Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
Misr xavsizlik organlari tashviqot videosida prez. as-Sisi Suriya prezidenti Bashar al-Assadning ag'darilishi Misr uchun potentsial xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirgani ko‘rsatilgan.
Sisining nutqlaridan parchalar aks ettirilgan video suriyalik isyonchilar 8-dekabr kuni Damashqni egallab, Asad oilasining hukmronligiga barham berganidan so‘ng namoyish etilgan.
Sisi, "Suriya vayron bo'ldi", deya noma'lum kuchlarni Misrda buni takrorlashga harakat qilishda aybladi.
"Ularning Suriyadagi missiyasi tugallandi... Ularning maqsadi Misr davlatini qulatish",- deya ogohlantirdi u.
U Misrni himoya qilishga va'da berdi va "Biz o'z xalqimizni har qanday tahdidlardan himoya qilishdan tortinmaymiz" dedi.
Sisi shuningdek, Misrning global barqarorlikdagi rolini ta’kidlab, “Misr qulab tushsa, butun dunyo bo’ylab xaos tarqaladi”, dedi.
----
Misrda Sisining mutloq diktaturasi kuchayib bormoqda. Fir'avn qissasi va yaqin o'tmishdagi H.Muborakning ayanchli taqdiridan xulosa chiqarmasa ...
Turkiya Suriyaning yangi hukumatiga temir yo'llarni tiklashda yordam beradi, shu tariqa ikki davlatni temir yo'l orqali bog'lanadi va yo'l Damashqqacha yetib keladi.
Shu tariqa Sulton Abdulhamidxon davrida Turkiyadan Saudiyaning Hijoz o'lkasigacha barpo etilgan temir yo'lining bir qismini qayta tiklanadi.
Ahmad Al-Shara (Jo'laniy) ning bobosi bir paytlar Suriya tashqi ishlar vaziri va 12 yil vitse-prezident lavozimida ishlagan Faruk al-Sharaning xolasiga uylangan edi.
Qandaydir ma'noda uning asadlar sulolasiga yaqinligi bor, desak bo'ladi.
Putin:
"Biz Xmeymim bazasidan 4000 eronlik jangchini Tehronga evakuatsiya qildik.
Rossiya Suriyada mag'lub bo'lmadi. Biz Suriyada maqsadimizga erishdik, islom xalifaligini yaratishga yo‘l qo‘ymadik, u yerda hokimiyat tepasiga terrorchilar kelgani yo‘q".
AVVAL SURIYA, ENDI LIVAN, (BU IKKI DAVLAT ISROIL BILAN BEVOSITA CHEGARADOSH) ERDO'G'ANNING MAQSADI NIMA?
Turkiya Prezidenti Erdo'g'an:
"Xalqaro hamjamiyat Isroilga o't ochishni to'xtatish kelishuviga to'liq rioya qilish va Livanda yetkazgan zararni qoplash uchun bosim o'tkazishi kerak.
Livan xalqining birligi va ichki tinchligiga hissa qo‘shishda davom etamiz. Biz Livan barqarorligiga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshimiz.
Suriyada yangi davr boshlandi. Biz Suriyaning ikki qo‘shnisi sifatida Livan bilan birgalikda harakat qilishimiz kerak".
Livan Bosh vaziri Mikati:
"Biz avval Allohga, keyin Turkiyaga tavakkal qilishimiz kerakligini angladik".
Isroil tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sharren Xaskel "Hayat Tahrir ash-Shom" haqida:
"Suriyaning yangi rahbarlari qo‘y terisidagi bo‘rilar bo‘lib, radikal islomchilar emasligiga ishontirishga urinmoqda.
Sh.Xaskel Bloomberg telekanaliga bergan intervyusida: "Aslida terrorchi bo'lgan guruhlarning ko'plab intervyulariga aldanmadik" dedi.
"Biz ular nima deyayotganidan yaxshi xabardormiz", dedi u. "Ammo haqiqat shundaki, biz ularning harakatlarini ko'rib chiqamiz va bu bizning qanday munosabatda bo'lishimizni belgilaydi. Biz chiroyli gaplarga aldanmaymiz”. Xaskelning aytishicha, Isroil HAMAS bilan qilgan xatosini takrorlamaydi.
-----
HTSh Asadni hokimiyatdan ag'darganidan beri Isroil o'zining shimoli-sharqiy chegarasi va Suriya o'rtasidagi bufer zonadagi bir necha qishloq va strategik ob'ektlarni ishg'ol qildi.
AQSh Davlat kotibi Blinken Turkiyada ...
Inankeyinchi: Janob Erdo'g'an uni prezident qarorgohida emas, Esanbog'a aeroportidagi "Faxrlanish" zalida qabul qilibdi.
Inankeyinchi: PKK (kurdlar) AQSh va Isroilga yolvorib hoki-poyingizni o'pay deb yotganmish.
Inankeyinchi: ... ... ...
KURDLAR VADIYSI (FINAL).
AQSh Davlat kotibi Blinken Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan Anqarada Suriya bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Mishmishlarga ko'ra, PKK (SDF kurdlar) Suriyaning yangi hukumati bayrog'ini Furot daryosining sharqidagi Kurd Muxtoriyati ma'muriyatining barcha muassasalarida ko'tarishga rozi bo'ldi.
Kelishilgan shartlar keyinroq e'lon qilinadi.
AQSh Markaziy qo'mondonligi qo'mondoni general Maykl Kurilla bugun Suriyadagi bazalarni ziyorat qildi va PKK a'zolari bilan uchrashdi.
PKK ni AQSh jiddiy ravishda qo'llab keladi. Suriyaning eng neftga boy hududlari bugungi kunda PKK nazorati ostida.
Iroq shia bo'linmalari Suriya chegaralariga joylashmoqda. Ularning Suriya urushiga qo'shilish ehtimoli ham yo'q emas.
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 4 days, 1 hour ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 4 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago