Dilnura blogi

Description
Ko‘proq kitoblar haqida: @Dilnurasbooks

Playlistim bu yerda: @Dilnura_playlisti
Advertising
We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago

3 weeks, 1 day ago

Hayotni anglashga, uni mayda zarrasiga qadar yashashga va o’z hayotimni qurishga harakat qilar ekanman sizga o’xshashimni his qilaman. Oynaga qaraganimda ko’p narsani uddasidan chiqayotgan, mustaqil, erkin, muhimi qa’tiyatli va jasur qizni ko’rib, bularning ko’pi sizning mehnatlaringiz ekanligini anglayman. Meni kuchli va jasur qilgan ham aslida sizsiz.
Bilasizmi, mendagi yengilmaslik ruhi sizdan o’tgan. Siz ham yengilmas, o’ta qa’tiyatli va mustaqilsiz-ku!
Men bir vaqtni o’zida sizga o’xshashimni va sizdan farq qilishimni his qilaman. Qiziqishlarimiz farqli ammo ruhimiz o’xshash. Qiynalgan va o’zimni charchagan his qilganimda sizga qo’ng’iroq qilaman. Chunki, dunyoda tayanishim mumkin bo’lgan tayanch nuqtalarimdan birisiz. Yoningizda o’zimni xavfsiz va huzurda his qilaman. Hayotimda bor ekansiz meni har holimda, xatolarim bilan qabul qiladigan bir makonim borligini sezib turaman.
Hayotimdagi ta’limning ahamiyatini, kitoblarning muhimligini anglatganingiz, qiz bola uchun o’z ma’suliyatini zimmasiga olish uning hayotida naqadar muhimligini ko’rsatganingiz uchun rahmat!
O’rganishim kerak bo’lgan bilimlarni osonlik bilan o’zlashtirib olganimda, yaxshi xotiram bilan oson yodlaganimda, mendagi sizning geningiz kuchi bilan faxrlanaman. Sizga o‘xshash qandaydir boshqacha his, ta‘rifsiz. Kelajakda zabt etadigan marralarim, darajalarim, g’alabalarim ortida sizning ham katta mehnatingiz yotadi. 
Har bir inson o’z hayotidan harakatlantiruvchi motivlar izlaydi, topadi. Eng muhimi demayman ammo muhimlaridan biri bo’lgan motivim – sizning “Sen bilan faxrlanaman, qizim” deyishingiz. Buni uddalay olishimga ishonaman.
Bugun sizni tug’ilgan kuningiz. Men esa yoningizda emasman. Sanalar va raqamlar emas birga o’tkazgan yaxshi onlarimiz – asl hayotdir. Umid qilaman-ki, sizning hayotingizni yorqin ranglaridan biriman. Shunday bo‘lgim keladi. Meni dunyoga keltirayotganingizdagi og‘riqlar yetmaganidek muammolarim va qaysarliklarim bilan haligacha ko‘nglingiz huzurini buzaman. Ona emasman lekin farzand shunday bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Yanada bilmadim.

Aya, sizni qizingiz ekanim baxtim. Buni anglanganman. Yozg‘ining oxiriga nima qoralashni bilmadim. Ochiq qolgani ma'quldek. Bu yozg‘i so'nggisi bo‘lmagani tufayli xulosasiz qolsin.

Tug‘ilgan kuningiz bilan, aya!
@Dilnurasblog

3 weeks, 3 days ago

Adolat biz tomonimizdan nafaqat boshqalarga balki boshqalar tomonidan bizga ishlashiga ham ko‘nishimiz kerak. Ma‘lum vaziyatlarda uyasini yo‘qotgan polapondek pildiramasdan.

Lekin, inson zoti qiziq, adolatni faqat boshqalarga nisbatan ishlatgisi keladi)

@Dilnurasblog

1 month ago

Boshqa(lar)ni qutqara olmas ekansan, o‘zingni qutqar. O‘zingdan so‘ralasan...

@Dilnurasblog

1 month ago
[​​](https://telegra.ph/file/ad239408e94cc1e050ea9.jpg)"O‘lim o‘pqoni". Temirpo‘lat Tillaev

​​"O‘lim o‘pqoni". Temirpo‘lat Tillaev

O‘zbek adabiyotidan yaqin 1.5 yil ichida nomini eshitgan va qiziqqan kitoblarimning birinchisi "Majnun", ikkinchisi, "O‘lim o‘pqoni" edi. "O‘lim o‘pqoni"ni-ku nashr etilgan, ammo "Majnun"dan hali ham darak yo‘q.
E‘tibor berilsa, ikkala kitob ham 90-yillar oxirigacha yozilgan (shundan buyon adabiyotimiz "koma" holatida). To‘g‘rirog‘i, "O‘lim o‘pqoni" ilk marta 1991-yilda nashr etilgan. Mustaqil deb e‘lon qilinishimizdan oldin berilgan va shu bilan yo‘qolib ketgan "erkinlik" davrida chop etilganini, yozilganini hisobga olsak, o‘z davriga nisbatan kuchli yozilgan.

Yozuvchi nafaqat o‘sha davr kishilarini turtkilashga harakat qilgan, balki, kelajakda qorin g'amidan ortmaydigan millat paydo bo‘lishini ko‘ra olgan. Ularga ko‘zgu "tutish"ga harakat qilgan.

Kitobning tahsinga sazovor jihatlaridan biri "millat", erklik, birlashish kabi tuyg'ularni jonli tasvirlanganida. Kitobdagi ramzlar, voqealar o‘quvchini to‘lqinlantirib yuboradi.
"O‘lim o‘pqoni" - qissa. Qissa ichida esa yana bir qissa bor. Nomi - "Choh". "O‘lim o‘pqoni"dan ko‘ra shu "Choh" asar mohiyatini ko‘proq ochib bergandek..
Chohni o‘ziga keladigan bo‘lsak, inson doim chohga yaqin yuradi. Muvozanatni yo‘qotsa yoki chohni ag'darmoqchi bo‘lsa - uning domiga qulaydi. Va endi bu chohdan chiqib ketish - juda mushkul. Chohning 8 eshigi, yana o‘sha eshiklar qarshisiga olib chiqadi. Faqatgina to‘qqizinchi eshik boshqa maydonga olib boradi.. To‘qqizinchi eshikka borish va u eshikni ochish natijasida, insonning sohib bo‘lish mumkin bo‘lgan narsalari hammaga ham nasib etavermaydi.
Yozuvchi inson qulaydigan chohni - quruq sahroga, kimsasizlikka qiyoslaydi.

Kitobdagi ramzlarga boshida tushunmadim, ammo asarning kulminatsion nuqtasi borki, o‘sha nuqtada barcha chigalliklar va ramziylik yechiladi. Asarning syujeti, personajlarning ismlari, xarakteri, hatti-harakkatlari mohirona yaratilgan. Yozuvchiga va uning mahoratiga tan berdim. Yana asardagi ayrim ramzlar Markes va Borxesni eslatdi. Keyinroq Borxesning "O‘lmaydigan odam" essesi uchradi. Ramzlar ishlatilishi va o‘zining tugal fikrini yetkazishi bilan "O‘lim o‘pqoni"ni jahon adabiyotidagi asarlar bilan bellasha oladi deb hisoblayman.

Yozuvchining fikricha, inson chohning tubida turgancha, yuqoriga, olisdan ko‘rinib turgan yorug‘likka talpinadi. Chohdan yorug‘likka esa, faqatgina eshik ortidagi zinalar orqali yetishish mumkin. Agarda yo'lak ostidagi tuynuk orqali yurilsa, dahriylik diyoriga chiqilishini eslatib o‘tadi.

Kitob epigrafining o‘zi o‘quvchiga o'zgacha ta‘sir qiladi, "Xubbil vatan minal imon".
Vatan muqaddasligi iymondandur.

Kitobni Shahnoza opa barcha uchun tavsiya qilib bo‘lgan. Qo‘shimcha sifatida, ramziy asarlarni o‘qishni, chigalliklarni yechishni, Borxes, Markes asarlarini sevib o‘qiydigan kitobxonlar uchun qattiq tavsiya. Eng muhimi esa, ba‘zi savollariga javob izlayotgan kitobxonlar o‘qisa o‘z savollariga javob topa olishi mumkin. Agar, qarash mantiqlari qiyshiq shakllanmagan bo‘lsa)

@Dilnurasblog

1 month ago
[​​](https://telegra.ph/file/46135c1f7ba70a4a8ea4f.jpg)O‘rganishni yaxshi ko‘raman. Qachonlardir yozgandim, o‘rgansam …

​​O‘rganishni yaxshi ko‘raman. Qachonlardir yozgandim, o‘rgansam yashaganimni his qilaman. Hayotimga mazmun va huzur bag'ishlaydigan muhim faktorlardan biri - o‘rganish.

O‘zimni, yangi bir qarashni, yangi fikrni, g‘oyani, hatto kichik ma'lumotlarni o‘rganganimda, yashashga ishtiyoqim oshadi.

Yaqindan boshlab arab tilini o‘rganyapman. Boshida tashlab ketaman, o‘rganolmayman deb o‘ylagandim, lekin hozir arab tilini o‘rganish sug'ur kunlarimga rang beryapti. Til o‘rganish jarayoni ham qandaydir qiziqarli, o‘ylaganimdek qiyin emas. Balki, hali boshlang'ich daraja bo‘lgani uchun osondir, bilmadim. Bilganim, jarayondan yetarlicha zavqlanyapman.

Endi ilmiy kitoblar orqali o‘rganish jarayonimni kengaytirish qoldi. O‘rganadigan narsalarim juda ko‘p, judayam... Umrim yetmaydigan darajada ko‘p...

@Dilnurasblog

1 month, 1 week ago

"Kreyser sonata"sini tugatdim. Anna Karenina bilan bir vaqtda o‘qiganim uchun ixtiyorsiz ikkisini taqqosladim. Umuman olganda esa ikkalasida ham ayol xiyonati va uning oilani parchalashdagi ta‘sirlari qalamga olingan.

Fikri ojizimcha, Andreyevichning (Annaning eri) tarbiyasi va nufuzi qo‘ymagan ishni Pozdneshiv (Kreyser sonatasi qahramoni) amalga oshiradi.

@Dilnurasblog

We recommend to visit

Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми ?
бизга юборинг ? @Sunnatik_Uz

Everyday Interesting, Videos and Photos!

Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA

+998998750505 @KDGROUP_UZ

?643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз

Last updated 2 months ago

@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !

💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama

👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot

Last updated 2 weeks, 3 days ago

 «Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)

©️ @AJK_GROUPUZ

Last updated 1 year, 4 months ago