Делюсь рецептами, которые испробовала лично и привнесла,что то свое.
Мой Instagram:
https://instagram.com/vkusno_by_seva?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Reklama bo’yicha @vkusnoseva
Last updated 2 months, 3 weeks ago
Barcha o'zbeklarni kanali ??
Bu kanal barcha mavzudagi postlarni? va eng qaynoq ♨️yangiliklarni sizga ulashadi?
Reklama : @ozbeklar_admini
Инстаграм?? http://Instagram.com/barcha_ozbeklar
Last updated 4 months ago
🌐O‘zbekiston va Jahondagi muhim voqealar, eng tezkor xabarlar
Voqea yoki hodisaning guvohi bo‘ldingizmi?
Unda bizga yuboring
Reklama uchun: 👉t.me/UzbSadosiAdmin
Last updated 2 months, 2 weeks ago
Bill Geytsning kitob o‘qishda amal qiladigan 4 qoidasi
Har gal "Ko‘p o‘qigani bois dunyo uniki edi", degan mashhur jumlani esga olsam, ko‘z oldimdan ko‘plab insonlar o‘tadi. Jumladan, sayyoramizning badavlat insonlaridan biri Bill Geyts ham. Uning fikrcha, yaxshi kitob - hayotidagi muhim hodisa.
Bill Geyts bilimi va tirishqoqligi bilan nafaqat o‘zining, balki insoniyatning ham hayotini yaxshilagan biznesmen, jamoat arbobi. U jahonning eng ko‘p kitob mutolaa qiladigan kishilaridan biri sifatida ham nom qozongan. Janob Geyts har yili o‘rtacha 50 ta kitob o‘qiydi. Ya’ni, har haftada bitta kitob! Bill Geyts uchrashuvlarda ham sayyoramizning eng muvaffaqiyatli kompaniyasini yaratishda unga o‘qish va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi yordam berganini ko‘p takrorlaydi.
Kitob o‘qishda Bill Geytsning o‘z qoidalari mavjud. Zero, o‘qish bilan uqishning farqi borligini biz ham yaxshi bilamiz. Milliarder yaqinda Quartz nashri bilan suhbatda o‘zining kitob o‘qishda e’tibor qiladigan odatlarini ma’lum qildi. Quyida ularni bayon qilamiz.
1. Kitob hoshiyasiga qaydlar qoldirish.
"O‘qish insondan diqqatni jamlashni talab qiladi. Ayniqsa, ilmiy yoki badiiy bo‘lmagan kitoblarni o‘qish jarayonida sen yangi bilim olasan. Ularni o‘zingdagi qarashlar bilan chog‘ishtirish uchun qayd yozish foydali odat. Qolaversa, yaxshi kitob o‘z sir-asrorini bir o‘qishda fosh qilmaydi. Uni takror o‘qiganing sayin tushunib borasan. Qayd yozish odati keyinchalik ham kitobni varaqlaganingda sahifalardan o‘zing uchun muhim fikrlarni tez va oson topishga yordam beradi. Shuningdek, bu odat o‘quvchida tanqidiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi".
2. Boshlagan kitobingni tashlab qo‘yma.
Bill Geyts oxiriga qadar o‘qishga ko‘zi yetmagan kitobni qo‘liga olishdan qochadi. Buning yaxshi tomoni bor -- kitobni esga tushganida o‘qish vaqtni behuda sarflashdan farq qilmaydi.
"Ma’nan va ilmiy jihatdan yetuk kitoblarni tanlab o‘qing. Aks holda, bir dasta qog‘oz hayotingizni zaharlashi yoki o‘g‘irlashi mumkin", deydi u.
Milliarderning fikricha. ming yil avval yozilgan kitob uni o‘qimagan odam uchun hali yangi hisoblanadi.
3. Bosma yoki raqamli?
Qaysi qulay bo‘lsa, shuni o‘qing.
"Hozircha bosma kitoblar mutolaasi men uchun qulay. Biroq, sekin-asta gadjetlarda ham kitob o‘qishni odat qilmoqchiman", deydi Bill Geyts. Agar sizga mobil qurilmalarda kitob o‘qish qulay bo‘lsa, bu -- sizning tanlovingiz. Muhimi -- eski po‘stin kiysangiz ham, yangi kitob o‘qishga odatlaning.
4. Bir soatni mutolaa uchun ajrating.
Bill Geyts kitob o‘qishni dam olishning eng soz yo‘li, deb biladi. Uning maslahatiga ko‘ra, kitobni qo‘lga olishdan avval siz kamida keyingi bir soatni faqat shu ishga bag‘ishlashga qat’iy qaror qilishingiz kerak.
"Kitob o‘qish 5 yoki 10 daqiqalik ish emas. Ehtimol, gazeta yoki jurnal o‘qish uchun bu yetarlidir".
Janob Geyts kitob o‘qishdan huzurlanish kerakligini aytadi. Bu esa kitobga kirishib ketishni talab qiladi. Milliarderning fikricha, yaxshi kitob o‘qib lazzatlanmagan insonni sog‘lom deyish xato.
Bilimni tortishuv, boshqalarni mensimaslik, foyda, shon-shuhrat, hokimiyat yoki boshqa maqsadlar uchun emas, balki
Francis Bekon@shogiird_uz*⚡️***
O‘rgimchak o‘ljasini qalin ipiga o‘rmab chirmab, ichiga og‘zidagi maxsus bezlaridan suyuqlik yuboradi. Ipli g‘umbak ichida hashorat o‘lja tanasi suyulib kerakli moddalarga parchalanib ozuqa atalaga aylanadi. Bir so‘z bilan hazm qilish jarayoni tashqarida ro‘y beradi. Tayyor bo‘lgan bio-ozuqani o‘rgimchak so‘rib olib organizmiga oson o‘zlashtiradi.
Ziyoli odam o‘rgimchakka o‘xshab o‘qiyotgan narsasini yutib yubormay puxta taxlil bilan qaraydi, tafakkuri bilan muolaja qiladi. Puxta hazm qilgan fikrlarnigina o‘z fikrlariga olishi mumkin. Hazm qilinmay o‘qilgan kitoblar, eshitilgan ma’ruzalar kishini ko‘r ko‘rona ishonuvchan qilib qo‘yadi. Yoki yutib yuborilgan g‘oyalar bilan bo‘kib, zaharlanib, umuman boshqa fikr qarashlarni tushuna olmaydigan qilib qo‘yadi.
Kitoblar haqida blist savol-javoblar.
*1. Hozir o'qiyotgan kitobingiz qaysi?
Eng birinchi o'qib yodingizda qolgan kitob?
Hayotingizda katta o'zgarishga sabab bo‘lgan kitob?
Oxirgi o'qigan kitobingiz?
Yaqin orada kitobdan o'rgangan qiziq ma'lumot qaysi?
Qaysi mavzudagi kitoblaringiz ko‘proq bo'lishini istardingiz?
Mening nazdimda foydali, lekin yetarlicha qadrlanmayotgan kitob?
Meni aqlliroq qilgan kitob?
Keyingi o'qimoqchi bo'lgan kitobingiz?
Siz shu savollarga qanday javob bergan bo'lardingiz?*
Делюсь рецептами, которые испробовала лично и привнесла,что то свое.
Мой Instagram:
https://instagram.com/vkusno_by_seva?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Reklama bo’yicha @vkusnoseva
Last updated 2 months, 3 weeks ago
Barcha o'zbeklarni kanali ??
Bu kanal barcha mavzudagi postlarni? va eng qaynoq ♨️yangiliklarni sizga ulashadi?
Reklama : @ozbeklar_admini
Инстаграм?? http://Instagram.com/barcha_ozbeklar
Last updated 4 months ago
🌐O‘zbekiston va Jahondagi muhim voqealar, eng tezkor xabarlar
Voqea yoki hodisaning guvohi bo‘ldingizmi?
Unda bizga yuboring
Reklama uchun: 👉t.me/UzbSadosiAdmin
Last updated 2 months, 2 weeks ago