Og'abek Sharipov

Description
📝 Og'abek Sharipov ijodiy kanali
We recommend to visit

OFFICIAL CHANNEL OF NASA-MOD🚀

Owner | Creator : @aoinasa

SET-UP : @nasamodfiles
All Feedback : @nasamodwin

Last updated 3 months ago

Last updated 1 year, 11 months ago

Last updated 4 months ago

1 month ago
**Tomogʻin hoʻllasin, tupurdim,

Tomogʻin hoʻllasin, tupurdim,
Pajmurda ogʻriqning ogʻziga...
@ogabek_sharip

1 month ago
**Hayo yaxshi narsa. Masalan, boʻlar boʻlmas …

Hayo yaxshi narsa. Masalan, boʻlar boʻlmas masala ustida tortishishdan toʻsadi. Yana bir misol, boʻsh she'ringni ommaga chiqarishga qoʻymaydi. Biroq shundayam me'yor boʻlishi kerak. Hayo deb uni qilmasang, buni qilmasang, oʻzingdagi bor isteʼdodniyam yoʻqqa chiqarasan, qoʻrqoqqa aylanasan. Hammayam birdan pishganmas, axir.@ogabek_sharip

1 month ago
***Bugun ustoz shoir Odil Ikrom tugʻilgan …

**Bugun ustoz shoir Odil Ikrom tugʻilgan kun. Umrlari uzoq boʻlsin!

Uchinchi dunyo

Vahdat sharobidan koʻngil boʻlar mast,
Diling bilan bitta boʻlsa zaboning.
Ikki dunyoda ham boshi qoʻshilmas,
Tilagi bir boʻlgan ikki gadoning.

Qoʻlimizdan kelsa, yordam beraylik
Soʻzlarning bagʻrida ungan xunyoga.
Shohlar zeriktirdi, kelgin, ketaylik,
Gadolar bir-birin suygan dunyoga…

© Odil Ikrom**@ogabek_sharip

3 months, 3 weeks ago
[**‍**](https://telegra.ph/file/b9b6676578fabdd6e64be.jpg)*****

*
Dilning ta'bi tobimdan baland,
Ko'ksim tormish, istagi yormoq.
Ne manzilga boylamay qanot,
Axir tanim Yerniki mutloq.

Dilning ta'bi tobimdan baland,
Qalam o'tmas, istagi yozmoq.
Yozmoq uchun kerak kuchli dard,
Mening esa dardim ham qashshoq.

Dilning ta'bi tobimdan baland,
Ko'ksim tormish, istagi yormoq.
Ne manzilga boylamay qanot,
Na ruh botir, na tan kuchliroq...

© Og'abek Sharipov**@ogabek_sharip

3 months, 3 weeks ago

* Mansur Jumayev
? Mening xatolarim
? Muallif*@ogabek_sharip

4 months ago

onam meni har doim men ularni sogʻingandan koʻp sogʻingan.

4 months ago

**кел, битта ӯп манглайимдан, ёр
муз танамга ёпинчиқ ӯра,
мен, яхшиман дейман. аслида
қандайлигим, қайтадан сӯра.

дунё сенга боқарканми?!
қӯй...
мен совқотдим, не олам ёнса?
шундоқ митти танамни, нахот,
оташ севгинг иситолмаса?!

нима топтик яшаб, айт ахир?
бахтни излаб топмоққа муштоқ,
қидирдик, лек тонналаб бахтни
ҳеч ким бизга тутмади шундоқ

мен хайрон.
йӯқ, севмоқ не даркор
бир бировни этолмасак ҳис?!
ёнимга кел, дунёни қӯй, ёр.
ахир унда толе йӯқ тӯкис.

(c) Ӯктамой**

4 months ago

**MEN ILGARI HECH "HECH"DEK ASAR OʻQIMAGANMAN.

Avvalo, barcha fikrlarim subyektiv. Va fikrning toʻgʻri, notoʻgʻrisi boʻlmaydi.

"Hech" bir qarashda aljirayotgan odamga oʻxshaydi. Siz hech aljirayotgan odam bilan suhbat qurganmisiz, uzoqqa bormaydi, yoqmaydi, hech narsa topmasligingizni bilasiz. Lekin "Hech"ning "aljirashi" yoqadi, nimadir topishingizni aniq his qilib turasiz.

"Hech"ning hayot haqidagi odamzodning doimiy savollariga mana bunday qisqa, oson va toʻgʻri javob berib ketishi hayratlantiradi kishini: "Odam hayoti yolgʻon bilan chinni ajratishga sarflanar ekan".

Albatta, kitobning qayeridadir, balki koʻp joyda oʻzing bilan kesishasan. "Yigit er kishiga berilgan tabiatning ishonch degan ashqoli ta'siridan kechib oʻtolmaydi. Ayol kishi er kishining ana shu ashqolidan qurol sifatida foydalanadi".

"Fikrda manfaat bor, oʻyda ham, xayolda ham, tushda ham, hisda manfaat yoʻq, chunki uning oʻzi soʻnggi manzil". Bilmayman, balki, bu asarga aql ham aralashgandir, balki asosidir. Lekin menga bu boshdan adogʻ hissiy asardek tuyildi. Bu koʻproq she'rda boʻladi.

Keksa yongʻoq boʻlardi (haliyam bor), tagida katta karavot boʻlardi, bobom (yoʻq lekin) qoʻllarini chalkashtirib yotardida, yongʻoq barglariga qararmidi, olis osmongami, balki undan narigadir... xullas, bir nuqtaga tikilib oʻziga oʻzi gapirardi. "Hech" ana shu bobomga oʻxshab gapiradi – "Biz oldin yomgʻir changini yuvib ketgan daraxt bargida yashardik. Oʻtgan-ketganni kuzatib. Keyin barg uzilib yerga tushdi. Xazonga aylandi. Qiziq, biz qarimadik. Aksincha, yerda turib odamlarni kuzatardik".

Boshqalarga oʻxshamagan mutolaa zavqi uchun rahmat, "Hech". "Kutmoqlik – odat. Lekin seni kimdir kutishini xohlashing nima? Odatmas. Yashash – odat. Lekin yashashdan charchash odatmas".

"Hech"ni tugatgach, endi u senga hech kim boʻlib qolmaydi. "Odam amalini tinmay yoqlab turishi zaiflikni koʻrinishi boʻlsa kerak. Shunda yana boshqani qoʻshmay, oʻziga nisbatan ayovsiz, hushyor gaplashadigan odat chiqaradi".

"Yashashning foydasi yoʻqligini bilish uchun yetmish uch yil yashashimga toʻgʻri keldi. Anglashning bema'niligini bilish uchun, eh-he, qancha kitob oʻqish kerak boʻlarkan?" Qadim savollarga yangi javoblar beradimiye...

"Odamzodni oʻrganish yoki bilish juda ham oson. Odamzodning qarisi niqob kiyishdan charchab qoladi". Yigirmada yetmishga ham kirish mumkin, masalan.

Kuzning faqat oʻzigagina tegishli xarakteri, faqat oʻzigina ulasha oladigan kayfiyati bor. "Hech" ham shunday. Va bu ikkisi hayotimda bir vaqtda.

"Tong oppoq nuqtalardan birikkan. Bu gulshanda har qaysi nuqtaning dostoni bor. "Siz taqdiringizdan soʻzlab bering". Koʻkdan chakka tomardi. Bu musiqa qaysi oq nuqtaning oʻtmishi edi. Hozir tong otadi. Uni yuzi koʻrinadi. Soʻz emas, hatto musiqalar yonadi. Hamma narsa kul boʻlib – yoʻq boʻladi. Faqat sevgi qoladi".

Murod CHOVUSH
? "HECH"

© Ogʻabek Sharipov**@ogabek_sharip

4 months ago

**Ketma, jonim, ayriliqdan jon bezor..

Mirtemir sheʼri.**@ogabek_sharip

4 months, 1 week ago

toʻgʻrisini ayting,
sevib koʻrdingiz, boʻlmadi-a?!

We recommend to visit

OFFICIAL CHANNEL OF NASA-MOD🚀

Owner | Creator : @aoinasa

SET-UP : @nasamodfiles
All Feedback : @nasamodwin

Last updated 3 months ago

Last updated 1 year, 11 months ago

Last updated 4 months ago