?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago
So’ngi 5 yil ichida Toshkentga 5 marta borgan bo’lsam, 5 martasida ham kasal bo’ldim. Yozda borganda ham, qishda borganda ham.
Oxirigi martasida, ya’ni 2024 dekabrda kasal bo’lganim, yanvar tugayapti - hali ham men bilan.
Nega ko’p kasal bo’lamiz. Nega dorixonalarimiz bunchalar ko’p. Kapitalizm?
Kecha sinus’larim og’rishni boshladi. Litseyda trigonometriya o’qib yurgan paytlarim esimga tushib ketdi. O’sha paytlar o’tkir frontit bo’lib, 18 yoshga to’lishimga 2 oy qolganida bolalar shifoxonasida 1 oyga yaqin yotgandim. Yaxshi qarashgandi, tuzalib chiqqandim.
19 yoshimda qayta frontit bilan chalinganimda bu gal katta bollar yotadigan Ibn Sino nomidagi 1-shahar shifoxonasiga tushib qolib, 3-4 kun yotib yaxshi bo’lmaganim uchun boshingni yoramiz degandi (qosh tarafdan). Bu eski usul, ommaviy-zamonaviy usullarni ishlating deganimda shifokor “menga aql o’rgatma” deb aytgan. O’lib qolsam davoyim yo’q deb yozib berib kasalxonadan chiqib ketganman.
Xullas shu kunlar yana qaytgandek bo’ldi. Shifokor ko’rigidan qaytyapman, yana o’sha qadrdon bo’lib qolgan sinupret yozib berdi.
Ingliz tilida, “Ispaniya” so’zidan “S” harfini olib tashlasangiz “Polsha” so’zi chiqarkan.
Uzoq tanaffusdan so’ng yana Varshavaga qaytdim va kelganimga ~5 yil to’libdi.
Hali ham bir kamchiligi bor: “Osmoni Musaffo” emas.
O’zbek tilidagi ko’p so’zlarimiz Arab tilidan olinganligi yangilik emas.
Arab tilida “Fuqara’” so’zi “faqir”, “kambag’al”, “hech vaqosi yo’q” degani. Bizdagi “Fuqaro” so’zi shu so’zdan kelib chiqqanligi o’ylantirib qo’ydi.
Naqd pulim tugab, sotuvchiga viza kartamni ko’rsatgadim, ko’rib qo’rqib ketib — “Zarar!” dedi.
Masjid yerlari ko’pi kafellangan. Yomg’irda ketayotsam bir amaki rezinali oyoq kiyimimni ko’rsatib — “Xatar, xatar!” dedi.
Rezyume’ni yangilash vaqti keldi.
10 yil.
2014: Westminster litsey imtihonidan yiqildim
2016: IELTSdan 6.0 bal oldim (speaking: 5.5)
2017: Inha universitetiga 4-o'rinda kirdim
2018: Universitetdan ketdim - qimmatlik qildi
2018: Ta'limga oid startup - tajriba yetmadi
2018: Ish topdim (workly) - 3 oyda haydaldim
2019: Varshavaga o'qishga kirdim - viza kechikdi
2020: Universitetdan 2-marta ketdim, pandemiya
2021: Yandex, Bloomberg - suhbatdan yiqildim
2022: Facebook (Meta) da amaliyot o'tadim
2023: Amazonda 1 yildan so'ng, ishdan ketdim
2024: PJAIT universitetini qizil diplomga bitirdim
2024: 9-5 Googleda ishlab, 5-9gacha 42.uz da
2025: 42.uz da 10,000+ kishi tahsil olyapti
Nega Azim~~jon~~ Pulat~~ov~~?
Polshada J harfi Y deb o’qiladi:
Azimjon - Azimyon bo’ladi. 5 yilda kamida 5000 marta Azimyon emas, Azimjon deb o’qiladi degan bo’lsam kerak.
Ammo bu o’zgarish familiyamdan -ov (-ev) suffiksini olib tashlash bilan boshlandi.
Bunga sabab ko’p - eng asosiylaridan biri bu xorijda shunchaki familiyangizga qarab: Sen Sobiq Sovet davlatidansan deya olishi bo’ldi. Buni ortidan esa diskriminatsiya kelishi mumkin.
Google Nyu Yorkdan bir qiz "hey familiyamiz bir xil ekan" deb yozdi. Familiyasi “Pulodi” - ha o’xshash ekan dedim, keyin u - yo’q men “Pulatova”man, o’zgartirganman dedi.
Hamma familiyasi -ov/-ev bo’lgan joyda buning ahamiyati yo’q, ammo xorijda yaxshigina ajratib qo’yadi.
Hamid Olimjonni sovetchasiga “Hamid Olimjonovich Azimov” deb atasak u qanchalar O’zbek shoiri bo’lardi? Ular ijodkor bo’lishgan deysizmi?
Demak familiyamiz bizni ijod qilishimizga to’sqinlik qiladi deb aytsak bo’ladimi? Menimcha yo’q - ammo paxta terishga chaqirgan.
Qo'shiqlarda:
Kechalari yoqimli, yoqimli
Kechalari sehrli, sehrli
Kechalari orzuli, orzuli
Hayotda:
Kechalari yolg'izli, yolg'izli
Kechalari homushli, homushli...
Yechim topdim:
Ertaroq uxlash kerak!
3 kundan buyon soat 8da uxlab, 4da turishni boshladim. Yordam beryapti.
Quloqchin nima uchun kerak?
- ~~Musiqa eshitish uchun~~
- Ishlayapman, menga tegma deyish uchun.
Dasturchilar kelishgan qoida.
?? O'zbekistondagi N1 Akkaunt Savdo Kanali!
‼️ Eslatma: Kanalimizga Joylanayotgan Akkauntlarning Barchasi Turnirda Yutilgan!
? Kanalga Joylangan Xar Bir Akkauntga "SENATOR" Shaxsan O'zi Javob Beradi!
✍️Admin: @deSENATOR_AKKS ✅ Org ‼
©️SENATOR PUBGM
Last updated 1 year, 3 months ago
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan YO'L-YO'LAKAY tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, voqealikni bizga yuboring: @yyuzbot
Reklama bo‘yicha: @zorzorads
Instagram sahifamiz: https://bit.ly/3wlZDZH
Last updated 2 weeks, 2 days ago
SENATOR RASMIY KANALI.✅??
- ?YouTube: youtube.com//senatorpubgm
? O'zbekistondagi eng ishonchli va eng arzon narxlarda UC sotib olmoqchi bo'lsangiz bizga bog'laning:? @SenatorsMarket
Last updated 1 year, 6 months ago