Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 6 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Ko'zlaringa boqsam men,
Shoshib yerga qarayman.
Nigohingda sevging yashirin,
Ko'zlaringa sehrlanib qolaman.
Kipriklaring orasida adashib qolsam,
Yoki sochlaringga o'zimni ossam,
Yuragingda bir umr bir o'zim qolsam,
Ko'zlaringga qarab to'ymasdim aslo.
Nigohlari hayolim oldi,
Kulishlari yodimda qoldi.
Yuragimga o'tlarni soldi,
Ko'zlariga oshiq bo'lganman.
Ko'zlaringa boqsam men,
Shoshib yerga qarayman.
Nigohingda sevging yashirin,
Ko'zlaringa sehrlanib qolaman.
So'zlaridan topmadim ishqni,
Ko'zlarida hammasi oshkor.
Axir, shuncha bo'larmi sevgi?
Ko'rmagandim sendayin qizni.
Senga atab she'rlar yozgan men,
Menga qarab bitta kulgan sen.
Hayotimdan o'rin olgan sen,
Nega, seni sevmaslik naqadar qiyin
✍️ Mashrabbek Rakhimjonov
🇺🇿 NamMTI ʼʼMUSHOIRA KLUBIʼʼ
@mushoira_nammti
*🗣*Ovozli chat boshlandi!*☑️*Mavzu: “Nutq kuchi: Nutqni rivojlantirish sirlari”
↪️Loyiha mehmoni: taniqli bloger, “Ibratli vaqt” sahifasi asoschisi Oybek Xolmirzayev
Mavzu yuzasidan savollaringizni kommentda yozib qoldirishingiz mumkin.
Vatan...
*Tim qora kunlarni qoldirib ortda
Oʻtmishda shoʻrolar izi bor Vatan
Shuncha payt kulding iching alamda
Asl kulgan kuning muborak Vatan
Seni deganlarni berding kafanga
Qalbingda ulardan faryod bor Vatan
Bugun seni deya urgan yurakka
Cheksiz imtiyozlar beribsan Vatan
Toʻqlik bor zamonda yashaymiz butkul
Qara u qulupnay pishgan zamonga
Toʻkli sim ichida boʻlibdi kul kul
Oʻz uying tunovchi onang bor Vatan
Endi qaramayman aslo oʻtmishga
Musaffo havoying tinching bor Vatan
Ne yumush aytsang ham menman deguvchi
Andijon tomonda qizing bor Vatan*
📝muallif: Feruza Sodiqova
🇺🇿 NamMTI ʼʼMUSHOIRA KLUBIʼʼ
@mushoira_nammti
Bemor meni yuragim,
Tinchlik bermas bir dard bor,
Dardga malham boʻlguvchi,
Na tabib, na hamdard bor.
Bedor meni yuragim,
Oromini yoʻqotgan.
Muhabbatning nayzasi,
Unga qarab oʻq otgan.
Bozor meni yuragim,
Ishq savdosi kechadi.
Oʻgʻirincha hayollar,
Olislarga uchadi.
Ozor meni yuragim,
Tinchlik bermas tanimga.
Sevgisiga oʻt tushsin
Tegib ketdi jonimga.
Tulpor meni yuragim,
Jilovi yoʻq qoʻlimda,
Oʻn yettiga toʻlgan kun.
Nega chiqdi yoʻlimda.
✍️Islombek Murodillayev
🇺🇿NamMTI ʼʼMUSHOIRA KLUBIʼʼ
Shuni unutma.
Sekin xotirangdan ketarman o‘chib.
Bir kun afsuslardan alamlar yutma.
Bilsang edi hatto o‘zimdan kechib.
Men seni sevardim shuni unutma.
Hozir qaylardasan qay manzil tomon.
Mensiz baxtlimisan tinchmisan omon.
Sensizlik bu azob dil ezar hamon.
Seni sevib o‘tdim shuni unutma.
Kuz kelar poyinga to'shalar xazon.
Hayoling chalkashar jonsarak sarson.
Hashamdor narsalar tuyilar arzon.
Eh unda kech bo‘lar shuni unutma.
Boqmasdan holimga, tinglamay zorim.
Avjiga yetmasdan uzildi torim.
Kurashmay sevginga yolg‘onchi yorim,
Taqdir deb ko'nding jim, shuni unutma.
Kun kelar hayoting so‘ngigacha to.
Tinglaging keladi so‘zimni hatto.
Zor bo‘lib men bosgan izimni hatto,
Izlaysan sog‘inib, shuni unutma.
O‘tkinchi chiroying, sendan ketganda.
Sevgimiz uvoli, xarob etganda.
Men albat chinakam baxtga yetganda,
Baxtga zor bo‘lasan, shuni unutma.
Muallif: Sobitjon Eshtemirov
🇺🇿NamMTI ʼʼMUSHOIRA KLUBIʼʼ
Endi sheʼr yozish ishtiyoqida boʻlgan qizlarga ham jamoamiz bilan yaqindan yordam beramiz.
Bemalol murojaat qilsangiz boʻladi.
Biz sizni jamoamizga qoʻsha olsak eng katta hursandchiligimiz hamda mehnatlarimiz samarasi boʻladi...
Sizda ham shunday ijod namunalari bormi?
🖊Sheʼr yozasizmi?
🖊 Hikoya yozasizmi?
🖊Ifodali sheʼr oʻqiysizmi
🖊Matn oʻqish qobiliyatingiz bormi?
U holda siz oʻz ijod namunalaringizni @zafuremm profiliga yuboring va sizning ijodingizdan butun NamMTI bahra olsin...
#Qaynoqqina YOMGʻIR
*Samo rangga burkangan chogʻi
Zim ziyo bulutlar qoplasa birdan
Tangrim huzuridan yuborgan oni
Yomgʻir yuzlarimni silardi chindan...
Zanjirdan boʻshatdim koʻz yoshlarimni
Yomgʻirla toʻkilsa toʻkilsin illo
Sotmasa qizargan koʻzlarim namni
Yomgʻir quchgan yoshlar aytmaydi aslo
Kel yomgʻir aytaymi senga dogʻimni
Sendan oʻzga dardim oluvchi bormi?
Falakdan yanogʻing oʻpay deb asli,
Hayot argʻumchogʻin uzganing rostmi ?
Dardimni eshitgin mayli sinsang ham,
Falakning gardishi nuri boʻlsang ham,
Mavlo huzuridan kelgan barokat,
Oy yuzli malakning duri boʻlsang ham...
📝muallif:* Feruza Sodiqova.**
🇺🇿NamMTI ʼʼMUSHOIRA KLUBIʼʼ
Namangan
*Tunlar chiroqlarga qadalar nigoh
Demoqda bir quchoq mehrim seniki
Tunlari, kunlari barchasi tanish
Chindan ham bularning bari meniki
Bugun chindan ulgʻayibmanmi
Shu gózal shaharni kezib boryabman
Shu shahar bagʻrida non tuzini yeb
Namanganni sevib boryabman
Shevasi yoqimli,chiqar yurakdan
Sevmaslikni yoq ehtimoli
Lekin qalbni sogʻintiradi
Andijonning Bogʻishamoli
Begona demayman ,yurtimsan mening
Koʻp ógʻil qizlarni bagʻringa terding
Men uchun yoqimli yangi tuygʻular
Bir dunyo ajoyib xotira berding
She'rlarim yaraldi ,yangidan yangi
She'r degan dunyoning dilsorasiman.
Andijondek yurtning dilbandiman lek
Namanganning Anorasiman*
📝muallif:Moʻydinjonova Anora
🇺🇿NamMTI ʼʼMUSHOIRA KLUBIʼʼ
Sizda ham shunday ijod namunalari bormi?
🖊Sheʼr yozasizmi?
🖊 Hikoya yozasizmi?
🖊Ifodali sheʼr oʻqiysizmi
🖊Matn oʻqish qobiliyatingiz bormi?
U holda siz oʻz ijod namunalaringizni @zafuremm profiliga yuboring va sizning ijodingizdan butun NamMTI bahra olsin...
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week, 6 days ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months, 1 week ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago