Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Ular sevgim kabi shaffof, beta'ma,
Yuzga solmas olis gunohlarimni.
Bog'imga begona xazon, deb yana
Supurib yubormang nigohlarimni...
Behzod Fazliddin
Ezilgan, yig'lagan, chorasizdek qolgan paytlarim bo'ldi. Qaysidir o'rinda muvaffaqiyat, qaysidir o'rinda dars, yana qaysidir o'rinda tajriba orttirishga urundim(umuman olganda). Muhimi, shunchaki ketmading. Sen hayotimdagi eng quvonchli onlarni tuhfa etding. Senda yashadim. Bir qadar ulg'aydim ham. Qarashlarim o'zgarib, teranlik ortdi. O'zimni ham yaqindan tanib bordim. Hayot yo'llarimning muhim qismi bo'lib muhrlanganing senga muborak.
Avval ham aytganimdek, aslida sen emas, men ketyabman.
Yangi sahifa ostonasiga qadam qo'yish ixtiyori bilan turibman.
Bergan va bermaganlaring uchun rahmat.
Xush qol...
Ortimdan xush kuzatib qol...
Yangi yıl muborak!!!😊
...keyin hech narsa gapirging kelmay qoladi. Bir nuqtaga tikilgancha o‘tiraverasan.
O‘zingga ko‘miliiib...
Necha bor qalbingda tikladim qasr,
Ayriliq bo‘roni buzdi muttasil.
Nechun yana qattiq qish kelayotir,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Sahroyi sevgimiz ko‘kargan dashtim,
Sog‘inch o‘rdasida muncha savashtim?
Nahot adashtirdim, nahot adashdim,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
Azizim, asalga evrilsin zahr:
Sevgida saxiy bo‘l, nafratda — baxil,
Bahorga aylantir qishni ham, axir,
Bahor emasmidi biz kutgan fasl?!
- Mansur Jumayev
Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan, Vazirlar Maxkamasining 2024 yil 1- noyabr kuni 731-son "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning xujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.
Chustiy ✅
Tun yarimda soyiri gulzor eding kimlar bilan?
Bulbul uygʻonguncha sen bedor eding kimlar bilan?
Lolaga may toʻldirib, gulshanda soqiy muntazir,
Mast eding kimlar bilan, hushyor eding kimlar bilan?
Bogʻda rayhon bargi bilran oʻynashar erkin sabo.
Suvdagi gul ichra sen ham bor eding kimlar bilan?
Oshigʻing gul bogʻladi jon rishtasiga sen uchun,
Qaysi gulni hidlading sen, yor eding kimlar bilan?
Garchi ushshoq ahliga yoʻqdur ajal, rashk oʻldirur,
Chustiyga ayt, sevgida hamkor eding kimlar bilan?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago