Why Pay for Entertainment? Access Thousands of Free Downloads Now!

ᴅʀ.ᴊᴀsᴜʀʙᴇᴋ | sʜᴀxsɪʏ ʙʟᴏɢ

Description
sʜɪꜰᴏᴋᴏʀ ᴊᴀsᴜʀʙᴇᴋ

-sʜᴀxsɪʏ ꜰɪᴋʀʟᴀʀ
#shaxsiy hayot (tarix) 1998-....
2015 -maktab(26)
2018- kollej
2024 -TTA TF bakalavr bitiruvchisi

©ᴄʀᴇᴀᴛᴏʀ @Dr_Emro
Advertising
We recommend to visit

ᴍᴇɴɢᴇᴍᴜᴋᴀᴋᴀɴ ɴᴏᴛᴀ sᴘᴍ ᴋssᴍ

Last updated 2 weeks, 2 days ago

Profilingiz uchun ajoyib niklar olami🥰

Nik yasash xizmati bepul💸

Murojaat uchun:👇👇👇
https://t.me/+XXvO-UVUd4QzYjUy
https://t.me/+XXvO-UVUd4QzYjUy

Last updated 1 day, 9 hours ago

ᴘᴀʏᴏᴜᴛ ʟᴏɢꜱ ꜰʀᴏᴍ @Gamifyr_ContestBot

Last updated 2 months, 3 weeks ago

3 days, 3 hours ago

Bandi burgut temir kishanin gʼajir
Har tomon sachraydi mayda toshchalar
Uzilay uzilay deb qoldi zanjir
Samoni boʼshating mayda qushchalar !

*©Ustozim Aliyorov Akbar Boriyvichdan*

1 week, 3 days ago

Qaysi mavzuda ovozli chat tashkil qilaylik? Fikrlar commentga

1 week, 3 days ago

Boy bo’lmoqchisiz, avtomoykada ish boshladingiz. Umrida pul topmagan, otasi olib bergan mashinada kelgan bittasi sizga past nazar bilan qaradi. Moyka egasi tadibrkor odam maqsadigizdan motivatsiya oldi.

Dunyo kezmoqchisiz, sayohatni qishlog’ingizdan qo’shni viloyatga, avtobusda boshladingiz. Atrofdagilar uchun bu kulgili bo’ldi. Avtobusda Kanadalik turist bilan tanishdingiz. U Madagaskarga qilgan sayohati rasmlarini ko’rsatdi.

Marafon yugurmoqchisiz, do’stlaringiz ahmoqmisan deyishdi. Marafon yuguradiganlar xolis maslahatlar berishdi.

Zo’r mutaxassis bo’lmoqchisiz, chet tili o’rganishni boshladingiz. “Choyxonadan ustunmi” shu deyishdi. Ikki yildan keyin Frankfurtda o’zbeklar bilan choyxonadasiz. Ular sizning hikoyangizni maroq bilan tinglashmoqda.

O’zi biror natijaga erishmaganlar doim bir negativ fikr beradi.

Niyatimiz xolis va harakatimiz chin dildan ekanligini ko’rgan haqiqiy natijaga erishganlar doim biz tomon bo’lishadi, yo’l ko’rsatishadi, o’z davrasiga taklif etadi.

Bek Olimjon
Mallorca, Ispaniya
08.05.24

2 months ago

🫀Kardiologlar va kardiologiyaga qiziquvchilar uchun suv va havodek zarur bo’lgan klinik bayonnomalar to’plami.🔥
Telegram | You Tube | Instagram

2 months ago
**Жума муборак*****🌙***

Жума муборак🌙

ᴅʀ.ᴊᴀsᴜʀʙᴇᴋ ✈️

2 months ago

Siydik tuta olmaslik | urologiya | aktual

https://youtu.be/Dtugf9hP9kY?si=NNY4e6qEjsi9QQoh

YouTube

Siydik tuta olmaslik | urologiya kursi uchun | #imedteam #imed #siydik_tutolmaslik

Telegram sahifamiz- https://t.me/iMed\_team Instagram sahifamiz- https://instagram.com/imed\_team?igshid=YmMyMTA2M2Y=

2 months, 1 week ago
2 months, 1 week ago

Jiddiy qarorlar qabul qilish vaqti yaqin keldimi deyman...

2 months, 1 week ago

“Muhabbat madrasasi” audioasariga 4-taqriz

#taqriz

Muhabbat deganda ikki nomahramning munosabatlari ko’z oldingizda gavdalanayotgan bo’lsa, demak ishq sohibini chin ma’noda idrok eta olmabsiz…!

Assalomu alaykum va rahmatulloh.
Balki yoshlikdan berilgan tarbiya, balki qadriyatlar almashinuvimi bilmam, lekn aksarimizda muhabbat noto’g’ri tushunchalar asnosida gavdalanib qolgan. Biz erishguncha bo’lgan vaqt qadrli bo’lgan narsalarni ham muhabbat deyishga odatlandik menimcha. Aslida dinimiz ishq, muhabbat, sevgi kabi uyg’un bo’lgan g’oyalarni inkor etmaydi albatta. Xalqimizda bir gap bor:
- “Yoshlik- beboshlik”, aslida esa “Ilmsizlik- beboshlik”desak to’gri bo’ladi. Chunki kimdir yoshi ulg’ayib o’zligini anglasa, tafakkur san’ati rivojlansa, kimdadir esa bu rivojlanishi anchayin kechikishi ham mumkin.
Muhabbat madrasasi kitobi haqida ilk eshitgan onimda, mening hayolotimni ham ikki yoshning o’tli sevgisi haqida bo’lsa kerak degan fikr chetlab o’tmadi. Muhlislarga taqdim etilgan ilk ondayoq sotib oldim va katta qiziqish bilan vujudim ila eshitib, yakunladim. Balki, asarda ikki yoshning muhabbati aks etganda mendagi qiziqishning qiymati anchayin sust bo’lar edi. Lekin Doktor Mustafo Mahmudning savollarga berilgan yuksak javobi va bu asarni ustoz Omar Halilning ovozida tinglash, asarning qadr-qimmatini oshiradi desam mubolag’a bo’lmaydi.
Fikrimni, kimdir ijobiy talqin etsa, ya’na kimdir taqrizchida bo’rttirish san’ati yaxshi rivojlangan ekan deyishi mumkin.
Asar haqida shunchaki aytishim mumkinki, uning qahramonlari aslida muhabbatning muammolariga duch kelgan insonlar emas, balki aksari nafslarining qurboniga aylangan, ba’zilarining o’lchovlari xato bo’lgani ularning boshlariga tashvish solgan, ma’lumlari esa hoy-u havasga berilgan yoki bilgan holda jinoyat eshiga tomon qadam tashlagan insonlar desam adashmagan bo’laman. Menimcha o’zingiz eshitib xulosa qilganingiz afzal.
Bizning istaklarimiz, to’g’ri yo’ldan og’ishmasa, erishganimiz go’zal bo’ladi.
“Agar munosabatlar dunyo uchun bo’lsa, hotimasi ayanchli bo’ladi..!”.

Hurmat bilan:
Nurbek Ahmadjonov…

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatuh…!

2 months, 1 week ago

Boy bo’lishni istagan odam shifokorlik qilmagani ma’qul.

Ha to’g’ri boy shifokorlar bor, biroq undan ko’ra tadbirkorlik qilib yosh chog’ida boyib ketganlar ko’proq bo’ladi. Xullas biz shifokorlar boyimaymiz baribir. Oddiy oila boqaman desang ham kamida 3-4 ta joyda ishlashing kerak bo’ladi. Vaqti kelib puling ko’p bo’lganda esa yoshing o’tib ham bo’ladi. Ko’p narsani qizig’i ham qolmaydi. Shuning uchun shifokorlik jarayonidan va odamlarga yordam bera olayotganingdan zavqlanib olgin. O’sha lahzalar seni baxtli hayot yo’lingdagi sahifalaring hisoblanadi. Yillar mobaynida sarflagan umr va sog’ligingni faqat pul topish fokusiga qaratmagin! Muvaffaqiyatli shifokor deganda ko’z oldingga faqat klinikasi bor, moshinasi bor shifokor kelishi bu seni haliyam primitiv fikrlashdagi inson ekanligingni bildiradi. Iltimos! Bu bosqichdan tezroq o’tib olgin! Bo’lmasa, yirtqich hayvon o’lja uchun qanchalik tez yuguradigan bo’lsa, sen ham shunday tinimsiz pul uchun yuguradigan bo’lib qolasan. Bu esa judayam qo’rqinchli…

Dr.Himmatulloh | 05.03.2024

https://t.me/iMed_team

We recommend to visit

ᴍᴇɴɢᴇᴍᴜᴋᴀᴋᴀɴ ɴᴏᴛᴀ sᴘᴍ ᴋssᴍ

Last updated 2 weeks, 2 days ago

Profilingiz uchun ajoyib niklar olami🥰

Nik yasash xizmati bepul💸

Murojaat uchun:👇👇👇
https://t.me/+XXvO-UVUd4QzYjUy
https://t.me/+XXvO-UVUd4QzYjUy

Last updated 1 day, 9 hours ago

ᴘᴀʏᴏᴜᴛ ʟᴏɢꜱ ꜰʀᴏᴍ @Gamifyr_ContestBot

Last updated 2 months, 3 weeks ago