ELDOR ASADOV LAWYER

Description
⚖️ Yurisprudensiyada 9 yillik tajriba
#huquqshunos

TDYU * Bakalavr (2014-2018-yy.)
TDYU * Magistratura (2019-2020-yy.)
TDYU * Doktorantura (2022-y.)

CEO * NIZAMIDDIN TAʼLIM MARKAZI

Toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat: @Ceontm
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

12 months ago

?Bunaqa testning taʼmini online va offline kursimdagi будущее talabalarim yaqindagina taʼtib koʻrishdi))

12 months ago

HECH QAYERDA siz uchratmagan saviyadagi online testni Sizlarga tayyorlab qoʻydim.Bu galgisi haqiqiy sifat! Bu galgisi boshqa daraja! **Bu gaplarni maqtanish uchun emas, savollarni tuzayotib oʻzim mazza qilganim uchun yozyapman.

Kuting!** Kutishga arziydi)

? @OSONHUQUQ

1 year ago
[**#konstitutsiya\_mundarija**](?q=%23konstitutsiya_mundarija)*****?***** **Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining boʻlimlari va …

#konstitutsiya_mundarija*?* Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining boʻlimlari va undagi boblarga tegishli boʻlgan moddalarni OSON yodlashingiz uchun tayyorladik.

Saqlab qoʻying*?*@OSONHUQUQ

1 year ago

Бир Судья ишини ўзгартириб, ўқитувчилик касбига ўтиб кеибтди. Танишлари у нега бундай қилганини сўрашганида, у шундай жавоб қилибди:
— Менга келган судланувчиларга разм солсам, уларнинг аксарияти ё ўқимаган ёки тўғри қарашга эга бўлмаган одамлар эканлигига гувоҳ бўлдим ва мен ўзимга "Барглар билан шуғулланиш ўрнига, илдизни тўғирлашимиз керак" деган хулосага келдим. Саводсизлик қанча кам бўлса, жиноят шунча кам бўлади. Жамиятнинг ривожи учун сифатли таълимнинг ўрни бебаҳодир...

Дарҳақиқат, бугунги таълим тизимимиз кучли ўқитувчиларга муҳтож...

5 октябрь — Халқаро ўқитувчилар куни.@OSONHUQUQ

1 year ago

Galstuk taqmaganimga ancha boʻlgandi, talabalik esga tushdi)

Galstuk effekti va uning foydalari haqida post yozaman vaqt topib.

Yeslicho galstukni qimmatidan taqmochi boʻlsangiz, roʻyxat beraman. Shu brendlardan sotib olsangiz kam boʻlmaysiz. Sifati oʻta aʼlo darajada.

Milano
Gabiaci
Ramzey
Renzo Rinaldi

?Dumaloq videodagi galstukni 2019-yilda xarid qilganman. Hozirgi holati aʼlo darajada.

1 year ago
1 year ago

Kanal obunachilarining sonini yil oxirigacha besh mingga oshirsak, nima deysilar?

1 year ago
1 year ago

Ustoz - Alloh tuhfasi

Hayotimning qaysidir qismida bir qator ustozlarim sabab koʻp qiyinchiliklarni yengib oʻtdim. Ularning har biridan ham ilmiy, ham hayotiy saboqlarni oldim. Yaqinlarim bilgan Eldor boʻlishimga ularning har biri salmoqli hissa qoʻshdi. Bugun ularni eslab oʻtmoqchiman.

Dilrabo Toshpoʻlatova | Toʻpolonchi, har kuni uyga vazifalarni bajarishdan bosh tortadigan mendek oʻquvchiga harf tanitgan, qoʻllarimdan tutib onalik mehri bilan yozishni oʻrgatgan ustozim sizni hech qachon unutmayman. Maktabning dastlabki toʻrt yilida sizdan oʻrganganlarimning javobini hech qachon qaytara olmasam kerak. Boringizga shukr.

Raʼno Safoyeva | Maktabning yuqori sinflariga yaqinlashganim sari koʻplab fanlar orasidan bir fanga, tarix faniga boʻlgan mehrim ortib borardi. Aynan shu fanga boʻlgan qiziqishimni oshirgan, keyinchalik shu fan sabab jamiyatga oz miqdorda boʻlsa ham foyda berishimga sabab boʻlgan ustozim sizga katta rahmat.

Hamza Salimov | Bu inson haqida qancha yozsam ham kamlik qiladi. Abituriyentligimning oltin davri boʻlgan 2011-2014-yillardan hozirgi paytgacha sizdan olgan bilim, tarbiya, nasihatlar uchun qarzdorman ustoz. Alloh sizdek ustozlarni oʻz panohida asrasin ?.

Nodirbek Niyozov | Hayotda shundan insonlar boʻladiki ularni nafaqat koʻrishing, balki ularning ismini eshitgan zahoting yuzingda tabassum paydo boʻladi. Shunday insonlardan biri Nodirbek Niyozov. Minglab shogirdlarning sevimli ustozi boʻlgan bu insondan haligacha "oladiganlarim" koʻp. Salimov akademiyasida ustoz bilan oʻtkazgan savol-javoblar hali ham esimda. Poytaxtlik shogirdingiz sizni yaxshi koʻradi.

Mirolim Rahmatov | Ustozim Nodirbek Niyozov sabab sodir boʻlgan bu tanishuv hayotimda ajoyib kunlarning koʻpayishiga olib keldi. 2014-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining talabasi boʻldim. Yangi hayot boshlandi. Bu hayotning past-baland kunlarini yengib oʻtishimga yordam bergan ustozim, sizdan cheksiz minnatdorman. Hayotning man bilmagan qonun-qoidalarini sizdan oʻrgandim.

Ikrom Ergashev | Talabalik yillarimda menga toʻgʻri yoʻl koʻrsatgan insonlarni koʻp uchratdim. Har biridan nimalarnidir oʻrgandim. Ustozim Ikrom Ergashevdan bilganlarim, oʻrganganlarimdan kelib chiqib ayta olamanki, baxtli insonman.

Ota-onam | Nizomiddin Hamroyev va Nasiba Teshayeva. Allohning menga bergan eng katta baxti shuki, bu dunyoda aynan shu ikki inson oilasida dunyoga keldim. Eldor deb ism oldim. Tarbiya koʻrdim. Non-tuz yedim. Har biridan dunyolarga teng saboq oldim. Dadamdan qatʼiyatni, onamdan mehrni oʻrgandim.

Yuqorida nomlari sanab oʻtilgan har bir ustoz men uchun Alloh bergan buyuk neʼmat. Ustozlarim, bayramingiz muborak boʻlsin. Oilangizdan orttirib ajratgan vaqtingiz mevasini shogirdlar kamoli orqali koʻrish nasib qilsin.

Barchangizni toʻsiqsiz yaxshi koʻraman
Hurmat bilan,
Sizlarga munosib shogird boʻlishga intilayotgan Eldor Asadov

1 year ago
ELDOR ASADOV LAWYER
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago