Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago
O'zgarish
1-yanvar kuni o'zgaraman. Hayotim boshqacha bo'ladi. Bu ham o'tdi. O'zgarolmadim.
Dushanbani kutdim. Bo'lmadi. Keyingi oy dedim. Ammo hech o'zgarish yo'q.
Bir qarasam, Dekabr oyi, yil yakuni ham kelib qolibdi.
Qo'yaver. Bu oy ham o'tadi. 1-yanvardan hammasi boshqacha bo'ladi...
Inson o'zgarishni uchun ma'lum bir vaqtni kutishi shart emas. Bejizga, hozir yoki hech qachon deyishmagan.
Avvalo, o'zgarish uchun sababni aniqlang. O'zi nega o'zgarmoqchiman?
Maqsadni aniqlab olib, birinchi qadamni qo'ysangiz hammasi o'z-o'zidan bo'lib ketadi.
Misol uchun, Stiv Jobs har kuni ertalab oynaga qarab, bugun meni so'nggi kunim bo'lishi mumkin deb aytgan va shu uni harakatga keltirgan.
Barak Obama shunday degan: Agar biz kimdirdan yordam kutsak yoki kerakli daqiqani kutsak, o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Biz faqat o‘zimizdan kutishimiz kerak. Biz o‘zimiz kerak bo‘lgan o‘zgarishmiz.
Shunday ekan, bugunning o'zida birinchi qadamni qo'ying. Siz kutayotgan o'zgarish ichingizda yashiringan.
Yillar
2024-yilni kutib olgandik. Bir ko'z yumib ochguncha 2025-yil kirib kelmoqda.
Umrimiz ham aslida shunday. Keksayganimizni bilmay ham qolamiz.
O'zingizga savollar bering. Nima reja qilgandim? Nimalarga erishdim? O'tkazgan vaqtimdan rozimanmi?
Muhimi, to'g'ri xulosa qilish va davom etish.
Garvard universiteti shiorlaridan birida shunday deyilgan: Vaqt qilichdir, sen uni kesmasang, u seni kesadi.
Sizni kesishdan oldin ulgurib qoling.
Angliyada o‘qiyotgan o'zbek talabasining ta’lim tizimimiz haqidagi fikrlari:
• Londonda tili burro tadbir uyishtirib "faol" bo‘lganlar bir tiyin ekan.
• Men hindlar va xitoy, koreys va yapon talabalarini ko‘rib maktabdagi olgan bilimlariga tan beryapman.
• Xullas, men shunchaki bo‘m-bo‘sh miya bilan magistraturaga kelib qolibman. Masalan, guruhdagi hamma matematikani chachvoradi. Siz o‘ylagan darajada emas, yaxshi biladi degani ham emas. Bular "chachvoradi". Shunaqangi tenglamalarni ular maktablaridan o‘rganib kelishganki, men ularga haliyam yeta olmayapman.
• Kompyuterni, ofis dasturlarini, har xil programmalar va dasturlashni o‘zimcha yaxshi bilaman desam. Butun guruh, ha ishoning, har biri mendan yaxshi biladi.
• Dunyoqarash jihatidan ham biz Markaziy Osiyo talabalari oqsoq ekanmiz. Ular shunaqangi dunyo tanigan brendlarni egalaridan tortib, ular nima ishlab chiqaradiyu, qaysi mahsuloti yaxshi ekanini bilishadi. Men bo‘lsa haliyam kofe turlarini farqiga bormayman.
• Siz o‘zingizni O‘zbekistonda turib "Kelajak bizniki, shu turishimda O‘zbekistonni dunyoga tanitaman" demang.
• Men shunaqa deb xato qilganimni bildim. Biz rostan yurtimizni yuqoriga olib chiqmoqchi bo‘lsak, rostan o‘qishimiz kerak.
• Londonga kelib bildim. Biz orqada ekanmiz, ko‘p sohada. Davlat siyosati yoki iqtisodiy nuqtai nazardan emas, oddiy maktabdagi asosiy fanlar ko‘nikmalaridan ularni amaliyotga tatbiqigacha...
• Bizni yana eng katta aybimiz bu nomzodlarga katta rag‘batlar berishimiz. Misol uchun: Bizning Navoiy, Beruniy va Zulfiyani olayotgan bolalar kelib Nyu York, London, Tokio yoki shunga o‘xshagan shaharlardagi biznes markazlardan yuqori lavozim tugul qabulxonaga ham ishga kira olmaydi. Nega?
• Chunki u yerda bizdagi "faol talaba"dan oldin hind yoki xitoylik ishga topshirib bo‘lgan. Undan ustun bo‘lish uchun "Kompaniyam faxrim" degan video yasab kelsangiz o‘tmaydi.
• Bu yerda, ya’ni Londonda, yaxshi ofis ishiga kirishingiz osmono‘par binoda ishlashingiz uchun rostakam yuzma-yuz intervyu bo‘ladi. Ular sizdan yutuqlaringizni umuman so‘ramaydi. Ular sizdan "ilm" so‘raydi. Ularga sizning 2 ta maqola orqali har kimga beriladigan Qozog‘istonning xususiy ko‘krak nishonlari bir tiyin. • Ular ilm so‘raydi.
• Xulosa: bu fikrlar hech kimga qaratilmagan, lekin ko‘zimizni ochishimiz kerak. Dunyo miqyosida bizning talabalar ancha ortda. Sizdan iltimos "Men eng faol, eng zo‘r talabaman" demang. Angliyada siz tengi odamlar ancha buncha sizning va bizning kelajakdagi ish joylarimizni egallab, qo‘limizdan olib bo‘lishmoqda...
• O‘qing birodar...
Maksim Gorkiydan iqtiboslar:
• Kun – bu kichik hayot, uni xuddi hozir o'lishing mumkindek yashash kerak. So'ng kutilmaganda senga yana sutkalar sovg'a qilinadi.
• O’zaro munosabatlar kitobga oʻxshaydi: yaratish uchun yillar, yoʻq qilish uchun esa atigi soniyalar kerak.
• Eng ko'p hazil qiladiganlar yuragi ko'p og'riydiganlar, aslida!
• Qachonlardir sevishgan odamingiz bilan boshqa hech qachon yuzlashmang. Bu uchrashuv noxush kechadi, goʻyo marhum bilan koʻrishgan kabi.
Oddiylik
Bolaligimda mashhur inson bo'lish, hammani diqqat markazida turishga intilardim. Hozir oddiy bo'lishga harakat qilyapman.
Ko'pchiligimiz baxtni buyum va narsalar bilan bog'laymiz. "Nimagadir ega bo'lsam va buni atrofdagilarga ko'rsatsam baxtli bo'laman" degan fikrda ish tutamiz.
Aslida esa bu boshqalarga ko'rsatish uchun qilinadigan ishlar bo'lib chiqadi.
Oskar Uayldning bir fikri bor: Aksariyat odamlar boshqa odamlardir. Ularning fikrlari birovning fikri, hayotlari va hatto ehtiroslari taqliddir.
O'ylab ko'ring: inson qaysi jihatini boshqalarga ko'rsatmoqchi bo'lsa, hayotida aynan shu jihat unga yetishmayotgan bo'ladi.
O'zini baxtli qilib ko'rsatayotgan insonlar baxtsiz, boy ko'rsatmoqchi bo'lganlar kambag'al, mashhur ko'rsatmoqchi bo'lganlar omma e'tiboridan chetta qolganlar bo'ladi odatda.
Dunyodagi asl narsalar oddiylikda. Va buni anglab yetgan insonlar baxtlidirlar.
Sarlavhada yozilgan oddiylik so'zini жирный yoki курсив qilmadim. Oddiy bo'lib turaversin dedim...
If you don't decide how to spend your time, others will decide for you.
If you don't find your own purpose, someone else will give you one.
If you don't choose your own career, others will choose it for you.
People accept the plans others have made because it feels easier than getting out of the comfort zone and dealing with the unknown.
Bir kishi do’stining uyiga kelib, eshigini qoqdi. Uy egasi chiqib, uning nima hojatda kelganini so’radi. «To’rt yuz dirham qarzim bor», dedi u. Uy egasi to’rt yuz dirham chiqarib berdi va uyiga kirgach, o’kinib yig’lay boshladi. Xotini unga: «Istamasangiz, pulni unga nimaga berdingiz?» dedi. «Men uyimga kelib, eshigimni qoqmagunicha, uning holidan xabar olmaganimga yig’layapman, dedi».
©️Imom G’azzoliy
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 month, 4 weeks ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
? Reklama xizmati: @Inline_reklama
? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 3 months, 3 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 7 months ago