Bitiklarim ❦︎

Description
Yo'qlik manzili...
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

2 months ago

Agar senga biror nimani o'qish yoqmasa, o'qima. Uni kim yozgani ahamiyatsiz, Tolstoy bo'ladimi, Dostoyevskiymi yo Kortasar, ahamiyatsiz. Senga biror nimani ko'rish yoqmasa ko'rma, uning rejissyori, Tarkovskiy bo'ladimi yoki Kurasova, yo bo'lmasa, Fellini, ahamiyatsiz. Senga biror nima tinglash yoqmayaptimi, tinglama. Uni Motsart, Shubert, Bethoven, Raxmaninov yo vallomati bastalagan bo'lsa ham. Kimningdir she'ri yoqmayaptimi, o'qima. U xoh Bayron bo'lsin, yoki Pushkin, yo Jontemir yo yapon haikusimi, farqi yo'q. Sizga san'at qiziqmasmi va abstract rasmlarni tushunmayapsiz, bu sizning bilimingiz pastligidan emas, shunchaki bu siz uchun emas xolos.
Kimdir sening diding bilan hamohang bo'lmasa, uni saviyali yo saviyasiz deb hisoblash xato. Kimdir K-pop yoki Taylor Swift yoki Jaloliddin Ahmadaliyevni eshitishi kerak, kimdir Omina Shenlik o'g'lu yoki Fotih Dumanni buyuk yozuvchi deb hisoblashi kerak. Qaysidir luzer Bukovskini pivo ichib o'qishi yoki, Kafkani o'qib o'zini yolg'z emasligini his qilishi kerak. Dunyo qarama-qarshi fikrlar va aqidalar, g'oyaviy urishlar-u turli e'tiqodlar bilan(uning jamiyat uchun xavfli yoki ijobiy ekanligidan qat'iy nazar)qiziqarli. Hammani o'z qolibingizga solishga harakat qilish bu axmoqlikning ilk belgisi. O'z yo'lingizni va o'z yo'llarini yaratishga g'ov bo'lmang.
Sizga kimdir yoqmasligi va ularga nimadir yoqishi bu normal. Har bir tovarning o'z mijozi bor.

Gap tolerant bo'lish haqida emas. Tushunmaslikdan, sizga nimadir qiziq emasligidan uyalmang.

2 months ago

Qanday achinarli... Ular o'tmishdagi xatolaridan hech narsani o'rganishmagan. Shu sababli ular bir xil xatolarni qayta va qayta qilaverishadi...#Zeke Jeager "Titanlar hujumi" animesidan.@QonliBitiklarim*⚔️*

2 months ago

*Inshaalloh bugun bir konkursda yutgan kitoblarim keladi. (Qo'limga 1-2 kunda olaman)

Bitta notanish yaxshi inson kanallarida bo'lgan konkursda yutgandim. Shunaqangi zo'r konkurs ekanligidan sizlardan qizg'ongandim*? (Tan olaman xudbinligim tutib, faqat o'zim boy bo'li db konkursni ulashmagandim?***) Kelsa aytaman konkurs qanday bo'lgani va kanali haqida.

Xullas kitoblarim kelsa kitob mutolaasiga rasman qaytaman.*

4 months, 3 weeks ago

Ilm olish jins tanlaydimi? Avvalo ilm olish jins tanlamasligini anglab olishimiz lozim. Alloh taolo Mujodala surasida: Alloh sizlardan iymon keltirganlarni, xususan, ilm berilganlarni darajalarga ko'tarur" (11-oyat) deydi. Ilm haqida oyatlar ko'p, men faqat…

4 months, 3 weeks ago

*Ilm olish jins tanlaydimi?

Avvalo ilm olish jins tanlamasligini anglab olishimiz lozim. Alloh taolo Mujodala surasida: Alloh sizlardan iymon keltirganlarni, xususan, ilm berilganlarni darajalarga ko'tarur" (11-oyat) deydi. Ilm haqida oyatlar ko'p, men faqat bittasini misol keltirdim. Bu oyatning o'zida ham, tafsirida ham jinsga ajratilish yo'q!
Har bir mo'min-mo'mina uchun ilm olish farz. Zotan, payg'ambarimiz va bu ummatga birinchi buyruq "Iqro!(O'qi)" bo'ldi. Hatto, ko'p hadis rivoyat qilish bo'yicha ham, Abu Hurayra rodiyollohu anhudan so'ng, Aisha onamiz rodiyollohu anho turadilar. Rasululloh vafotlaridan so'ng, turli savollar ila Aisha onamizga yuzlanishgan. Bundan anglash mumkinki, ilm olish faqat erkak jinsdagi insof toifasi emas, aksincha butun ummat uchun farz.

Qiz bolaga o'qish nega kerak?

Negayam kerak bo'lardi, oilasini boqish uchun-da) Albatta hazil. Ammo tan olmay iloji yo'qki, so'nggi yillarda, oilada faqat erkakning ishlashi yetarli bo'lmay qolgan, va albatta yashash uchun kurashish kerak bo'lganidek, ayollar ham ilm o'rganishga, hayot tayyorlab qo'ygan sinovlarga tayyorgarlik ko'rgan holda, biror ilm yo hunar etagidan tutishmoqda. Ammo bir ayol, to'laqonli eri yo mahramlari hifzida bo'lsa-da, u ham ilm chashmasidan bahramand bo'lishi shart! 100% deb bo'lmasa-da, qiz bola, kuni kelib ona bo'lar ekan, farzandining tarbiyasi, aqliy salohiyati, ilmga rag'bati bevosita onasiga bog'liq bo'ladi. Aytishganidek "Jaholatning qo'rqadigan yagona narsasi ayoldir! Chunki ayol o'qisa, farzandlariga ham o'rgatadi". Eng muhimi esa Alloh "o'qi" degani uchun uning roziligi yo'lida o'qishdir.

Qiz bola diniy ilm o'qisa yetadi, keremas qogani?

What, kechirasan Karl, ilm qachondan diniy-dunyoviyga ajralib qoldi? Din va ilm aslo bir-biri bilan antonim emas, aksincha ular uyg'un bo'lsa, mukammal bo'ladi. Masalan: Yer shar shaklida, bu Qur'onda ta'kidlandi va fan bilan isbotlandi? Ikkisi bir emasmi? Keyinnnn faqatgina diniy ilm o'rgangan qiz, ertaga farzandiga ham diniy ilm o'ragatadi deylik, ammo bola qiziquvchan, u dunyoni tanishni istaydi, Allohning yuksak oyatlari yoki Rasulning tafakkurona so'zlarini bola tushunmaydi. Unga ko'rib turganlaridan, aqliga sig'adigan qilib javob berish lozim. "Yomg'ir qanday yog'adi?" desa suv parlanib ketib osmonga ko'tariladi vahakazo.

Ilmni uydan chiqmasdan ham o'rgansa bo'ladi?

Albatta, buni hech kim rad etmaydi. Ammo kommentlarda rijollik qiladigan ba'zi erkaklarga ikki og'iz so'zim bor. Ayolingiz, singlingiz, mahramingiz ilm olmoqchi ekan, ko'chaga chiqarishni xohlamas ekansiz, uyda sharoit yaratib bera olasizmi? Unga olam-olam kitob, dars qilish uchun sharoit, fundamental ilmni olish uchun online ustoz vahakazolarni topib bera olasizmi? Ishonchim komilki, instagramda reels ko'rib, kommentariyada aqllilik qilib, siz bunday sharoitni yaratib berolmaysiz. Maslahatim esa avvalo o'zingiz ilmdan ozgina bo'lsa ham tatib ko'ring. Zora shundan so'ng, ilm yo'lidagi ayollarga tosh otishdan ko'ra, foydaliroq biror narsa bilan shug'ullanarsiz.

Kelinni o'qitaman deb olib, keyin "Mani maktabimda o'qiysiz" deb o'qishga yubormaydigan, kelinga, nevaralariga, og'liga, shaxsiy hududni tepkilab xo'jayinlik qiladigan qaynonlar alohida bir mavzu. Nasib qilgan bo'lsa fikrlarimni yozaman. Bu postni davomini kutila

©Bibliophile (Alisherovna)@QonliBitiklarim?*

4 months, 4 weeks ago

*Ba'zi ongsizliklani ko'rib miyam otvori dvotti.
Kelin o'qib nima qiladi, QIZ BOLAGA O'QISH NEGA KERE, diniy ilmni uyda o'rgansa bo'ldi ko'chaga yugurmasdan, vahakazo vahakazo

O'ta darajada psixman to'g'risi. Shunaqa gaplani gapiradigan, i qo'llab quvvatlidgan odamlani o'ldirvorgim keladi?

Shu temada uzundan uzoq post kutila.*

5 months ago

Hayot to'g'risida nimani bilasizlar? Sizlar o'z tuyg'ularingizdan cho'chiysizlar. Sizlar maktub yozmaysizlar - telefonda gaplashib qo'ya qolasizlar. Xayol surish sizlarga begona - shanba-yakshanba kunlari shahar tashqarisiga chiqsanglar bo'ldi. Sizlar muhabbatning hisob-kitobini qilasizlar, siyosatning hisob-kitobini bilmaysizlar - ana shunaqa nochor avlodsizlar*

?Uch og'ayni@QonliBitiklarim?*

5 months ago

*Baxt - dunyodagi eng mavhum va qimmatbaho matoh

?Uch og'ayni@QonliBitiklarim?*

5 months ago
5 months, 1 week ago

"O'zingizga xon, o'zingizga beksiz", - dedi Xesse. Bir hisobda tog'ri - yolg'iz odamni hech kim tashlab ketmaydi*

?Uch og'ayni*@QonliBitiklarim

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago