Unlock a World of Free Content: Books, Music, Videos & More Await!

Seb's

Description
I wish I found some better sounds no one's ever heard...
Advertising
We recommend to visit

Актуальні новини тут і зараз. Мене звуть Сергій Мілер. Стаж в галузі права 10 років.
Онлайн допомога по всій Україні.

Реклама в каналі @PromotionAdvokatMillerBot
Посилання для друзів: https://t.me/+YTGTWT9qNIxhNjMy

Сайт https://advokatmiller.com.

Last updated 6 days, 7 hours ago

Last updated 3 months, 1 week ago

Український канал з музикою #2 в Україні 🇺🇦

💿 Українські ремікси 💿

А також новинки музики з тіктоку 😍
та весільні пісні які завжди радують 🔥

З приводу реклами: @Nik4658 @LeVkiS

Реклама: @adsell
На біржі: adsell.me/r/7MGpI6

2 weeks, 6 days ago

Agar kimdir muvaffaqiyyati tomon, lavozim tomon, boylik tomon qattiq mehnat qilib intilsa bu ajoyib to'g'rimi? Ha, toki uning yo'li sizniki bilan kesishmaguncha. Succession- #drama #hbo #serial #tavsiya Avval boshda ozgina syujet haqida: Milliarder Logan…

2 weeks, 6 days ago
2 weeks, 6 days ago

Agar kimdir muvaffaqiyyati tomon, lavozim tomon, boylik tomon qattiq mehnat qilib intilsa bu ajoyib to'g'rimi? Ha, toki uning yo'li sizniki bilan kesishmaguncha.

Succession-
#drama #hbo #serial #tavsiya

Avval boshda ozgina syujet haqida: Milliarder Logan Royning kursisiga u qarib qolgandan so'ng (hech bo'lmasa yosh jihatdan) kim unga asosiy nomzod bo'lishi qiziq hammaga. Uning farzandlari bu joy uchun qattiq kurashmoqda, lekin qariya hali u yerdan tushmoqchi emas, o'rniga kimni tayinlashi esa umuman aniq emas. Sizni qiziqtirgan holda shuni ayta olamanki, bu masalani siz serialning so'ngigacha aniq bila olmaysiz, hamda yakun siz uchun kutilmagan bo'ladi katta ehtimol.

Serialni tomosha qilish davomida aniq sizdagi eng hayajonli ish bu boyvachchalarning hayoti, turmush tarzi bilan tanishish bo'ladi. 39 soatlik shohona hayot, shohona muammolar, hamda shedevral serial sizni kutmoqda. Ishontirib aytamanki bu serial sizning yuqori reytinglaringizdan o'rin olishi aniq. Mavsumdan mavsumga yaxshilanib borib, oxirgi yillarda eng ko'p mukofotlarni supurib olayotgan serial bo'lgani bejiz emas har xolda. Serialning reytingi ko'tarilib borgani haqiqatan o'ta noodatiy hol, chunki bilasiz juda ko'p hollarda seriallar mavsumdan mavsumga reytinglarini saqlab qolishadi, ko'pincha ozginadan tushish bo'ladi. 4-mavsum 3-qism 36mingdan oshiq ovoz bilan 9.9 ball olgan, telba bo'lish hech gap emas.

Yana bir siz uchun ta'sirli jihati (buni shundog'am bilarsiz ehtimol), katta mablag'ga ega chiqish, uni saqlab qolish teng kuchli hatto ikkinchisi qiyinroq ham ekani. Muvaffaqiyatli bo'lish uchun shunchaki boy bo'lib tug'ilish ham yetarli emasligi, ular ham borini berib harakat qilishi kerakligini uqtiradi sizga serial. Inson deb ataluvchi maxluq o'z xudbinligi sababli, boylik sababli nimalarni qurbon qila oladi? Bitta ajoyib tomoni, agar kimdir muvaffaqiyyati tomon, lavozim tomon, boylik tomon qattiq mehnat qilib intilsa bu ajoyib to'g'rimi? Ha, toki uning yo'li sizniki bilan kesishmaguncha. Real hayotku bu, asli haqiqat degan narsa yo'q. Falsafiy olib qaralganda, haqiqat bu nisbiy tushuncha, kimnidir haqiqati, kimgadur adolatsizlik, kim uchundir yolg'on.
Bir narsa aniq, kimningdir g'alabasi boshqa insonning mag'lubiyati ustiga qurilishga majbur.

Serial eng boshidan oxirgi daqiqalarigacha drama. Faqat sizdan bitta iltimos, agar serialni boshlagan bo'lsangiz, va uni tugating, sababi oxirgi mavsum(lar)da siz o'ylagan hayotdan ham yangicha, siz kutgan voqealardan ham boshqacha narsalarni olasiz, yetarlicha ko'p. "Ozuqa zanjir"imizning eng tepasidagilarning hayoti zerikarli emasligi aniqku axir. Hech bo'lmasa bu osmono'par reytinglar qaydan kelganini bilish uchun ham tugatib qo'ying.

Mayli chuqur kirmaylik, bu kostyumli drama haqiqatan sizni pulning qudrati haqida o'ylashga majbur qiladi. Ular boylik bilan nimalarni boshqaradi bu uncha aniq emasku, lekin unga ozgina aqlni ham qo'shsa unda bu cheksiz kuch degani. Siyosat-u iqtisodni, parlamentdan tortib mamlakatni boshigacha tishi o'tadigan serialdagi qahramonimiz bunga misoldir.

Sizni oldinda juda ham sifatli ijodkorlik ishi, aktyorlik ijrosi kutib turibdi xullas, yana operatorlik ishidagi ba'zi takrorlanmas kadrlar, hamda katta extimol seriallar ichidagi birinchi raqamli intro musiqa haqiqiy bonus.

2 months, 3 weeks ago

https://youtu.be/LrIRuqr_Ozg?si=eUv_yxAto9bwG_Ku Mana shu videoni ishlagan bratlar Love death and robots da ishlagan bo'sa kerak )

2 months, 3 weeks ago
2 months, 4 weeks ago

-Bu boshqacha muhabbat. Otaning sevgisi. Turmush o'rtog'ini yo'qotgan odam beva, ota-onasini yo'qotgan bola yetim bo'ladi. Ammo bolasidan ayrilish... buni baholaydigan so'z yo'q. Bo'lmasligiyam kerak.

Demolition

3 months ago

Чёрный ящик-

#tavsiya #detektiv #triller

Hayotimiz qanchalik zamonaviylashib, texnikalar qanchalik rivojlanib borgani bilan bari bir hech narsa mutloq kafolat emas.
Bizning qahramonimiz avvalo uchuvchi bo'lishni istagan, ammo ko'rishdagi nuqsoni sababli bunaqa bo'lmadi. U hozir akustik. Uning ishi qanchalik muhimligini tushuntirib ko'raman hozir: Samolyotlar balandlikdan baxtsiz hodisa tufayli qulaganda, yerga juda katta tezlikda uriladi (hamma uchuvchiyam Denzel Vashington emasku to'g'rimi) deyarli hech nima omon qolmaydi. Shunday paytlarda samolyotlarga maxsus zarbaga chidamli sharoitda qora quti ichida ovoz yozgich o'rnatiladi. Qahramonimiz undagi yozuvlarni eshitadi (ovoz sifatiga qulayotganda shovqinlar ta'sir qilishi mumkin). Navbatdagi bitta samalyotdagi baxtsiz hodisa bu safar g'alati bo'ldi, hammasi odatdagiday emas, aksiga olib qahramonimizning yelkasida qolib ketdi u yerda asli nima bo'lgani.

Yaxshi, chiroyli ishlangan film ekan. Aniqki tovushlar bilan zo'r ishlangan. Va aytishim kerakki dublyaj ham o'ta zo'r chiqqan. Kechki tomosha uchun ideal tanlov.

3 months ago

Falsafa fanida eng murakkab obekt inson hisoblanadi (prosta chiroyli boshlash uchun aytyabman, 100%mas). Unga bir qancha olimlar (falsafashunoslar) har xilcha ta'rif bergan, hammasi ta'riflashlarini tushuntirib bergan, va ularning hamma ta'rifi to'g'ri deb qabul qilinadi. Qadim davrlardan hozirgi zamonaviy hayotimizgacha uning tabiatini butkul tushuntirib beradigan donishmand topilmagan (menimcha). Bugungi ko'rgan filmim meni shunga o'xshash savollarga yetakladi.

Irreversible- Gaspar Noe ning ushbu filmi har qanday insonga o'zini chuqur ta'sirini o'tkazishi tabiiy. Bitta tanaga xilma-xil narsalar yashirib turgan mavjudotlar. Film voqealar xtonologiyasi, uning tartibi undagi voqealarda o'zi nima haqida gap ketayotganiga ko'proq vaqt sarflashga to'g'ri keldi, bunda operatorning qilig'iyam sababchi, "dogma 95" tipidagi filmmi deb ham o'ylab boshlovdim. Bunaqa filmlarda o'zi kim nima demoqchiligini tushunguncha film yakuniga yetib qoladi odatda. U yoqda titrlar tugaydi, soatlar o'tadi, kino tugaydi siz esa o'zingiz bilan o'tiraverasiz nima edi o'zi bu deb. Shunaqada ishqilib.

Oxirida Chip Tylor aytganday "F*ck all those perfect people" deb tugatmoqchiydim, bu kinodan keyin provakatsiya bo'masmikan deb o'ylab qoldim.

Filmni ko'rish hammani o'zini qo'lida, tavsiya qilish ham g'alati filmlardan ekan. Oxirgi marta Aranofskiyni "mother" ini ko'rgandim shunaqaroq.

3 months, 1 week ago

Fevralni 11 kunida hali birontayam kino (yangi) ko'rmabman o'ylab qarasam. Shu xayol bilan bugun Irreversible ni ko'rdim. Endi qogan kunidayam ko'rmaymanov :)

3 months, 1 week ago

Bugun:
Jo Peshi, Roza Lesli, Maykl.B Jordan, Tom Hiddlston larning ham tug'ilgan kuni ekan agarda :)

We recommend to visit

Актуальні новини тут і зараз. Мене звуть Сергій Мілер. Стаж в галузі права 10 років.
Онлайн допомога по всій Україні.

Реклама в каналі @PromotionAdvokatMillerBot
Посилання для друзів: https://t.me/+YTGTWT9qNIxhNjMy

Сайт https://advokatmiller.com.

Last updated 6 days, 7 hours ago

Last updated 3 months, 1 week ago

Український канал з музикою #2 в Україні 🇺🇦

💿 Українські ремікси 💿

А також новинки музики з тіктоку 😍
та весільні пісні які завжди радують 🔥

З приводу реклами: @Nik4658 @LeVkiS

Реклама: @adsell
На біржі: adsell.me/r/7MGpI6