Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: " Hozir oldingizga Abu Jahlning o'g'li Ikrima musulmon bo'lib keladi. Uning oldida otasining yomonliklarini yodga olishdan saqlaninglar!".
Suhbatdoshingiz dilida porlagan zarracha umid shu'lasini o'chirib qo'ymang! Yuraklardan umid nihollarini yulib olmang!
"Alloh bilan ko'ngil suhbati – namoz" kitobidan #iqtibos
Nafs o'z tabiyatiga ko'ra yomonlik qilishga buyuruvchi qilib yaratilgandir. Agar unga erk berilsa, undan faqat axmoqona ishlarni kutish mumkin, chunki u faqat yomonlik sodir etish uchungina amr etadi. Qachonki Alloh unga rahm qilin, marhamat nazari bilan qarasa, uning barcha xulqini o'zgartiradi, Allohning mehribonligi bilan nafs butunlay yomonliklarini tark etib, yaxshi tomonga o'zgartiradi. Endi u yomonlikka buyuruvchi emas, balki yaxshilikka amr qiluvchi bo'ladi. Ya'ni, nafsdagi yovuzlik ezgulikka almashadi. Shuning uchun xazrat Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Parvardigoro, meni ko'z ochib yumguncha bo'lsa ham nafsim bilan tanho tashlab qo'yma!" deb Allohga yolvordilar.
"Axloqus solihiyn" kitobidan #iqtibos
Bir kuni Xadicha onamiz va Ali roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasalamga iqtido qilib Ka'bai muazzamaga yuzlanib namoz o'qishar ekan, o'z ko'zlari bilan namozga birinchilardan bo'lib guvuh bo'lgan, ammo iymoni Makka fathiga qadar uzun fursat kutgan Afif Kindiy Ka'ba xovlisidan ularni tomosha qilib turib, yonidagi Abbos ibn Abdulmutallibdan:
—Ularni taniysanmi? Nega bunday harakatlar qilishyapti? —deb so'radi. Abbos ibn Abdumutallib:
—Ular jiyanim Muhammad va uning oilasi. Unga payg'ambarlik berilibdi va ular o'z ilohlariga shu tarzda ibodat qilishar ekan, — deb javob berdilar.
Bundan yigirma yil o'tib Makka fath qilingach, Afif Alloh va uning Rasuliga iymon keltirdadi. Dunyolardan afzal zot huzurida iymonga qovushgan bo'lsa ham yig'idan o'zini tutayolmayotganini ko'rgan Rasululloh solallohu alayhi vasallam: "Sen Xaqni taniding, oxirat azobidan najot topding. Bu ko'z yoshlar sababi nima, ey Afif?" — deganlarida Afif roziyallohu anhu:
—Ota-onam sizga fido bo'lsin, yo Rasululloh! Payg'ambarlik bilan mujdalangan dastlabki kunlaringiz edi. Men namoz o'qiyotganingizni ko'rdim. Agar o'shanda namoz haqiqatini anglab yetganimda edi, bugun Abu Bakrning o'rnida men bo'lardim, deydi.
Bir tomonda ilk fursatdan foydalonib qolishga ulgurmagani uchun kechikkan baxtiyorligini kemtik ko'rgan sahoba, ikkinchi tomonda oldimizdagi namoz bilan bog'liq minglarcha imkoniyatini tepkilayotgan — biz.
"Alloh bilan ko'ngil suhbati — namoz" kitobidan #iqtibos
Ilmni va ilm ahlini ulug'lash haqida.
Bilki, tolibi ilm ham, tolibi kasb-hunar ham faqatgina ilm va ilm ahlining hurmatini o'z o'rniga keltira olishi– uni hurmatlab, ta'zimini ado eta olishi bilangina ilmga, kasbga erishib, ulardan muvaffaqiyat ila manfaat topadi. Ustozning hurmatiga e'tibor va uni qat'iyan ulug'lash, salobatli tutish esa alohida ahamiyat kasb etadi.
Donishmandlarimiz:
"Hurmat saqlash toat-ibodatdan ko'ra afzalroqdir" deganlar.
Yana bir ulug' zotdan:
-Ilm afzalmi yoki odob? - deb so'raganlarida, u zot:
- Odob afzal,- deb javob berganlar.
Haqiqatda ham go'zal hulq, odob har qanday ilmu hunar egasining benazir ziynatidir.
Musannif (rohimahulloh) hazratlari: " Muallim va ta'lim - tarbiya beruvchi insonning hurmatini qoim qilish, huzurida odobu ahloqni sulukotlariga rioya qilish bevosita ilming hurmati, ta'zimidan sanaladi", deb qayd etadilar.
Hazrati Ali (roziyallohu anhu) ning quyidagi so'zlarini gapimizning tasdig'i desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Xazrati Ali aytadilar:
"Menga bir dona harf o'rgatgan kishining quliman. Hohlasa sotsin, hohlasa qullikdan ozod qilsin, hohlasa qul qilib ishlatsin".
Aqli raso insonga bunday ehtirom qilinishga eng haqdor va loyiq zot muallim, ustoz ekani ma'lum bo'ladi. Kishi iymonining belgisi shubhasiz ustozning hurmatiga va duoi hayriga sazovor bo'lishidir.
Ustozning mehri muhabbatiga, e'tiboriga loyiq bo'lishni istagan shogird, avvalo, quyidagilarga amal qilmog'i lozim:
• Ustozning oldiga tushib yurmaslik;
• Ustozning o'rniga o'tirmaslik;
• Huzurlarida ruhsatsiz gapirmaslik;
• Malol keladigan bo'lsa,dars vaqtida ko'p savol bermaslik;
• Darsdan tashqari savolni vaqtida so'rash qoidalariga rioya qilish;
• Darsga kech yoki barvaqt kelish;
• Ustozni bezovta qilmaslik;
• Ustozning eshiklarini taqillatmaslik, balki o'zlari kelishlarini yoki chiqishlarini sabr qilib kutish.
Maskur amallarning samarasi - ustozning roziligini topish, ko'nglida muhabbat paydo qilishdan iborat. Shuningdek,norozi qilib qo'yishdan,g'azabidan saqlanish ham hosil bo'ladi.
Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ning muborak hadislari ma'nosiga ko'ra, tolibga uch turli kishilarning duolari bilan ilm hosil bo'ladi: ustozi, ota-onasi va o'zining kechalari shikastalik bilan qilgan ibodatlari. Duolari natijasida unda ilm hosil bo'ladi.
Ogoh bo'l! Ustozning roziligi,duosi senga suv va havodek zarur, shuningdek, kelajagingda asosiy saodat poydevoridir.
"Ilm olish sirlari" kitobidan #iqtibos
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 4 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago