Noaniqliklar

Description
Falsafaning izidagi bir yoʻlchi...
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

3 weeks, 4 days ago

Qaytishi uchun qilinsa, u yaxshilik emas.

Yaxshilik qilish deganda boshqalarga yordam berish, ular uchun foydali boʻlishni tushunaman. Biroq bu yaxshilik maʼlum bir manfaat, mukofot, eʼtibor kabilar uchun qilinsa, mohiyat yoʻqoladi.

Agar jamiyatda qandaydir foyda uchun yaxshilik qilinsa, bu insonlarning oʻzaro ishonchiga putur yetkazishi mumkin. Yaxshilikni qilgan odam kutilgan natija (eʼtibor, mukofot, manfaat)ni ololmasa, oʻzini xafa yoki aldangandek his qiladi. Bu esa samimiylikning yoʻqolishiga olib keladi.

3 weeks, 5 days ago

Soʻz shunday narsaki, u kimningdir mashhurligi yoki baland mavqeyiga tobe boʻlsa, qurolga aylanadi. Bu qurol bilan istalgancha "qurbonlar"ni terib qoʻyish mumkin.

1 month, 1 week ago

"Qora oqqush"ni toʻqqizinchi marta oʻqish uchun tayyorgarlik koʻryapman. Ehtimol, nimanidir oʻtkazib yuborgandirman bu safar ham. Menimcha, har safar oʻtkazib yuborsam kerak.

Kimgadir tavsiya qilamanmi? Yoʻq! Chunki aynan men oʻqiyotgan narsani auditoriya oʻqishi shart emas. Shunchaki uning ichidan oz-ozdan fikr yozib borishim mumkin. Baʼzi hollarda tavsiya qilmasligim ham odamlarning qiziqishiga sabab boʻlishi ehtimoli bor, axir biz teskari maslahatlarga amal qilishni yaxshi koʻramiz.)

3 months, 1 week ago
Eski postlardan. "1984" romanidan.

https://t.me/noaniqliklar/106

Eski postlardan. "1984" romanidan.

3 months, 1 week ago

Bizning muammomiz — nafaqat kelajakni bilmasligimiz, balki oʻtmish haqida koʻp narsa bilmasligimizdir.

Nassim Taleb — Qora oqqush

Kelajakni bilishga harakat qilish tabiatimizda bor. Uning qanaqa boʻlishi, kelgusida nimalar qilishimiz, qanday ishlarni amalga oshirishimiz qiziq boʻlib kelgan. Lekin yana bir muammo bor — oʻtmishni bilmaslik. Ha, toʻgʻri, tarixdan biz natijalarni olamiz, ularga qarab xulosalar chiqaramiz. Biroq oʻsha xulosa qilish mexanizmimiz ham toʻliq javobni bermaydi. Aksariyat javoblar faqatgina aniqlik illuziyasini beradi xolos.

Oʻtmishni oʻrganish haqida yetarlicha bilimga ega boʻlmaslik koʻpincha pand beradi. Biz faqatgina yorqin va esda qolarli voqealarnigina eslab qolishga moyilmiz. Bu esa voqealar ortidagi yashirin dalillarni koʻrishga katta toʻsiq boʻladi.

3 months, 3 weeks ago

Agar inson juda aniq boʻlgan haqiqatlarga eʼtiroz bildirsa, uning fikrini oʻzgartiradigan dalillarni topish oson ish emas.

Epiktet

Aniq faktlar yoki yaqqol haqiqatlarga ishonmaydigan odamlar atrofda talaygina. Koʻpincha bunday odamlar dogmatik xarakterga ega boʻladi. Biror bir argumentingizni toʻla asoslab bersangiz ham, "ezadiganlar" doim topiladi. Bu joyda haqiqat emas, hissiyotlar birinchi planga chiqadi. Ming urinsangiz ham, uni qoniqtiradigan "dalil" (dalil deyish mumkin boʻlsa) topolmaysiz. U shunchaki oʻta ishonuvchan, laqma yoki haqiqatni bilsa ham, ataylab bahsda gʻalaba qozonishga harakat qiluvchi boʻlishi mumkin.

Bunday kishi mansabdor yoki hokimiyat egasi boʻlsa, aqlingizni qoʻlida "oʻynatishi" mumkin.

6 months, 1 week ago

Ertalabdan mana bu yangilikka koʻzim tushdi: Toshkentda itlar piyoda oʻtish joyidan tartibli oʻtib, odamlarga namuna boʻlayotgan ekan. Tasavvur qilyapsizmi, milliondan bir holatda boʻladigan narsani jurnalistlar qanchalik boʻrttirmoqda. "Sabab"lar ichidan oʻzlariga eng maʼqul "sabab"ni topib, odamlarni hayron qoldirish uchun bunchalik kuchni qayerdan olishar ekan bular?

Faraz qiling, men (bir lahzaga oʻzimni jurnalist deb tasavvur qilgan holda) bir nechta mushukning mashina oʻrindigʻiga tartibli, xuddi odamlardek oʻtirganini koʻrsam, darhol suratga olib, internetga quyidagicha yozsam: "Ayrim mushuklar mashina oʻrindigʻiga tartibli oʻtirgani bilan odamlarni qoyil qoldirib, ularga oʻrnak boʻlmoqda." (Bemaʼnilik)

Eng maʼqul va "chiroyli" sabablarni topish qiyin emas. Biror narsaga dalil topish juda oson. Lekin uni tekshirish va tahlil katta kuch oladi. Undan koʻra koʻpchilik ishonishni maʼqul koʻradi.

6 months, 1 week ago

Hamma zugllar bugl hisoblanadi. Siz buglni koʻrdingiz. U zuglmi?
Hech narsani tushunmadingizmi? Oddiyroq shaklda aytaman:

Hamma "A" "B" hisoblanadi. Siz "B"ni koʻrdingiz. U "A"mi?

Ushbu mantiqiy shaklga misol keltiraman: Deyarli hamma terrorchilar — musulmonlar. Siz musulmonni koʻrdingiz. U terrorchimi?
Menimcha, tushundingiz. Bu yerdagi "Deyarli hamma terrorchilar — musulmonlar" degan gapni aksariyat odamlar "Hamma musulmonlar terrorchi ekan" shaklida talqin qiladi. (va bu xato). Bu yerda esa shunchaki soʻzlar oʻrni almashtirilgan. Bizning xulosa chiqarish mexanizmimiz matn biroz oʻzgartirilganda "tarsaki yeydi".

Demak, hamma zugllar bugl boʻlishi mumkin. Ammo hamma bugllar ham zugl emas. Deyarli hamma terrorchilar musulmon ekani aniq. Lekin siz biror musulmonni koʻrganingizda uning terrorchi boʻlib chiqishi ehtimoli qancha? Hamma musulmon terrorchi emas.

Boshqa bitta misol: Hamma IELTS sertifikatini olganlar ingliz tilini biladi. Siz ingliz tilini biladigan odamni koʻrdingiz. U IELTS sertifikati olganmi?

Jon Styuart Milldan misol: Men hech ham konservatorlarni odatda ahmoq boʻladi, demoqchi emasdim. Men ahmoq odamlar odatda konservator boʻladi, demoqchi edim.

Soddaroq misol: Hamma mushuklar jonivor hisoblanadi. Siz jonivorni koʻrdingiz. U mushukmi?

Tushunmagan boʻlsangiz, qaytadan oʻqib chiqing.

6 months, 2 weeks ago

Tarixni oʻrganish haqida

Tarix voqealarni taqdim etadi, ammo bizga faqatgina natijasi koʻrinadi xolos. Koʻpchilik tarixni bir tekis ketadigan, voqealar goʻyo avvaldan boʻlishi kerak boʻlgan, qandaydir mantiqiy sir bor boʻlgandek tasavvur qiladi. Aslida esa tarix bir tekis harakat qilmaydi. Undagi voqealar dinamikasi tez-tez oʻzgarib turadi. Baʼzi tarixchilar "Oʻzi Birinchi jahon urushi boʻlishi aniq edi" deb koʻpirtirishni yoqtiradi. Biroq tasavvur qiling, 1914-yilda turibsiz. Hamma yerda hayot bir xil siz uchun. Kutilmaganda urush boshlandi va siz bu urushning oqibatlarini oldindan taxmin qilolmaysiz. Chunki bilmaysiz urush qachon tugashi, qanday tugashini. Faqatgina voqea sodir boʻlgach unga izoh oʻylab topasiz.

Keyingi muammo shundaki, sabab-oqibat munosabatini haddan ziyod kovlashtirish xatolikka olib kelishi mumkin. Masalan, "Ikkinchi jahon urushiga nima sabab boʻlgan?" , "Bir davlat ikkinchi davlatga nega yurish qiladi?", "Nega qirol taxtga oʻtirgach mamlakatni vayron qildi?" kabi savollarga aniq, tiniq javob topish koʻp hollarda ilojsiz. (Vaqt mashinangiz boʻlsa, balki, iloji bor). Aniq javob olishingiz uchun oʻsha davr odamlarining, har birining, miyasidan qanday oʻy oʻtganigacha bilishingiz kerak. Buning oʻz-oʻzidan iloji yoʻq. Bunday hollarda biz koʻpincha faktlarning ahamiyatini oshirib yuboramiz va tarixni xuddi tizimli ishlaydigan qurilmaga oʻxshatamiz.

Demak, tarixni oʻrganishda ehtiyot boʻlish kerak.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 4 weeks ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 3 months, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago