Jadid

Description
Advertising
We recommend to visit

au/cerita yang ada di channel ini adalah murni dari pemikiran author, jadi diharapkan juga kepada pembaca untuk tidak menyangkut pautkan dengan kehidupan real lifenya.

follow ig @thisnawz

3 weeks, 1 day ago
**BAS QILING, EY, “MEHRI DARYO” ONALAR!

**BAS QILING, EY, “MEHRI DARYO” ONALAR!

Bugun bir qiz, “Aka, ijara toʻlovi uchun pulim etmay qoldi. Yordam qilib tura olmaysizmi?” deb yozib qoldi. U qiz Yaponiyaga kelganida yigirma yosh edi. Hozir oʻttizga yaqinlashib qoldi. Oʻqidi, ishlayapti. Ijara toʻloviga puli yoʻq. Nimaga? Nafsi oʻpqon, “xarobadan chiqqan millioner” onasi sababli. Oʻsha ayolning yeyishga noni ham yoʻq edi. Bu qiz bechora ham oʻqib, ham ishlab, qishloqdagi uylarini ta’mirdan chiqardi. Oilasidagilarga mashina olib berdi. Bu orada oʻzidan oldin singillari erga tegib ketdi. Oʻzi haliyam turmushga chiqmagan. Singillariga eng zoʻr sarpolarni majburlab qildirishdi. Eng yomoni, hozirgi oddiy mashina uydagilariga yoqmay qolibdi. “Malibu” olarmishlar! Mana shu yergacha chidadi bechora qiz. Meni koʻrishi bilan oʻkirib yigʻlab yubordi. “Men-chi, men qachon turmush quraman? Nimaga ularning yallo qilib yurishi badaliga men xor boʻlishim kerak”, dedi! Rosa yuragim ezildi.**
➡️ Davomi

3 weeks, 1 day ago
Jadid
3 weeks, 1 day ago
**O‘RGIMCHAK, OʻRMAK VA QIRQ OʻRIM SOCH

**O‘RGIMCHAK, OʻRMAK VA QIRQ OʻRIM SOCH

“Oʻrgimchak. Oʻziga ovqat boʻladigan hasharotlarni tutish uchun toʻr toʻqiydigan boʻgʻimoyoqli yirtqich hasharot”.
“Oʻrmak. Sholcha yoki gilam toʻqiydigan mahalliy dastgoh”.**
“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da bu ikki soʻzga shunday izoh berilgan. Demak, oʻrmak soʻzining ham, oʻrgimchak soʻzining ham tub ilidizi toʻqish ma’nosidagi oʻr soʻziga borib taqaladi. “Qizimning sochini oʻrib qoʻydim” degan gapda oʻrish soʻzi toʻqish soʻziga yaqin.

➡️ Davomi

4 weeks, 1 day ago
**XASHAK SO‘ZLAR

**XASHAK SO‘ZLAR

Uzoq vaqt oqmagan ariqqa suv kelsa, suv dastlab xas-xashak, chiqindilarni olib keladi. Saksoninchi yillar oxiri, to‘qsoninchi yillar boshida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi munosabati bilan tilimizdagi ba’zi ruscha, baynalmilal so‘zlarni o‘zbekchalashtirishda ham shunday bo‘ldi. Misol uchun “rayon” avvaliga “nohiya” ataldi, lekin bu xashak so‘z edi, hech kim uni hazm qilolmadi, ammo tilimizda ming yillar osha yashab kelgan, kichik hududiy birlikni bir chet so‘z – “rayon”dan ham yaxshiroq ifoda etadigan “tuman” bor edi. “Tuman”ning qayta tiklanishi shunday topilma bo‘ldiki, uning oldida “rayon”ning o‘zi g‘aliz tuyulib qoldi. Biroq o‘sha paytlarda qabul qilingan ba’zi xashak so‘zlar hali-hamon yashab kelmoqda. Shunday xashak so‘zlardan biri:**

➡️ Davomi

4 weeks, 1 day ago
**KESATIQ**

KESATIQ

Bizda samolyotlar qo‘­nib qo‘ya qolmaydi, bal­ki “qo‘nishni amalga oshi­radi”. Biz dorini, kechirasiz, “dori vositasi”ni ichib yoki yutib qo‘ya qolmaymiz, balki uni nihoyat­da hurmat-izzat bilan “qabul qilamiz”. Kredit­ni to‘lash xayolimizga kelmaydi, balki uning ustiga bir-bir chelakdan suv quyib, “so‘ndirib” boramiz. Olov-da u! Bizda futbolchilar shunchaki birov-birovini chalib yiqitmaydi, balki “fol” qiladi. Qo‘shimcha vaqtda emas, o‘ynash­sa, faqat ­“ekstra taym”larda o‘ynashadi. Burchakdan to‘p tepishmaydi, balki “kornerni amalga oshiradi”. Tilimizni shunday “seva­miz”.

➡️ Davomi

4 weeks, 1 day ago
**IJTIMOIY TARMOQDAGI RO‘YO

**IJTIMOIY TARMOQDAGI RO‘YO

Ijtimoiy tarmoqlardagi saviya­siz videolavhalardan birining ostiga qoldirilgan ajabtovur izoh e’tiborimni tortdi. Unda ikki o‘smirning bemaza qiliqlari tasvirlangan edi, bunga munosabat bildirgan bir foydalanuv­chi “Sohibqiron bobomiz Amir Temur shular uchun jang qilganmidi?” deya izoh yozgan. Bu gap bir qaraganda ma’nosiz tuyuladi, lekin tagida achchiq haqiqat va kinoya mavjud.**
Avlodlar yuksak texnologiyalar asrida ajdodlarga munosiblik u yoq­da tursin, milliy o‘zlikdan ham uzoqlashayotgani achinarli hol. Bu holatni o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish ayni paytdagi dolzarb vazifalardan biridir. Keyingi payt­lar­da aholining yosh qatlami bevo­sita tarmoqlardagi kayfiyat, muloqotlar ta’sirida voyaga yetayotgani sir emas. Afsuski, o‘smirlarning qo‘li­dagi telefonni nazorat qilish mushkul bo‘lib qoldi. Shunday paytda ular­ga taqiq bilan emas, internetdan foydalanish madaniyatini o‘rgatish bilan vaziyatni yaxshi tomonga o‘z­gar­tirish mumkin.

➡️ Davomi

1 month ago
**HAMID DALOVNI ESLAB

**HAMID DALOVNI ESLAB

Olmoniyalik taniqli mutarjim Hamid Dalov O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan. 1977-yili Toshkent davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagach, ko‘p yillar turli tashkilotlarda ishlagan. 1992-yilda xorijga ketgan va Olmoniyada tarix fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Vatandan yiroq bo‘lsa-da, u o‘z yurtining tashvishlari bilan yashab, ilmiy tadqiqotlar olib borgan.**
Taniqli mutarjim O‘zbekistonda o‘tka­zil­gan ikkita xalqaro anjuman­da (2018 va 2021-yillarda) faol qatnash­gan. 2016-yili nashr qilingan “Boburnoma”ning olmoncha tarjima­si­dagi mavjud xato-kamchiliklarni tuzatib, qayta ishlagan va to‘ldirgan holda qayta chop etgan. Ushbu tuzatishlarda Bobur hayotiga oid ayrim ma’lumotlar, jumladan, Boburning nasl-nasabi mo‘g‘ullarga emas, turkiylarga borib taqalishiga oid tarixiy haqiqatni tiklagan va yevropalik olimlarning chalkash fikrlariga chek qo‘ygan.

➡️ Davomi

We recommend to visit

au/cerita yang ada di channel ini adalah murni dari pemikiran author, jadi diharapkan juga kepada pembaca untuk tidak menyangkut pautkan dengan kehidupan real lifenya.

follow ig @thisnawz