Modul 5

Description
Modul 5 loyihasining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!

Murojaat va takliflaringizni @modul_5bot ga yuboring.
Advertising
We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago

4 months ago

MIKROBLAR VA BAKTERIYALAR | SHAHLO MIRALIMOVA | MODUL5 AKADEMIK

Tug'ilganimizdan to o'lgunimizcha bizga hamroh bo'ladigan mikro olam haqida eshitganmisiz? U bizning ichimizda, hajmi miyyamiz bilan teng bo'lishinichi? Ha, bizning organizmimizda shunday olam borki, usiz biz to'laqonli hayot kechirolmasdik.

Shahlo Miralimova, biologiya fanlar doktori, mikrobiologiya va farmatsevtika sohalarida yetakchi mutaxassis bugun bizga ana shu mikro mavjudodlar haqida yetarlicha malumot beradilar.

Ushbu videoda siz nima uchun ota-bobolarimiz qatiqni ko'p ichishganini, odamlar immuniteti qanday qilib mikrob va bakteriyalarga bog'liqligini va qanday qilib odam mikrob iste'mol qilish orqali semirish yoki ozish mumkinligini bilib olasiz!

To'liq video: https://youtu.be/z-PXs5q0aTA

4 months, 2 weeks ago

O’ZBEK TILING AHAMIYATI NIZOMIDDIN MAHMUDOV| MODUL5 AKADEMIK

Har bir xalq shakllanishida tilning beqiyos o’rni bor. O’zbek tili tarixan juda boy til, biroq so’nggi yillarda ona tilimizga nisbatan noto’g’ri yondashuvlar shakllanmoqda. Adabiy til tirik saqlanib turishi uchun sheva uning asosiy tayanchi va manbaasi bo'lishi kerak.

Bugungi mehmonimiz filologiya fanlar doktori, professor Nizomiddin Mahmudov bilan o’zbek tili va undagi o’zlashma so’zlar tarixi, shevalar hususiyati haqida mazmunli suhbat bo’ldi, deb umid qilamiz.

To’liq video: https://youtu.be/r3ueegYhik4

5 months, 1 week ago

REVMATOLOGIYA VA SARATON | SHAXNOZA ABDUGANIEVNA | MODUL5 INTERVYU
**Revmatologik kasallik xalq orasida eng ko'p tarqalgan surunkali kasalliklar sirasiga kiradi. So'nggi yillardagi tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, o'z vaqtida chora ko'rilmagan revmatologik kasalliklar oxir oqibat saratongacha yetib borishi mumkin ekan.

O'zbekistonda ham ushbu kasallik erta aniqlash va remmisiya holatida ushlab turish bo'yicha ishlar olib borilmoqda va bugungi intervyu mehmoni ayni shu yo'nalishdagi yosh va jahon tajribasiga ega revmatolog-kardiolog Shaxnoza Abduganievna bo'ldilar.

Intervyuda O'zbekistonda bolalar va kattalar revmatologiysining farqlari, davolash usullari va kasallikni kelib chiqishi haqida so'z boradi!

To’liq video:** https://youtu.be/jiw6TZ7xa1I

5 months, 2 weeks ago

POMIDOR VAKSINASI | ZABARDAST BO'RIYEV | MODUL5 AKADEMIK

O‘zbekistonlik olimlar tomonidan COVID-19 virusiga qarshi pomidor asosidagi vaksina muvaffaqiyatli ishlab chiqildi va shu bilan birga O'zbek olimlari DNKni o'qish bo'yicha dunyodagi 20-davlat sifatida ro'yxatdan o'tishdi. Genetik jihatdan o‘zgartirilgan pomidorlardan foydalanadigan ushbu innovatsion vaksina global pandemiyaga qarshi kurashda yangi istiqbolli yondashuvni taklif etadi.

Bugun biz ushbu ajoyib yutuq ortidagi fanni o‘rganamiz va pomidor vaktsinasining mumkin bo‘lgan foydalari, oqibatlarini, qanday ishlashini, uning klinik sinovlardagi samaradorligini va ommaviy ishlab chiqarish va tarqatish imkoniyatlarini muhokama qilamiz.

Bundan tashqari spikerimiz professor Zabardast Bo'riyev ushbu yo'nalishdagi boshqa istiqbolli loyihalar haqida ham gapirib beradilar.

Ushbu kontent Fanlar akademiyasi va MPMG hamkorligida tayyorlanmoqda!

To'liq video: https://youtu.be/m0MPX3_SrOM

5 months, 3 weeks ago
**Jismoniy Mashqlar Sizni Aqlliroq Qiladi — …

Jismoniy Mashqlar Sizni Aqlliroq Qiladi — Bu isbotlangan Fakt!

So'nggi yillarda keng tarqangan yangi qarash paydo bo'ldi: Aqlli o'yinchi. Ham intellektual, ham jismonan barkamol shaxs. Ular genetik lotereyada yutib olishganmi yoki jismoniy mashqlar sizni ham aqlli qilishi mumkinmi? Xulosa chiqarishdan oldin, avvalo, o'tmishga nazar tashlasak yaxshi bo’ladi deb o’ylayman.

Yaqin tarixda bizning miyamizdagi hujayralarning soni o’zgarmas miqdorda deb o’ylanar edi. Siz aqlli, kuchli miya bilan tug'ilgansiz yoki yo’q. Bu fikrga ko’ra biz katta bo'lganimizdan so'ng, qachondir miyamiz yangi neyronlarni yaratishni to'xtatishi kerak edi va qariganimiz sari neyronlarni yo'qotib boramiz. Agar o’sha paytda miya o'sadi, va miya yangi hujayralarini hosil qilishi mumkin, deyish sizni ilmiy jamoatchilik tomonidan ahmoqqa chiqarilishingizga va masxara bo’lishingizga sabab bo’lardi.

To’liq video: https://youtu.be/NXZOXhzRV_o

6 months ago
**Parkinson qonuni**

Parkinson qonuni

Agar bir ishni qilish uchun bir yil muddat berishsa, buning uchun butun bir yil yoki hattoki bir umr ketishi mumkin. Ushbu qonunning xulosasi shuki, biror narsani bajarish uchun sizda vaqt qanchalik ko’p bo'lsa, uni tugatish uchun shuncha vaqt sarflaysiz.

Shuning uchun nima qilish kerak? Ushbu videoda, albatta, savollaringizga javob topasiz. Hoziroq tomosha qiling.

To‘liq video: https://youtu.be/gbNkkM93_Vg

6 months, 3 weeks ago

Katta tanaffusdan so'ng yana offline uchrashuvlarga qaytmoqdamiz

Bu safar Pr bo'yicha ekspert, Ucell, Nestlé, UzAirWays va yana bir qator xorijiy kompaniyalarda Pr bo'limlarni boshqargan Kamola Ikromova "Gapning indallosi" mavzusida mahorat darsini o'tib berdilar.

To'liq video ertaga soat 18:30da Youtube kanalimizda e'lon qilinadi. O'tkazib yubormang!

Yana kimlar bilan offline uchrashuv tashkil qilishimizni istaysiz? Javoblarni izohlarda yozib qoldiring!

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari?*Telegram *| Instagram | Facebook|YouTube | TikTok

6 months, 4 weeks ago
**Xristofer Kolumb**

Xristofer Kolumb
Hammamiz uni Amerika qit'asini ochgan sayyoh sifatida bilamiz. Biroq bu yolg'on fakt ekanligi juda kamchilikka malum. Kolumbgacha Amerika diyoriga vikinglar, normandlar borib bo'lishgan edi, qolaversa Beruniy bobomiz ham dengizning nargi tomonida quruqlik bor deya Amerika haqida birinchi malumotlarni bergan edi.

Tarix shunga o'xshash yolg'on faktlarga to'la. Nega yolg'on faktlar yuzaga keladi? Uni kimlar va nima uchun yozadilar? Shu kabi savollarga Modul5ning navbatdagi sonida tarixchi Baxtiyor Alimjanov javob berdilar.

Qiziqarli suhbat ertaga 18:30da Modul5ning Youtube sahifasida premyera qilinadi.

9 months, 1 week ago
Ortda qolayotgan 2023-yil Modul5 jamoasi uchun …

Ortda qolayotgan 2023-yil Modul5 jamoasi uchun sermahsul o'tdi. Yil davomida loyiha uchun o'z sohalarida yuqori natijalarga erishgan ekspertlar o'z tajribalarini bo'lishdilar, ular orasida shef-povar, mohir oshpaz Saidakrom Saidmuhtorov videolari eng ko'p ko'rilgan kontent sifatida esda qoldi. Bundan tashqari Shohida Ibragimova, Nodir Ibatov, Dilnoza Umirzoqova, Diyor Imomxo'jayev, Mo'tabar Xushvaqtova, Muzaffar Jalolov va Bahtiyor Valiyev (Isfandiyor) kabi super shaxslar bizning obunachilarimiz uchun o'zlarining qimmatli va foydali tavsiyalarini berishdi. Hamkorlik uchun ularga katta rahmat aytamiz!

Loyihamiz kuzatuvchilar soni 60k davonini bosib o'tdi va yana ko'payishda davom etmoqda!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yil siz azizlar uchun omadli va mazmunli o'tsin. Modul5 jamoasi siz uchun foydali va qiziqarli kontent yaratishda davom etadi. Qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun katta rahmat!

Hurmat bilan, Modul5 va MPMG jamoasi!

10 months ago

33 YOSHIMDA MILLIONER BO'LDIM | SHOHIDA IBRAGIMOVA | MODUL5 USTOZ

Shohida Ibragimova–siz bu ismni aniq eshitgansiz, lekin 33 yoshida millioner bo'lgan, 5 farzandning onasi, investor, Moliya.uz asoschisi va hozirgi kunda $5mln turadigan kompaniya boshqaruvchisi, qisqa qilib aytganda, "Ayollardan biznesmen chiqmaydi" degan steriotiplarni buzib tashlagan moliya eksperti bilan yaqindan tanishish uchun ushbu intervyuni oxirigacha tomosha qilishingizni tavsiya etamiz!

"Oilasi va erini rozi qilolgan ayol biznesda, albatta, muvaffaqiyatga erisha oladi!"–Shohida Ibragimova

To’liq video: https://youtu.be/y7QbVb7C0Gg

Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari?*Telegram *| Instagram | Facebook|YouTube | TikTok

We recommend to visit

- Ta'limga oid eng tezkor xabar va yangiliklar!

? @DTMreklama

Ushbu kanalda abituriyentlar uchun edu.uz dtm.uz xushnudbek.uz kabi taʼlimga oid rasmiy manbalardagi xabarlar sodda tilda yoritiladi.

http://instagram.com/edu.uz

Last updated 1 month, 3 weeks ago

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 1 week, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 3 months ago