Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
Savollar uchun!
Germaniyaga borishni istovchilar uchun ,chunki bu suhbatga tayyorgarlik koʻrishni örgativchi kitob mahsus sizlar uchun .
Yaqinlaringizga ham ulashing
Bu yerda siz 100 ga yaqin eng ko'p qo'llaniladigan fe'llarni ko'rishingiz mumkin va o'ylaymanki juda ham foydali bo'ladi. Osonroq bo'lishi uchun o'zbekcha tarjimasi bilan berildi. Va agar siz boshqacharoq shaklda, misol uchun tarjimasiz yoki yana ham murakkabroq holatni hohlasangiz comment da fikr bildiring biz aynan sizga maqul keladigan materiallarni ulashishga xarakat qilamiz
Omon bo'ling
Shoshilish hissi
O’zbekistonda 25 yoshgacha bo’lgan aholi soni: 14,2 million
Norvegiya, Finlyandiya, Estoniya, Latviya. Bu 4 ta davlat jami aholisi 14,2 million
Siz 20-25 yoshdasiz: raqobatni his qilyapsizmi?
Kelajagingiz haqida qayg’urish vaqti allaqachon kelgan
Shoshilish zarur!
Iqtisodiy raqobatda yutib chiqishning sinalgan va eng samarali usuli bu bilim olish orqali.
Jamiyat uchun kerakli bilimlar o’rganish uchun birinchi qadam bu til o’rganish.
Faqat o’zbek tilidagi ma’lumotlar bilan raqobatda ishtirok etish qiyin, azizlar!
Til o’rganish bu safarning boshi, manzil emas.
Bek Olimjon
06.12.24
Oslo, Norvegiya
#iqtibos #duo Ko’pchiligimiz Allohdan duo qilib so’raymiz. Turli narsa-buyumlar, daromad, mashina va hokazo. Lekin shu hammasiga yetkazadigan, so’rayotganimizdan ortig’iga ham yetishtira oladigan ilmni so’ramaymiz. Biz doim mayda maqsadlar bilan o’ralashib…
Ko’pchiligimiz Allohdan duo qilib so’raymiz. Turli narsa-buyumlar, daromad, mashina va hokazo. Lekin shu hammasiga yetkazadigan, so’rayotganimizdan ortig’iga ham yetishtira oladigan ilmni so’ramaymiz. Biz doim mayda maqsadlar bilan o’ralashib qolganmiz. Natijada butun millatimiz mayda millatga aylanib bo’ldi.
Duo ortidan birdan katta imkoniyat kelmaydi. Ayniqsa, ilm so’rayotganlar tayyor turing, kuchli qiyinchiliklar sizni kutyapti. Aynan, shu qiyinchiliklar sizni kuchli, tajribali va oqil qiladi. Lekin unutmaylik, faqat duoni o’zi bilan spontan tajribali bo’lib qolmaymiz. Hatto Jabroil kelib quchoqlasa ham tajriba, tarbiya va bilim olishda og’riq, qiyinchilik his qilamiz. Demak, duoni o’zi bilan ham aqlli yoki tajribali bo’lib qolmaymiz ekan.
Tarbiyaning ahamiyati hayotda juda ham katta. Uni eng boshlanishi ota-onadan boshlanadi. Lekin unutmaylik, ularning tarbiya qila olish chegarasi bor. Qolgan muhim tarbiyani atrofdan, qiyinchiliklardan, yangi o’zimiz o’rnatgan qoidalardan olamiz.
Bu gapimdan keyin ko’pchilik ota-ona tarbiyasini yerga uryapsanmi?,- deyishlari mumkin. Lekin tarbiya va odob bo’yicha barchaga o’rnak bo’ladigan inson Payg’ambarimiz solallohu a’layhi vasallam timsoliga boqing. Ular otasiz yetim holida tug’ildi, go’daklik vaqtidayoq chin yetimga aylandi. Amakilari va atrofdagi insonlardan, hayotdagi turli qiyinchiliklardan tajriba va tarbiya oldilar. Demak, tarbiya, aql va tajribada faqat ota-onani ta’limi bilan cheklanib qolish ham noto’g’ri ekan.
Bizdan oldingi olimlar shogirdi o’zidan ma’lum yuqori darajaga chiqqandan so’ng, o’zidan kuchliroq ustozga yuborganlar. Chunki u borini berib bo’ldi. Demak, ustozlarning ham tarbiya bera olish chegarasi bor ekan.
Musofirlik bu yangi challengelar va qiyinchiliklar degani. Bu sizni yanada kuchli va tajriba qila oladigan hayotingizdagi muhim jarayon. Aniqroq aytadigan bo’lsak, sizni mustaqil hayotga tayyor qiladigan eng muhim bosqichlardandir. Undan tashqari, siz aslida qiymatli, sizni ko’zingizga doim bir xilda xuddiki qadrsizdek ko’rinayotgan ne’matlarni qadr-qimmatini sizga ko’rsatuvchi eslatmadir(ota-ona, oila, yaqinlar va ular bilan 10 daqiqalik suhbatning qadri). Demak, musofirlikni ham tarbiya, tajriba va aql uchun katta ahamiyati bor ekan.
Ayrim insonlar bu hayotiy tarbiya va qiyinchiliklardan ham to’g’ri xulosa olmaydilar. Bu qiyinchiliklarda kimlarnidir ayblaydi yoki bu davr mobaynida kerakli xulosani olmaydi. Bunga sabab uning miyasidagi mediatorlar(xulq-atvorimizni belgilashda muhim ahamiyatga ega moddalar) ta’siridir. Ammo inson tanasi bir xil holatda qoladigan muqim qilib yaratilmagan. U juda ham o’zgaruvchan va moslashuvchan. Vaziyatga qarab miyadagi mediatorlar miqdorini yoki retseptorlarni ham qayta tartiblay oladi. Demak, tarbiyada psixogenetikani ham ayblay olmas ekanmiz. Lekin uni ham qanchadir o’rni ta’siri qoladi. Quvnoq insonni ming tarbiyalamang, odobli quvnoq insonga aylanadi.
#maktab #oliygoh
Bu maskanlar ham hayotimizda qanchadir ahamiyatga ega. U yerdan ham biz ko’plab tajribalar va bilimlar olamiz. Lekin ba’zida bu maskanda ham bizni dunyoqarashimiz, aqliy salohiyatimiz, o’rganish usulimizga, imijimizga mos keladigan ustoz chiqmasligi mumkin. Chunki O’zbekistonda hozir katta o’tish davri ketyapti. Sovet tarbiyasi va zumerlar dunyoqarashi orasida katta konflikt bor. Ustozlarimizda aynan shu zumerlar uchun mos bo’lgan ta’lim, tarbiya metodikasini topishimiz biroz qiyinroq. Aytgancha, bu dargohlardan hech narsa olmay ikki xil insonlar yetishyapti: 1. Tajribasiz kadr. Chunki u mustaqil hech qayerdan ta’lim olmagan. 2. Tajribali kadr. U ustozlarga qarab o’tirmasdan mustaqil manbalar orqali ta’lim olishni tanlagan. Va unga endi hech kimning keragi yo’q. Demak, qaysidir dargohdan umid qilib, ulardan buni talab qilib o’tirsak ham vaqt masalasida yutqazamiz. Chunki bitta bilimli kadr uchun 15-16 yil vaqt ketadi.
Xulosa, harakatni to’xtatmang. Kimdandir kutib ko’p vaqt sarflamang. Mustaqil bo’ling, produtsent bo’ling, taslim bo’lmang, doim qayta-qayta urunib ko’ring.?
ILM MAGNATLARI — "ILON MASK" #ilonmask #ilonmusk
https://youtube.com/watch?v=NYk_52ELSEY&si=B7DZyI4ercG2iSdf
Biz ongsiz, hech narsani tushunmaydigan, qo’polroq jumla ishlatamiz ishtonimizni xo’llab qo’yadigan darajada turganimizda hozirgidan tavakkalchi bo’lganmiz.
Chunki biz ikki kishini o’limiga sabab bo’lishi mumkin yo’lni bosib o’tganmiz. Bu yerda gap tug’ruq haqida ketmoqda. Eslab ko’r, sen onang va o’zingni o’limingga sabab bo’ladigan yo’lni qo’rqmay bosib o’ta olding.
Hozir esa quvvatlisan, aqllisan, ota-onang qaramog’idasan, yetarli tajribaga egasan, lekin harakat qilishdan, urunib ko’rishdan qo’rqyapsan.
Bu instikt edi, unga onam ham yordam bergan, to’g’ri hozirchi! Oldingidan kuchliroq qo’llov ostidasan, chunki otang va yaqinlaring ham bor.
Natijani o’lchovlarga qo’yma. Bu ha deb har tarafini o’ylab o’tirishing kerak emasligini anglatadi. Qisqa o’ylsa, shu yo’lda tajribali, kerakli insonlardan maslahat ol va yugur.
Bu yerda men o’zimga qarata yozyapman. Shuning sen jumlasini ishlatyapman. Barchaga omad!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 3 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago