Mr Aslanov's blog

Description
O'qituvchilik bu san'at, demak san'atkor bo'lishimiz kerak ?
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago

1 month ago

Bugun 19:00 da Doniyor Aslanov TFNG savollarini to'g'ri ishlash haqida dars o'tib beradilar.

Dars bu kanalda ??

https://t.me/+3KfWdPlBFSw3NDFi

4 months, 1 week ago

Meva!

Bir kuni darsimdan chiqib tashqariga ketmoqchi bo’lib tursam bir yosh hamkasbim chaqirib qoldi. Borsam qarang, ustoz birinchi oyligimga adamlarga kompyuter va onamlarga telefon oldim. Ularniki eskirib qolgan edi dedi. U qizning ko’zidagi quvonchni, oqlangan ota-ona ishonchini, shuncha mehnatlarining mevasini chinakamiga tushunish uchun o’zimiz ham bundan o’tishimiz kerak.

Sizda ham hozir qiyin bo’lyaptimi? Taslim bo’lishga shoshilmang! Mevasini ko’rmaguncha davom eting.

? @mraslanov

4 months, 1 week ago

Paymedan eslatma!

Payme ilovasini o'chib yoz oyidagi kirim va chiqimlarni hisobotini ko'rib chiqdim. O'sha hisobot menga bir narsani yana bir bor eslatdi.

Iyun va Iyul oylarida yozda maksimal ko'pchilik bekor qolmay ilm olsin deb kurslar ochgan edim. Maqsad ilm berish bo'lgan, tushum juda yaxshi.

Avgust oyida juda pulga muhtoj bo'lgandim va pul topay deb kurslar ochdim. Natija kutganimdek bo'lmadi.

Eslatma: maqsadni ilm ulashish deb qo'ysak, pul o'zi bizni topib keladi. Pul desak, u bizdan qochishi mumkin.

? @mraslanov

4 months, 1 week ago

Odamlar nima deydi?

Mana shu qo'rquv bizni ko'p narsadan ushlab qoladi.

Misol uchun bir kuni bir taksist bilan gaplashib ketyapman. Aytishlaricha moliyaviy tarafdan qiynalgan ekanlar. Ming so'm ham hozirgi ahvollarida juda kerakli pul ekan. Ularga mashinangizga yandex taksi reklamasini yopishtirib oling, eshitgan edim shunda sizga ma'lum pul tashlab berishar ekan, harna-da desam, ular 'Voy! Odamlar nima deydi?' dedilar...

Yana boshqa kuni, boshqa bir amaki bilan ham gaplashib ketdim. Aytishlaricha ancha uzoqdan kelib poytaxtda taksi qilar ekanlar. Yo'qchilikdan yakkayu yagona o'g'illari yosh ota bo'lishiga qaramasdan Rossiyada qurilishda ishlar ekan. Ular ham moliyaviy tarafdan qiynalayotganlarini, shuning uchun o'zlari bu yerda, o'g'illari chet elda jon berib ishlayotganliklarini aytdilar. Qo'shimcha qilib, aksiga bizda to'y-hashamlar ko'p, hammasini yaxshilab qilish kerak, unga ham ko'plab pullarimiz ketayapti dedilar. Ularga ham norozi ohangda amaki, sizga nima zaril, o'zi misqollab yig'ayotgan ekansizlar desam yana o'sha gap - odamlar nima deydi?

Qachon shu qo'rquvdan batamom qutular ekanmiz?

4 months, 1 week ago

Support!

O'zim mustaqil joy olib dars berishni boshlagan paytlarim shunday o'quvchilarim bo'lgan ana o'shalarda man haqiqiy supportni ko'rganman.

Hozir bitta reaksiya yoki izoh yozishga yaramayotgan bir paytimiz, avval shunday o'quvchilarim bo'lardi - har oy 1, 2 marta darsga kelib, to'lov qilib yana bir oy yo'q bo'lib ketgan. Na aloqaga biror raqami bo'lardi na internetda manzili. Keyinchalik bilsam ustozga bizdan yordam bo'lsin deb shunday qilishgan ekan.

Yana shunday bir o'quvchim bo'lardi - 1 yil maosh olmasdan ishlagan. Kunlik harajatiga majburlab pul bersam olardi lekin oylik haqida gap borsa YO'Q USTOZ! deb ishimda yordam berar edi. Nega unday qilasan desam Otam shunday deganlar. Ustozingni xizmatini qil, duosini ol lekin pulini olma deb uqtirgan ekanlar. Hozir o'sha shogirtim 3000$ dan ko'p pul topadi oyiga.

Qarang hayotni qiziqligini.

4 months, 1 week ago

Jur'at!

Ancha yil avval universitet javoblarini ko'rgani borganimda bir yigitga qoil qolgan edim. Imtihon natijalari doskasidan hamma o'zini qidirgan, kimdur o'zini byudjetda, kimdur o'zini kontraktda topgan. Kimdurlar esa 'chiziq' pastida. O'sha yerda xursandchilik ham bor edi, yig'i-sig'i ham.

O'zim ham chiziq pastida ekanligimdan yaxshigina tushkunlikka tushib turgan edim. Bir payt yonimdagi yigit telefonini olib kimgadur telefon qildida 'Domla, o'qishga kira olmabman. Ertadan darslarni boshlasak bo'ladimi? Hozir qaytib yo'lga chiqaman.' dedi.

O'sha yigitdagi jur'at menga ham yaxshigina dars bo'lgan edi. Biz taslim bo'lgan kundagini yengilgan bo'lamiz, kurashyapmizmi demak hali yengildik degani emas.

Sizga ham o'qish davomida shunday jur'at tilab qolaman, guys!

? @mraslanov

4 months, 1 week ago

Qush daraxt shoxiga qo'nayotganda shoxning baquvvat ekanligiga ishonib emas o'zining shox sinib ketsa uchib keta olish qobilyatiga ishonib qo'nar ekan.

Kurslarimizga qo'shilayotganlarga ham shu maslahat - avvalo o'zingizga, olib keta olishingizga ishonishingiz shart.

Ikkilanyapsizmi demak o'xshamaslik ehtimoli ko'proq. Aksincha, ishonyapsizmi demak o'xshashi.

? @mraslanov

6 months, 2 weeks ago

Guys! Bizga omad tilang!

Listening uchun 3-patok ochish arafasidamiz.

Orangizda kimda Listening bilan bog'liq muammolar bo'lsa va kursga ehtiyojingiz bo'lsa albatta kurs ma'lumotlari bilan tanishib chiqing.

Bugundan ma'lumotlar quyidagi yopiq kanalga joylab boriladi: YOPIQ KANAL
YOPIQ KANAL
YOPIQ KANAL

6 months, 2 weeks ago

Listening dan muammosi bor hamma shu kursni tugatishi zarur. 6 ta darsda juda katta o'zgarish sezasiz nasib.

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 months, 4 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 7 months ago