قناة احمد علي على تيليجرام ( شروحات تقنية ، تطبيقات ، أفلام ومسلسلات ، خلفيات ، و المزيد )
Last updated hace 2 meses
يرمز تيليجرام إلى الحريّة والخصوصيّة ويحوي العديد من المزايا سهلة الاستخدام.
Last updated hace 2 meses, 1 semana
- بوت الإعلانات: ? @FEFBOT -
- هناك طرق يجب ان تسلكها بمفردك لا اصدقاء، لا عائلة، ولا حتى شريك، فقط انت.
My Tragedy Lies With Those Things That Happen in One Second And Remain
- @NNEEN // ?: للأعلانات المدفوعة -
Last updated hace 2 meses, 1 semana
Shavkoniy rahimahulloh aytadilar:
Kunlardan bir kun to‘shagimda yotardim va Nabiy sallallohu alayhi vasallamning hadislari yodimga tushdi,uz zot aytilar:
Alloh uchun bir-birini yaxshi ko‘rganlar Nabiylar va shahidlar havas qiladigan nurdan bo‘lgan minbarlarda bo‘lishadi.
To‘shagimda u yoqdan bu yoqqa ag‘darilar edim va bu hadis haqida o‘ylardim.
Nurdan bo‘lgan minbardagi Payg'ambarlar va shahidlar havas qiladigan Alloh uchun muxabbat qanday ekan?
Bugungi kunda aksar insonlarning muhabbati Alloh uchun emas:
Er ayolini yaxshi ko‘radi lekin,Alloh uchun emas.
Ayol erini yaxshi ko‘radi lekin Alloh uchun emas.
Ota onalar farzandlarini yaxshi ko‘radi lekin,Alloh uchun emas.
Farzandlar Ota onalarini yaxshi ko‘rishadi,lekin Alloh uchun emas.
Hudi shu kabi
Amirni yaxshi ko‘rasan,tojirni yaxshi ko‘rasan,biror amaldorni yaxshi ko‘rasan,lekin Alloh uchun emas.
Bir kishini jamoli uchun yaxshi korasan,bir kishini ovozi uchun yaxshi ko‘rasan,bir kishini moli uchun yaxshi ko‘rasan.
Bildimki bugungi kunda Alloh uchun yaxshi ko‘rishlik"Qizil Fosfor"dan ham noyobroq ekan..
(Kitab Fathul Roboniy,9juz)
Abdulloh Zufar Hafizahulloh
Muslima ayol ahkomlari:
2-Dars:
- Najosatlarga tegishli ahkomlar,
- Ay
ollar tahoratiga oid ahkomlar,
" Qizlar ota-onani o'g'illardan ko‘proq sobit qiladilar "
Muhaddis Osim ibn Ali rahimahullohning ikki qizi u kishiga maktub jo‘natib aytishgan ekan :
"Ey ota ! Bizga xabar keldiki mana bu hokimlar Ahmad ibn Hanbalni olib ketib , Qur'on maxluq deyishga majburlab savalabdilar .
Siz ham Allohdan qo'rqing ! Ularga javob bermang. Allohga qasamki bizga sizning tobutingiz kelishi , "ularning istagiga javob beribdi" degan so'z kelishidan suyukliroqdir ! "
Bunga yana bir misolni Fotima Raziyallohu anhoda ko‘rishimiz mumkin :
Rasululloh sallolohu alayhi vasallam ka'bada namoz o'qib turganlarida mushriklar u zotning ustilariga axlat to‘kib yuborishdi . Shunda ularga javob qilishga hech kimning jur'ati yetmay turganda qizlari Fotima Raziyallohu anho kelib ustilaridan axlatni olib tashlab , mushriklarni so'kib u zotni himoya qilgan edilar .
(Buxoriy va Muslim rivoyatida kelgan qissa)
Ulamolar hayotlaridan bunga yana bir misol :Muhaddis Qurro ibn Habib rahimahullohning qizlari .
Abu Zur'a aytadilar :
Qurro ibn Habib umrlarining oxirlarida xotirasi susayib rivoyatlarini chalkashtirib yuborar edilar .
Shuning uchun faqat kitoblaridan hadis aytar edilar . Va o'g'li hozir bo‘lmasa ham hadis aytmas edilar. (Chunki u kishi adashsalar o‘g‘illari eslatib turar edi )
Bir kuni u kishining oldiga borsak
o'gli uyda yo'q ekan .
Shunda u kishining qizi eshik ortidan turub otasiga aytdi :
"Ey otam ! Bu kelgan kishilar hadis sohiblari , ular sizni chalkashtirib ketishlaridan qo‘rqaman . Yoki ular sizning hadisingiz bo‘lmagan narsalarni sizga kirgizib ketadilar . Shuning uchun akam kelmaguncha ularni oldiga chiqmang " der edi .
Shunda otasi aytdi : "Ey qizim men ham hadis yodlagan kishiman ! Ularga bunday qilishlariga imkon bermayman"
Abu Zur'a aytadilar:
"Shunday qilib Qurroning qizi otasining hadislariga qayg‘urib toki akasi kelgunicha otasini ushlab turdi .
Qachonki Ali ibn Qurro kelgach biz Qurroning oldiga kira oldik . Ungacha uning qizi otasini bizdan asrab o‘tirdi.."
"Takalluf ummatlarni halok qiladi.. "
"Takalluf" : kishi o'zida bo'lmagan narsani hosil qilishga urinish demakdir .
Rasulloh alayhissalam aytadilar :
"Banu Isroil halokatining avvali : Kambag'alning xotini eridan kiyim-kechak, bo'yanchiqlarni talab qilganda, boyning xotini (eridan) talab qiladigandek unga yuk qilar edi .
(Ya'ni , boshqalarga o'xshayman deb takalluf qilar edi)
(Shunda bunga bir misol tarzida) Banu Isroil ayollaridan bir ayolni zikr qildilar :
Bir pakana ayol, yog'ochdan ikki (baland poshnalik)oyoq (kiyim) va bir uzuk yasattirdi . Uzuk ochilib yopiladigan (qopqoqlik) bo'lib , uning ichiga misk to'ldirdi .
Va ikki baland bo'ylik ayol o'rtasiga kirib (o'zini baland ko'rsatib ko'chaga) chiqdi ,
(Odamlar baland bo'ylik bu ayollar kim ekan deb) ortlaridan odam jo'natishdi, ikki ayolni tanib (baland poshnalik) ayolni esa tanishmadi .
U ayol (yurganda qo'lidagi uzukni) siltab yurib (undan misk taratib odamlarni o'ziga qaratar edi ..)"
(Ibnu Huzayma , va Imom Muslimda ba'zi qismi rivoyat qilingan sahih hadis)
Izoh :
Banu Isroil, tarixda juda buyuk ummat edi. Bu ummatning halokati nega ayollardan boshlandi ?
Chunki ayol uyda o'tirib, o'zining hamrohlariga o'xshab kiyinish, yasanishni xohlar, buning xarajatini bo'lsa erining bo'yniga ortar edi .
Natijada erkaklar ilm olish, dinni himoya qilish qolib , ertayu kech "XOTIN BOLA-CHAQAM BIROVDAN KAM BO'LMASIN" deb ishlab ,buning ortidan ichki tomondan ilmsizlik, tashqaridan esa dushman bosishi sabab bo'lib butun ummat halok bo'ldi !
Bu takalluf shu darajaga yetdiki , ayollar Allohni xilqatiga qanoat qilmay, birovlarning xotiniga o'xshayman deb baland poyafzallar kiyish, oddiy atir sepishga qanoatlanmay, yurganda sochilib yursin deb uzukka atir solib yurishgacha bordilar.
Endi yahud millat shu darajaga borganda halok bo'lgan ekan, bu ummat bugun qirilib bitmaganiga ham shukr deysiz !
Chunki baland poyafzal kiyishni qo'ying, ayollar boshqalarga o'xshashga harakat qilib qad-qomatini ham o'zgartirish , va bunga topganini sarflab takalluf qilish oddiy hol bo'lib qoldi .
"Birovlarning obro‘sidan tilni tiya olmaslik nimadan?"
Aisha onamizga munofiqlar tomonidan fitna , bo‘hton qilinganda , Rasululloh alayhissalam Zaynab onamizdan bu haqida so'radilar :
"Sen (Aisha haqida) biror narsa eshitdingmi ? Yoki biror narsa ko'rdingmi ?"
Zaynab onamiz aytdilar :
"Ya Rasululloh! Men (Qulog'im eshitmagan, ko'zim ko'rmagan narsadan) qulog'im va ko'zimni himoya qilaman ! Allohga qasamki men (Aishada) yaxshilikdan boshqani bilmayman ! "
Aisha onamiz aytadilar:
"Xolbuki Rasululloh alayhissalam ayollaridan menga bellashadigan ayol asli u edi , Alloh uni TAQVOSI SABAB (menga tuhmat qilishdan) asrab qoldi !
(Buxoriy va Muslim rivoyati)
Ya'ni ,Zaynab u kishining garchi kundoshi , va kundoshlari orasida unga eng bellashuvchisi bo'lsa-da , bu fursatdan foydalanib Aisha onamizni badnom qilmadi !
Balki yaxshilikdan boshqa narsa ko'rmaganman deb guvohlik berdi .
Kundoshi va raqibidan qutulish payida yuradigan qalbi qora ayol bo'lsa, bu unga juda yaxshi fursat edi .
Bugun ayollardagi na o'ziga kundosh, na bellashuvchisi bo'lmagan , birovlarning oilasiga qiziquvchanlik , ularning oilasida sodir bo'layotgan muammolarni elu yurtga tarqatib badnom qilishga ko'z tikib turish , kishining qalbi qorayib betaqvo bo'lib ketganidan darak beradi .
Chunki , agar qalblarida taqvo bo'lsa , hatto raqibi obro‘siga ham ko'zi bilan ko'rmagan , qulog'i bilan eshitmagan narsani gapirishdan qo'rqar edilar !
Alloh taolo aytadi :
"O'zing bilmagan narsangning (ortidan) ergashma (Gapirma) ! Albatta quloq , ko'z va qalb , bularning barchasi undan mas'uldir ! "
(Isro :36)
Yig'inlarda o'tirib , og'izning bir chetidan oddiygina chiqib ketadigan bu gunohning og'irligidan ogohlantirib deydi :
"O'shanda sizlar u(buhtonni) tillaringda olib yurar , va og'izlaringda o'zlaring bilmagan narsani gapirib yurar edinglar , va uni arzimas sanar edinglar , Holbuki, u (gaplar) Allohning nazdida og'ir (gunoh)dir !
(Nur :15)
Bazi bir fitnachi ayollar,birovni obrosi to‘kishdan Allohdan qorqmaydiganlarga aytamizki,hali sizning hayotingiz nihoyasiga yetmadi,Birovning hayotini muhokama qilishdan Allohdan hayo qiling,Ahir u sizni birodaringiz,
"Ayol erini deb Allohning amriga qarshi ish qilmasligi"
Islom avvalida , ro'za faqat kunduzi emas , balki tunda ham davom etar edi !
Agar kishi iftordan so'ng uxlab qolsa, endi shu bilan kelasi iftorga qadar unga ayoli va yeb-ichish harom bo'lar edi .
Bir tunda Umar Raziyallohu anhu kelib , ayolidan to'shak talab qildi .
Ayoli : "Men xuftondan so'ng uxlab turdim" desa , Umar Raziyallohu anhu buni bohona qilayapsan , uxlamagansan deb ayoli bilan birga bo'lib qo'ydi !
Shunda oyat tushdi :
"Sizlarga ro'za kechalarida ayollaringizga to'shak halol qilindi ! Ular sizlarga libos , sizlar ularga libosdir. Sizlar (er-xotin birga bo'lib) o'zingizga XIYONAT qilishlaringni Alloh bilib , tavbangizni qabul qildi , va sizlarni afv etdi .."
(Baqara :187)
Allohning hukmiga itaotsizlik, va unga xilof qilib erga itoat qilishni : "O'z nafslaringa xiyonat" deb nomladi. So'ngra mo'minlarga mashaqqat bo'lmasin deb bu hukmni yengillatib tungi ro'zani batamom bekor qildi .
Ayolni eriga "Libos" erni ham ayoliga "Libos" yani "satr" deb nomlagani sababi shundaki , er-xotin birgalikda Allohning ahkomlariga zid amal qilib , o'z nafslariga xiyonat qilishlari emas , balki ular bir-birlariga Allohning azobidan satr (to'siq) bo'lishlari, uning buyruqlariga teskari o'rinda bir-birlarini qaytarishlari lozim ekanini eslatdi.
Chunki, agar libos kishini issiq -sovuqdan saqlamasa uning nima keragi bor ?
Ramazon ro'zasidagi bu hukm orqali ,yilning boshqa vaqtlarida ham ayol erini, er-ayolini shariyat hukmida xiyonat qilishiga sabab bo'lib qolmasligi ta'limi berildi .
Chunki erini shariyatga xilof ish qilishiga sabab bo'lib qolish ,ayollarda ko'p uchraydigan xislat bo'lib , eng birinchi ayol "Xavvo onamiz" da ham ko'rilgan edi .
Rasululloh alayhissalam aytdilar :
"Agar Xavvo bo'lmaganda, ayol eriga xiyonat qilmas edi .."
(Buxoriy-Muslim)
Xavvo jannatdagi qaytarilgan mevani yeb, odam alayhissalomni ham bunga undagani "Erga xiyonat" deb qaraldi .
"Ayollar dajjol fitnasiga tayyormi ?"
Ma'lumki , dajjolga eng avval va eng ko'p ergashuvchilar ayollar deyilgan .
Ayollar deganda haqiqiy kofira ayollargina emas balki MUSULMONLARNING AYOLLARI !
Rasululloh alayhissalam aytadilar :
"...Dajjol Madinani 3 marta larzaga keltiradi . Shunda unga eng ko'p chiqqanlar AYOLLAR bo'ladi ! Mana shu kun , Madina (Fosiq fosiqalardan) xalos bo'ladigan kundir ...! "
(Sahih hadislar silsilasidan ,Alboniy Sahih hadis degan )
Boshqa rivoyatda aytiladi :
"..(O'sha zamonda) Hatto kishi onasi , qizi , ammasi dajjolga chiqib ketishidan qo'rqib , ularni arqon bilan bog'lab qo'yadi ..! "
(Imom Ahmad rivoyati)
Nega ayollar bunchalik dajjolga ergashadi ?
Buning sababi u vaqtda butun dunyo fitna, azobga to'lib, dajjol go'yoki FILMLARDAGI "Supermen" , yoki "Orgimchak odam" ga o'xshagan insoniyatni "xaloskori" bo'lib keladi !
Bu filmlardagi xomxayollar bilan ulg'aygan ayol qizlarga bu ayni kutilgan orzu bo'ladi !
2-Sabab shuki , dajjol o'zi bilan dunyoning barcha zebu-ziynatini olib keladi !
Bugun zargarlik do'koniga, yoki "Hashamatli savdo markazlariga" kirib og'zi ochilib chiqqisi kelmay qolgan ayol, yoki "odamlarga o'xshab bizam..." degan ayollar aniq dajjolga birinchi bo'lib ergashuvchilardan bo'ladi .
O'z navbatida bugun xotin-qizlarini shu ishlardan to'sa olmayotgan erkak ham , dajjol chiqqanda ularni boy berishi tayin !
Bundan boshqa bugun hayotimizda oddiy bo'lib qolgan fitnachalar borki , ayollar ulardan tiyila olmasligi , yoki erkaklar ularni to'xtata olmasligi ...bular hammasi dajjolga ergashuvchilar aksari "nega ayollar ?" degan savolga javob bo'ladi .
Agar bu xislatlar to'g'irlanmasa , Madinada yashasangiz ham xotin-qizingiz dajjol oldiga qochib chiqadi !
Allohga tavakkal va tafviz(ishlarni havola)qilish sifati
Abdulloh Zufar Hafizahulloh
قناة احمد علي على تيليجرام ( شروحات تقنية ، تطبيقات ، أفلام ومسلسلات ، خلفيات ، و المزيد )
Last updated hace 2 meses
يرمز تيليجرام إلى الحريّة والخصوصيّة ويحوي العديد من المزايا سهلة الاستخدام.
Last updated hace 2 meses, 1 semana
- بوت الإعلانات: ? @FEFBOT -
- هناك طرق يجب ان تسلكها بمفردك لا اصدقاء، لا عائلة، ولا حتى شريك، فقط انت.
My Tragedy Lies With Those Things That Happen in One Second And Remain
- @NNEEN // ?: للأعلانات المدفوعة -
Last updated hace 2 meses, 1 semana