Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago
Барчамиз бизни танимаганлар наздида ОДДИЙ одамлармиз.
Ҳасад қилувчилар назарида МАҒРУР кўринамиз,
бизни тушунадиган учун эса АЖОЙИБ одаммиз. .
Дустларимиз назарида энг ЯХШИ, ёқтирмайдиганлар наздида ЁМОНМИЗ.
Ҳар кимнинг ўз нуқтаи назари бор. Бошқалар олдида яхши кўринишга уриниб, ўзингизни чарчатманг.??????
Menimcha, bu qisqa va ma‘noli maqol. Hayotingizda bo‘layotgan voqea-hodisalarni o‘ylab vaqt o‘tkazmang, ularni yaxshi yoki yomon deb ajratmang, mo‘tadil holatda har qanday holatni ham hayotning bir qismi sifatida oddiy qabul qiling.
?Biz hammamiz o‘z maqsadimizga yetishda turli yo‘llardan boramiz. Ba‘zilarimizning yo‘limiz to‘siqlarga boy, ba‘zilarniki yengilroq yo‘l bo‘lishi mumkin. Ammo hech kim hech qanday to‘siqni yengib o‘tmay turib o‘z maqsadiga osonlik bilan erisha olmaydi. Shunday ekan, siz ham hayotingizdagi hamma narsaga e‘tibor berib uzoq o‘ylamaganingiz ma‘qul.
?Undan ko‘ra maqsadingiz tomon harakat qilar ekansiz, hammasini tabiiy deb biling, doim mo‘tadil holatda bo‘ling. Og‘riqni his qiling, baxtdan masrur bo‘ling - yetadi.
?Agar hech qachon vodiyga bormagan bo‘lsangiz, unga tepadan tog‘lardan turib qarashga jur‘atingiz yetmaydi. Esingizda bo‘lsin, hayotda omadsizlik bo‘lmaydi, haqiqat uning natijasidir.
OMAD O‘Z-O‘ZIDAN KELMAYDI!
Insonning taqdirini aytib berish uchun bashoratchi bo‘lish shart emas. Faqatgina «Sening hayotdagi asosiy maqsading nima va unga qanday erishmoqchisan?» deb so‘rashning o‘zi kifoya.
Agar bu haqda yuzta odamdan so‘rasangiz, to‘qson to‘qqiztasi «Yaxshi yashashni va baxtli bo‘lishni istayman» deyishi turgan gap. Bir qarashda bu javob oliy ko‘rinadi. Ammo yaxshilab o‘ylab qarasak, faqatgina oqim bo‘ylab suzishni yoqtiruvchi va hayotda nafaqat maqsadi, balki uni amalga oshirish uchun rejalari ham bo‘lgan odamlarning "dasturxonidan ortgan narsalar"ga qanoat qiluvchi odamlargina unday deyishadi.
Boy va omadli odam bo‘lish uchun esa o‘z oldingizga aniq bir maqsadni qo‘yishiga va unga erishishning bosqichlarini aniqlab olishingiz lozim.
- Napoleon Hill
Yashab oʻtayotgan hayotimiz aslida uch kundan iboratdir...
Kecha, biz uni yashab boʻldik. Bugun, biz unda yashayapmiz, lekin tezda tugaydi. Erta, unda boʻlish boʻlishimiz dargumon...
Shunday ekan bugun odamlarni kechiring, bagʻrikeng boʻling, qolganini esa Ollohning oʻziga qoʻyib bering.
?BOSHGA TUSHGANNI KO‘Z KO‘RAR
✅ Menimcha, bu qisqa va ma‘noli maqol. Hayotingizda bo‘layotgan voqea-hodisalarni o‘ylab vaqt o‘tkazmang, ularni yaxshi yoki yomon deb ajratmang, mo‘tadil holatda har qanday holatni ham hayotning bir qismi sifatida oddiy qabul qiling.
?Biz hammamiz o‘z maqsadimizga yetishda turli yo‘llardan boramiz. Ba‘zilarimizning yo‘limiz to‘siqlarga boy, ba‘zilarniki yengilroq yo‘l bo‘lishi mumkin. Ammo hech kim hech qanday to‘siqni yengib o‘tmay turib o‘z maqsadiga osonlik bilan erisha olmaydi. Shunday ekan, siz ham hayotingizdagi hamma narsaga e‘tibor berib uzoq o‘ylamaganingiz ma‘qul.
?Undan ko‘ra maqsadingiz tomon harakat qilar ekansiz, hammasini tabiiy deb biling, doim mo‘tadil holatda bo‘ling. Og‘riqni his qiling, baxtdan masrur bo‘ling - yetadi.
?Agar hech qachon vodiyga bormagan bo‘lsangiz, unga tepadan tog‘lardan turib qarashga jur‘atingiz yetmaydi. Esingizda bo‘lsin, hayotda omadsizlik bo‘lmaydi, haqiqat uning natijasidir.
⚡KECHIRISHNI O‘RGANING
⚪️Sizga yomonlik qilgan odamni kechirib yuborib, o‘zingizni beg‘araz ish qilgan emas, balki, xudbinlik qilgandek his qilishingiz mumkin. Qalbingizdan nafrat tuyg‘usini chiqarib tashlab boshqa birovga emas, aynan o‘zingizga yaxshilik qilgan bo‘lasiz.
?️Hayotning asosiy qonunlari haqida so‘z yuritar ekanman, biror bir odamga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo‘lish bu butun tana bo‘ylab bu tuyg‘uning tomir otishi demakdir. Bunday holatda odam kuch-quvvat va qalb xotirjamligini topa olmay qoladi. Agar siz u odamni kechirib yuborsangiz, yelkangizdagi yukdan xalos bo‘lib o‘z hayotingizni xotirjam davom ettira olasiz.
? Kechirish - inson irodasi va jasoratining buyuk timsolidir. Bundan tashqari kechirish hayotingizni sifatini oshirishingizda muhim vositalardan biridir.
✅ Men shuni anglab yetdimki, bizni qachondir xafa qilgan insonlar haqida o‘ylab o‘tirar ekanmiz, o‘zimizni boshqa tarafdan bizga yordam berishi mumkin bo‘lgan kishilar haqida o‘ylashdan cheklab qo‘yar ekanmiz.
Maqsad qo'yish muhim
1979-yilda Garvard Universitetida bir ajoyib tadqiqot o’tkaziladi.
MBAning barcha bitiruvchilarga quyidagi savolni berishadi:
- “Hayotda Siz doim intiladigan aniq bir maqsadingiz bormi?”
Javoblar esa quyidagicha:
84% bitiruvchilar maqsadi yo’q ekanligini aytishgan
13% bitiruvchilar o’z maqsadlarini ayta olishgan faqat unga erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja qilishmagan
3% bitiruvchilar esa ularni harakatga keltiruvchi maqsad borligini va boshqalardan farqli ravishda ularni yozib, erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja tuzib qo’yishganliklarini e’tirof etishgan.
Keyinchalik tadqiqotchilar ularning hayotlarini 10 yil davomida kuzatishdi va quyidagi qiziqarli xulosaga kelishdi:
13% tasavvurida maqsadi bor bitiruvchilar bemaqsad yashayotgan 84% ga nisbatan hayotda 2 barobar muvaffaqiyatli bo’lishgan.
3% maqsadini yozib qo’ygan va har kuni unga qarab intilayotganlar esa jami 97% bitiruvchilardan 10 barobar muvaffaqiyatliroq bo’lishgan.
Demak inson hayoti davomida biror maqsad qo’ysa va unga intilsa, o’zining yashirin salohiyatlaridan 10-20 barobar unumliroq foydalanishi mumkin ekan.
⚡TABASSUM QILING
?Tadqiqotlarga qaraganda to‘rt yoshli bolalar kuniga kamida o‘ttiz marta kular ekanlar, kattalarda esa bu ko‘rsatgich ikki marta kam. Biz yelkamizdagi mas‘uliyat va ishimiz ko‘pligidan tushkun holatda bo‘lishimiz sababli kulishni unutib qo‘yamiz.
?Har kungi kulguning inson kayfiyatini ko‘tarish, ishga yoki o‘qishga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etib, quvvatni oshirishi allaqachon isbotlangan. Kulguterapiya tibbiyotda kasalliklarni davolashda anchadan buyon qo‘llab kelinmoqda.
?Zamonaviy psixologiya otasi Uilyam Jeyms ta‘kidlaganidek: " Biz baxtli ekanimizdan kulmaymiz. Ammo kulganimiz uchun baxtli bo‘lamiz.
✅Har kunni xursand holatda qarshilar ekansiz, hayotning yorqin tomonlarini ko‘proq ko‘ra olasiz. Shunday oddiy usullardan birini sinab ko‘ring: Komediya janriga oid filmlarni tomosha qiling.
?Yo‘qotgan tabassumingizni qaytaring va hayotda jilmayib turib erishish mumkin bo‘lgan mo‘jizalarga qo‘l cho‘zing.
Qadringga mos joyda boʻl
Supermarketda bir shisha suv 50 sent turadi. Xuddi oʻsha suv kafeda 2 dollarga sotiladi. Yaxshi restoran yoki mehmonxonada uning narxi 3 dollar boʻlishi mumkin. Aeroportda esa oʻsha suvni 5 dollarga sotib olasan.
Oʻsha idish, oʻsha suv, oʻsha brend, yagona farqi - oʻsha suvning qayerda boʻlishi. Bir mahsulot turli joyda turlicha qiymatga ega boʻladi.
Qayerdadir seni qadrlashmayotganini his qilsang yoki past nazar bilan qarashayotganini sezsang, u yerda qolma, joyingni oʻzgartir. Joyni oʻzgartirishga oʻzingda kuch top va qadringga mos joyga bor.
Seni qadrlaydigan insonlar orasida boʻl!
Muvaffaqiyat siri:
Boshqalar uxlayotgan payt, siz o'qing va izlaning
Boshqalar bekorchi bo'lib yurgan payt, siz ishlang
Boshqalar o'ynab yurgan payt, siz tayyorlaning
Boshqalar tilak bildirganda, siz maqsad qiling
Shunda siz boshqalar erishmagan yutuqlarga erishasiz !
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
+998998750505 @KDGROUP_UZ
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 2 months ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 weeks, 2 days ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 4 months ago