Infinite Entertainment, Zero Cost: Get Your Free Books, Music, and Videos Today!

Og'abek Sharipov

Description
📝 Og'abek Sharipov ijodiy kanali
Advertising
We recommend to visit

OFFICIAL CHANNEL OF NASA-MOD🚀

🌍Official Channel : @Nasamodofficial
🇨🇳China: @NASAMODChina666

Owner : @aoinasa

SET-UP : @nasamodfiles
All Feedback : @nasamodwin

Last updated 2 Wochen, 3 Tage her

https://youtube.com/c/MusseSolomon

https://www.facebook.com/mussesolomonsisay/

https://www.tiktok.com/@mussesol?_t=8Uf4N5mSyaT&_r=1

Last updated 1 Monat, 1 Woche her

Last updated 1 Jahr, 1 Monat her

1 month, 1 week ago
1 month, 1 week ago

Xudodan-ku koʻnglim toʻq,
Bandalari kechirsa...
@ogabek_sharip

1 month, 1 week ago

**USHMUNDOQ

Osima,
Ne qilay koʻnglim ushmundoq,
Bir cheti osmonu, bir cheti tuproq.
Bir tunda podshoman ikki kishvarga,
Bir kunda zordirman bir qur nazarga.
Lipillab, lipillab boʻzardi ruhim,
Xohla porlatib qoʻy, xohla parchala,
Esiz, har tomonga urdi shukuhim,
Esiz, oʻtolmadim shum darichadan.

Osima,
Roziman, mendan asar yoʻq,
Ista, men haqimda boshqa xabar yoʻq.
Ammo dilim erka dilingni istar,
Mendek xushxabar yoʻq,
Mendek xatar yoʻq.

Osima,
Alarga koʻp ham inonma,
Ular qush koʻmganlar xiyobonlarga.
Qumlari zarlangan
Boʻlsa ham bordir,
Lek harom oʻrmalar tovonlarida…

Osima,
Sen haqsan,
Men tugab botdim,
Bu qissa soʻngida, shudir qasida.
Goʻzal borligʻimni maydalab sotdim,
Yoʻgʻimni qaytardim
Oʻz egasiga…

© Abduvali Qutbiddin**@ogabek_sharip

1 month, 2 weeks ago

Ba'zan eng katta ehtiyojing tinmoq boʻladi. Ichingdagi gʻazab, afsus, xavotir, umid va hatto sevgi tinishini istaysan...@ogabek_sharip

1 month, 2 weeks ago
**Inson oʻzini oʻzi ishontirolmaydi, oʻzini oʻzi …

Inson oʻzini oʻzi ishontirolmaydi, oʻzini oʻzi ovutolmaydi – Xudo kerak. Inson oʻzgalarni ishontirishga urinadi, oʻzgalarni ovutmoqchi boʻladi. Xudoga taqlid bor inson qonida.@ogabek_sharip

1 month, 2 weeks ago

Hayot koʻhna, dono muallim...@ogabek_sharip

1 month, 3 weeks ago
**Oʻchganida xotir boʻyogʻi,

Oʻchganida xotir boʻyogʻi,
Qaytdik oʻsha bekatga takror...
@ogabek_sharip

1 month, 3 weeks ago

“Parvozni eslab qol, qush esa o’lar”@ogabek_sharip

1 month, 3 weeks ago

#eski_sher

TAQDIR

Osmon yiroq, Yer qattiq –
Ketolmayman yomon-o !
Qo'yningda bir o'g'ilcha,
Kecholmayman hamon-o ...

Hayot bilan qurganing
Shunday achchiq bitimmi –
Bolangni otasi bor,
Sevging endi yetimmi?

Tovon o'pgan suluv soch
Nahot hovli supursa?!
Rashkim kelar edi kim
Sochlaringni gapirsa...

Badqovoq zolim ering
Qo'l solmas ko'ngilchangga.
Men ko'nmadim, sen ko'nding,
Ovunding o'g'ilchangga.

Men ham yuribman ega
Savob-u gunohimga.
Yolg'izmasman – qalamni
Olganman nikohimga.

Dunyo ekan devona,
O'z so'zidan qolmagan.
Odamzotning boshiga
Ne ko'ylarni solmagan?!

Sendan biroz xafaman,
Armon o'rtar ko'ksimni.
Hech bo'lmasa o'glingga
Qo'ymabsan-a ismimni?!

© Ogʻabek Sharipov

https://t.me/ogabek_sharip

[‍](https://telegra.ph/file/f4759b932cca48e265dc1.jpg)[#eski\_sher](?q=%23eski_sher)
2 months ago

Yolgʻonlar shahridan chiqmayman omon,
Olib ketolmayman xotira – koʻchim.
Dimogʻim qopladi chang kabi yolgʻon,
Aksirib tashlashga yetmaydi kuchim.

Oʻpkamga yoʻl olar yolgʻonlar oson,
Kuya tushgan yungdek tugar oxir jon.
Ellikmi, oltmishmi, yetmishmi bu son,
Naryogʻi aqlimga sigʻmagan chiston.

Koʻzga koʻrinmadi hech bu shahar keng,
Oʻzimni ovutdim gohi she'r yozib.
Oʻlgach, mening qabr toshimga yozing:
"Yolgʻonlar shahrida rost oʻldi – bu!", deb.

© Ogʻabek Sharipov**@ogabek_sharip

We recommend to visit

OFFICIAL CHANNEL OF NASA-MOD🚀

🌍Official Channel : @Nasamodofficial
🇨🇳China: @NASAMODChina666

Owner : @aoinasa

SET-UP : @nasamodfiles
All Feedback : @nasamodwin

Last updated 2 Wochen, 3 Tage her

https://youtube.com/c/MusseSolomon

https://www.facebook.com/mussesolomonsisay/

https://www.tiktok.com/@mussesol?_t=8Uf4N5mSyaT&_r=1

Last updated 1 Monat, 1 Woche her

Last updated 1 Jahr, 1 Monat her