Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
*⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi*🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️test sinovining yozma qismi — 19–20-oktabr kunlari;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).
🕖 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📁 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
*⚡️ *Rasman: endi kambag‘al oiladan chiqqan talabalar davlat yotoqxonalarida bepul yashaydi
*✅ *Prezident qaroriga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
🤔 2025-yil 1-yanvardan kambag‘al oilalar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
🤔 2025/2026-o‘quv yilidan, kambag‘al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
🤔 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan kambag‘al oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.''
@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
*🚀 Тезкор Тажриба, Чуқур Билим ва Ўзингиз истаган Жойда Иш! 🚀*
🔍 Дастурчи бўлмоқчимисиз, лекин тажриба йўқлиги сабабли компаниялардан рад жавобини оляпсизми? Бу муаммога барҳам бериш вақти келди! Биз, Saidoff akademiyaда, дастурчи бўлишни хоҳлаган ёш ва истеъдодли кадрлар учун фантастик стажировка таклиф этамиз.
👨💻 Мавжуд йўналишлар:
- "Mobil" (Flutter)
- "Frontend" (Vue.js, React.js)
- "Backend" (Java / Python + Django)
- "Grafik va web dizaynerlik"
- "Marketing"
💡 Стажировканинг моҳияти:
- 3 ой, ҳафтада 3 кун амалиёт
- профессионал жамоа билан ишланг
- потенциал иш берувчилар учун жозибали портфолио шакллантиринг!
🏆 Стажировка якунида нима оласиз?
- Ишга киришиш имконияти:
- Кўникмалар:
- Реал лойиҳаларда ишлаш;
- Жамоа билан ҳамкорлик қилиш;
- Портфолио яратиш;
- Тартиб-интизом ва иш маданиятини эгаллаш.
🌟 Талабларимиз:
- Ишда тартибли бўлиш;
- Фаол иштирок этиш;
- Ҳаққоний ва тўғрисўз бўлиш.
🎯 Мақсадимиз: Назарий билимлар билан янглишиб қолмасдан, реал тажриба орқали ишга жойлашишга ёрдам бериш. Фақатгина биринчи қадамга тайёр бўлганлар учун!
☕️ Қулайликлар:
- Шаҳар марказидаги шинам офис;
- Бепул қаҳва ва чой (сутли ва сутсиз);
- Дам олиш хонаси;
- Жамоавий спорт ўйинлари ва тимбилдинглар.
📍 Манзил: Тошкент, Шайхонтоҳур тумани, Самарқанд дарвоза 5-уй.
📌 Мўлжал: Самарқанд дарвоза савдо маркази, Халқлар дўстлиги метро бекати.
📞 Телефон: +998 95 184 03 30, +998 95 185 03 30
📨 Телеграм: @saidofacademy
❇️ Инстаграм: SaidoffAcademy
💼 Келажагингизга ўзгариш киритиш имкониятини бой берманг!
Rasman: 10-kun natijalari e’lon qilindi
✅ 23-iyul kungi kirish test sinovinatijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;
3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:
@e_dtm_mandatbot @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
*❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?*
#abituriyent
✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin.
Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24239
Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz.
2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/19940
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa).
Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
Manba: @Xushnudbek
@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
✅ 20-iyul kungi kirish test sinovinatijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;
3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:
@e_dtm_mandatbot @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
⚡️ Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan
Ayrim telegram kanallarda oʻqishcha kira olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan (super) kontakt asosida oʻqishga kirishi mumkin degan xabar bilan oʻtgan oʻquv yili uchun tasdiqlangan miqdorlar eʼlon qilinmoqda.
OTMlarga kirish imtihonlarida toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori har yili taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bayoni bilan belgilandi. 2024-2025 o‘quv yili uchun miqdorlari hali tasdiqlanmagan va e’lon qilinmagan.
@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
✅6 - kun kirish test sinovi natijalarini quyidagi 3 xil usulda bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan;
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali;
3️⃣ Quyidagi telegram botlardan:
@e_dtm_mandatbot @e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot @e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
@Talaba - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago