Pedkadr.tdi.uz | ATTESTATSIYA 2024

Description
Pedagog kadrlar attestasiyasi telegram kanali

⚖️ Kanalimizni kuzating va yangiliklar bilan o‘z vaqtida tanishib boring
We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago

2 months, 4 weeks ago

70 foizlik ustama haqida nimalar ma'lum?

🇺🇿 Prеzidеnt farmoni (PF-79-son, 26.05.2023) ga ko'ra 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifalarini bеrish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkrеditasiyasidan o'tkazish orqali pеdagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sеrtifikatini bеrish amaliyoti yo'lga qo'yilishi belgilangan.

Tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan keyin ushbu talablar asosida kerakli natijani qo'lga kiritgan pedagoglar  tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foizlik ustama olishlari mumkin bo‘ladi.

Pedkadr tomonidan oxirgi o'tkazilgan jonli muloqotdan kelib chiqib, 70 foizlik ustama bo'yicha quyidagilar hozirda ma'lum:

- 70 foizlik ustama faqat oliy toifaga topshirayotganlar va himoya qilayotganlarga berilishi mumkin

- Umrbod oliy toifaga ega bo'lganlar ham navbatdan tashqari attestatsiyaga topshirib ishtirok etishlari mumkin.

- Navbatdagi majburiy attestatsiyaga C1 sertifikati bilan imtiyozga ega bo'layotgan xorijiy til o'qituvchilariga bu ustama tadbiq etilmaydi. Imtiyozsiz imtihonda qatnashib ushbu ustamani qo'lga kiritish mumkin.

-Ustamani qo'lga kiritish uchun 86 ball va undan yuqori ball yig'ish kerak

- Sertifikat 2 yilamal qiladi

- Test formatida o'zgarish bo'lmaydi. Ya'ni 35 + 10 +5 ko'rinishida bo'ladi

- Fan spetsifikatsiyasi 10-fevralgacha e'lon qilinadi

- Imtihon aprel-may oylarida o'tkaziladi

Ushbu ustama bo'yicha bizga ma'lumlari shular. Hali qaror chiqmagan. Qaror chiqqanda u yoki bu joyiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi mumkin.
* @ped_attestatsiya
@ped_attestatsiya
*** @ped_attestatsiya

3 months, 1 week ago

⚡️ YANGI NIZOMGA KO’RA ISH TAJRIBALAR ENDI QUYIDAGICHA OMMALASHTIRILADI.

1- maktabda ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ish tajriba metodbirlashmada ko’rib chiqiladi. Ommalashtirishga loyiq deb topilsa, maktab pedagogik kengashiga tavsiya etiladi. Pedagogik kengashda, “ommalashtirilsin” deb qaror qabul qilingan taqdirda.

2- ish tajriba ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Bunda, quyidagi hujjatlar talabgor tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi:

metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishi (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

3- ommalashtirish.uz platformasi orqali yuborilgan metodik ish Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Talabgorning metodik ishi maksimal 80 ball bilan baholanadi. Talabgor tomonidan tayyorlangan metodik ish mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq baholanadi.

Bunda, 50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida, 66-80 ball bilan baholangan metodik ishlar viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.
Shundan 75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Bosqichlar uchun talab etiladigan ballarni toʻplay olmagan talabgorlarning metodik ishi asoslantirilib, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

Oʻquv metodik kengash qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Asos: MMTV ning 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrug‘i.
**** @ped_attestatsiya

3 months, 1 week ago

? Olimpiadada faol ishtirok etganlar uchun Sertifikat  ?  beriladi.

Buning uchun siz ko'rsatgan natijangizni @Tests_admin ga skrinshot qilgan holda yuborishingiz hamda ?‍? Familiyasi, Ismi, Otasining ismi tuman, maktab ko'rinishida o'zlari haqidagi ma'lumotlari va Test topshirgan fanini berishlari talab qilinadi.

3 months, 1 week ago

?*? Tabiiy fan(Science) fani Ustozlari uchun 2025-yil ilk @olimpiadalar testlari @attestatsiya01
@talimkuni testi
? 25 ta savol · 30 soniya*

3 months, 1 week ago

?*? Texnologiya(o'g'il bolalar) fani Ustozlari uchun 2025-yil ilk @olimpiadalar testlari @attestatsiya01
@talimkuni testi
? 30 ta savol · 30 soniya*

3 months, 1 week ago

?*? Texnologiya(qiz bolalar) fani Ustozlari uchun 2025-yil ilk @olimpiadalar testlari @attestatsiya01
@talimkuni testi
? 30 ta savol · 30 soniya*

3 months, 1 week ago

?*? Tasviriy san'at, Chizmachilik fani Ustozlari uchun 2025-yil ilk @olimpiadalar testlari @attestatsiya01
Kanalimiz: @talimkuni Guruh: @attestatsiya01 testi
? 25 ta savol · 30 soniya*

3 months, 1 week ago

?*? Musiqa fani Ustozlari uchun 2025-yil ilk @olimpiadalar testlari @attestatsiya01
@talimkuni testi
? 20 ta savol · 30 soniya*

3 months, 1 week ago

?*? Davlat va huquq asoslari fani Ustozlari uchun 2025-yil ilk @olimpiadalar testlari @attestatsiya01
Kanalimiz @talimkuni , Guruh: @attestatsiya01 testi
? 25 ta savol · 30 soniya*

6 months ago

Savol: Toifa olish uchun minimal necha ball kerak?

? Javob: Nizomning 44-moddasiga muvofiq, ikkita bosqich natijalariga qarab quyidagi talablar mavjud:

a) Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagoglar:

80 ball va undan yuqori bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tgan hisoblanib, oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimi saqlanadi;

80 balldan kam bo‘lsa — attestatsiyadan o‘tolmagan deb hisoblanadi va birinchi malaka toifasi yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimiga tushiriladi (navbatdan tashqari attestatsiya o‘tganlar bundan mustasno);

b) Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagoglar:

80 ball va undan yuqori bo‘lsa — oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimi beriladi;

70-79 ball oralig‘ida bo‘lsa — birinchi malaka toifasi yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimi saqlanadi;

70 balldan past bo‘lsa — ikkinchi malaka toifasi yoki katta o‘qituvchi lavozimiga tushiriladi (navbatdan tashqari attestatsiya o‘tganlar bundan mustasno);

v) Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagoglar:

70 ball va undan yuqori bo‘lsa — birinchi malaka toifasi yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimi beriladi;

60-69 ball oralig‘ida bo‘lsa — ikkinchi malaka toifasi yoki katta o‘qituvchi lavozimi saqlanadi;

60 balldan kam bo‘lsa — mutaxassis yoki oliy maʼlumotli o‘qituvchi lavozimiga tushiriladi (navbatdan tashqari attestatsiya o‘tganlar bundan mustasno);

g) Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagoglar:

60 ball va undan yuqori bo‘lsa — ikkinchi malaka toifasi yoki katta o‘qituvchi lavozimi beriladi;

55-59 ball oralig‘ida bo‘lsa — mutaxassis yoki oliy maʼlumotli o‘qituvchi lavozimi saqlanadi;

55 balldan kam bo‘lsa — lavozimga mos emas deb topiladi va malaka talablariga javob bermaydi (navbatdan tashqari attestatsiya o‘tganlar bundan mustasno).

❗️ Navbatdan tashqari attestatsiya natijasida o‘tolmagan pedagoglarning malaka toifasi yoki lavozimi pasaytirilmaydi va ular lavozimga mos emas deb topilmaydi.

Mutaxassis yoki oliy maʼlumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagoglar, agar majburiy attestatsiyadan o‘tolmasa, ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli.

?‍♀️ Attestatsiya haqida bilmagan hamkasblaringiz bilan ulashing.

**** @ped_attestatsiya

We recommend to visit

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

? Reklama xizmati: @Inline_reklama

? Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 5 months, 1 week ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 9 months ago

Ayollarimiz uchun ochilgan "AYOLLAR - kanali" ga xush kelibsiz!

Murojaat uchun - @Ayollar_ads

Last updated 1 year, 9 months ago