Saidumar Abdusalomov she'rlari

Description
Murojaat uchun ✍️ @Saidumar77

Kanal "Ziyo" media markazi muharriri: Saidumar Abdusalomov qalamiga mansub she'rlar uchun maxsus ochilgan.
Har bir she'r muallifning haqqidir ijodkor haqqiga hiyonat esa, Allohning oldida javob berilajak!
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago

1 month, 2 weeks ago
Men endi kulgimni kulgichga ko‘mdim,

Men endi kulgimni kulgichga ko‘mdim,
Yuzdan chuqur lahat yo‘qoldi zulmda,
Tabassum qilmoq ham yarashmas bo‘ldim,
Yovuzga aylandim sen deb bir kunda.

@Saidumar_sherlari

1 month, 3 weeks ago
Yana ajib hissiyotlar tuydim bugun,

Yana ajib hissiyotlar tuydim bugun,
Umrim faslin varoqladim men ohista,
Yigirma yil o‘tdi deya qalbim tugun,
Nedir yurak shirin so‘zni takror istar.

Yaqinlarning diydorila o‘tar kunim,
Bugun Toshkent izlamanglar bari bekor,
Eng samimiy tilaklarga to‘lgan onim,
Vodil degan tomonlardan kelar ash'or.

@Saidumar_sherlari

1 month, 4 weeks ago

Vodil tomonga

Xavotir o‘tini o‘chirmoq istab,
Yaqinlar diydorin dilimdan qumsab,
Allohdan eng go‘zal sakinat so‘rab,
Vodiyga ketyapman, Vodil tomonga.

Sog‘indim, sog‘indi o‘sha tolterak,
Har gal xotiralab bormog‘im kerak,
Bahorda tol novda bo‘lib chambarak,
Vodiyga ketyapman, Vodil tomonga.

Eshikka zor qarab kutadi onam,
Bo‘y bastimga boqib quvonar otam,
Toshkentdan oyog‘im uzilmasa ham,
Vodiyga ketyapman, Vodil tomonga.

Xabar mushtoq bo‘lib kutadi dilbar,
Shahlo ko‘zlar bir bor ko‘rmoqni istar,
Yana qalb o‘tiga otashin qadar,
Vodiy borsam gar, Vodil tomonga.

Bizni kuzatishda davom eting☺️👇
@Saidumar_sherlari

2 months ago

Mushtipar onam

Yillar quvalashib o'tdi bir zumda,
Bekor ishga vaqtim topdim-u kunda,
Uyga kirib kelsam kech yarim tunda, Bolam, keldingmi der mushtipar onam. 

Omadim chopmasa, yuz bursa hamma, 
Bergan nonin qistab qilsalar ta'ma,
Ulfat do'stlar chiqsa ikki yuzlama,
Tunlar duo qilar men uchun onam.

Boshga bir dard kelib, tark etsa yorim,
Har nafas yonimda ko'zlar giryonim,
Hatto kelar bo'lsa vaqtim, poyonim,
Umrin bermoqqa ham tayyor jon onam.

Ko'ksimdan itarsa do'st deganlarim,  Minnatga aylansa so'ng yeganlarim,  Dushman bo'lar bo'lsa taniganlarim,
Molim istar hamma, jon istar(i) onam. 

Yaqinlaringizga ham ulashing
@Saidumar_sherlari

2 months, 1 week ago

Tushunmadi ishqfurushlar sevgimizni,
Seni madhing kuylaganim bo‘ldi "xato",
Ayirmoqchi bo‘lmoqdalar ikkimizni,
Niyatlari visolingdan qilmoq judo.

Yig‘lama dil, yig‘lama qalb satqai ko‘z-yosh,
Hafa bo‘lma biz tanigan joyga bormasam,
Qo‘lga kishan tushgan bo‘lar, balki ketar bosh,
Chunki zabon so‘ylayverar toki o‘lmasam.

@Saidumar_sherlari

2 months, 2 weeks ago

Yanglishmoq

Balki kulib boqdim achchiq o‘tmishga,
Yoshlik o‘tdi zumda besamar, bekor,
Nimalar kelamdi bu aziz boshga,
Barisin eslamoq, o‘ylamoq darkor.

Nega tarix titmoq zarur deydilar,
Zeroki o‘tmishsiz yo‘qdir kelajak,
Xatolarim yurak bag‘rim yeydilar,
Natija, bugunga o‘rnak bo‘lajak.

Kecha hozirgidek qilmasam xato,
Onda turmas edim o‘zga ishongan,
Adashib, adashib bo‘lganlar daho,
Demak yanglishmoq ham hikmat yaralgan.

Bizni kuzatishda davom eting☺️👇
@Saidumar_sherlari

2 months, 3 weeks ago

Dardli satrlar

Senga yetishmoqlik bunchalar mushkul,
Sen ohu malaksan, go‘zalsan, hursan,
Sening ishqing sabab telbaman butkul,
Sen olam go‘zali, boringcha zo‘rsan.

Sochingga os meni mayli roziman,
Roziman sen sabab bo‘lsam zindonband,
Kishan solsalar ham demam qarshiman,
Netay madhing qilsam bo‘larmishman band.

Vo ajib tashvish bu, vo ajib sinov,
Endi sevgimiz ham nahot pinhona,
Bizni muhabbatga bo‘lmoqdalar g‘ov,
Kuzatib kelurlar mudom hufyona.

Bizni kuzatishda davom eting☺️👇
@Saidumar_sherlari

2 months, 3 weeks ago

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Anchagina tanaffusdan so‘ng bir yangilik bilan siz azizlarni bezovta qilmoqdaman. She'rlarim mutassaddilar tomonidan biroz tanqidga uchradi. Shu sababdan endilikda yo‘nalishimni ruhiy tarbiya ulamolari yozganidek, ma'no ichida ma'no ko‘rinishida yozmoqchiman. Buni o‘z ma'nosida tushunishingizni emas, asl ma'nosida Allohning vasfi bor ekanligini bilgan holda tushunishingizni iltimos qilar edim.

Hurmat bilan: Saidumar Abdusalomov

3 months, 1 week ago

Haqqi qolmasin

Umr sarobdayin o‘tib ketsa ham,
Armonlar dillarga keltirsa alam,
Dunyoning ishlari qolib ketsa ham,
Bandaning bandada haqqi qolmasin.

Alloh, rahmati keng hech bo‘lmas ado,
Uning muruvvati qalbga xushsado,
Faqat shu birgina eng qiyin savdo,
Bandaning bandada haqqi qolmasin.

Odamning bergani minnat oshidir,
U tutkazgan yostiq qattiq toshidir,
Foniyning talabi aslida shudir,
Bandaning bandada haqqi qolmasin.

Bizni kuzatishda davom eting☺️👇🏻
@Saidumar_sherlari

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 23 hours ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 5 months ago