Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
*? O‘qigan kishilarni seving, azizim!
Bir kuni roman o‘qiydi, hayotni taniydi....
Bir kuni Haq Kitobni o‘qiydi, Robbisini taniydi...
Va kun keladi, ko‘nglingizni o‘qiydi, sizni taniydi...
©Umida Aziz
@Rumiy_Jaloliddin ?*
*? Qush qorni to‘ygandan keyin o‘grildi va uchib ketdi...
Qolgan donlarni o‘ylamadi...
Yonimga olib olay, zaxira qilib qo‘yaman, ertaga yeyman, demadi...
Hammayoq qor, ertaga och bo‘lsam, yegulik topolamanmi? - deb tashvishlanmadi!...
Chunki rizq beruvchisidan ko‘ngli xotirjam edi. Rizq beruvchisi uni unutib qo‘ymasligini juda yaxshi bilardi....*
*Gul suvga oshiq boʻldi...
Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi...
Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...
Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi.
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi...
Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan.
Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...
©Mavlono Jaloliddin Rumiy*
@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..
*? Adolat...
Amerikada hammaga mashhur bir sudya bor. Nihoyatda adolatli. O‘sha sudya bir safar o‘n besh yoshli bir bola ustidan hukm qildi. Bola do‘kondan non va pishloq o‘g‘irlagan ekan. Bola qochish asnosida tokchalardan birini ham sindirgan. Hodisa tafsilotini eshitgan sudya boladan so‘radi:
-Sen haqiqatdan ham o‘g‘irlik qildingmi? Non o‘g‘irlab tokchani ham sindirdingmi?
Bola xijolatdan yerga qarab javob berdi:
-Ha!
-Nega o‘g‘irlik qilding?
-Muhtojlikdan!
-O‘g‘irlagandan ko‘ra sotib olsang bo‘lmasmidi?!
-Pulim yo‘q!
-Otang yoki onangdan pul olsang bo‘lar edi-ku!
-Otam yo‘q. Onam borlar. U kishi bemor. Ishlay olmaydilar. U kishi uchun non va pishloq o‘g‘irladim!
-Sen ishlamaysanmi?
-Mashinalarni yuvar edim. Onamga yordamlashish uchun xo‘jayindan bir kun javob so‘radim. Shuning uchun meni ishdan haydashdi!
Savol-javob tugagandan so‘ng sudya hukmni e’lon qildi:
“O‘g‘irlik, xususan non o‘g‘irlash juda ham uyatli ish. Bu o‘g‘irlikda hammamiz sherikmiz. Mana shu zalda o‘tirganlarning bari bu jinoyatda sherik. Ular ichida men ham borman. Bundan barchamiz mas’ulmiz! Bu yerda o‘tirganlarning bariga o‘n dollardan jarima solaman. O‘n dollar bermasdan hech kim zaldan chiqmasin!”.
Birinchi bo‘lib sudyaning o‘zi cho‘ntagidan o‘n dollar chiqarib stolga qo‘ydi va dedi:
“Och qolgan bolani polisiyaga topshirgan do‘kon egasiga ming dollar jarima solaman. Agar do‘kondor pulni bermasa do‘koni yopiladi. Modomiki, kimdir non o‘g‘irlar ekan, bundan barcha fuqarolar uyalishi lozim. Bu ish davlatimizdagi jamiyat a’zolari uchun sharmandalik!”.
Zaldagi barcha ishtirokchilar boladan kechirim so‘rashdi. Hamma yig‘ladi. Sudya ham zaldan ko‘zlarida yosh bilan chiqdi. U rahmat va insoniylik asarini ko‘rsatdi*.
*? Bir qishloqchada ikki do‘st yashagan ekan. Ikkisi ham iymon-insofli ekan. Ular voyaga yetgach, biri cho‘ponlikni, biri esa kosiblikni kasb qilibdi...
Cho‘ponlik qilgan odam tog‘ga chiqib,namoz o‘qish, gunohlardan va nomahramlardan uzoq bo‘lishlikni asl niyat qilgan ekan. Oradan yillar o‘tibdi. Cho‘pon yigit do‘stini ziyorat qilmoq uchun shaharga tushishga qaror qilibdi.Bir meshga sut olib yo‘lga chiqibdi.
Yo‘l yurib, shaharga borib kosibxonalarni aylanib do‘stini topibdi. Kiribdi va hol ahvol so‘rab ,sutni devorga ilibdi.
Ikkalasi uzoq suhbatlashibdi.Cho‘pon yugit «Do‘stim,sen kosibsan,ustaxonangga har xil odam keladi,nomahram ayollar u g‘ayridinlar,ustiga ustak bu ishlar bilan bo‘lib ibodatga vaqt topish qiyin emasmi?»
Shunda kosibxonaga bir ayol kirib kelibdi va oyoq kiyimini tamirlatishini aytibdi.
Kosib «marhamat o‘tiring» debdi va oyoq kiyimini berishini so‘rabdi.
Haligi ayol oyoq kiyimini yechayotganda,nogoh cho‘ponning ko‘zi ayolning oyoqlariga tushibdi.
Shunda birdan meshdagi sut tomchilab oqa boshlabdi.
Kosib yigit esa, e’tibor ham bermasdan ishini tugatib,xizmat haqqini olib ayolni kuzatibdi.
Shunda do‘sti «Naqadar yomon holat,sen buyerda qanday ishlayabsan?» debdi.
Kosib o‘rnidan turibdida, barmog‘i bilan meshdagi teshikni berkitibdi.Sut tomchilashi to‘xtagach,shunday debdi:
«Do‘stim,asl masala odamlardan qochib tog‘u toshga ketish emas,iymon shu insonlar orasidan ham nafsini va o‘zini muhofaza qila olishda emasmi?
Ko‘zing meshingdagi teshik kabi bo‘ldi,sen uni nazorat qila olmading,iymoning mustahkam bo‘lganda edi,sut kabi oqmasdi.»..
Cho‘pon yig‘lab do‘stini quchoqladi...*
@Rumiy_Jaloliddin
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 days, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago