Unlock a World of Free Content: Books, Music, Videos & More Await!

Aziz Rakhimov | Mini

Description
Aziz Rakhimovning mini kanali. Ilhom kelganda yozaman. Asosan kitoblar.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 2 weeks ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 2 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 11 months, 2 weeks ago

2 months, 3 weeks ago

10% ni qidirib
Internetdagi kontentning 90%i axlatligiga hech kim shubha qilmasa kerak.

Negadur kitobga kelganda hech kim shunday o’ylamaydi. Kitob ham kontent. Kitoblarning ham 90% i befoyda (yoki zarar)

Kitob chiqishidan avval uni faqat nashriyot tekshiradi. Aksariyot nashriyotlarga faqat sotuv kerak. Ichkaridagi ma’lumotlar o’ninchi darajada.

Til o’rganing. Bo’ladigan mualliflarni o’qing. Kitob soni emas, qanday kitoblarni o’qiyotganingiz muhim.

Men uchratgan 10% ga kiradigan mualliflar ro’yxati:

Horis Muxosibiy, Ibn Xoldun, Jaloliiddin Rumiy, Shayximiz, Ibn Ataulloh Sakandariy, So’fi Olloyor

Nassim Taleb, Matt Ridley, David Deutch, Vaclav Smil, Fyodr Dostoevskiy, Viktor Pelevin, Richard Feynman

Seneka, Mark Avreliy, Aristotel

Biznesda:
Tony Fadell, Ben Horowitz, Ken Iverson, Andy Grove, Vladimir Mojenkov

Ta’limda:

Makarenko, Soloveychik, Barbara Oakley, Ushinskiy, Karol Dweck, Ken Robinson. Adam Gunesh

Yuqoridagi hamma mualliflarni umumiy ikkita xislati bor:

Gapirayotgan mavzusini o’zi yaxshi tushungan, amal qilgan. Tushunarli va sodda yozgan.

Tushunarli yozadigan amaliyotchilardan o’rganing.

4 months, 3 weeks ago

2023 kitoblari
What if - Randall Munroe 10/10
Absurd savollarga, ilmiy javoblar. Fikrlashni kengaytirish uchun, bolalarga fanni sevdirish uchun ideal kitob.

The learning game - Ana Lorena Fabrega 4/10
O’yin orqali o’rgatish haqida. Ta’lim haqida umuman o’qimaganlar uchun foydali bo’lishi mumkin. Men ko’p narsa o’rganmadim.

Same as Ever - Morgan Housel 8/10
Insoniyatning o’zgarmas axloqlari haqida. Tarixiy voqealarning takrorlanishi haqida yozilgan. O’ta qiziq. Faqat o’qib bo’lib nima o’rgandim o’zi deb o’ylaysiz.

Numbers Don’t lie - Vaclav Smil 9/10
Dunyoga tandiqiy qara olish uchun faqat raqamlardan foydalangan muallif. Fikrlashni o’stiradi.

THe Pleasure of Findings things out - Richard Feyman 7/10
Feynmanning turli ma’ruzalari yig’ilgan kitob. Fizikaga qiziqqanlarga foydali bo’ladi.

Compound Effect - Darren Hardy 6/10
Istiqomat, murakkab foiz haqida. Ilhomlantiradi. Atom odatlarni o’qiganlar uchun deyarli hech qanday yangilik chiqmaydi.

Letters on Ethics - Seneca 10/10
Senekaning shogirdiga turli mavzularda yozgan xatlari.

Risolatul Mustarshidyn - Xoris Muxosibi 10/10
Muallif amalda kuchli bo’lgani uchunmi tavsiyalari qattiq ta’sir qiladi.

11 months, 2 weeks ago

Oxirgi 6 oylik mutolaa

Olti oy oldingi o’zim - o’zimga ahmoq bo’lib ko’rinyapti.

Demak o’rganish to’g’ri tezlikda.

O'qigan kitoblarim orasida eng yaxshilari:

Plain Talk - Ken Iverson

CEO, managerlarga o’qitish kerak. Kichik tegirmonni Amerikani eng katta gigant zavodlaridan (Nucor) biriga aylantirgan menejerning boshqaruv prinsiplari. Nucor Good to Great kitobidagi 8ta tanlangan kompaniyaning bittasi ham.

Наедине с собой. Размышления - Mark Avreliy.

2000 yil oldin yashab o’tgan Rim imperatorining tafakkurlari. O’zgarmas inson tabiati haqida. O’qib ko’p narsalar o’sha-o’shaligini tushunasiz.

Trust me, I’m lying - Ryan Holiday

Media, Manipulatsiya ijtimoiy fikrning shakllantirish uchun yolg’onlar qanday ishlatilishi haqida. Shu ishlar bilan shug’ullanib yurgan odamning o’zi yozgan kitob. O’qigach yangiliklarga boshqa qaraysiz.

Fooled by Randomness - Nassim Taleb

Uchinchi marta o’qishim. Agar kitob qayta - qayta o’qishga arzimasa, bir marta o’qishga ham arzimaydi. Taleb ko'p marta o'qishga arziydigan muallif.

Six easy pieces - Richard Feyman.

Maktabdagi 3 yillik fizika darslaridan ko’ra 4 soatlik shu kitob ko’proq foyda keltirdi fan bo’yicha.

Tao of Charli Munger - David Clark

Charlining iqtiboslari sharhlangan kitob.

Excellent advice for Living - Kevin Kelly

Kevinning maslahatlarini bobomnikidek qabul qilaman. 71 yosh bo’lgani uchunmi, yoki ta’sirli yozgani uchunmi bilmadim.

Influence - R. Cialdini

Ikkinchi marta o’qishim. Marketingda kerak bo’ladi.

Братья Карамазовы - Достоевский

Badiiy asar o’qimasdim. Dostoevskidan boshlashga qaror qildim. Adashmabman. So’z boylik va tasavvurni kuchaytiryapti asar.

Profit first - Mike Michalawicz

Biznesdagi pul oqimi bo’yicha ko’p kutilmagan narsalar o’rgandim.

Courage is Calling - Ryan Holiday

Jasorat va uning foydalari haqida.

The Almanack of Naval Ravikant

Ikkinchi marta o’qishim. Bu safar ham 2 kunda tugadi.

Riyozus Solihin - Imom navaviy. Mavzulashtirilgan Oyat va sahih hadislar to’plami.

Masnaviy terapiya - Nevzat Tarxan. Mavlono rumiyning hikmatlari sharhlari bilan. Zamonaviy holatga moslashtirilgani yoqdi.

Xislatki hikmatlar sharhi - Ibn Atoulloh Sakandariy. Bittada o’qib bo’lmaydigan. Qayta - qayta qaytish kerak bo’lgan asar. Har bir hikmatni kunlab o’ylab yursa bo’ladi.

11 months, 3 weeks ago

Yaqinometr:

Tabrik uchun shablon yoki samimiy tilak kelgani.

1 year, 1 month ago

Pul borligi uchun qilinadigan xarajatlar bor:

Yordamchi, qulay mashina (kiyim, uy) trener, kurslar. Ya’ni vaqt bo’shatish uchun qilinadigan xarajatlar.

Pul borligini ko’rsatish uchun qilinadigan xarajatlar bor:

Isrofli to’y, instasayohat, qimmat brendlar.

Adashtirib qo’ymang.

1 year, 3 months ago

Yozish = sekin o’ylash
Uch yil oldin shu kuni telegramda blog boshlagan edim. Pandemiyaning avji. Ishlar to’xtagan. O’ylashga vaqt paydo bo’lgandi.

Fikrlarni ommaga olib chiqish, intizom bilan yozishga harakat qilish, yozishga arzigulik narsa o’rganish atrofida auditoriya yig’ildi.

Yuzmingtalik kanallar oldida 18k o’quvchi kamdek ko’rinishi mumkin. Lekin shuncha odam istiqlol va turkiston saroylarini qo’shganda ham sig’maydi.

Yozganlarim o’quvchilarga foyda va o’zgarish olib kelganiga ishonaman. Lekin eng ko’p o’zgarib, foyda olgan o’zim bo’ldim.

Chunki

Yozish = sekin o’ylash. Boshqalarga tushuntiraman deb o’zingiz yaxshiroq tushunib olasiz.

Doim yozishga targ’ib qilaman. Botga esa yozishdan qiynalayotganlar murojaat qilaverishadi.

Aslida yozmoqchi bo’lgan odamga ko’p narsa kerak emas:
1. Boshlash uchun sabab
2. To’xtatmaslik uchun sabab
3. Yozish uchun mavzu
4. Yozgan ishiga doimiy feedback

Shularni yechishga yordam beradigan, yozish orqali o’ylashga o’rgatadigan yangi loyiha boshlayapmiz.

Essays loyihasi.

Qo’shimcha ma’lumotni bot orqali olishingiz mumkin.

1 year, 3 months ago

Time killer
Appstoreda best 10 time-killing games bo’limi bor ekan.

Time killing degani vaqtni o’ldirish.

Vaqtimizdan boshqa hech narsamiz yo’q. Biz vaqtni o’ldirayotgan paytimizda u bizni o’ldirayotgan bo’ladi.

1 year, 4 months ago

Anchadan beri doimiy kitob o'qiyman.

Lekin haqiqiy foydani,

Kitoblar uchun pul to'lashni boshlaganimdan keyin olishni boshladim.

1 year, 5 months ago

2022 kitoblari
2022 o’qigan kitoblarim, men uchun reytingi va ularni kim o’qishi kerakligi haqida:

Жесткий Менеджмент — Дэн Кеннеди 8/10

Kichik biznes boshlagan yoki yurgazayotganlarga

Жесткий Тайм-Менеджмент — Дэн Кеннеди 8/10Biznes egalari uchun vaqt menejmenti
Humor, Seriously — Jennifer Aaker and Naomi Bagdonas 7/10Hazillashishning hayotda va biznesda foydasini bilmoqchi bo’lganlar uchun.
What You Do Is Who You Are — Ben Horowitz 9/10
Kompaniyada qadriyat qurish haqida. Tarixiy shaxslar misolida tushuntirilgan

Dopamine Nation — Anna Lembke 6/10
Dofaminga qaramlik nimalarga olib borishi haqida. Konkret yechimlar berilmagan

Dopamine Detox — Thibaut meurisse 6/10
Dofaminga qaramlikni yengish haqida, lekin kitob shu darajada kichkinaki, maqola qilib qo’ysa ham bo’lardi

The Great Mental Models Vol 1,2 — Shane Parrish 10/10
Qaror qabul qilish uchun foyda beradigan usul va modellar haqida kitob

$100M Offers — Alex Hormozi 9/10

Sotish bilan shug’ullaniganlar uchun foydali bo’ladigan kitob. Takliflarni qurish haqida yozilgan.

Fossil Future — Alex Epstein 8/10

Neft qanchalik muhimligi, bergan foydalari va kelajakda qanchalik kerak bo’lishi haqida. Energetika sohasida dunyoqarashni kengaytiradi

Sell Like Crazy — Sabri Subry 8/10

Internetda sotuv bilan shug’ullanidanlar juda ko’p foyda olishadi

Тридцать Миллионов Слов — Dana Suskind 10/10
Bola bilan ko’p gaplashish unga kelajakda ko’p foydalar olib kelishi haqida.
Yangi uylangan va yosh farzandlari borlar katta foyda olishadi.

33+ — Лариса Парфентьева 9/10

Muallif tanishlaridan yig’ilgan hikoyalar to’plami. Ko’plari ta’sirchan. Har bir hikoyaga xulosa bor.

Rocket Man — Jessica Easto 5/10

Ilon maskning gaplari mavzular bo’yicha yig’ilgan kitob. Arzon bo’lganiga olgandim. Qimmat bo’lsa arzimasdi.

Шпаргалки для боссов — Т.Горяев 9/10

Boshqaruvdagilar uchun amaliyoti katta boshqaruvchidan maslahatlar. Juda ko’p foydali maslahatlar olsa bo’ladi

Hold on to Your Kids — Gordon Neufeld, Gabor MateO’smir farzandlar bilan do’st bo’lish haqida. Ota-onalar uchun
The Psychology of Money — Morgan Housel 10/10

Har bitta odam o’qishi kerak. Muallif — daho. Moliyaviy qiyin mavzularni oddiy tilda tushuntirgan.
How Will You Measure Your Life? — Clayton M. Christensen, James Allworth, and Karen Dillon 7/10

20-25 yoshdagilarga foydali bo’lishi mumkin. Hayotdagi maqsadlar, strategiya, munosabatlar haqida.

Barking Up the Wrong Tree — Eric Barker 7/10

Muvaffaqiyat haqida ilmiy izlanishlar to’plami. Qiziq o’qiladi. Amaliy foydasi kam

How Not to Die — Michael Greger MD and Gene Stone 7/10

Noto’g’ri Ovqatlanish qanday kasalliklarga olib borishi haqida. Sog’lig’i haqida o’ylaydiganlar uchun. Dietamni o’zgarishiga sabab bo’ldi

Trillion Dollar Coach — Eric Schmidt, Jonathan Rosenberg, Alan Eagle 7/10

Milliarderlarning ustozi Bill Kampbellning biografiyasi, usullari haqida. Liderlarga yaxshi mos keladi.

Просто делай! Делай просто! — Оскар Хартманн 10/10

Oddiy go’yani oddiy misollar bilan tushuntirilgan. Ko’p bilsa ham kam qiladiganlar uchun

Бизнесхак на каждый день 2 — Игорь Манн, Ренат Шагабутдинов 7/10

Tadbirkorlar uchun turli maslahatlar to’plami. Ikkitasini ishlatishni boshladim.

Номер 1 — Игорь Манн 6/10Qayerdan boshlashni, nima kitob o’qishni bilmayotganlar uchun yaxshi manbaalar to’plami. Sohasida eng zo’r bo’lish haqida.

The Almanack of Naval Ravikant — Eric Jorgenson 7/10

Naval Ravikantning twitter, youtubedagi gaplari bir joyga yig’ilgan kitob.

Principles for Dealing With the Changing World Order — Ray Dalio 9/10

Makro iqtisod, Dunyo tartibi, siyosat qanday ishlashini bitta tushunib olishga yaxshi yordam beradigan kitob

The Boron Letters — Gary Halbert, Bond Halbert 10/10

Kopirayting orqasida millioner bo’lgan odamning o’g’liga yozgan xatlari. Yaxshi maslahatlar sodda tilda berilgan

Финская система обучения — Т.Уокер 6/10
Muallif (amerikalik o’qituvchi) 2 haftaga Finlandiyaga borib, ko’rgan narsalari haqida yozgan kitob.

1 year, 5 months ago

Ikkinchi tarafni eshitish niyating bo'lmasa, birinchi tarafni ham eshitma

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 month, 2 weeks ago

🔥 Amalda.uz – Eng so'nggi yangiliklarni qisqa formatda o'qishni ma'qul ko'radiganlar uchun!

Tijoriy hamkorlik: 👉 @Murojaat_a

Last updated 2 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 11 months, 2 weeks ago