mumkin.
3) Arzon yotoqxona puli va bepul Koreys tili darslari
Bu o’qishda o’qiydigan chet ellik talabalarning 76.5% i stipendiyalar olayotgani ham quvonarli.
Bu o’qishga 2025-yil Bahorgi semestr uchun online ro’yxatdan o’tish shu yilning 13-sentabrdan 27-sentabrgacha davom etadi.
Ro’yxatdan o’tish sayti: www.studyinkorea.go.kr
Siz ham bu akademiyaga o’qishga topshirib bepul o’qish imkoniyati va yuqoridagi stipendiyalarni olishingiz mumkin.
Eng asosiy talab sizda bakalavr diplomi va TOPIK(kamida 4-daraja) yoki IELTS sertifikati bo'lishi kerak.
Bu akademiyada:1) Gumanitar yo’nalish – Koreya tarixi, Eski qo’lyozmalarni saqlash, Filasofiya va Koreys tili va madaniyati fakultetlari;
2) San’at yo’nalishi – Folklorshunoslik, Din asoslari, Musiqashunoslik, San’atshunoslik, Adabiyotshunoslik fakultetlari;
3) Jamiyatshunoslik yo’nalishi – Siyosatshunoslik, Jamiyatshunoslik, Ta’lim fakultetlari bor.
4) Xalqaro Koreyashunoslik
Agar sizda muddati o’tmagan TOPIK yoki IELTS sertifikati bo’lmasa, o'qishga hujjat topshira olmaysiz:(
Faqatgina Xalqaro Koreyashunoslik fakultetiga IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80 bilan hujjat topshirish mumkin!
Keyin TOPIK 4-darajadan past bo’lgan(3 yoki 2-daraja) sertifikat bilan bu o’qishga hujjat topshirish mumkin emas.
Sizga kerakli boshqa ma’lumotlar va ro'yxatdan o'tish uchun link:
https://grad.aks.ac.kr/cms/usr/wap/selectAplctnDataList.do?siteAplctnId=recruitUks&classifiedSearch=2&postYnSearch=Y&menuNo=2010121000#none
P.s. GKS GKS dib etvurasila mana silaga Koreyaga magistratura va PhD uchun grant:)#aks#grant@allimtv
??Mustaqillik muborak
Assalomu alaykum. Barchaga bayram muborak bo'lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin, bu kunlarga yetishishda joni fido bo'lganlarni joyi jannatda bo'lsin!
????10 yilda ichida beshta 6-daraja
2014-yilni oxirida Koreyadagi Sunmoon universitetida GKS bakalavr bo'yicha til kursida o'qirdim.
GKS bakalavr grantini TOPIK 4-daraja bilan yutganim uchun 1 yil til kursida o'qiganman.
Shu 2014-yilni oxirida birinchi marta TOPIK 6-darajasini olganim esimda. Uzoq yillik urinishdan so'ng bu natijaga erishgan edim. O'zimda yo'q hursandman. Chunki bu men uchun oson bo'lmagan.
Shundan so'ng yana 4 marta TOPIK II imtixonini topshirdim. Bugun 95-TOPIK imtixoni javobi chiqdi. Natija 10 yil oldin qanday bo'lsa bir xil. 6-daraja. Umumiy balim 2 yil oldingi imtixondan yaxshilangan lekin afsuski 280 yig'a olmadim. Ikki yildan so'ng bu imtixonni yana topshiramanmi yo'qmi bilmadim, lekin sertifikatim muddati tugaguncha toshirmasligim aniq:)
Koreyada GKS granti bo'yicha o'qib kelganimdan keyin TOPIK 6-darajani olish men uchun qiyin bo'lmagan majburiyatdek bo'lib qoldi. Lekin bunga albatta uzoq yillik tajriba asos bo'ldi.
TOPIK imtixoni uchun tayyorlanmasdan universitetdagi darslar va har xil programalarda qatnashish men uchun yaxshi tajriba bo'ldi. Shu bilan birga Koreys tilida badiy asarlar o'qish ham juda katta yordam berdi. Shunda TOPIK imtixonini yaxshi topshirish sirlaridan biri bu tez o'qish ekanligini tushunib yetdim.
Agar har safar TOPIK 6-darajani olishga qiynalib, faqat 5-daraja bilan cheklanayotganlar bo'lsa sizlarga maslahatim.
Koreys tilida maqola, kitoblarni ko'proq o'qinglar. Shunda TOPIK savol va javoblarini tez o'qib, tahlil qilib to'g'ri javobni birpastda topasizlar.
P.s. TOPIK imtixonidan 280 dan ko'p bal olsam GKS bakalavr granti bo'yicha yordam beradigan offlayn uchrashuv qilmoqchi edim. Afsuski balim buncha chiqmadi, lekin offlayn uchrashuv qilish fikri hali ham bor?**
@bekatdabirga
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 3 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago