Seb's

Description
Welcome to Seb's:

Podval - @Omadsizlarklubi

Letterboxd: https://boxd.it/b7sBN
Advertising
We recommend to visit

Український канал з музикою #2 в Україні 🇺🇦

💿 Українські ремікси 💿

А також новинки музики з тіктоку 😍
та весільні пісні які завжди радують 🔥

З приводу реклами: @Nik4658 @LeVkiS

Реклама: @adsell
На біржі: adsell.me/r/7MGpI6

Допомога в пошуку зниклих безвісти та полонених

‼️Я ніяк не впливаю на обміни і не допомагаю у визволенні ‼️

Хочеш додатися до чату спілкування ?
Треба щоб видно було що ти з України/за Україну 🇺🇦‼️

‼️ВСЯ ДОПОМОГА БЕЗКОШТОВНА ‼️

Видео-новости Таджикистана

Присылайте новости тут👇

@Parviztvnewsbot_bot

1 month, 1 week ago

Triologiyaga aylangan "san'at"

Terrifier -

O'zini "Art of the clown" deya tanituvchi bir manyakning Halloween paytidagi sarguzashtlari haqidagi slasher.

Eng boshida kichik bir qisqa metrajli loyihasini ommaga taqdim etgan Damien Leon bu loyihani to'liq filmga aylantirish uchun qiziqqan homiylarni topishga erishdi. So'ngra film dastlab 2016-yil ommaga taqdim etildi. Ammo aytib o'tish kerakki bu film hozirgi darajadagi mashhurligiga o'sha paytda erishmadi, ko'pchilikka unchalik manzur kelmagandi bu film IMDb reyting ham 5.6. Aynan men uchun ham shunday, filmning ssenariysida bo'shliqlar borday, qahramonlar xuddi gungday harakat qilgan, filmning o'zi esa naqd 1,5 soatlik berkinmachoqqa aylanganday tuyulgandi menga. Xullas yaxshi bir plot bilan filmning baxti ochilib ketadiganday tuyuldi. Albatta bu filmning horror ishqibozlariga yoqqan tomoni undagi o'ta daxshatli sahnalar edi.

Oradan vaqt o'tib, menimcha yangi filmni moliyalashtirishga homiy topilishi qiyin kechgan, 2022-yil filmning keyingi qismi ekranlarga chiqdi. Hamda kutilmagan, ha kutilmagan joyda film o'zi uchun yaxshi kassaga erishib, omma orasida tilga tushib mashhurlashdi. Reyting ham o'sdi biroz: IMDb 6.1. Buning uchun sabab rejissyor o'tgan qismni yetarlicha daxshatli chiqmagan deya hisoblagani, hamda inson ko'rishi deyarli imkonsiz (keling to'g'rilab ketay, ikkinchi marta ko'rishi imkonsiz) bo'lgan, daxshatli, jirkanchli, qonga to'la sikvelni suratga oldi. Normal inson buni 15daqiqasidan ortig'ini ko'rolmasdi, lekin ijodkorlar filmni 2soat davomiylikda olishga qaror qilishdi.

Endi men o'zimning xulosamni aytsam, filmning dastlabki ikki qismi meni umuman qanoatlantirmadi. Men ikkinchi qismdan o'tkirroq syujet kutgandim, o'tkirroq qon emas. Yana balki qahramon uchun yaxshiroq qilib background berib bizni u bilan tanishtirish kerak edi-mi balki. Filmni sun'iy ravishda cho'zib, ba'zi voqealarni o'ta oshirib yuborishgan. Dekoratsiyalarni tushunsa bo'lar: kichik byudjet deya, lekin qolganini eplash mumkin ediku. Men shaxsan o'zim hali uchinchi qismni ko'rmadim, lekin undan ham bir nimadir yangilik kutmayapman.

Albatta ikkinchi qismning muvaffaqiyatidan so'ng uchinchi qismni moliyalashtirish, piar qilish kabilardan muammo qolmagan edi, o'ziga yarasha film fan baza ham to'plagandir. Hozircha kinoteatrlarga chiqqaniga bir necha kun bo'lgan filmning metascore hamda IMDb dagi reytinglari yaxshi turibdi, mayli men chin ko'ngildan xohlayman ijodkorlar chin dildan mehnat qilib yaxshi film suratga olib meni uyaltirib qo'yishlarini, o'shanda uzr ham so'rayman sizlardan, lekin buning imkoniyatlari past. Xullas, men bu triologiyani sizlarga ko'rishni tavsiya qilmayman, ko'rib qo'yishingiz mumkin albatta siz horror fanati bo'lsangiz, lekin ishoning ko'rmasangiz ham hech narsa yo'qotmaysiz. Umumiy xulosa qilib esa birinchi film balki yaxshiroq chiqqandir hammasidan ko'ra deb aytib o'tiribman endi o'zimga.

Aytgancha filmni ko'rganlarni aytishicha, ehtimol 4-filmga ham potensial bormish, kim bilsin.

Seb's

1 month, 2 weeks ago

O'z nomini oqlab kelayotgan "Imillagan otlar".

Slow horses -
#tavsiya #komediya #josus #serial #Appletv+

"Imillagan otlar" deb nom olgan bu tashkilot MI5 ning qaramog'ida. Bu guruh, yoki ular ishlaydigan joy: 'slough house' bu odatda nimadir ishni bajara olmay qovun tushurib qo'yganlarni uloqtiradigan bo'linma. U yerda ishlaydiganlarning qandaydir kamchiligi kuzatilgan o'tmishda shu sababdan ham ular shu yerda. Ma'lum bir kattaroq imkon paydo bo'lishi bilan ular harakatni boshlashadi, balki MI5 ga qaytib borishni ilojini qilarman shu ishni boplasam degan o'yda.

Josuslar haqidagi nimadirni kuzatish doim qiziq ish bo'lga, serialmi, kinomi, yo hujjatli filmmi farqi yo'q. Doim odamlarda qiziqish uyg'otish mumkin ular bilan. Bizning serialimiz ham so'nggi yillardagi josuslar haqidagi eng yaxshi loyihalardan bo'lib turibdi. Aslida kitobning adaptetsiyasi hisoblangan bu serialning yaxshi chiqishida bir detalning ahamiyati beqiyos: uning britanlar tomonidan ishlanganida. Serialni tomosha qilayotganingizda deyarli naqd hidi kelib turadi undan britancha yumorning, demakki komediya muxlislariga haqiqiy sovg'a bu serial.

Serialdagi bosh qahramonlardan biri, tashkilot rahbari Jackson Lamb obrazini Gary Oldman o'ta namunali tarzda ijro etgan, uning kinoyali hazillari sizning yuragingiz to'ridan joy olishi aniq. Hech bo'lmasa u uchun ham ko'rishga arziydi serial. Qahramonning biroz sinik, egoistroq va shu paytda boshqalarga buni aniq aytmasa ham odamlari haqida qayg'uradigan obrazi Oldmanga juda mos tushgan.

Yana serialning yaxshi tomonlaridan biri undagi yuqori tempda, bemalol ichiga kirib ketib uning bir yoki bir nechta mavsumini uzluksiz tomosha qilib yuborishingiz mumkin. Serialning o'zi ham muxlislarini uncha ko'p kuttirmasligi ajoyib hol, tezlik va sifatni uyg'unlashtira olishmoqda hozirgi paytda ular, 2022-yildan beri 4ta mavsumi efirga chiqdi (2023-yil ikkita mavsumni chiqarishgan, shunchaki daxshat), 4-mavsumning so'nggi qismi chiqqaniga esa hali bir necha kun bo'ldi xolos, shu sabab sizga bu serialni issig'ida yetkazishni xohladim. Va uning xursand qiladigan tomoni, ijodkorlar uning beshinchi mavsumini ham ekran yuzini ko'rishini tasdiqlashdi.

Serialning menga yoqadigan tomoni mavsumdan mavsumga darajasi ko'tarilib borishi. Dastlabki ikki mavsumdan so'ng IMDb da 7.7 balni olgan serial mana hozir to'rtta mavsumdan keyin 8.2 reyting bilan baholanib turibdi. Uning uchun yozilgan judayam puxta ssenariy bunga asos bo'lib bermoqda desam adashmayman, masalan shu yilgi yaqinda topshirilgan Emmy mukofotiga eng yaxshi ssenariy (komediya yo'nalishida) aynan shu serialning ssenaristlari loyiq ko'rildi. O'zi kinomanlarni yaxshi yozilgan ssenariydan ham ko'ra o'ziga jalb qiladigan narsalarni topish qiyin.

Shuncha maqtaganimdan keyin qaydan ko'ramiz deb so'rab keluvchilar uchun (ingliz tilida)

Seb's

1 month, 2 weeks ago

Horror laqabli Triller:

Angel Heart -
#tavsiya #horror #triller #AlanParker

Harry Angel kichik xususiy detektiv. U o'zi odatda mayda-chuyda ishlarni olib yurgan odam bo'lsada uning bu safargi mijozi Louis Cypher unga jiddiy bir murojat bilan keldi, murojat juda jo'n edi boshida, Johnny Favourite ismli qo'shiqchini topish, tirikmi u yo o'lik? Detektivimiz ishga sho'ng'igan payti sezdiki bu ish ko'ringanidan qiyin, balki uning qarichidan kattaroqdir?

Film o'zida bir qancha janrlarni mujassam etadi, garchi ular bir-biriga zid janrlar bo'lmasada menimcha bir film uchun sal ko'p, masalan bular detektiv, triller, psixologik horror, mystery yana bir nimalar. Lekin bulardan filmga eng mos keluvchilari bular triller hamda horror deb belgilangan. Odatda bunaqa janrlardan miks jamlanma qilmoqchi bo'lganlarning ishlari o'xshamaydi, lekin bizning filmimiz buni uddalagan. O'zi rejissyor Alan Parkerning boshqa filmlariga ham bir qur nazar solib chiqsangiz bu uning ishlarida dastxatdek turadigan janr ekanini payqay olasiz.

Albatta bu horror bo'lib sizni o'tirgan joyingizda bir sakrab tushishga majburlamaydi, ko'proq filmdagi o'ziga xos atmosfera, saspensga moyil atmosfera bunday nomlanishiga sababchi. Keling umumiy qaraylik, bitta xususiy detektivni yollab, kimnidir topmoqchi bo'lganlar haqida filmlar kammi? Bizning filmimiz ulardan farqlimi? Ha albatta farqli, bizning filmimizda voqealar rivoji, tezlik, temp yaxshigina yuqori darajada. Aynan shu sabab bo'lishi mumkin bu filmni ko'rishingizga. Yana bir tomonini aytaman, bu filmni erotik-triller deb ham hisoblashingiz mumkin, hamda u kinopoiskdagi shu kabi ro'yxatda birinchi o'rinda turarkan. O'zi umuman filmni ko'rishimga sabab ham uning kinopoisk platformasida oldimdan chiqib qolgani (rus, ingliz tili + subtitrlarida ko'rishingiz mumkin).

Aktyorlarning ijrosi ham yaxshi chiqqan, ayniqsa men soqol qo'ygan De Nironi bu filmda birinchi marta ko'rdim. Bundan oldin ham De Nironing "Taxi Driver" filmi haqida yozgandim uning ijrosini yana bir bor ko'rmoqchi bo'lsangiz (lekin bu safar ikkinchi plandagi aktyor sifatida) bu yaxshi sabab bo'lishi mumkin. O'zi umuman men film yakunini topdim deb o'tirgandim oxirigacha, lekin oxirida men o'zim kutmagan yakun oldim, shunday ekan agar kutilmagan yakunga qiziqsangiz demak bu filmni ham ko'rib qo'yish zarar etmaydi.

Seb's

4 months, 1 week ago

Dogma 95 -

Oxirgi filmimdan keyin o'zim Lars von Trierni yaxshiroq tushunish uchun uning ba'zi suratga olish uslublari, o'zi qanaqa rejissyor ekani haqida o'rganmoqchi bo'ldim, albatta eng qiziq ish bu haqda dastlab bugungi mavzu. Buguncha Dogma95 haqida eng boshlang'ich tushunchalarni, o'zi nima ekanini o'rganishga harakatni boshlaymiz.

Dogma 95 — bu film yaratishdagi maxsus yo'nalish bo'lib, Lars von Trier hamda Tomas Vinterberglar tomonidan taqdim etilgan. Ushbu ikkala rejissyor tomonidan taqdim etilgan manifestda aynan nima shartlarni bajargan filmlar "Dogma-95"ga kirishini kelishilgan (meni tushunishim bo'yicha). Ulardan ba'zilarini keltiraman:
? Suratga olish ma'lum bir joylashuvda olinishi kerak (yashil parda ortida emas). Agar ma'lum qo'shimcha elementlar kerak bo'lsa, ushbu elementlar topiladigan boshqa joy topilishi kerak.
? Agar suratga olinayotgan paytda musiqa bo'lmasa qo'shimcha tovush musiqa qo'shilmasligi kerak.
? Kamera doim qo'lda tutilishi kerak. Har qanday harakatlar "qo'l mehnati" yordamida olinishi kerak.
? Film rangli bo'lishi kerak. Maxsus yorug'liklar aralashmasligi kerak.
? Optikaviy "manyovr" va filtrlar taqiqlanishi kerak.
? Filmni akademik 35mm lik plyonkaga yozilishi kerak. va hokazo.

Ya'ni qisqacha siz qo'shimcha musiqa, yorug'lik qo'sha olmaysiz. Kamera uchun maxsus kranlarni harakatlantirib olish mumkin emas, filtrlar ham mumkin emas shuningdek. Taxminan, shoshilinch reportajni boshlab qolgan jurnalistni, uning kamerachisi ham (shoshib qolib) qanday olsa, shuningdek chiqishi kerak (qo'pol tushuntirganda albatta). Bu aqllilar sizning filmingizni ushbu kategoriyalarga tekshirib keyin sizga maxsus sertifikatni berishsa o'shanda film Dogma95 deya tan olinadi. Aks holda yo'q.

? Ilk Dogma95 bu Daniyada ishlangan Vinterbergning "Festen"(the Celebration) filmi hisoblanadi
? Yevropadagi ilk Dogma 95 esa Jean-Mark Barrning "Lovers" filmi hisoblanadi
? Amerikadagi ilk Dogma 95 Harmony Karine ning "Julian Donkey-Boy" filmi
? Osiyodagisi esa Daniel H. Byun ning "Interview" (shu filmni topa olmadim lekin)
? Va nihoyat Lotin Amerikasidagi ilk Dogma 95 esa Jose Luis Marques ning "F#ckland" filmidir.

Ilk bor Lars von Trier bu stilda triologiya yaratishga harakat qilgan. Bu uning "Oltin yurak" triologiyasidir. Ushbu triologiya o'z ichiga "Breaking the waves", "The Idiots", "Dancer in the dark" filmlarni oladi. Ammo bu filmlarni ichida faqatgina "The Idiots" Dogma 95 deya hisobga olingan, qolganlari esa yo'q.

Umuman bu uslub nega kerak, nimaga kiritishgan uni, nimaga bu o'ziga xos moda bo'lib ko'pchilik film olib ko'rgan?
Albatta 4k sifat bermaydigan, qo'lda qiyshayib qolgan kameralar unchalik yoqimli hol emas. Ammo ijodkorlarning asosiy maqsadi bu tomoshabinni ortiqcha e'tiborni chalg'itadigan narsalarini kamaytirishdan iboratdir. Ya'ni bunda hamma ijodkorlar fokusini aktyorlar ijrosiga hamda skriptga (ssenariyga) qaratishi, uning sifatini oshirishi kerak. Lekin bu doim ham o'z ishini bajaradimi yoki yo'q buni tomoshadan keyin o'zingiz aytasiz.

4 months, 2 weeks ago

"Ko'rish uchun sizga ko'zlar kerak emas"

Dancer in the dark-
#drama #musiqa #trier #tavsiya

Selma Jezkova asli Chexoslavakiyalik AQSh da o'g'li bilan yashovchi muhojir. U fabrikada ishlaydi, musiqani (myuzikl) yaxshi ko'radi- u myuzikllarni hech qachon yomon ish bo'lmaydigan yagona joy deb biladi. Tabiatan juda odobli, xushchaqchaq, samimiy ayol. Faqat uning ko'zi ko'r bo'lib borayapti.

Filmda bosh ro'lni (Selmani) xonanda Bjork o'ynagan. Rejissyor Lars Von Trier uni ushbu bosh ro'lni o'ynashga ko'ndirishiga bir yildan ortiq vaqt ketgan. Endi filmni tomosha qilib rostdan Bjork bu ro'lni qoyillatib o'ynaganini aytish mumkin. U ushbu ijrosi uchun Kann festivalida mukofotlangan bo'lsa, oltin Globusga nominatsiyaga qo'yilgan. A Trier bo'lsa Kannda bosh sovringa ega chiqqan.

Albatta film rejissyorining nomiyoq sizni oldinda mazza qilib tomosha qilmaydigan film kutayotganiga ishora beradi, lekin bir boshtlab qo'ydingizmi tugatmoq joiz. Film davomida sizni ma'lum hislar chulg'ab oladi, sekin-sekin, film davomida kelib, egallab oladi sizni: Alam, g'azab, achinish, yig'i, afsus. Hikoyachi sifatida tanlangan qahramonimiz Selma sizni bunga majbur qiladi. Filmlarni har zamonda, mazza qilib dam olish uchun ko'rsangiz unda bu film siz uchun emas. O'zi umuman Lars Von Trierday provakatorlarning kinosini nima uchun ko'ramiz? Anig'ini bilmadim, balkim ular "hayot beshavqat" degan tushunchani bizga singdirishga uringani uchundir. Balkida esa ularning filmlari bizni "Inson" so'zi haqida ba'zi savollarni o'zimizdan so'rashga majbur qilganidandir.

Quyidagi fikrlarni film tomoshasidan so'ng o'qish tavsiya qilinadi.

Film qahramonining musiqaga, kuylashga mehri o'zgacha ekanligi, uning doim samimiy bo'lib kameraga qarashi filmdagi dramani darajasini juda yuqoriga olib chiqqan. Aynan uning beg'ubor nigohidan turib olamga bir necha bor boqish imkoniga ega bo'lganimiz katta baxtday tuyiladi menga. Film davomidagi eng qayg'uli holatlarda, odamlarning unga rahmi kelib qaraganda ham kulgu bilan javob bera oladigan odam haqidagi daxshatli hikoyani yaratgan rejissyor. Aynan bosh qahramonni biz film davomida har xil ro'llarda ko'ramiz, masalan:
1. Ona qiyofasi- u o'z bolasining ko'zlarini asrab qolish uchun o'zining hayotidan kechish uchun tayyor-tom ma'noda. U hayotdagi barcha quvonchi, yemagi, rohatini bolasi uchun sarflaydigan ona qiyofasida gavdalamadi bizga.
2. Do'st- u o'ziga begona fabrika ishchilari, AQShga kelib tanishgan uyida ijarada turadigan ofitser oilasi, o'zi borib raqsni mashq qiladigan sheriklari umuman oldidan chiqishi mumkin bo'lgan hamma bilan do'stona gaplashadi, u hammaga bir xilda do'st, ularni eng og'ir vaziyatda ham tashlab ketmaydi: "Mum's word right?"
3. Raqqosa va qo'shiqchi- u har qachon, har qaysi vaziyatda kuylash uchun, raqs tushish uchun energiya topa oladi, yo'q, to'g'rilaydigan bo'lsam, u har qachon bu ishlardan energiya oladi. Uning baxtli bo'lishi uchun orkestr shart emas, shunchaki fabrika shovqini ham yetadi- baxti oddiylikda uning. Dunyoni shunday nigohlarda ko'radi u.
4. Kuchli ayol- u jangchi, hayotdagi o'zining taqdirida duch kelgan sinovlarni kulib yengadigan jangchi. Ko'zlari qorong'ulashib ketayotgan bo'lsada, dunyoni rangdor tassavur qiladigan, kerak paytda o'zi unga yorqinlik ulashadigan jangchi. Ichidagi bor alamini kulgu ortiga yashira oladigan jangchi. Shunaqa kuchli inson u.

Bir vaqtning o'zida, bitta ekranda kulrang hamda rangli Olamni bizga ko'rsatib bergani uchun Von Trierga rahmat.

4 months, 3 weeks ago

Bir rohib aytgandi menga: Qachonki narsalarni so'zlash juda ham xavfli bo'ib ketganda, kuyla!

Elvis (2022)-
#drama #musiqa #tavsiya #biografiya

Rock'n'roll qiroli Elvis Presleyning biografiyasi haqida hikoya qiluvchi film. Filmning xronologiyasiga juda chuqur to'xtalib o'tishni lozim deb o'ylamayman, whu sababli birdan uning yoqqan va yoqmagan tomonlarini sanab o'ta qolaman.

Avvalo filmda Elvisning ro'lini ijro etgan Austin Butler (Ostin Batler) ning super ijrosini e'tirof etmasdan ilojimiz yo'q. Uning Elvisga bo'lgan transformatsiyasi ajoyib chiqqan. Va men uning bu ijrosi haqiqatan ham katta sovrinlarga loyiq deb o'ylayman. U ushbu ijrosi uchun Oltin Globusni yutgan, oskarda esa faqat nominatsiya bilan cheklangan (The Whale dagi ijro uchun Brandon Fraser ga yutqazgan. Brandonning ijrosini ham ko'rganman va menimcha ham u oskarga ko'proq loyiq edi, yanayam aytish qiyin). Filmdagi kostyumlar, dekoratsiyalar, makiyajlar kabi ishlar oldida qutqargan inson aynan Austin hisoblanadi.

Nega aynan qutqargan deyapman? Shuni izohlab ketay, masalan men filmni tomosha qilishdab 48 soat oldin ham Elvisning bironta qo'shig'ini eshitmagan, uni yaxshi bilmaydigan odam edim. 2,5 soatlik biografiyadan yaxshigina narsalar chiqadi deb uni ko'rdim. Aldamayman yaxshi voqealar chiqdi. Lekin film Elvisdan ko'ra uning prodyuserining filmiga o'xshab qolgan, buni albatta o'shanaqa rakursni film uchun tanlagan Baz Luhrmanning qilgani aniq. Balki bu ro'lga Tom Hanksni olishgani uchun uning ekran vaqti hamda darajasini oshirib berishgandir. Film Elvisning ertaroq hayotidan boshlanishi kerakmidi bali, yok8 o'rtasiga ko'proq to'xtalishi kerakmidi, sababi uning turmush o'rtog'i Priscilla ni ham kichik epizodik obraz sifatida ko'rganmiz xolos.

Xulosa sifatida aytsam bunaqa katta nomlar uchun film kamlik qilarkan, "Bohemian Rhapsody" da ham aytgandim, bular uchun hech bo'lmasa mini-serialmi qilib olish kerak, shunda yaxshiroq ish bo'ardi menimcha. Lekin baribir "Elvis" men ko'rgan eng yaxshi biografiyalardan biri sifatida qoldi, umumiy holda film yoqdi degan bo'lardim. Sababi undagi daxshat chiqqan Elvis performansi hamda, undagi bizga o'sha davr uchun berib ketilgan yaxshi ma'lumotlar, har xolda Elvisni Amerikada umuman musiqa olamida haqiqatan juda katta shaxs bo'lgani, undagi ma'daniyatni butunlay o'zgarishiga sababchi bo'lgani haqida, irqiy diskrminatsiya haqida bergan ma'lumotlari uchun.

Filmni ko'rish

7 months ago
We recommend to visit

Український канал з музикою #2 в Україні 🇺🇦

💿 Українські ремікси 💿

А також новинки музики з тіктоку 😍
та весільні пісні які завжди радують 🔥

З приводу реклами: @Nik4658 @LeVkiS

Реклама: @adsell
На біржі: adsell.me/r/7MGpI6

Допомога в пошуку зниклих безвісти та полонених

‼️Я ніяк не впливаю на обміни і не допомагаю у визволенні ‼️

Хочеш додатися до чату спілкування ?
Треба щоб видно було що ти з України/за Україну 🇺🇦‼️

‼️ВСЯ ДОПОМОГА БЕЗКОШТОВНА ‼️

Видео-новости Таджикистана

Присылайте новости тут👇

@Parviztvnewsbot_bot