Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago
**Ona tili va adabiyot fani o'qituvchilariga 50 foiz ustama berish rasman boshlandi.
Buning huquqiy asoslari mavjud. Shunday ekan pedagoglar belgilangan sertifikat (B+, A, A+ daraja) ga ega bo'lsa, amaliy harakat qilishlari so'raladi.
Rasmiy hujjat: (Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi 37-son farmoni 12-band)**https://lex.uz/docs/-6811936@Renessansstudy
#Foydali **Egalik qo'shimchalari bajaradigan vazifasiga ko'ra 3 ta turga bo'linadi.
✴️ Qarashlilik munosabatini bildirgan egalik qo'shimchalari;
✴️ Xoslik, umumdan ajratilgan munosabatini bildiradigan egalik qo'shimchalari;
✴️ Bajaruvchining shaxs va sonini ko'rsatadigan egalik qo'shimchalari.
⚠️ Qarashlilik - shaxs, narsa-buyum, joy va voqea-hodisaning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini anglatuvchi egalik qo'shimchalari. Bunda egalik qo'shimchasini olayotgan so'z o'ziga tobelantirgan so'zda -ning qo'shimchasi bo'lishini talab qiladi.
Misol uchun: "kitobim". Bu so'zdagi egalik qo'shimchasi kitob kimga qarashli ekanini anglatgan, ya'ni kitob 1 shaxs birlik sondagi "men" ga qarashli ekanini bildirgan. Bu so'zga tobelanib kelayotgan so'zdan -ning kelishigini qat'iy talab qiladi: kimning kitobi? - mening kitobim kabi.
⚠️ Xoslik, umumdan ajratilganlik - o'ziga tobelantirayotgan so'zdan -ning kelishigini talab qilmaydigan, -ning kelishigi qo'yilgan taqdirda mazmun o'zgarib ketadigan, resbublika, viloyat, tuman, mahalla, ko'cha, birlashmalar, korxonalar nomlari bilan keladigan egalik qo'shimchalari.
Misol uchun:
o'qish kitobi - o'qishning kitobi deb bo'lmaydi.
Namangan viloyati - Namanganning viloyati deb bo'lmaydi.
Vatan tuyg'usi - Vatanning tuyg'usi deb bo'lmaydi.
Bobur bog'i - Boburning bog'i deb bo'lmaydi.
Bunday egalik qo'shimchalari qarashlilik ma'nosidagi egalik qo'shimchalaridan -ning qo'shimchasini talab qilmaslik nuqtayi nazari bilan farqlanadi.
⚠️ Bajaruvchining shaxs va sonini bildirishi - harakat nomi(u(v), i(sh), moq, mak, maslik) va sifatdosh (-gan) dan keyin keladigan qo'shimchalar.
Bunda egalik qo'shimchasi fe'lning bu ikki vazifa shaklidan keyin keladi va egalik bilan ifodalangan mazmunga aloqador shaxsning shaxs va sonini aniqlab beradi.
Misol uchun:
O'qishim - (mening o'qishim - I shaxs birlik sonda).
Ishlashing - (sening ishlashing - II shaxs birlik sonda)
Yozuvi ( uning yozuvi - III shaxs birlik sonda) kabi...
Borganimiz ( bizning borganimiz - I shaxs ko'plik sonda)
Borganingiz (sizning borganingiz - II shaxs ko'plik sonda)
Borganlari ( ularning borganlari - III shaxs ko'plik sonda)
Eslatma: egalik qo'shimchasini olgan harakat nomi va sifatdosh o'ziga bog'lanib kelayotgan so'zda -ning qo'shimchasini talab qilsa ham, qarashlilik ma'nosini emas, bajaruvchining shaxs va sonini ko'rsatadi.
Eslab qoling: kechasi, kunduzi, tuni, yili kabi so'zlarda egalik qo'shimchasi mavjud emas, xuddi egalik qo'shimchasiga o'xshab tursa-da, -i va -si qo'shimchalari yaxlitlangan qo'shimchalar hisoblanadi.
© Davron Akbar
📱 Do'stlaringizga ham ulashing.**@Renessansstudy
**Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi.
Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi uch xil usul orqali hosil qilinadi.
1-usul: yetakchi fe'l qismi ravishdosh bilan ifodalangan ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi.
Masalan: o'qib chiqdi, aytib yubordi, yozib qo'ydi, ayta oladi, o'qiy boshladi.
2-usul: yetakchi fe'l qismi -gi harakat nomi qo'shimchasiga egalik qo'shimchasini qo'shish orqali hosil qilingan ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi.
Masalan: aytgim keldi, o'qiging keldi, borgisi keldi.
3-usul: ayrim fe'llarni juftlash orqali hosil qilingan ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi.
Masalan: aytdi-qo'ydi, bordi-qo'ydi, supurdi-qo'ydi, yozdi-qo'ydi.
Ko'makchi fe'lli so'z qoshilmasining tuzilishi.
Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasi uch xil tuzilish shakliga ega: sodda, qo'shma, juft.
Sodda: yetakchi fe'l qismi bir sodda so'zdan yoki ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasidan tashkil topgan bo'lsa.
Masalan: aytib tur, yoza oladi, aytib berib tur, o'qib qo'ya qol kabi.
Qo'shma: yetakchi fe'l qismi qo'shma fe'ldan tashkil topsa.
Masalan: hikoya qilib ber, salom berib tur, xizmat qilib qo'y kabi.
Juft: yuqorida aytilgan 3-usul orqali hosil qilingan bo'lsa.
Masalan: aytdi-qo'ydi, gapirdi-qo'ydi kabi.
Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining vazifa shakli.
Ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining vazifa shakli ko'makchi fe'l qismiga qarab aniqlanadi. Yetakchi fe'lda kelayotgan ravishdosh qo'shimchasi umumiy ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining vazifa shaklini hosil qilishda ishtirok etmaydi.
Masalan:
O'qib chiqdi - sof fe'l;
O'qib chiqish - harakat nomi;
O'qib chiqqan kitob - sifatdosh;
O'qib chiqquncha - ravishdosh.
✍ Davron Akbar**@Renessansstudy
**19-20-aprel kuni bo'lib o'tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun online guruhimizga qabul yakunlandi.
Ro'yxatdan o'tgan talabgorlar yanvar oyining ikkinchi yarmi (aniq sanasini hozircha bilmayman. Safarimiz bor, uni yakunlab olgandan keyin guruhga qo'shaman) da qo'shiladi.
Darslar yanvar oxirida boshlanadi va imtihon kuniga qadar davom etadi.
Qachon qo'shasiz deb yozavermaslikni so'rayman. O'zim aloqaga chiqaman va hammani guruhga qo'shib chiqaman.
Alloh ishlarimizni xayrli qilsin!**@Renessansstudy
Juda xursandmiz. Tarqalgan fayllardan savol umuman olinmagan. Mutasaddilarga minnatdirchilik bildiramiz.@Renessansstudy
Sinonim
Quruq, bo‘sh, puch
Yaqin, tez, qisqa
Yuqori, baland,
Hodisa natijasida shaharli aholinig 3 dan 2 qismi ko‘chib ketdi.
[28. 1-bayda tashbe
29. To‘g‘ri hukm kiprikalar ko‘zga tushishi va askarga o‘xshatilishi
30. Ruju to‘g‘ri javob
31. Qosh sarvga o‘xshatilgan xato hukum
32. Xolning joylashuv o‘rni xato hukum
33. Kech kuz edi-atov gap
34. Laylakqor, azizm-undalma
35. Vujud degan narsa-to‘liqsiz gap
36. Ochiq
37. Sobitjon salmoqlanib
38. Hamjihatlilil
39. Muhabat, ey go‘zal tuyg‘u-undalma
40. A) so‘zlarnjng
b) she'rga soladi
41. She'rning egasi bor ammo so‘zning egasi yo‘q
42. Nay shakarga
A) tamsil
B) lab
43. Kanora
Shunora
R. Mutloq
44. Nori bor
A) Tuyuq
B) Nor so‘z
Esse: Zamonaviy metodlar yaxshimi yoki milliy metodlar
@tiladabiyotN1](https://t.me/tiladabiyotN1/393)
Imtihondan chiqqanlar, bemalol shu yerga savollar haqida mulohazangizni yozsangiz bo'ladi.@Renessansstudy
**Ijtimoiy tarmoqlarda ingliz tili yo'nalishiga ingliz tili - tarix fanidan imtihon topshirilishi haqida fikrlar sizdirilmoqda.
Bu fikrlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Shunday hodisa yuz berishi uchun bu narsaga mas'ullar kamida "tupoy" bo'lishi lozim.**@Renessansstudy
Воқеа ва ҳодисага гувоҳ бўлдингизми 👀
бизга юборинг 👉 @Sunnatik_Uz
Everyday Interesting, Videos and Photos!
Реклама: +998999090909 @KDREKLAMA
📄643092-сонли гувоҳнома асосида фаолият юритамиз
Last updated 1 week ago
@Inlineuz - futbol bo'yicha yetakchi kanalga xush kelibsiz !
💰 Reklama xizmati: @Inline_reklama
👤 Murojaatlar uchun: @Inlineuz_bot
Last updated 2 months ago
«Eslating! Zero eslatma mo'minlarga manfaat yetkazur...»
(Zoriyot surasi 55-oyat)
©️ @AJK_GROUPUZ
Last updated 1 year, 6 months ago