Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago
Jinsi va tushkunlik yoxud kiyimlar va kayfiyat haqida
Yaqinda kyimlarning ruhiyatga ta'siri haqida bir maqola o'qigandim. Unda aytilishicha, tushkun holatdagi ayollar qopsimon, keng toplar va jinsi kiyishga moyil ekan. Baxtliroq ayollar esa o'ziga qarashga, chiroyli kiyinib, taqinchoq taqishga harakat qilarkan.
Albatta, bu jinsi kiyganlarning barchasi depressiyada ekanini anglatmaydi. Tushkun ahvoldagi ayollar chiroyli kiyinishga, nima kiyayotganiga e'tibor qaratishga o'zida kuch topolmaskan. Tadqiqotga ko'ra "baxtli kiyimlar"ga bejirim, ixcham turadigan yorqin liboslar kirarkan.
Inson egnidagi kiyimlarini yoqtirmasa, u diqqatni jamlashi, ish, munosabatlar, oilaga e'tibor qaratishi qiyinlasharkan. Qulay, chiroyli turadigan kiyimlar esa insonning o'ziga ishonchini orttirib, kayfiyatini ko'tararkan. Natijada bunday insonlar samaraliroq ishlarkan.
Sinab ko'ring: tushkun paytingiz shkafdan chiroyli kiyimingizni olib kiying, sochlaringizni to'g'rilab, o'zingizga qarang. Hech qayerga chiqishingiz shart emas. Shunchaki, yasanib, bir piyola choy yoki qahva tayyorlab, xotirjam o'tirib iching. Kayfiyatingiz ko'tariladimi yoki yo'qmi? Bilib olasiz.
Aytgancha, uyda chiroyli kiyinish haqida fikr kelib qolgandi. Narigi kanalga yozdim.
Siz-chi, uyda chiroyli kiyinasizmi yoki eskirgan ko'cha kiyimlaringizni kiyasizmi? Ko'chada-chi? Oversize futbolka va jinsimi yoki o'zingizga yarashadigan boshqa narsami?
Nega oversize kiyishingiz haqida o'ylab ko'rganmisiz? Chindan qulay bo'lgani uchunmi yoki tanangizdan ko'nglingiz to'lmagani, tasavvuringizdagi nuqsonlaringizni berkitish uchunmi?
Komilning bogʻchasida eronlik oilaning oʻgʻli bor. Komildan bir necha oylik kichik. Onasi Avstriyaga kelganiga 6 yil boʻlibdi, lekin nemis tilini hali ham uncha yaxshi bilmaydi. Quyiroq B1 daraja boʻlsa kerak.
Juda yaxshi ayol. Pozitivchik. Ingliz tilini umuman bilmaydi, shu bois bogʻchadan keyin birga bolalar maydonchasiga borganda faqat nemischa gaplashishga majburmiz. Unga ham qiyin, menga ham. Shunaqa payt maktab chogʻlarida Xatirchidagi loʻli qoʻshnilarimdan tojikchani oʻrganib olmaganimga achinaman?
Xullas, oxirgi paytlarda oʻgʻli u tushunmaydigan soʻzlarni ishlata boshlabdi.
– Nemischada ham, forschada ham bolam aytganini tushunolmay xavotirga tushdim. Nemis tilimni rivojlantirmasam boʻlmaydi ekan, deb.
– Komil baʼzida oʻzbekcha inglizcha aralashtirib soʻz yasaydi, balki Dian ham nemischa-forscha soʻz yasagandir?
– Ahaha, shunaqa boʻlsa mayli edi. Ertasiga bogʻchaga borib tarbiyachidan soʻradim. Oʻgʻlim rumincha gapirayotgan ekan?♀️ Guruhdagi Lamiyani taniysizmi? Shu qizcha ruminiyalik ekan, Dian bilan birga koʻp oʻynaganiga Dian undan rumincha soʻzlarni oʻzlashtirib olibdi?
Komil bogʻchada koʻpincha Leonard va Andrey bilan oʻynaydi. Ularning onalari belarus va qozogʻistonlik rus ayollar. Ikkisining ham otasi avstriyalik. Koʻnglim sal joyiga tushdi, oʻzlashtirsa ham yo nemischa yo ruscha soʻzlarni olishi mumkin ulardan.
O'zing o'qimaganing uchun bolang ham o'qimasin
Viral bo'lib ketgan intervyuning bir qismini ko'rib qoldim - miyam portlab ketay dedi? Televizorga chiqib, o'zing til bilmasang, bolang ham bilmasligi kerak, chunki til tafakkurni o'stiradi, rivojlantiradi, deydi bir opa. Bilimsizni bolasi bilimsiz, kambag'alni bolasi kambag'alligicha qolishi shart tamoyiliga qattiq ishonadi, shekilli. Yosh bolalar o'ynasin, o'qimasin ekan.. Til bilgan bola ota-onasini hurmat qilmasmish.
Meni O'zbekistondagi do'st-dugonalarimning hammasi kamida 2-3-4 tadan til biladi. Aksariyatining ota-onasi maksimum 2 ta til biladi: o'zbek va rus. Mening onam faqat o'zbek tilini biladi. U zamonlar qishloq joyda bolasiga til o'rgatish oxirgi masala bo'lgan, balki bu narsa xayoliga ham kelmagandir bobo-buvimlarni. Men tillarga qiziqqanim uchun 3 tadan tashqari yana 5 ta tilni o'rganishga urinib ko'rganman. Shu yil sertifikat olsam, rasman 4 ta til bilishim bilan maqtanaman hali?
Men ham, 3,5 ta til biladigan turmush o'rtog'im ham, do'stlarim ham ota-onasini hurmat qiladi, imkon qadar ularga yaxshilik qiladi, og'irini yengil qilay, deydi. Hatto o'zbekistonlik koreys, metis o'rtoqlarim ham shunaqa. Aynan til bilgani uchun ko'proq pul topadi va ota-onasiga ko'proq yaxshilik qila oladi. Ikki million oylikni bolamni tagligiga sarflaymi yoki onamni dorisigami degan muammo qarshisida turmaydi.
Bolalar o'ynashi kerakligi to'g'ri. Lekin tilni o'yin orqali o'rganish eng samarali usulligini u opa bilmaydi, menimcha. Juda oddiy haqiqat bor: bola bilan bir dona cho'pdan ham o'yin o'ylab topsa bo'ladi. Rasmli kartochkalar, taktil rivojlanish uchun yog'och harflar, tasavvuri kengayishi uchun uyqudan oldin ertak o'qib berish yoki eshittirish va boshqalarni bola jon deb o'ynaydi, eshitadi. Bola bularni dars deb qabul qilmaydi, chunki hamma narsa o'yin u uchun.
Ota-ona til bilmasa, bolaga o'rgatmaslik kerakligi juda absurd narsa. Katta bo'lganda o'rganish qiyinroq, sekinroq bo'ladi. Va til bilgan tengdoshlari bor vaqt va e'tiborini kasb egallashga qaratgan paytda, sizning bolangiz til o'rganishga qatnaydi. U qanchalik ortda qolishi, yutqazishini tasavvur qilyapsizmi? U til o'rganib bo'lgunicha, tengdoshlari o'z kasbining ustasiga aylangan bo'ladi.
Yoshlikdan ma'lumotlarni o'zlashtirishga o'rganmagan miya katta bo'lganda dars qilgisi kelmasa-chi? Zo'r mutaxassis bo'lsa ham ish topolmay yuradimi? Chunki o'sha televizordagi opaga o'xshaganlarning o'zi "Rus tilini bilmasang ishga ololmaymiz" demaydimi?
Aksariyat zamonaviy, kerakli ilmiy manbalar rus, ingliz tilidaligini hisobga olsak, til bilmagan bola yaxshi mutaxassis bo'lolmaydi ham. Chala bilimi bilan diplom oladi-da, diplomni sandiqqa joylab, o'zi Qozog'iston yoki Rossiyaga ketadi. Va televizordagi opaning gapiga quloq solgudek bo'lsa, o'zining bolasiga ham aslo til o'rgatmaydi. Otani hurmat qilmay qo'ysa-chi, bilib bo'ladimi? Undan ko'ra Rossiyada yelkasi qavargani yaxshi, "zato hurmat qiladi, ma'naviyatli bo'ladi, bolaligida o'ynab qoladi". Harf, til o'rganish, 5 ta olmaga 3 ta olmani qo'shib, sanab chiqishni ham qiziqarli o'yin qilish mumkinligini bilmaydi yo inkor qiladi.
Kimga mazza shunda? O'sha opaning til o'rganayotgan nevaralariga mazza. Ertaga mehnat bozorida ularga raqobat kam bo'ladi.
Oila, juftlar psixologiyasiga oid tadqiqotlar va kitoblarni koʻp oʻqiyman. Qiziq mavzu. Aksariyatida mavjud umumiylik – juftni shaxs sifatida hurmat qilish, bir-birining qiziqishlari va maqsadlarini qoʻllab-quvvatlash, bir-birining sevimli narsalari/ishlarini bilish va mehr koʻrsatishda ularni ishlatish, juftining mukammal boʻlishini kutmaslik, u ham qusurli oddiy odam ekanini tan olish va hokazolar boʻladi.
Men uchun eng qizigʻi – samimiy suhbat qura olish tamoyili. Faqat roʻzgʻor va farzandlar haqida gaplashmasdan, oʻzi uchun qiziqarli mavzularni jufti bilan muhokama qilish munosabatlarni mustahkamlaydi. Lekin koʻpchilik toʻydan keyin bu narsani unutadi.
Masalan, avvallari adabiyotga qiziqqan juftlik biror asar yoki sheʼrning goʻzalligi, maʼnosi, yaxshi-yomonligini muhokama qilgan odamlar toʻydan keyin shu ishni qilmaydi. Ikkalasi ham bir-birini toʻliq bilaman, deb oʻylaydimi, ishqilib roʻzgʻordan boshqa mavzular deyarli tilga olinmaydi.
Yanada qiziq tomoni juftlar boshqalar (doʻstlar, hamkasblar, tanishlar) bilan oʻzi qiziqqan mavzularini muhokama qilishda davom etadi. Ayniqsa erkaklar futbol, siyosat, moliya kabilarni "ayol kishini aqli yetmaydi" deydi-da, uyga qaytganda ayoli bilan suhbatga vaqt ajratmaydi. Telefon yoki televizor ekrani juftidan koʻra qiziqroq va muhimroqdek goʻyo.
Shu oʻzgarishni oʻzimizda ham kuzatdim. Oldin bahslashadigan mavzularimiz xilma-xil boʻlardi. Hozir roʻzgʻor va biznesdan tashqari biror mavzuni juda kam muhokama qilamiz yoki bahslashsak ham birdan qizishib ketamiz. Bir necha yil oldin biror asarda soʻzlar mahorat bilan qoʻllangani, biror sheʼrni qaysi ibora goʻzal qilganini gaplashgan odamlar sheʼr ham oʻqimay qoʻygan?
Shu tendensiya davom etsa, yana biror yil ichida roʻzgʻordan boshqa narsani gaplashish bizga erish tuyuladigan boʻladi. Bu esa emotsional chanqoqlik, oʻzinikidan koʻra boshqalarning (bolalar, qoʻshni, qarindosh) munosabatlariga eʼtibor qaratish, hayotdan qoniqmaslik va boshqa bir dunyo xususiy muammolarga olib keladi.
Aytgancha, biz umuman "dars qilmaymiz". Faqat harf yozish, shakllarni chizish o'ynaymiz?
Afsuski, bu "o'yinlarni" har kuni ham o'ynagisi kelmaydi. Shuning uchun haftada 3-4 marta o'ynaladi, xolos. Shunda ham o'zi xohlagan harflarni, o'zining xayoliga kelgan so'zlarni yozadi.
Bog'chada bularning guruhiga hali harflarni o'rgatishmaydi, menimcha. Har holda rasmiy dasturida yozish va o'qishni o'rgatish yo'q. Rasm chizish, qo'shiq aytish va boshqalar bor.
Bola bir joyda o'tirmaydigan, foydali narsa o'rgataman, deyishingiz bilan shaytonlaydigan bo'lsa, mashg'ulotlarni "bu foydali narsamas, shunchaki o'yin" deb nomlashga o'ting. Oz-moz foyda beradi.
Albatta, monstrcha ham birdaniga muzokarachi bo'lib qolmagan. U ham dunyoni boshiga ko'tarib uvillardi. Bir gal qishloqqa borganimizda birga do'konga chiqqanmiz. Qaytishda qanchadir masofa ko'taraman, keyin velosipedingda surib ketaman, deb kelishdim. U esa ko'nmaslikka qaror qildi va uyga kelguncha bo'g'ilib yig'lab keldi.
Qaynonam "bechora monstr"ga ichi achib ketdi: "Bolani bunday yig'latmanglar-ey!" O'zim ham monstr bo'lsam kerak, hech achinmadim: "Yig'layversin! Arillagani uchun ham ko'tarmayman".
Hozir yurgisi kelmasa, sekin tushuntiradi:
- Min chaychadim, mommy. Ko'tay endi.
- Hali 100 metr ham yurmadik-ku. Ko'tarsam belim og'riydi, kap-katta bolasan.
- To'xtagin. Mini eshit: ojgina ko'tayasan, keyin ko'p o'jim yuyaman, keyin yana ojgina ko'tayasan. Maylimi?
- Mayli, anavi ko'k mashinagacha yursang, keyin ozgina ko'taraman.
Supermarketlarda tomosha ko'rsatganlari ham bo'lgan. Lekin aynan uvillagani sabab shirinlik ololmagach, hozir o'zini normal tutadi. Birdaniga bir savat narsa ololmasligini biladi, bir kun 1-2 ta narsa, boshqa kuni boshqa narsa olishi mumkinligini kelishadi. Qilgisi kelmagan ishlardan butunlay bo'yin tovlashni iloji bo'lmasa ham muzokaraga kirishadi:
- Biyinchi o'ynaymiz/TV ko'yamiz/chizamiz, keyin sen aytganingni kilamiz. Nima deysan?
- Mayli, deyman, nima ham derdim?
Uyimizga yaqin maydonda har xil mashina-hayvonchali karusel bor. Har safar o'sha tomondan yursak, monstrcha 3-4 marta uchadi. Bir uchishi 2,5 yevro (34 ming so'm). Lekin birdan 5-10 ta chipta olsangiz, ancha arzonroq tushadi. Chiptalari to'rtburchak plastik jeton ko'rinishida.
Bugun ham borgandik. Bir eronlik ayol 4-5 yoshli qizchasini uchirdi. Tushish vaqti kelganda qizcha bor ovozda chiyillab, karusel ustida qochib qarshilik qildi. Ona yaxshi gap bilan, shirinlik bilan ko'ndirishga urindi. Qizcha shirinlikni oldi-yu, lekin tushmadi. Majburlab ko'tarib tushdi ona.
Pastga tushgach, qizchaning dod-faryodi butun mahallani tutdi-ku. Yerga yotib olib, baqirib... Onasi bechora yalinib ko'ndirishga harakat qiladi. Shu payt ko'chadan o'tib ketayotgan bir avstriyalik kishi qizchani yana karuselga chiqarishni so'radi va kassaga borib bir marta uchishga to'lov qilib ketdi.
Lekin bu xato ishligini men bilib turardim? Bola xarxasha qilib sizni "shantaj" qilganda hech qachon unga yon bosmaslik kerak. Bir marta dod-voydan keyin aytganini o'tkazsa, keyin bu odatiy qurolga aylanadi. Bu holatda ham shunday bo'ldi: qizcha yana karuseldan tushmaslik uchun janjal qildi.
Biz monstrcha bilan oldindan necha marta uchishini kelishamiz. Va gapida turmasdan yana talab qilsa, boshqa u yerga qaytib bormasligimizni tushuntirganmiz. Shu sababmi yoki o'zi vijdonan va'dasini bajargisi keladimi, ishqilib kelishuvga amal qiladi.
Janjal qilmoqchi bo'lsa, so'ragan narsasini bermayman. Janjal o'rniga muzokara yuritib, aytganini olishni o'rgangan. Xullas, bolaga istagini mantiqan asoslab qo'lga kiritishni o'rgating. Katta bo'lganida muammolarini isterika bilan emas, balki xotirjam gaplashib hal qila olishini tushunadi shunda.
#baby_language
"Juddddda ertaga"
Monstrcha o'zi qilishni xohlamagan ishlar uchun yangi vaqt birligini yaratgan: juddddddddda ertaga!
- Nima degani u juda ertaga?
- Veeeeeeery tomorrow degani.
- Tarjimasini aytganingdan foyda yo'q. Necha kun o'tsa, juda ertaga bo'ladi?
- Hmmm...Yuz yil o'tsha, judddda eytaga keladi. Do you believe now?
Juddda eytaga o'jimni kyavatimda uxliman.
Endi bildingmi/tushundingmi deyish o'rniga endi ishonasanmi, deb ishlatadi ? Ha, hazratim, haqligingizga iymon keltiraman, deyishimizni kutsa kerak?
Juda ertaga qaytaraman, deb hammadan qarz olib chiqsammikan?
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 day, 23 hours ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 1 month, 2 weeks ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 5 months ago