Mahliyo Ikrom qizi

Description
Ushbu kanalda kurslarda, kitoblarda oʻqigan ma'lumotlarim xulosalari, tajribalarimni, oʻrgangan bilimlarimni boʻlishib boraman, inshaalloh.
Ma'lumotlar asosan oila psixologiyasi, shaxsiy rivojlanish haqida boʻladi.
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago

4 недели назад

Quritilgan o‘rik yaʼni turshak qon tomirlarini kengaytiradi va homiladorlikni yengil o‘tishida yordam beradi

☑️ Quritilgan o‘rik magniy va kaliyga boy bo‘lib, qon devorlarining spazmlarini yengillashtiradi, qon oqimini yaxshilaydi va qon bosimini pasaytiradi. Buyraklar va yurak ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

☑️ Quritilgan o‘rik ayniqsa homilador ayollar uchun muhimdir. Bachadonning tonusini oshishini oldini oladi, stressni yengillashtiradi va qondagi gemoglobin darajasini oshiradi.

Sogʻlom hayot

@Mahliyo_Ikrom

4 недели, 1 день назад

Davomi

Lekin bu qalb Islomdan o‘zga hayotga ko‘nmadi. Allohning rahmatidan bo‘lgan umid so‘nmadi. Bugun tuproq ustidaman, hayot nuri hali so‘nmadi. Fursating bor bolam bugun, Onang tirik, hali o‘lmadi..

Iroda Ahmed

@Mahliyo_Ikrom

4 недели, 1 день назад

Uuff,- demagin bolajonim...

Borimni senga bergim kelar. Qani endi seni osmondagi oy kabi yuzingni nurga o‘rasam. Qani endi quyosh bo‘lib hayoting "qish"larida bag‘rimga olsam. Qani zulmat tunlaringni yoritib bersam. Qani endi osmon to‘la yulduzlarni terib, qo‘yningga solsam.

Qani endi seni bahor shabbodasidan asrab qolsam. Yozning jaziramasida soyabon bo‘lib bag‘rimga olsam. Kuz-qishlarning yomg‘ir-qorida boshingga doim issiq qanotim yoysam.

Qani endi bosar yo‘llaringni tosh tikonin aritsam. Qani endi bolamjonim senga, haqiqiy baxtni tanitsam.

Polaponim, shirintoyim, bog‘imdagi go‘zal gulim, ovozlari yoqimtoyim, bog‘imdagi sho‘x bulbulim.

Bolajonim, senga dunyoning eng sara yaxshiliklarini ilinaman, senga Allohdan ikki olam saodatin tilanaman. Jannat yo‘lin yo‘qotmagin sobit turgin, yalinaman.

Senga dunyoda bor kuchimni berib tunu-kun uxlamay ishlab bo‘lsada, yaxshi hayot yaratib bera olaman, lekin oxiratda zarra foyda berolmayman. Bugun istagingni bajarib xohishingni qila olarman, mahsharda bir savobim ham senga bolam, berolmayman.

Betob bo‘lsang jonim halak yuragimni uzib bera olaman. Ko‘z kerakmi, hech o‘ylanmay ikki ko‘zim o‘yib beraman. Qabringdachi bolajonim, zarra yordam berolmayman.

Rosul alayhissalom eng suyukli qizlari Fotimaga aytdilar:
-Ey Muhammadning qizi Fotima, so‘rang, dunyo matolaridan menda borini so‘rang, beraman, qizim. Oxiratda sizdan zarra yomon amalingizni ketkaza olmayman.

Rosulullohning farzandi bo‘lsada, oliy nasabi zarra foyda bermaydigan bo‘lsa, biz nasabi oliy emaslarga nima yordam bera oladi bolam!?

Bolam o‘gitlarlarim ko‘plik qilsa sabr qilgin, malol olma. Yoqmasada buyruqlarim kulib turgin, qovoq solma. Zaiflashdik, injiqlashdik, xoʼp deyishdan bolam tolma. Xayrlashuv chog‘i yaqin eh attang deb soching yulib, barmoqlaring tishlab qolma.

Bolam, mayli bizga dunyoning go‘zal joylarini ko‘rsatma. Bizga har kuni Qur’on ushlaganingni ko‘rsatib quvnatib tur. Mayli bizga bozordagi sara liboslarni sotib olib xursand qilma. Bizga "taqvo libosida" yashayotganingni ko‘rsatib xursand qilib tur.

Mayli bizga kaboblaru osh, qazilar ko‘rsata olma. Lekin bolam, oz bo‘lsada halolga shukronada o‘tayotganingni ko‘rsatib, quvontirib tur.

Mayli bizni haj umraga olib borolma,
lekin bizga besh mahal sajdagohga bosh qo‘yishingni ko‘rsatib, rohatlantirib tur.

Mayli bolam notiq bo‘lib minbarlarda she’rlar ayta odamlarni xursand qilma. Dasturxon atrofida bitta hadis aytib, ko‘zlarimiz quvontirib tur.

Mayli poyimizda tiz cho‘kib hurmatingni izhor etma, lekin bolam, Robbing amri kelganda ruhing va jasading bilan tiz cho‘kib bizlarni quvnatib tur.

Baland uylar qurib bizni to‘rilarga ko‘tarma, mayli, lekin solih amal qilib muhtojlarni hojatida kamtar bo‘lib yurgin bolam. Dunyolarni ko‘p yodlama, Robbingni yod etish bilan bizni quvnatib tur, bolam.

Ota-ona bolasiga ko‘z yosh tilamaslar, lekin bizni tavba ko‘z yoshlaring bilan yayratib tur, bolam.

Bolam, kunlarimiz tugab nafaslarimiz sanog‘liq qoldi, vasiyatim unutma bolam. Alloh rozi bo‘ladigan hayotda Qur’on dasturi ila o‘tsang, sendan mingdan ming roziman bolam.

Allohning ne’matlarini ma’siyatga sarflab o‘tsang, unda sendan bugun pokman bolam. Sening amallaringni va xotimangni mehribon Allohga amonat qildim.

Ko‘zim quvonchi, qalbim shodligi, boshimni tojisan, bolam. O‘tib ketsam qabrim qaysi, unutib qo‘ymagin bolam. Borib turgin, eslab turgin, duolaring ehson bolam.

Bag‘ri kengim, shirin so‘zim, himmatlari osmon bolam. Amal kitobim yopilganda duolaring ila uni ochib turgin. Tirikmisan, bolajonim, shu kun uchun yaxshiliklar sochib turgin.

Uff,- demagin bolajonim, biroz qoldi sabr etgin. Duolarim boshidasan, Firdavslarga ko‘chib ketgin .

Dunyo g‘amin ko‘pin ko‘rdim gul yoshligim so‘lib ketdi. Boru yo‘qqa kichik ko‘nglim qiynalmasdan ko‘nib ketdi. Beldan quvvat, ko‘z nurlarim ado bo‘ldi, so‘nib ketdi. Dunyolarga qiziqishim past tuyg‘ular o‘lib ketdi.

@Mahliyo_Ikrom

1 месяц назад

YAXSHI OTA-ONA QANDAY BO'LISHI KERAK?

Hech o'ylab ko'rganmisiz, sizni yaxshi ota yoki ona ekanlingiz qanday o'lchanadi? Bizda bu farzandingizni qancha kontrol eta olishingiz, qanday qattiq NAZORATda ushlab tura olishingizga qarab baholanadi. Bu bizning o'zbek madaniyatimizda uzoq vaqt davomida shakllangan tushuncha!

Bolalar sizga qanchalik tez quloq soladi/itoat qiladi/bo'ysunadi - mana shu bizning o'lchov mezonimiz.  Bola SIZ bo'lishlarini xohlagan odamga qanchalik tez aylansa siz shuncha yaxshi ota-onasiz. Chunki biz o'zbek ota-onalar boshqa odamlar nima deyishi va nima o'ylashidan qo'rqamiz. Bizning eng katta o'lchov mezonimiz "Odamlar nima deydi?" Ana shunga qarab qaror chiqaramiz.

Misol uchun sizga bitta savol, farzandingiz bilan qilayotgan ishingizning qancha qismi boshqa odamlar buni qanday qabul qilishlari haqidagi tashvishlardan kelib chiqadi? Yoki o'zingiz va bolangizning haqiqiy manfaatlari to'g'risida bosh qotirib turasizmi?

🗣 Axir qo'ni qo'shnilar nima deydi? Mahalla ko'y oldida nima degan odam bo'laman? Men haqimda noto'g'ri o'ylashidan qo'rqamanda ....

Men kanaldagi ba'zi izohlarni o'qib mana shunday fikrlash jamiyatimizda ota-ona munosabatlariga va hayotning barcha sohalariga singib ketganini ko'raman.

Aslida o'zim ham bu bilan chuqur uyg'unlashganman - bunday fikrlashdan qutulish oson emas! Ayniqsa O'zbekistonga borganda.

💭🤔"Odamlar nima deydi?" Ehtimol, hozir siz o'zingizni bolangiz bilan shunday ohangda gaplashganingizni esladingiz. Gapning qisqasi, bunday jamiyatda siz ongsiz ravishda bu tashvishni tinchlantirishga urinasiz va o'zingiz ham chuqur mulohaza etmagan holda atrofingizdagi madaniy yoki ijtimoiy standartlarga muvofiq yashashingiz kerak.

Misol uchun:

✨️ O'zini qandaydir tarzda tutish standardlari (bola kattalar oldida jim gapirmasdan o'tirishi, savol so'ramasligi)

✨️ Muayyan yutuqlar va martaba yo'li ( Falonchini o'g'li shu ishni qilib boyib ketibdi, mansabi ortibdi. Uy solibdi, to'y qilibdi. Sen ham qilib ko'rishing kerak)

✨️ Muayyan tarzda kiyinish (Buni kiyma, sharmanda. Ko'rganlar kiyimi yo'q/kambag'al demaydimi)

✨️ Bolalarning ovozi, fikri va hissiyotlarini bostirish (Gapirma, Sen manqaga kim qo'yibdi, sendan hech kim so'ragani yo'q, yum og'zingni, jim bo'l, ovozingni chiqarma)

✨️ O'zingiz istamagan odam bo'lishga majburlik (menga qolsa qilmas edim lekin odamlar nima deydi, axir shuni qilish kerakda baribir qilmasam bo'lmaydi)

Bu siz buzmoqchi bo'lgan tsikl, to'g'rimi? Men ham siz bilanman va bu juda qiyin lekin MUMKIN. Men mana shunday Qur'oni sunnatda yo'q standardlarga qarshi tura oladigan ota-onalarni qo'llab-quvvatlayman. Bilingki, atrofdan har qancha gap-so'z, to'siqlar bo'lmasin, siz to'g'ri yo'ldasiz!

Nega endi sizni yaxshi yoki yomon ona ekanligingiz atrofdagilarni siz haqingizdagi fikri bilan o'lchanishi kerak? Aslida atrofdagilar yaxshi desa yaxshi, yomon desa yomon bo'lib qolmaymizku?

Bizni o'lchov mezonimiz Qur'on va Sunnat emasmi?

Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bolalar bilan shunday qo‘pol, dag'al, kamsitish, haqoratli, behurmat munosabatda bo'lganmi?

Umuman, yaxshi ota-ona degan tasavvurni payg'ambarlarni va sahobalarni hayot yo'lidan olishimiz kerak emasmi?

Ular bolalarga qanday muomala qilgan ekan? Ovozini chiqarmay, urib, kaltaklab, haqoratlab, kamsitib katta qilganmikan?

Tarbiya degani intizom o'rnatish, intizom degani jazolash deb tushunganmikan?

Bola rivojlanishi haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan g'arb doktorlari, Dr Daniel Siegel, Dr Gabor Mate va o'zimizning Islom dinida farzand tarbiyasi haqida kitoblar yozgan koʻplab Ulamolar  yozadiki, "Bolalar ham erkin shaxs, qul emas. Ma'lum bir chegaralar doirasida o'z fikrlari va o'z tanlovlariga ega bo'lishi kerak"

Biz na g'arbning ilmiy tadqiqotlarga asoslangan bola psixologiyasiga ko'ra va na o'zimizning diniy e'tiqodimizga asoslangan an'analarga ko'ra ish tutamiz. Bizga qullik ma'qul, axir rostan boshqacha yo'l tutsak odamlar nima deydi?

Iroda Ahmed

@Mahliyo_Ikrom

1 месяц назад

Ona farzandini tarbiyalalotganida yoki biror aybi uchun unga tanbeh berayotganida bobo- buvilarning yoki otaning farzandlarni tarafini olib, onani behurmat qilishi onani farzandlar oldidagi obroʻsini, hurmatini toʻkib tashlaydi. Bunday holatda bola ongida "Oyim yomon, u bizni faqat urishadi, hech narsaga ruxsat bermaydi" kabi fikrlar oʻrnadhib qoladi va ular orasida nizolar kelib chiqa boshlaydi.

Shuning uchun nima boʻlganda ham onaning xatosi boʻlsa, buni bolalar yonida emas, alohida gaplashib olish kerak. Shunda ularda qarama-qarshi fikrlar paydo boʻlmaydi.

@Mahliyo_Ikrom

1 месяц назад

Qanday qilib ruhan kuchli inson boʻlish mumkin:

Hech qachon yolgʻizlikdan qoʻrqmang;

Oʻtmishni qoʻyib yuboring, oʻtmishni oʻylashdan foyda yoʻq;

Birinchi muvaffaqiyatsizlikdan keyin taslim boʻlmang, har bir muvaffaqiyatsizlik sizga saboq boʻlsin;

Boshqalarning his tuygʻularini hayotingizga taʼsir qilishiga yoʻl qoʻymang;

Dangasalik qilib, dushanbani kutib vaqtni behudaga sarflamang;

Sizni qoʻlingizda boʻlmagan, siz nazorat qila olmaydigan narsalarga kuch sarflamang. Shunchaki, vaziyatni qabul qiling.

Ayol qizlarga maʼnaviy koʻmak

@Mahliyo_Ikrom

4 месяца назад

"Qattiq yuganlashga hurkovuch otdan ham koʻra nafs muxtojroqdir" degan ekan Hasan Basriy.

Nafsning vasvasasi insonni har kuyga soladi. Uning soʻziga kirgan kishi gunohlar koʻchasiga kirib qoladi. Odamlardagi yutuqlarga, oʻzgarishlarga baxtli oilasiga, toʻkin turmushiga hasad qila boshlaydi. Natijada bundan faqatgina uning oʻzi azob chekadi. "Nega menda shu narsa yoʻq, nega men doim qiynalaman, nega odamlar hamma narsaga osongina erishadi" kabi xayollar uni qiynayveradi. Inson uchun hasaddan zararliroq narsa yoʻq.

Har bir inson bunday vaziyatda oʻzini isloh qilishga, ilm olishga, oʻzida bor narsalarga shukr qilishga harakat qilishi kerak. Hamma inson bir xil yaratilgan. Bir inson erishgan yutuqqa ikkinchi inson ham harakat qilsa albatta erishadi. Uyda oʻtirib olib "Nega unda bor, menda yoʻq" deb ich etini yeb oʻtirishdan foyda yoʻq. Shunday ekan oʻz ustingizda ishlashdan toʻxtamang. Boshqalarga esa hasad qilishni bas qiling. Nafsingizni quliga aylanmang.

@Mahliyo_Ikrom

4 месяца, 1 неделя назад

Sen yoʻlingda toʻgʻri yurgin,
Sen bilan yurmaganlar uyalsin.
Hech kim uchun oʻzgarma,
Shu holingda sevmaganlar uyalsin.

Sen doim rost gapir,
Aldaganlar uyalsin.
Eng goʻzal sevgan sen balki,
Qadringga yetmaganlar uyalsin.

Insafim

@Mahliyo_Ikrom

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 days, 1 hour ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 1 month, 3 weeks ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 6 months ago